Выберите регион
и язык интерфейса
Покажем актуальные для региона
Telegram-каналы и возможности
Регион
avatar

IHMA Farg‘ona viloyati

IHMA_FARGONA
Подписчики
29 600
24 часа
30 дней
-3 300
Просмотры
830
ER
2,93%
Посты (30д)
153
Символов в посте
1 094
Инсайты от анализа ИИ по постам канала
Категория канала
Политика
Пол аудитории
Женский
Возраст аудитории
35-44
Финансовый статус аудитории
Низкий
Профессии аудитории
Государственный и публичный сектор
Краткое описание
March 12, 16:43
Файлы недоступны
2
Открыть в Telegram

Ertaga, 13-mart kuni soat 14:00 da Renessans Hallda "INSON" filmi premyerasi bo‘lib o‘tadi.
Ijtimoiy himoya milliy agentligi
“INSON”
nomli filmning 2-sonini taqdim etadi - bu oddiy insonlarning hayoti, his-tuyg‘ulari, qiyinchiliklari va yutuqlari haqida hikoya qiluvchi kartinadir. Asarda mehr-oqibat, qo‘llab-quvvatlash va ichki kuch orqali inson qadr-qimmati qanday namoyon bo‘lishi yoritiladi.
Film markazida jamiyat ko‘pincha e’tibor bermaydigan, biroq o‘z hayoti va kurashi bilan boshqalarga saboq bera oladigan
INSONlar
turadi. Kartina
real voqealar asosida yaratilgan
bo‘lib, og‘ir sinovlarni boshdan kechirgan, ammo taslim bo‘lmay, oldinga intilgan insonlarning taqdirini ochib beradi.
Filmning eng ta’sirli jihati shundaki, unda aktyor sifatida aynan shu voqealarni boshidan o‘tkazgan insonlarning o‘zi ishtirok etadi. Ular o‘z hayotini, o‘z og‘rig‘i va g‘alabasini o‘zlari ifoda etadi.
“INSON” - bu katta yurakli, mehribon va insoniylikni amalda ko‘rsata oladigan odamlar haqidagi film.
📝
telegram
💻
instagram
📝
facebook
🐧
xcom
🎞
youtube
🎖
ihma.uz

March 12, 14:36
Файлы недоступны
9
1
Открыть в Telegram

#Payshanba_yoshlar_kuni
Boshqarma boshlig'i bag'dodlik yoshlar bilan uchrashdi
👮‍♂️
Bugun –
Yoshlar kuni
munosabati bilan Ijtimoiy himoya milliy agentligi Farg‘ona viloyati boshqarmasi boshlig‘i
Saidfarrux Islomov
Bag‘dod tumanidagi
"Bekobod"
hamda
"Do‘stlik"
mahallalarida bo‘ldi.
👥
Tashrif davomida boshqarma boshlig‘i
5 nafar ishsiz yoshlar
bilan uchrashib, ularning muammolari, taklif va tashabbuslarini tingladi. Suhbat jarayonida
yoshlarning bandligini ta’minlash, kasb-hunar o‘rganish
hamda
ularni qo‘llab-quvvatlash masalalari
ga alohida e’tibor qaratildi.
😮
Shuningdek, mahalladagi mas’ullarga ushbu yoshlarning muammolarini hal etish, ularning bandligini ta’minlash hamda doimiy qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha tegishli topshiriq va tavsiyalar berildi. Mazkur uchrashuv
yoshlarning muammolarini joyida o‘rganish va ularga amaliy yordam ko‘rsatishga qaratilgan
i bilan ahamiyatli bo‘ldi.
🟢
IHMA Fargʻona viloyati boshqarmasi Axborot xizmati
.

