Выберите регион
и язык интерфейса
Покажем актуальные для региона
Telegram-каналы и возможности
Регион
avatar

Gulruxbonu Shokirova | Young Diplomat

Gulrukhbonu_official
- Prezident e’tirofidagi yosh diplomat 🇺🇸 🇹🇷 🇮🇳 🇰🇿 🇧🇪 🇳🇱 🇫🇷 🇦🇪 Shu davlatlarga ta’lim granti asosida borganman va sizga ham o’rgataman - UWED (189.0) - HPAIR scholarship - "Kelajak bunyodkori" - "UZB - USA 30 years of friendship" 🤝 @gulrukhbonuda_reklama
Подписчики
9 360
24 часа
30 дней
111
Необычное падение (24 часа)
Просмотры
4 252
ER
46,13%
Посты (30д)
24
Символов в посте
594
Инсайты от анализа ИИ по постам канала
Категория канала
EDЖизнь студента
Пол аудитории
Женский
Возраст аудитории
25-34
Финансовый статус аудитории
Средний
Профессии аудитории
Образование
Краткое описание
March 14, 15:10
Файлы недоступны
1
Открыть в Telegram

🇺🇸
Fulbright Foreign Student Program  — AQShda magistratura bosqichini xarajatlari to'liq moliyalashtirilgan holda o'qish imkoniyati
Moliyalashtirish:
To’liq
Til talabi:
Ingliz tili (sertifikat shart emas)
Kimlar uchun
➡️
O'zbekiston fuqarosi bo'lishi, ariza berish va saralash jarayonida mamlakatda istiqomat qilishi kerak;
➡️
Bakalavr ta'limini tugatgan va kamida 2 yillik kasbiy tajribaga ega bo'lishi lozim.
Foydali tomonlari
➡️
J-1 vizasiga ega bo'ladi;
➡️
O'qish va u bilan bog'liq to'lovlardan ozod etiladi;
➡️
Tibbiy sug'urta xarajatlari qoplanadi;
➡️
Oylik stipendiya bilan taʼminlanadi;
➡️
Kitob va materiallar uchun qo'shimcha mablagʻ ajratiladi;
➡️
AQShga borish-kelish aviachiptasi bilan taʼminlanadi.
⏰️
Oxirgi muddat:
31-may, 2026
➡️
Batafsil:
grantgo.uz/go/48498
Manba
@Gulrukhbonu_official

March 12, 11:14
Файлы недоступны
2
Открыть в Telegram

- Johns Hopkins (TOP-16) zabt etildi!
Bu universitetni 2021-yil ilk marotaba AQSHga borganimda ko’rib, talabalariga havas qilgan edim. Hujjat topshirish davrida hali 8.0 IELTSim ham yo’q edi, eski IELTS ballim bilan ham qabul qilishibti.
Xalqaro munosabatlar yo’nalishida bu SAIS maktabi ancha obro’ga ega. Nasib qilgan bo’lsa, shu yerda ta’limimni davom ettiraman. Birinchi yili Italiyadagi kampusida, ikkinchi yili esa AQSHdagi kampusida o’qitilarkan.
Yana va yana takrorlayman, onalik, kelinlik sizni cheklamaydi, aksincha, ko’proq harakatga unday oladi.
Johns Hopkinsda o’qigan bo’larmidingiz?
@Gulrukhbonu_official

March 12, 11:07
Файлы недоступны
1
Открыть в Telegram

- Bu videoni shunchaki, hech qanday ta’rifsiz shu yerda qoldirishni xohladim…
@Gulrukhbonu_official

March 09, 14:15
Файлы недоступны
1
1
Открыть в Telegram

- 8.0 zabt etildi!
IELTSga tayyorlanishga 1 oydan kamroq vaqtim bor edi. Qat’iyat, harakat va niyat o’z samarasini berdi.
Ona bo’lib, chaqaloq bilan ham shunday natijalarga erishish mumkin. Hech qanday holat bizni chegarala olmaydi, agar qat’iyat bo’lsa.
Test sanasiga qarang, 8-mart uchun haqiqiy sovg’a bo’ldi)
Tabriklashingiz mumkiiiiin
💌

March 09, 11:38
Файлы недоступны
1
Открыть в Telegram

- Chet elda karyera qurmoqchilarga ajoyib imkomiyat
Barno Omonova
International English Teacher Trainer sifatida 1,5 yildan beri New-Yorkda teacher trainer bo’lib ishlamoqda.
Yaqinda Columbia Universitetida Teacher Training Programini tugatdi. TESOL/CELTA o’qituvchilariga ‘practical’ dars beradi. Shu kungacha 3500 dan ortiq ingliz tili o’qituvchilarini qayta tayyorladi.
1-marta 2021-22 yillar Global UGRAD dasturi doirasida Portland State Universityda o’qigan edi. Keyinchalik Navoiy va Rektor stipendiyalari bilan taqdirlangan. 1-kitobini Latviyada chop etishgandi. Hozir New-Yorkda ham yangi kitobini yozyapti.
Yaqinda Harvard universitetidagi HPAIR konferensiyasida ham qatnashdi. Prezidentimizning New Yorkka tashriflarida nutqqa chiqib, ularga fikrlarini ham bildirgan.
21-mart
kuni o’z kanalida
“New-Yorkda karyeraga yo’l”
mavzusida mutlaqo bepul dars o’tib beradi. Amerikada-Yevropada o’qib, rivojlanib, karyera boshlamoqchilarga hamma sir-asrorlarni o’rgatadi.
Manzil:
https://t.me/+ub1h5M4YU6c5MDgy
@Gulrukhbonu_official

