Выберите регион
и язык интерфейса
Покажем актуальные для региона
Telegram-каналы и возможности
Регион
avatar

INFO AKT | Rasmiy kanal

InfoAKT
Qimmatga yoki tekinga ishla hech qachon arzonga ishlama!!! Bizning kutubxona 👇 @A_K_TBOT Savol va takliflar uchun 👇 @A_K_T_BOT
Подписчики
1 600
24 часа
30 дней
-20
Просмотры
359
ER
27,88%
Посты (30д)
35
Символов в посте
967
Инсайты от анализа ИИ по постам канала
Категория канала
EDОбщее образование и новости
Пол аудитории
Женский
Возраст аудитории
25-34
Финансовый статус аудитории
Средний
Профессии аудитории
Образование
Краткое описание
April 23, 18:38
Файлы недоступны
1
Открыть в Telegram

⚡️
Maksimal ball beruvchi chet tili sertifikatlari
Bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga hujjat topshirgan va belgilangan darajadagi milliy yoki xalqaro sertifikatga ega abituriyentlarga chet tili fanidan
imtihonlarsiz maksimal ball
beriladi.
⬇️
Tillar va talab etiladigan darajalar bo‘yicha batafsil:
🇬🇧
Ingliz tili:

Milliy sertifikat —
B2 va undan yuqori
;
• International English Language Testing System —
Academic IELTS 5.5
;
• Test of English as a Foreign Language —
TOEFL iBT 72
;
• Cambridge English Qualifications —
B2 First, C1 Advanced, C2 Proficiency
.
🇯🇵
Yapon tili:
• Milliy sertifikat bo‘yicha —
B2 va undan yuqori
.
🇩🇪
Nemis tili:
• Milliy sertifikat yoki
Goethe-Zertifikat, Deutsches Sprachdiplom (DSD), Test Deutsch als Fremdsprache (TestDaF)
tizimlari bo‘yicha —
B2 va undan yuqori
.
🇫🇷
Fransuz tili:
• Milliy sertifikat bo‘yicha —
B2 va undan yuqori
.
🌍
Boshqa tillar:
• Milliy sertifikat yoki xalqaro imtihon tizimlari
bo‘yicha

B2 va undan yuqori
.
Eslatma:
Ushbu imtiyoz test sinovlari (yoki kasbiy/ijodiy imtihon) majmuasiga chet tili fani kiritilgan barcha yo‘nalishlar uchun amal qiladi.
🇺🇿
@nodavlattalim
— nodavlat oliy ta’lim muassasalari haqida rasmiy xabarlar!

April 22, 21:46
Файлы недоступны
1
Открыть в Telegram

🇷🇺
Talabalar uchun Moskvada xarajatlari qoplanadigan yozgi maktab — Yandex Uzbekistan
Moliyalashtirish:
To’liq
Til talabi:
Rus tili
Kimlar uchun
🔹
O'zbekiston oliy o'quv yurtlarining IT yo'nalishlari talabalari va yaqinda bitirganlar qatnashishi mumkin;
🔹
Dastur yoshidan qat’i nazar barcha uchun ochiq.
Foydali tomonlari
🔹
Dasturda bepul qatnashish mumkin;
🔹
Yo'l (aviachipta) va turar joy xarajatlari qoplanadi;
🔹
Tibbiy sug'urta bilan ta’minlanadi;
Dastur haqida
🔹
Yozgi maktab
2026-yil 1-iyuldan 21-avgustgacha
Yandex kompaniyasining Moskvadagi ofisida oʻtkaziladi.

Oxirgi muddat:
3-may, 2026
➡️
Batafsil
ma'lumot uchun
havola
@HGETDA
@ilmiyguruh_nashr

April 22, 16:09
Файлы недоступны
1
Открыть в Telegram

🤵
NamDU fan olimpiadasida ishtirok eting
!
🇺🇿
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 12-avgustdagi
«Kimyo va biologiya yo'nalishlarida uzluksiz ta'lim sifatini va ilm-fan natijadorligini oshirish chora-tadbirlari to'g'risida»gi
PQ-4805-son hamda 2021-yil 19-martdagi
«Fizika sohasidagi ta'lim sifatini oshirish va ilmiy-tadqiqotlarni rivojlantirish chora-tadbirlari to'g'risida»
gi PQ-5032-sonli qarorlari ijrosini ta'minlash maqsadida
kimyo, biologiya va fizika fanlaridan
umumta'lim maktablari bitiruvchi sinf o'quvchilari o'rtasida fan olimpiadasi bo'lib o'tadi.
📝
Eslatib o'tamiz, mazkur olimpiadada g'oliblikni qo'lga kiritgan o'quvchilar diplom va universitetning qimmatbaho esdalik sovg'alari bilan taqdirlanadilar. Shuningdek, 1, 2, va 3-o'rinlarni qo'lga kiritgan ishtirokchilar Oliy ta'lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan universitetning tegishli yo'nalishlari bo'yicha o'qishga qabul qilish uchun tavsiya beriladi.
🟢
Olimpiada o'tkazilish joyi:
Namangan davlat universiteti
📆
O'tkazilish vaqti:
25-aprel soat 9:00 da
📞
Olimpiadani tashkil etish va savollarga javob berish uchun quyidagi shaxslar mas’ul etib belgilangan:
✔️
Kimyo fanidan: Mehmanov Ilhomjon
📲
Telfon raqami :
+998999774543
✔️
Biologiya fanidan : Madaminov Rahmatjon
📲
Telfon raqami :
+998937058226
✔️
Fizika fanidan : Soyipov Jasurali Japaraliyevich
📲
Telfon raqami:
+998945062655
✔️
Informatika fanidan : Jo'rayev Sherali Umarjonovich
📲
Telfon raqami:
+998939839389
Namangan davlat universiteti Axborot xizmati
Bizni rasmiy sahifalarimizda kuzatib boring:
Veb-sayt
|
Facebook
|
Instagram
|
YouTube