March 12, 09:28
Файлы недоступны
2
Открыть в Telegram

Bola uchun eng to‘g‘ri muhit — oila, muruvvat internatida emas
Mutaxassislar ta’kidlashicha, har bir bola mehr, g‘amxo‘rlik va e’tibor muhitida ulg‘ayishi kerak. Bu ehtiyojlarni esa eng avvalo oila ta’minlaydi.
Andijon viloyati Qo‘rg‘ontepa tumanidagi “Muruvvat” bolalar internat uyida tarbiyalanayotgan 14 nafar nogironligi bo‘lgan bola kichik hajmli bolalar uylariga joylashtirildi. Bu yerda ular uchun oilaviy muhit yaratildi va individual yondashuv asosida ish olib borildi. Qayd etish joizki, mazkur kichik hajmli bolalar uylari
davlat ta’minoti
asosida faoliyat yuritadi.
Qisqa vaqt ichida ijobiy natijalar kuzatildi
: bolalarda o‘ziga ishonch, mustaqillik va ijtimoiy ko‘nikmalar shakllana boshladi. Ular o‘z-o‘ziga xizmat qilishni, oddiy mehnat va uy-ro‘zg‘or ishlarida yordam berishni o‘rgandi, mahalladagi tengdoshlari bilan muloqot qila boshladi.
Uch nafar bola ta’limga jalb etildi. Dastlab maxsus maktabga qatnay boshlagan bolalar, ijobiy o‘zgarishlardan so‘ng Oltinko‘l tumanidagi 11-son maktabning inklyuziv sinfiga o‘tkazildi.
Ma’lum qilinishicha, bolalar yillar davomida internatda tarbiyalangan. Internatdagi kun tartibi asosan parvarish va nazoratga qaratilgan bo‘lib, individual yondashuv va mehr-muhabbat yetishmasligi ularning rivojlanishiga salbiy ta’sir ko‘rsatgan.
Mutaxassislar fikricha, bolani internatga topshirish unda “men jamiyatga kerak emasman” degan tuyg‘uni kuchaytirishi mumkin. Shu bois bolalarni imkon qadar oilaviy muhitda tarbiyalash eng samarali yondashuv sifatida ko‘rilmoqda.
📝
telegram
💻
instagram
📝
facebook
🐧
xcom
🎞
youtube
🎖
ihma.uz

March 12, 09:27
Файлы недоступны
1
Открыть в Telegram

Ijtimoiy himoya milliy agеntligi Fargʻona viloyati boshqarmasining rasmiy munosabati
Ijtimoiy tarmoqlar orqali
“Nogiron fuqaro nomiga ajratilgan 20 600 000 soʻm byudjеt pullari qani”
sarlavhasi bilan tarqalgan murojaat yuzasidan quyidagilar maʼlum qilinadi.
Murojaatda, fuqaro R.T.ning uy-joyini taʼmirlash uchun “Saxovat va koʻmak” jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan
20,6 mln soʻm
ajratish boʻyicha elеktron ariza mahalladagi ijtimoiy xodim tomonidan dasturga kiritilgan.
Oʻzbеkiston Rеspublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 31-maydagi 313-son qarori bilan tasdiqlangan
“Saxovat va koʻmak” jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan ijtimoiy yordam koʻrsatish tartibi toʻgʻrisidagi Nizom
ning 15-bandiga muvofiq, ariza “mahalla yеttiligi”ning kollеgial qarori asosida tasdiqlangan. Ushbu mablagʻ toʻliq ravishda tuman
Obodonlashtirish boshqarmasi
hisob raqamiga oʻtkazib bеrilgan va taʼmirlash ishlari mart oyiga bеlgilangan.
Bundan tashqari, fuqaro R.T. boshqa bir murojaatida, oilasiga tayinlangan bolalar nafaqasi kеchikayotganini bildirgan.
Vazirlar Mahkamasining 35-sonli qaroriga muvofiq, nafaqalar
oyning 27-sanasiga qadar
toʻliq toʻlab bеriladi.
Taʼkidlash lozim, R.T.ning oilasi Ijtimoiy rеyеstrga kiritilgan boʻlib,
kuz-qish mavsumi uchun bir martalik moddiy yordam
(1 mln soʻm) va
Ramazon oyida bir martalik moddiy yordam
(1 mln soʻm) ajratilgan. Shuningdеk,
farzandlarining xorijiy tilni oʻrganish xarajatlari
ham muntazam toʻlab bеrilmoqda.

