Doktorantlar va ilmiy izlanuvchilar | PhD, DSc
Ilm nega vositaga aylanib qoldi?
So‘nggi yillarda bitta savol tobora ko‘proq o‘ylantiryapti: nega bizda ilm asta-sekin o‘z mohiyatidan uzoqlashib, vositaga aylanib qolyapti?
Aslida ilm har doim yo‘l bo‘lgan. Olim bo‘lish — bu daraja olish emas, balki uzoq yillar davom etadigan izlanish, shubha, xatolar va yangidan boshlash jarayoni edi. Ilmiy daraja esa shu yo‘lda erishilgan natijaning bir belgisi, xolos.
Bugun esa ko‘p joyda bu tartib teskari bo‘lib qolgandek.
Ko‘pincha ilmiy daraja maqsad sifatida qo‘yilmoqda. Kimdir lavozim uchun oladi, kimdir maoshdagi ustama uchun, yana kimdir ijtimoiy maqom uchun. Natijada ilmning o‘zi emas, balki uning “natijasi” sifatida beriladigan hujjat muhim bo‘lib qolyapti.
Bu jarayonning tashqi belgisi ham ko‘rinib turibdi: maqolalar soni keskin oshdi, lekin ularning aksariyatida real ilmiy yangilik yoki chuqur tahlil yetishmaydi. Ayrim “xalqaro” jurnallar esa aynan shu ehtiyojdan foydalanib, tez va oson nashr qilishni taklif qilmoqda. Pul to‘laysiz — maqolangiz chiqadi. Natijada ilmiy faoliyat bozor mexanizmlariga bo‘ysunib qolayotgandek.
Eng xavfli tomoni esa
bu jarayonning ta’limga ta’siri. Yosh tadqiqotchilar va talabalar bugungi manzarani ko‘rib, ilmga boshqacha qarashni o‘rganmoqda. Ular uchun ilm — izlanish emas, balki tezroq daraja olish vositasiga aylanib qolish xavfi bor.
Xolbuki, ilmiy daraja — bu boshlanish bo‘lishi kerak edi. U insonni yanada chuqurroq izlanishga undashi, yangi savollar tug‘dirishi kerak edi. Biz esa ko‘p hollarda uni yakun sifatida qabul qilyapmiz.
Bu muammoning ildizi albatta murakkab: tizimdagi talablar, rag‘batlantirish mexanizmlari, baholash mezonlari — bularning barchasi o‘z ta’sirini ko‘rsatadi. Lekin bir haqiqat aniq: agar ilm vositaga aylanaversa, ertaga ilmning o‘zi qadrsizlanadi.
Eng yomoni — bizda darajali, lekin ilmiy tafakkuri shakllanmagan avlod paydo bo‘lishi mumkin.
Shuning uchun bugun savolni ochiq qo‘yish vaqti keldi:
biz ilmni rivojlantiryapmizmi yoki faqat uning tashqi belgilarini ko‘paytiryapmiz?
Bu savolga halol javob bermas ekanmiz, tizimni o‘zgartirish ham qiyin bo‘ladi.
Davomi bor...
🚀
Ilm, Fikr, Harakat
👉
@botirov_golibjon
Илм олинг аёллар.
Ҳали турмушга чиқмадингизми?
- Унда турмушга чиққунингизга қадар илм олинг.
Турмушга чиқдингизми?
Ҳали фарзанд йўқми?
- То фарзандли бўлгунингизга қадар илм олинг.
Фарзандлик бўлдингизми?
- Ҳозирча фарзандингиз битта экан, илм олинг.
Улар иккита бўлдими? Ҳозирча иккита экан илм олинг.
Учтами...?
Бештами...?
Ҳали улар бешталигида илм олиб қолинг.
Ҳали соғлом экансиз - илм олинг.
Ҳозирча вақтингиз ва кучингиз бор экан - илм олинг.
Ҳозирча китоблар, интернет ва барча имкониятлар бор экан - илм олинг.
Ҳозирча уйингизни томи бор экан, ейишга овқатингиз, ичишга сувингиз борлигида - илм олинг.
Ҳамиша илм олинг.
Бу дунёда илм олувчи ва илм тарқатувчи бўлинг.
♻️
Navigator-1
♻️
Navigator-2
Каналга уланиш
@ILM_NUR_2020
#илм_нур_мушоира
"ОНАЖОН"
Ижро: Устоз санъаткор, Ўзбекистон халқ артисти, профессор Эркин Комилов.