April 19, 12:27

Tarmoqlarda "deputat" so'zi aylanyapti, saylov yaqinmi?

April 16, 16:42
Файлы недоступны
1
Открыть в Telegram

#Диққат
⚡️
❗️
РАСМАН ИМТИҲОН САНАЛАРИ МАЪЛУМ БЎЛДИ.
2025–2026-ўқув йилида умумий ўрта таълим муассасаларида 9- ва 11-синф битирувчилари учун якуний давлат аттестацияси имтиҳонлари кунлари эълон қилинди.
🔹
9-синф — мажбурий фанлар:
📚
Она тили ва адабиёт / Давлат тили — 1 июн
📚
Математика — 4 июн
📚
Ўзбекистон тарихи — 8 июн
📚
Жисмоний тарбия — 1–6 май
🔹
11-синф — мажбурий фанлар:
📚
Она тили ва адабиёт / Давлат тили — 2 июн
📚
Математика (Асосий / Чуқурлаштирилган) — 5 июн
📚
Ўзбекистон тарихи — 9 июн
🔹
11-синф — танлов фанлар (барча битирувчилар учун мажбурий):
📚
Физика, Кимё, Биология, География, Давлат ҳуқуқ асослари, Она тили ва адабиёти (қардош тиллар), Чет тили — 12 июн ва 15 июн кунлари бўлиб ўтади.
(Ўқувчи 2 та танлов фан танлайди: 1-фан 12 июнда, 2-фан 15 июнда ўтказилади)
👉
@SHOPIRLAR
канали

April 14, 02:55

DXX akademiyasiga nomzodlarni saralab olish va qabul qilish tartibi to'g'risidagi NIZOM
Kanalga a'zo bo'lish uchun
👉
Yurisprudensiya

April 14, 02:54
Файлы недоступны
1
1
Открыть в Telegram

⚡️
Davlat tashkilotlarida Komplayens-nazorat va korrupsiyaga qarshi kurashish xizmatida
80 dan
ortiq
vakant lavozimlar
uchun ochiq tanlov e’lon
qilindi.
Kanalga a’zo bo’lish uchun
👉
Yurisprudensiya

April 13, 02:09

⚡️
Xorijiy va nodavlat oliy taʼlim tashkilotlariga maqsadli davlat granti kvotalarini taqsimlash va moliyalashtirish tartibi tasdiqlandi
🔰
Prezidentining PF–58-son Farmoni bilan Xorijiy va nodavlat oliy taʼlim tashkilotlariga
maqsadli davlat granti asosidagi qabul parametrlari har yili 1-iyunga qadar
Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan tasdiqlanadi.
🔹
Davlat granti asosidagi tanlovda
ishtirok etishga xorijiy va nodavlat oliy taʼlim tashkilotlariga
qabul qilingan talabalarga
ruxsat etiladi.
🔹
Tanlov boʻyicha saralash imtihoni bakalavriat taʼlim yoʻnalishining
fanlar majmuasi
boʻyicha oʻtkaziladi. Bunda Vazirlik
har yili 1-iyulga qadar
klassifikatorda mavjud boʻlmagan xorijiy va nodavlat oliy taʼlim tashkilotlaridagi
bakalavriat taʼlim yoʻnalishlarining taʼlim sohalariga muvofiqligini
belgilaydi hamda
fanlar majmuasini
eʼlon qiladi.
Tanlov boʻyicha saralash imtihonlari
har yili
sentyabr-oktyabr oylarida
oʻtkaziladi.
Bunda:

test sinovlari
– Bilim va malakalarni baholash agentligi tomonidan;

kasbiy (ijodiy) imtihonlar
– Vazirlik tomonidan belgilangan oliy taʼlim tashkilotlari tomonidan oʻtkaziladi.

