
IT Center Blog
#Eʼlon
#Tanlov
*
📣
Mukofot jamg‘armasi $1 000 000 bo‘lgan “President Tech Award” tanlovi boshlandi!
“President Tech Award” tanlovi
bu sizning bilim va tajribangizni namoyish etish, qolaversa, innovatsion IT yechimlar va loyihalaringizni amalga oshirish uchun qulay imkoniyatdir.
Tanlov yo‘nalishlari:
🟢
Sun’iy intellekt texnologiyalari;
🟢
Ijtimoiy yo‘nalishda raqamli texnologiyalar;
🟢
Axborot va kiber xavfsizlik texnologiyalari;
🟢
Tadbirkorlik va moliyaviy texnologiyalar;
🟢
Kompyuter va mobil o‘yin dasturlari;
🟢
Maxsus yo‘nalish – Hakaton.
Tanlovda qatnashing,
o‘z startapingizni taqdim etib, moliyalashtirish imkoniyatiga
ega bo‘ling!
🌐
Ro‘yxatdan o‘tish:
https://awards.gov.uz/login
⚡️
Vikipediyani sun’iy intellektda yaratilgan matnlar egallab oldi: muharrirlar generatsiya qilingan kontentga qarshi kurashish uchun hatto alohida loyihani ishga tushirishlariga to’g’ri keldi.
Foydalanuvchilar saytni ChatGPT'da generatsiya qilingan tasdiqlanmagan ma’lumotlar bilan to’ldirib tashlashdi. Misol uchun, Usmonlilar imperiyasida mavjud bo’lmagan Amberlisihar qal’asi va qo’ng'izlarning yangi turi haqidagi ma’lumotlar. Eng qizig’i qo’ng’izning tavsifi qisqichbaqalar haqidagi fransuz jurnalidagi maqoladan olingan.
Vaziyat shunchalik yomonlashib ketganki — hatto «mualliflardan» biri «ma'lumotlarimning 2022 yil yanvar oyidagi so’nggi yangilanishiga ko’ra» so’zini olib tashlashni ham unutgan.
⚡️
Har qanday mavzudagi eng yaxshi neyrotarmoqlar ro’yxati — ushbu saytda turli vazifalar uchun neyrotarmoqlarning katta reytingli ro’yxati mavjud.
Har bir neyrotarmoqning qisqacha tavsifi va kuchli tomonlari yozilgan — eng yaxshi variantni tanlab foydalanish mumkin.
Saqlab qo’ying, asqotadi.
👉
Sinab ko’rish uchun
havola.
Batafsil:
https://itc-blog.uz/post/suniy-intelekt/9/neyrotarmoqlar/
⌚️
Bir yigit Apple Watch soatini okeanda yo’qotganidan bir yil o’tib
qaytarib oldi.
Jared Brik muntazam ravishda dayving bilan shug’ullangan va shong’ish vaqtida soatini tushirib qo’ygan. Jared «Apple Find My» funksiyasini yoqib, qurilmani yo’qolgan deb belgilagan.
Oradan bir yil o’tib, boshqa bir g’avvos tasodifan soatni topib oldi va ekranda darhol egasi bilan bog’lanish uchun telefon raqami paydo bo’ldi, soat hali ham ishlayotgan edi. Yigit Jaredga xat yozib, qurilmani yubordi.
Apple Watch'ning bundan yaxshiroq reklamasi bo’lmasa kerak :)
https://itc-blog.uz/post/yangiliklar/8/apple-watch/
🤖
Xitoyliklar robotlarni sinovdan o’tkazish videolari montaj emasligini isbotlash uchun, ko’rgazmaga tashrif buyuruvchilarga eng so’nggi modellardan birini tepib yiqitishga urinishga ruxsat berishdi.
LimX roboti barchasiga chidadi va hatto bir marta ham yiqilmadi. Ijtimoiy tarmoqlarda «Terminator» syujetini eslanglar deb hazil qilishmoqda.