March 08, 12:31
Файлы недоступны
1
1
Открыть в Telegram

🌷
Bugungi eng go’zal, eng
nafis ayyom barchamizga muborak bo’lsin!
Har bir muvaffaqiyatli erkak ortida ayol turishi balki, yolg’ondir, lekin yo onasi yo ayoli albatta, katta sababchilardan biridir. Uyingizdagi munisa ayollaringizni meni nomimdan muborakbod eting
🌷
*
Davlat rahbarimizning tabriklari doimo eng o’zgacha tabriklardan biri bo’lib qoladi
,
hammaga shunday tabrik olish nasib qilsin)
@Gulrukhbonu_official

March 06, 15:59
Файлы недоступны
1
Открыть в Telegram

- Yaqinlashib kelayotgan xotin-qizlar bayramiga o’zgacha sovg’a
“G-development” mualliflik kursim haqida bilasizlar. 9-mavsumiga qabul kecha yakunlandi. Boshqa arizalar qabul qilmaymiz.
Lekin, siz ushbu kursda o’qishi uchun yaqiningiz, opa-singlingiz, do’stingizga 100% lik vaucher sovg’a qilishingiz mumkin. Ya’ni siz ular uchun kurs pulini to’lab, ularga kursda o’qish uchun vaucher taqdim etasiz.
Yaqiningizning ilmiga va shaxiy rivojlanishiga xizmat qiluvchi uzoq muddatlik va bir umr esda qolarlik sovg’a bo’ladi.
Faqat talablar bor, vaucher sovg’a qilayotgan insoningiz ingliz tilini kamida B2 levelda bilishi va bakalavr talabasi bo’lishi shart.
Faqatgina 5 dona taqdim eta olaman.
@gulrukhbonu_work
ga yozing.
@Gulrukhbonu_official

March 05, 16:02
Файлы недоступны
10
Открыть в Telegram

- Bilim evaziga siz dunyo kezishingiz mumkin
Bu oddiy o’zbek qizining bakalavr yillari davomida bilimi evaziga bepulga qilgan safarlari. Hali yana 2 tasi bu yerga sig’madi. Sizda ham xuddi shunday va bundan ko’proq imkoniyatlar bor.
Hammasini G-developmentning 9-mavsumida o’rganamiz, ro’yhatdan o’tish bugun yakunlanadi:
https://forms.gle/3V4rX4BFkjCUorcc8
@Gulrukhbonu_official

March 04, 16:03

- Qiymatni siz yaratasiz
Hamma narsa faqatgina biz unga bergan qiymatga ega. Har qanday holatda shu formula ishlaydi. Biron ishga siz qancha qiymat bersangiz u sizga shuncha qiymat qaytaradi.
Yuzaki qaragan narsalaringizdan siz ham yuzaki natija olasiz, yoki umuman olmaysiz. Ko’proq vaqt ajratgan, ko’proq ‘effort’ bergan narsangizdan doim kattaroq natija olasiz.
Biron dasturda ishtirok etyabsiz, o’sha dasturga qanchalik qiziqsangiz, berilgan topshiriqlarni qanchalik e’tibor bilan qilsangiz, bu dastur sizni o’zgartira yoki yaxshi versiyangizga yaqinlashtira oladi.
Inson ko’proq qiymat bergan fanini yaxshi ko’radi, yoki yaxshi ko’rgan faniga ko’proq qiymat beradi. Bir xil.
Muhimi natija olmayotgan narsangizga yetarlicha qiymat bermayabsiz.
Xalqaro dasturlarni yutishda ham, ‘application’ ga bergan qiymatingiz baholanadi.
@Gulrukhbonu_official

March 04, 10:32
Файлы недоступны
10
Открыть в Telegram

- Erinmasangiz o’qib chiqing!
Bular eng oxirgi mavsumim bitiruvchilarining kurs haqida feedbacklari. Kursni yakunlagach qizlar kurs pulidan ancha ko’pga arzishini doim aytishadi.
Kursni tamomlagach siz 200 dan ortiq saralangan qizlar yig’ilgan alumni jamoamizga qo’shilasiz. U yerda fikr alishish, savollarga aniq javob olish, grantlarni e’lonini va tavsiyalarni topasiz. Hamma dasturlar bo’yicha qizlarim tajribasini yashirmay ulashadigan joy.
Xullas, kurs 1,5 oy davom etsa ham, hammasi kurs tugagach boshlanadi. Bir umr aloqada qolamiz va birgalikda rivojlanamiz
❤️‍🔥
Ertaga ro’yhatdan o’tish yakunlanadi:
https://forms.gle/3V4rX4BFkjCUorcc8
@Gulrukhbonu_official