Выберите регион
и язык интерфейса
Покажем актуальные для региона
Telegram-каналы и возможности
Регион
avatar

📚 Hikoyalar olami 📚

Hikoyalar_olami_2020
Siz bu kanalda nafaqat hikoyalar,balki iqtibos, aforizm, she’rlar va shu kabi foydali kontentlar bilan tanishasiz! Bizdan uzoqlashmang! 😉 Murojaat uchun: @Noone_01_09 Ikkinchi kanal: @Salomatliksirlari_info
Подписчики
1 850
24 часа
10
30 дней
-30
Просмотры
3 528
ER
1,92%
Посты (30д)
Символов в посте
629
September 22, 07:59
Файлы недоступны
3
Открыть в Telegram

❗️
Cardio_vision jamoasi oktyabr oyi uchun qabulni boshladi...
📊
Kursda sizni quyidagilar kutib turibdi:
✅️
Har bir mavzu uchun video, ppt, kenspekt
✅️
Mavzulashtirilgan testlar
✅️
Vaziyatli masalalar
✅️
Jonli EKGlar
✅️
Har bir oy uchun 2 bosqichli imtihon
📉
Bu bilimlar bilan EKGni bemalol o‘qiy olish va bemorga tashxis qo‘yish darajasiga yetasiz. Dars davomida kasallik mexanizmlarini ham tushunib olasiz
🤝
Siz bu kursga tibbiyotda o'qiyotgan kursdoshingizni yoki do‘stingizni taklif qiling va chegirmaga ega bo‘ling:
1 kishi taklif qilsangiz: 10%,
2 kishi taklif qilsangiz: 15% ,
3 kishi taklif qilsangiz: 20% chegirma
📊
Guruhingiz bilan yoki do‘stlaringiz bilan bir guruhda o‘qish imkoniyati mavjud
✅️
💰
Kurs narxi: 1 oy uchun 150 ming so‘m
🗓
Qabul vaqti:
1-oktyabrgacha
⌛️
Hoziroq
admin
bilan bog‘lanib joyingizni band qiling
✔️
Kurs haqida talabalarning fikrlari
t.me/cardio_vision

August 14, 09:00

https://t.me/Salomatliksirlari_info

August 09, 08:43

Umuman olganda, insonlar tushib qolgan vaziyat quyidagicha: "Oʻzgalarni tanqid qilishda yirtqich qoplonga aylansa, oʻzini tanqid qilishga kelganda tuxum bosib oʻtirgan qush kabi beozor boʻlib oladi".
"Qobiliyatsiz bolalar boʻlmaydi, qobiliyatsiz ota-onalar bor..."
@Hikoyalar_olami_2020
🍃

August 08, 05:00

BURGUTDAN IBRAT
Burgutlar juda uzoq, 70-80 yilgacha yashaydi. Ammo bu yoshga yetish uchun 40 yoshida judayam qiyin shartni bo‘yniga olishiga to‘g‘ri keladi.
Ya’ni, bunday: 40 yoshda burgutning tirnoqlari qattiqlashib, egiluvchanligini (elastiklik) yo‘qotgani sababli, o‘ljasini tutolmaydigan bo‘lib qoladi. Ov qilolmaydi. Tumshug‘i o‘sib, ko‘ksiga qarab qayriladi. Qanotlari qariydi, og‘irlashadi. Patlari qalinlashib, uchish mashaqqatga aylanadi. Bu holatda burgut ikki yo‘ldan birini tanlashga majbur: yo o‘lim yoki yangidan hayot boshlash uchun azobli va juda og‘ir o‘tadigan yuz ellik kunlik muddat.
Burgut ikkinchi yo‘lni tanlasa, tog‘ tepasidan, baland qoyadan uya vazifasini o‘taydigan munosib joy topadi. Keyin tumshug‘ini qoya devoriga qattiq-qattiq ura boshlaydi. Nihoyat, tumshug‘i uzilib tushadi. Bir muddat kutgandan so‘ng, o‘sib chiqqan yangi tumshug‘i bilan tirnoqlarini uzib tashlaydi. To yangi tirnoqlar o‘sib chiqquncha, og‘ir va qalin patlarini yuladi. Azob va matonat bilan o‘tgan besh oy burgutga yana yigirma yil, balki undan ham uzoqroq hayot kechirishiga yo‘l ochadi. Besh oydan keyin burgut mashhur yangidan tug‘ilish parvozi uchun qanot qoqadi!..
...Ba’zan odamlarga ham burgutlardek yo‘l tutish zarur bo‘ladi. Ya’ni, shaxs sifatida bizni orqaga tortadigan, maqsadlarimiz yo‘lini to‘sadigan qora xotiralar, odatlar; jamiyat sifatida rivojlanishga faqat xalaqit beradigan urflar, an’ana nomini olgan yanglish tushunchalardan voz kechishga to‘g‘ri keladi. Oson bo‘lmaydi, lekin bir narsa dilga umid beradi – bu qiyinchiliklar yana-da baland, yana-da shavqli, zafarli parvozlarga yo‘l ochadi!
🔰
"Fantom og'rig'i"