Robot: qadrli kundaligim, bugun meni birnechta odamlar itdek tepishdi, men buni unutmayman… :)
https://itc-blog.uz/post/yangiliklar/7/xitoyliklar-roboti/
⚡️
CyberNews nashriga ko’ra
Sizib chiqqan parollarning eng katta bazasi ObamaCare xakerlar forumida
topildi.
Rockyou2024.txt deb nomlangan faylda eski va yangi ma’lumotlar to’plangan, ularning aksariyati yangi.
Faylda 9,95 milliard noyob parollar mavjud. Cybernews ekspertlarining fikricha, hujumchilar ulardan yaqin kelajakda yirik kiberhujumlarni amalga oshirish uchun foydalanishlari mumkin.
Eski parollarni tekshirib, ularni murakkabrog’iga o’zgartirishni maslahat beramiz.
https://t.me/it_Creative_news
http://itc-blog.uz/post/yangiliklar/6/sizib-chiqgan-parollar/
⚡️
Telegram yangilandi. Nimalar qo’shildi:
- Heshteglar bo’yicha qidiruv. Kerakli heshteg ustiga bosilsa messenjer shu heshteg qaysi umumiy chatlar va kanallarda bo’lganligini ko’rsatadi.
– Animatsion effektli xabarlar. Suhbatga kirishda suhbatdosh siz tanlagan animatsiyani ko’radi.
– Matnni endi nafaqat pastda, balki rasmning tepasida ham joylashtirish mumkin.
– Kontaktlar menyusi. Bu xabar yuborish, qo’ng’iroq qilish yoki kontaktlarga yangi raqam qo’shish imkonini beradi.
– Iqtiboslarni endi qisqartirish mumkin. Ushbu funksiya xabarni vizual jihatdan kattalashtirmasdan katta iqtibosni bitta xabarga sig’dirish imkonini beradi.
@IT_Creative_News
https://itc-blog.uz/post/yangiliklar/5/telegram-yangilandi/
🧠
Neuralink chipi o’rnatilgan birinchi odam Nolan Arbo bilan intervyu chiqdi. U qurilmadan foydalanish taassurotlari bilan bo’lishdi.
Nolan endi ijtimoiy tarmoqlar va elektron pochtadan faol foydalanmoqda. U yapon tilini o’rganish, komikslarni o’qish va hatto mehmonxonalarni bron qilish uchun mustaqil ravishda veb-saytlarga kira oladi. Ba’zida u soat 7:00 da turib, 23:00 gacha implantdan foydalanadi.
Bir oy ichida chip uch millimetrga siljigan, kompaniya yangi operatsiya haqida o’ylandi, ammo oxir-oqibat dasturga faqat tuzatishlar kiritish bilan kifoyalandi.
Bir kuni u kompyuterdagi kursorni o’chirmasdan uxlab qolgan. Chip Nolanning miya faoliyatini kuzatishda davom etgan va 5 daqiqa ichida 10 ga yaqin turli ilovalarni ochgan.
Arbo o’zining yangi hayotidan mamnun.
@IT_Creative_News
🤩
AJOYIB YANGILIK
🤩
Freepikdan istalgan premium fayllarni endi tez va oson bizning telegram botimiz orqali yuklab oling!
Telegram bot manzili
👇
@fpduzbot
⚡️
OpenAI yana GPT-5 haqida gapirdi, bu safar Microsoft dasturchilar konferensiyasida. Ularning aytishicha, model deyarli tayyor.
Kompaniya GPT-3 ni akula, GPT-4 ni kosatka bilan, GPT-5 ni esa kit bilan taqqosladi.
Foydalanuvchilar allaqachon bir kitning og’irligi 30 ta akulaga tengligini hisoblab chiqishdi. Bu shuni anglatadiki, GPT-5 modeli GPT-3 dan 30 baravar kuchliroq bo’ladi.
@IT_Creative_News