March 12, 06:28
Файлы недоступны
4
1
Открыть в Telegram

Yuzdan ziyod talaba "Inson" markazlarida amaliyot o'taydi
👥
Farg‘ona davlat universitetining
2025/2026-o‘quv yili jarayoni jadvali
ga muvofiq, Ijtimoiy ish hamda sotsiologiya ta’lim yo‘nalishining 1-bosqich (kunduzgi va kechki ta’lim shakli) talabalari
21-mart sanasiga qadar
malakaviy amaliyot o‘tash uchun tuman (shahar) “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazlariga yuboriladi.
👮‍♂️
Bu haqda Ijtimoiy himoya milliy agentligi Farg'ona viloyati boshqarmasi boshlig'i o'rinbosari
Barkamol Nurmatovning yoshlar bilan uchrashuvi
da ma'lum qilindi.
🧮
Talabalar boshqarmaning Ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatilishini monitoring qilish shu’basi hamda Inson resurslarini rivojlantirish va boshqarish bo‘limi tomonidan tegishli hududlardagi “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazlariga biriktirildi. Ular amaliyot davomida
ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatish jarayoni bilan yaqindan tanishish, amaliy ko‘nikmalarni mustahkamlash hamda soha faoliyati bo‘yicha tajriba orttirish imkoniyati
ga ega bo‘ladilar.
🟢
IHMA Fargʻona viloyati boshqarmasi Axborot xizmati
.

March 12, 05:42
Файлы недоступны
3
2
Открыть в Telegram

#Sarhisob
Fevral oyida Agentlik faoliyati media maydonda keng yoritildi
🧠
Ijtimoiy himoya milliy agentligi tomonidan 2026-yil fevral oyi davomida ommaviy axborot vositalari orqali agentlik faoliyatini keng yoritishga qaratilgan ishlar amalga oshirildi.
🌍
Jami
2658 ta
material turli ommaviy axborot vositalari orqali jamoatchilikka taqdim etildi. Jumladan, televideniye orqali
120 ta
material, radio orqali
32 ta
eshittirish, onlayn media saytlarida
668 ta
xabar va yangilik, Telegram kanallarida
1818 marta
repost, bosma nashrlarda esa
20 ta
maqola chop etildi.
Ushbu materiallar umumiy qamrovi
120 million
tashkil etdi
❗️
Fevral oyida ommaviy axborot vositalari orqali “Faol hayotga qadam” dasturi, davlat ijtimoiy sug‘urtasi tizimi, bolalarni zo‘ravonlikdan himoya qilish strategiyasi, bolalar nafaqasi, nogironlikni belgilash, protez va reabilitatsiya vositalari, shuningdek aholini ijtimoiy qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan islohotlar keng yoritildi.
🌍
Xalqaro internet nashrlari orqali ham Agentlik faoliyati, amalga oshirilayotgan islohotlar va aholini ijtimoiy qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan ishlar haqida
11 ta
xabar va maqola e’lon qilindi.
❗️
Shuningdek, fevral oyida Sputnik Uzbekistan matbuot markazida
matbuot anjumani
, “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazlari faoliyatiga bag‘ishlangan
brifing
o‘tkazildi hamda qator onlayn platformalar orqali jonli efirlar, videoroliklar va podkastlar tashkil etildi.
📝
telegram
💻
instagram
📝
facebook
🐧
xcom
🎞
youtube
🎖
ihma.uz

March 11, 15:44
Файлы недоступны
2
2
Открыть в Telegram

🌍
🌍
🧮
"Yangi O'zbekiston" gazetasi
ning navbatdagi sonida Prezident qaroriga muvofiq, ehtiyojmand oilalarga bir martalik moddiy yordam ko'rsatilgani, ushbu ko'mak minglab xonadonlarga Ramozon quvonchini olib kirayotgani haqidagi
"Saxovatga boy amallar"
sarlavhali maqola
chop etildi.
🖋
Ushbu maqolani gazetaning
2-sahifasidan
o‘qish mumkin.
🟢
IHMA Fargʻona viloyati boshqarmasi Axborot xizmati
.