Каналга уланиш
@ILM_NUR_2020
#ilovepdf_com
👨🎓
Tadqiqotchilar, magistrlar va bakalavr talabalari tomonidan juda ko‘p so‘raladigan foydali sayt
📚
Katta hajmdagi PDF adabiyotlarni Word formatga o'tkazishga qiynalayotgan bo'lsangiz quyidagi havola albatta siz uchun.
Havola
👉
ilovepdf.com
Ps: ma'lumotni saqlab qo‘ying.
✅
Yanada batafsil:
@ILM_NUR_2020
🔗
❗️
Ишдаги стресс сабаб йилига 840 минг киши вафот этади
БМТнинг янги ҳисоботида ишдаги руҳий босим асосан юрак-қон томир касалликлари ва руҳий бузилишларга сабаб бўлиши, баъзида ўз жонига қасд қилишгача олиб бориши ҳақида маълум қилинди.
👨🏻🔬
Янада батафсил:
@ILM_NUR_2020
«Мамлакатни олимлар, инженерлар, врачлар ва бошқа ақлий меҳнат соҳиблари тарк эта бошладими — демак миллат ва халқ ўзининг гултожларидан жудо бўлмоқда.
Бундай мамлакатда «бизнеcменлар» ҳокимиятга келади, таги пастлар ва кўчада тарбия топган қаллоблар сиёсатдон бўлади, бозордаги чайқовчилар, спортчилар ва артистлар депутатга айланади».
©️
Нобель мукофоти совриндори
Харс Йенсен (1904-1971),
Швеция социал-демократик ишчи партияси раисининг сиёсий маслаҳатчиси.
1932 йилда парламентда сўзлаган.
🚀
Каналга уланишни унутманг
@ILM_NUR_2020
Texnika fanlari bo‘yicha Scopus ma'lumotlar bazasida indekslangan bepul 10 ta jurnal
Илм шундай гап бор: илмий жамоада ҳаммаси ёши катталар бўлса, бу трагедия; агар ҳаммаси ёшлар бўлса, комедия; агар ҳам катталар, ҳам ўрта ёш, ҳам ёшлар бўлса, бу симфония – шу керак аслида!
Баъзи соҳаларда катта олимлар кексайиб қолган, ёшлар эса деярли йўқ. Илмда 40-50 ёш оралиғи энг сермаҳсул ҳисобланади. Ҳамма авлод вакиллари бўлгандагина фан ривожланади.
©️
Академик Шавкат Аюпов
👨🏻🔬
Янада батафсил:
@ILM_NUR_2020
Psixologiya fanlari bo'yicha xalqaro darajadagi bepul top 5 jurnal:
Frontiers in Psychology
: Ushbu jurnal psixologiya fanlari bo'yicha keng ko'lamli ilmiy maqolalarni nashr etadi.
BMC Psychology
: Bu jurnal psixologiya bo'yicha turli mavzularda ilmiy tadqiqotlarni chop etadi.
Psychological Research
: Ushbu jurnal psixologik tadqiqotlar va tahlillar bo'yicha maqolalarni nashr etadi.
International Journal of Clinical and Health Psychology:
Bu jurnal klinik va sog'liq psixologiyasi bo'yicha ilmiy maqolalarni chop etadi.
Behavioral Sciences
: Ushbu jurnal xulq-atvor fanlari va psixologiya bo'yicha tadqiqotlarni nashr etadi.
Yanada batafsil:
@ILM_NUR_2020
🔗
Kim haqiqatan ham eng yaxshi? Reytinglar
ortida ilmiy asos
bormi?
Yaqinda Telegram orqali “Eng yaxshi nodavlat oliygoh – 2025” tanlovi doirasida o‘tkazilgan so‘rovnoma yakunlariga ko‘ra, eng ko‘p ovoz to‘plagan oliy ta’lim muassasalari g‘olib deb e’lon qilinibdi. So‘nggi 3–4 yil ichida shunday “xalq ovozi”ga asoslangan (Eng yaxshi rektor - 2025, Eng yaxshi prorektor - 2025 dan tortib Eng yaxshi tyutor, qoravulgacha) reytinglar, afsuski, ommaviylashib bormoqda. Odatda, bu kabi so‘rovnomalarni telegramdagi "kanalizatsiya kanallar", jumladan, “sariq matbuot” vakillari oddiy auditoriya (o'zlariga qarashli bir nechta kanalga majburiy a'zo qilish) yig‘ish va e’tiborni jalb etish maqsadida tashkil etadi.
Maqolani to'liq o'qish:
https://telegra.ph/Kim-haqiqatan-ham-eng-yaxshi-Reytinglar-ortidagi-ilmiy-asos-bormi-08-13
✅
Yanada batafsil:
@ILM_NUR_2020
🔗