Davlat grantlari
belgilangan minimal oʻtish bali va undan yuqori ball toʻplaganlarga
ballar ketma-ketligida taʼlim sohasi boʻyicha ajratilgan qabul koʻrsatkichlari doirasida taqdim etiladi.
❗️
Davlat grantini olgan talabalar bilan oʻqishini tamomlagandan soʻng davlat (ulushi boʻlgan) tashkilotlarda uch yil davomida ishlab berish majburiyatini nazarda tutuvchi
uch tomonlama shartnomalar
rasmiylashtiriladi.
🇺🇿
@nodavlattalim
— nodavlat oliy ta’lim muassasalari haqida rasmiy xabarlar!

April 13, 02:09

⚡️
Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligiga qoʻshimcha vakolatlar berilmoqda
Taʼlim tashkilotlariga qabul qilish boʻyicha
davlat komissiyasining quyidagi vakolatlari
oʻtkaziladi
:

bakalavriat va magistraturaga
qabul natijalarini tasdiqlash
;

oʻqishga tavsiya etilgan abituriyentlar uchun
kontrakt toʻlovlarini amalga oshirish va ularni talabalikka qabul qilish
boʻyicha
hujjatlarni rasmiylashtirishning soʻnggi muddatini
belgilash;

bir davlat oliygohidan boshqasiga talabalarning
oʻqishini koʻchirish
toʻgʻrisidagi
arizalarni koʻrib chiqish va oʻqishini koʻchirish maqsadga muvofiqligi
toʻgʻrisida tavsiya berish;

imtiyozga ega abituriyentlarni
talabalikka tavsiya qilish;

xorijiy davlatlar fuqarolari,
jumladan, xorijdagi vatandoshlar uchun ajratilgan
grant oʻrinlariga
talabalikka tavsiya etish.

Bundan faqat
Prezident hujjatlari bilan oliy ta’lim tashkilotlariga mustaqil qaror qabul qilish vakolati berilgan
hollar mustasno.
Shuningdek,
2026-yil 1-sentyabrdan boshlab:

davlat oliygohlarining rektori
(xorijiy oliygoh filialining mahalliy rektori yoki direktori, ijrochi direktori)
ni
boʻysunuvi boʻyicha tegishli vazirlik va idora rahbari tavsiyasiga koʻra Prezident Administratsiyasi va Vazirlar Mahkamasi bilan kelishilgan holda
lavozimga tayinlash va lavozimidan ozod etish
;

davlat oliygohining
filiali direktorini
oliy taʼlim tashkiloti rektorining tavsiyasiga asosan
lavozimga tayinlash va lavozimidan ozod etish
;

davlat oliygohlari rektorlari (direktorlari)ga
intizomiy choralar koʻrish
hamda prorektorlarni (direktor oʻrinbosarlarni)
lavozimdan ozod etish boʻyicha bajarilishi majburiy boʻlgan taqdimnomalar kiritish
;

xorijiy va nodavlat oliygohlar tomonidan beriladigan oʻz namunasidagi diplom va uning ilovasida aks ettirilishi
shart boʻlgan maʼlumotlarning minimal talabini
belgilash;

magistratura mutaxassisliklari va oliy taʼlimdan keyingi taʼlim ixtisosliklariga qabul qilishda talab etiladigan
xorijiy til sertifikati darajalarini belgilash.
🇺🇿
@nodavlattalim
— nodavlat oliy ta’lim muassasalari haqida rasmiy xabarlar!

April 12, 17:29

#Qonunchilik_yangiliklari
⚡️
Bakalavriatni xorijiy tilda yakunlagan talabalardan taʼlimning keyingi bosqichida xorijiy til sertifikati so‘ralmaydi
Prezidentining
“Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar tizimini takomillashtirishning qoʻshimcha chora-tadbirlari toʻgʻrisida”
2026-yil 10-apreldagi PF–58-son Farmoni qabul qilindi.
🔰
Farmonga ko‘ra:
Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Oliy taʼlimni rivojlantirish tadqiqotlari markazi negizida
Oliy taʼlimni rivojlantirish va global hamkorlik markazi
tashkil etiladi.

Davlat OTMning
bakalavriat
taʼlim yoʻnalishlariga ajratilgan
grant kvotalarining toʻlmay
qolgan qismi hisobidan
har yili 500 nafargacha
iqtidorli chet el fuqarolariga grant
(oʻqish xarajatini qoplash va maxsus stipendiya)
berishni nazarda tutuvchi
“Yangi Oʻzbekiston stipendiyasi”
dasturi
amalga oshiriladi.

2026/2027 oʻquv yilidan boshlab
xorijiy talabalarni o‘qishga qabul qilish
“Study in Uzbekistan” platformasi
orqali yoʻlga qoʻyiladi. Bunda, qabul shartlari va tartibi
oliy taʼlim tashkiloti tomonidan mustaqil
belgilanadi.
❗️
Shuningdek, taʼlim dasturini
xorijiy tilda yakunlagan talabalar taʼlimning keyingi bosqichi uchun
hujjat topshirishda xorijiy tilni bilish toʻgʻrisidagi
sertifikatni taqdim etishdan ozod etiladi
.
🇺🇿
@nodavlattalim
— nodavlat oliy ta’lim muassasalari haqida rasmiy xabarlar!