March 11, 07:46
Файлы недоступны
2
Открыть в Telegram

#infografika

Prezident qarori ijrosi: moddiy yordam bosqichma-bosqich to'lab berildi
🖋
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 17-fevraldagi 67-son qaroriga muvofiq, ehtiyojmand aholini qo‘llab-quvvatlash maqsadida bir martalik moddiy yordam to‘lovlari fuqarolarning bank plastik kartalariga o‘tkazib berildi.
10-mart holatiga ko‘ra:
💵
Jami 696,2 mingta oila ro‘yxati shakllantirildi, jumladan:

davlat ta’minotidagi oilalar — 216,1 mingta

kam ta’minlangan oilalar — 415,1 mingta

“Yolg‘izlar reyestri”ga kiritilgan yolg‘iz keksalar hamda nogironligi bo‘lgan shaxslar — 17,4 mingta

yetim bolalarni tarbiyalayotgan oilalar — 4,4 mingta

mahalla yettiligi tomonidan tavsiya etilgan oilalar — 43 mingta
💵
Jami ajratilgan mablag‘: 467,2 mlrd so‘m

237,9 mingta oilaga — 1 mln so‘mdan

457,1 mingta oilaga — 500 ming so‘mdan yordam puli bank plastik kartalariga o‘tkazib berildi.
Shuningdek, moddiy yordam quyidagi ro‘yxatlar asosida ajratildi:

kambag‘al oilalar ro‘yxati

mahalla yettiligi tomonidan shakllantirilgan qo‘shimcha ro‘yxatdagi oilalar.
Mazkur tashabbus orqali aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlarini qo‘llab-quvvatlash tizimi yanada mustahkamlanmoqda.
📝
telegram
💻
instagram
📝
facebook
🐧
xcom
🎞
youtube
🎖
ihma.uz

March 10, 14:24
Файлы недоступны
5
1
Открыть в Telegram

YOLG‘ON VA HAQIQAT
🔮
Jamiyatda kunduzgi parvarish markazlari va ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash markazlari haqida turli noto‘g‘ri tushunchalarga aniqlik kiritamiz.

Kunduzgi parvarish xizmatidan voucher asosida bepul foydalanish mumkin.

Kunduzgi parvarish markazi qariyalar uyi emas, vaqtinchalik parvarish va reabilitatsiya markazidir.

Bu markazlar 18 yoshdan katta parvarishga muhtoj shaxslar uchun mo‘ljallangan.

Kunduzgi parvarish xizmatlari kuniga 8 soatgacha ko‘rsatiladi.

Reestrga kiritilgan shaxslarning mulk huquqi saqlanib qoladi.

Ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash markazlari davlat muassasalari hisoblanadi.

Markazlarda ijtimoiy va reabilitatsiya xizmatlari ko‘rsatiladi.

Xizmatlar qisqa muddatli, uzoq muddatli va kunduzgi qatnov shaklida amalga oshiriladi.

Markazlarga joylashtirish fuqaroning roziligi bilan amalga oshiriladi.
Eslatma:
Ijtimoiy xizmatlar tizimi — keksalar, nogironligi bo‘lgan shaxslar va parvarishga muhtoj fuqarolarni qo‘llab-quvvatlash hamda ularning hayot sifatini yaxshilashga qaratilgan.
📝
telegram
💻
instagram
📝
facebook
🐧
xcom
🎞
youtube
🎖
ihma.uz

March 10, 12:32
Файлы недоступны
10
2
Открыть в Telegram

#Yangi_qadam_Yangi_imkoniyatlar
☺️
Beshariq tumani
“Inson”
ijtimoiy xizmatlar markazi
psixologlari tomonidan alohida ta'lim ehtiyojlariga ega bolalarning ota-onalariga
"Inklyuziv ta'limning ahamiyati"
mavzusida seminar trening mashg'ulotlari olib borilmoqda.

5 kunlik seminarning ilk kunida
"Har bir bola bebeho. Inklyuziv ta'limga birinchi qadam"
mavzusida so'z yuritilgan bo'lsa, 2-kun
"Men va farzandim. Ota-onaning inklyuziv ta'limdagi roli"
mavzusi yuzasidan atroflicha fikr almashildi.
😮
Bugun esa
"Birga uddalaymiz. Ta'lim muassasasi va ota-onalar hamkorligi"
mavzusi - kun mavzusi bo'ldi va shu asosida ishtirokchilarning bilim-ko'nikmalari rivojlantirildi.