Marziya Saydam
@Hikoyalar_olami_2020
🍃

August 07, 06:36
Файлы недоступны
1
Открыть в Telegram

#Nazm
🤍
Qizim...
Erkatoy xonim qizim,
Go‘zalim shonim qizim,
Jannatga yo‘lim o‘zing,
Jon qizim, jonim qizim...
Kulsang dardim ariydi,
Armonlarim qariydi,
Anduhlarim xoriydi,
Jon qizim, jonim qizim...
Umrimga ko‘rk borliging,
Bo‘lmasin hech horliging,
Ko‘ray baxtga yorliging,
Jon qizim, jonim qizim...
Dada desang ko‘kda bosh,
Shodligimdan ko‘zda yosh,
Chiroyligim qalamqosh,
Jon qizim, jonim qizim...
Buloq suvdek zilol bo‘l,
Eng pokiza hayol bo‘l,
Onangdayin ayol bo‘l,
Jon qizim, jonim qizim...
Tingla aytar so‘zim bor,
Har so‘zimda o‘zim bor,
Shukur senday qizim bor,
Jon qizim, jonim qizim...
Otang ko‘ksini kersin,
Ko‘nglidan g‘amni tersin,
Alloh baxtingni bersin,
Jon qizim, jonim qizim...
Erkatoy xonim qizim,
Go‘zalim shonim qizim,
Jannatga yo‘lim o‘zing,
Jon qizim, jonim qizim...

Zohid Ziyo...
🎙
Madina Xajibayeva
@Hikoyalar_olami_2020
🍃

August 06, 17:03
Файлы недоступны
3
Открыть в Telegram

"Ovozi do'rillagan hamma ham erkak boʻlavermas ekan..."
@Hikoyalar_olami_2020
🍃

August 06, 15:03

👩‍❤️‍👨
Ayol – muhabbat manbai.
Uning muhabbati u yoqtirgan o'rinlarda jo'sh uradi.
Ko‘p erkaklar shunday o‘ylaydi:
“Ayol boylikni, kelishgan qomatni yoqtiradi. Uni sevdirish uchun boyroq, baquvvatroq ko‘rinishim kerak...”

Ammo asl haqiqat bu emas.
Ayol uchun eng muhim narsa -
suyana oladigan erkakdir.
💬
Ayol yuragi:
“Unga suyansam bo‘ladimi?”
deb so‘raydi.
Agar bu savolga "
ha
" degan javob olsa, u boshqa barcha kamchiliklarni unutadi.
Agar "
yo‘q
" bo‘lsa – erkakning barcha fazilatlari ko‘ziga begona bo‘lib ko‘rinadi.
💔
Ko‘ngillar sovushining sababi ham aynan shu —
suyana olmaslik.
Shunday ekan:
🛡
Ayolingizga suyanchiq bo‘ling.
❤️
Shunda uning qalbidan siz hech qayerda topa olmaydigan haqiqiy muhabbat jilosini ko‘rasiz
.
@Hikoyalar_olami_2020
🍃

August 05, 15:00

#Asardan_parcha
Bizda yomon bir odat bor! Birovni bir ko'tar-ko'tar qilsak, oyog'ini yerga tegizmay qo'yamiz. Boshimizga chiqarib olamiz-da, qandoq qilib tushirishni bilmay yuramiz.
🔰
"Nur borki soya bor" kitobidan
✍🏼
O'tkir Hoshimov
@Hikoyalar_olami_2020
🍃

August 05, 05:04

✓ Erning qanaqaligi —
xotini bemor boʻlib qolganda bilinadi.
✓ Xotinning qanaqaligi —
eri kambag‘al bo‘lib qolganda bilinadi.
✓ Farzandlarning qandayligi —
ota-onasi keksayganda bilinadi.
✓ Aka-ukalarning qanaqaligi —
meros taqsimlanayotganda bilinadi.
✓ Do‘stlarning qandayligi —
og‘ir kunlarda bilinadi.
✓ Qarindosh-yaqinlarning qanaqaligi —
musofirchilikda bilinadi.
✓ Haqiqiy muhabbat (aslida bor yoki yo‘qligi) —
o‘zaro manfaatlar tugaganda bilinadi.

Hayot sinovlardan iborat. Kim aslida kimligini vaqt ko‘rsatadi...
@Hikoyalar_olami_2020
🍃

August 04, 15:01


BO‘YDOQLARGA MASLAHAT!
(Oila haqida jiddiy o‘ylayotganlar uchun!)
❗️
Faqatgina to‘shakni o‘ylab uylanma! Chunki hayvoniy g‘arizalaring to‘ygach, na xotiningdan, na hayotdan zavq olasan.
👫
Oila qur — bir umr yoningda
sodiq hamroh
bo‘lishi uchun uylan.
🍲
Ovqatdan tortib, din, siyosat, tarix, ⚕ tibbiyot va hisobgacha maslahatlashadigan
aqlli do‘st
topish uchun uylan.
🧠
Fikrlashda senga sherik bo‘ladigan, ba’zan esa bahsda senga muxoliflik qilib,
seni rivojlantiradigan
ayolga uylan.
💰
Faqat moddiyatga emas,
qalbing, aqling va orzularingga qiziqadigan
ayolni tanla.
🌠
Orzularingni qadrlaydigan va ularni sen bilan
birga ro‘yobga chiqaradigan
inson bilan oila qur.
🎭
Hayotingni chippakka chiqarmaydigan,
yoshligingni zoye qilmaydigan
insonni tanla.
🔑
Esingda bo‘lsin:
Avvalo, uylanish haqidagi fikringni o‘zgartir.
Hayvoniy istaklar sendan ustun bo‘lishiga yo‘l qo‘yma!
©
Abdulqodir Polvonov
@Hikoyalar_olami_2020
🍃