Выберите регион
и язык интерфейса
Покажем актуальные для региона
Telegram-каналы и возможности
Регион
avatar

Insayt Psixologiya

Insight_psixologiya
Insayt psixologiya va trening markazi 🟣 Oliy maʼlumotli psixologlar; 🟣 Eng zamonaviy metodikalar; Tel: +998935495568 Sahifalarimiz: http://bit.ly/insight-psixologiya Savollar: @Insayt_admin Kurslar: https://telegra.ph/INSIGHT-psixologiya-markazi-08-27
Подписчики
2 350
24 часа
30 дней
-20
Просмотры
598
ER
26,17%
Посты (30д)
23
Символов в посте
726
Инсайты от анализа ИИ по постам канала
Категория канала
Психология
Пол аудитории
Женский
Возраст аудитории
25-34
Финансовый статус аудитории
Средний
Профессии аудитории
Психология и консультация
Краткое описание
March 10, 11:41
Файлы недоступны
1
Открыть в Telegram

Agar sizni ham arxetiplar va hissiy intellekt mavzusi qiziqtirsa, batafsil ma’lumot olish uchun bizga murojaat qiling.
Telegram
@Insayt_admin
Telefon: 93 508 55 68
93 549 55 68

March 09, 05:24
Файлы недоступны
1
Открыть в Telegram

Bugungi kun uchun kichik eslatma:
siz o‘ylagandan ko‘ra kuchliroqsiz...

March 09, 04:11
Файлы недоступны
1
Открыть в Telegram

Assalomu alaykum, dushanba tongi hayrli bo‘lsin,
😊
Bugun kayfiyatimizda faqat pozitiv emotsiya bo‘lsin.
Hissiy intellekt yo‘l ko‘rsatsin kun davomida,
Motivatsiya kuch bersin har bir qadamimizga.
Stress bizdan uzoqda, balans qalbimizda bo‘lsin,
Har bir fikrimiz esa pozitiv tafakkur bilan to‘lsin.
O‘z-o‘zini anglash yangi eshiklar ochsin hayotda,
Va hafta davomida omad siz bilan bo‘lsin har lahzada!

March 07, 03:22
Файлы недоступны
1
Открыть в Telegram

Ba'zida biz o‘z his-tuyg‘ularimizni tushunmay qolamiz. Asabiylashamiz, xafa bo‘lamiz yoki ayrim vaziyatlarda qanday reaksiya qilishni bilmaymiz. Aslida esa bularning barchasi hissiy intellekt bilan bog‘liq.
Shu sabab hissiy intellektni rivojlantirish bo‘yicha bepul vebinar tashkil qilinmoqda. Vebinar davomida siz bilan:
--arxetiplar va hissiy intellektning o'zaro bo'g'liqligi;
— his-tuyg‘ularni anglash va boshqarish bizga nima uchun kerakligi;
— odamlar bilan sog‘lom va samarali muloqot qilishda emotsiyalarning ahamiyati xaqida batafsil gaplashamiz.
Agar siz o‘zingizni chuqurroq tushunishni va hayotingizda ko‘proq muvozanat bo‘lishini istasangiz, siz bilan vebinard auchrashamiz .
📩
Batafsil ma’lumot va ro‘yxatdan o‘tish uchun quyidagi raqamlarga murojat qiling
📞
Tel: 93 508 55 68
93 549 55 68
Admin:
@Insayt_admin

February 26, 14:21

Men 70 yoshdan oshib, 80 sari odimlayotgan do‘stimdan: “O‘zingda qanday o‘zgarishlarni his qilyapsan?” deb so‘radim. U menga shunday javob yubordi:
1. Men “Atlant” emasligimni tushundim. Dunyo mening yelkamda turmaydi.
2. Har bir kunni go‘yo oxirgisi kabi yashashni o‘rgandim. Chunki u haqiqatan ham oxirgisi bo‘lishi mumkin.
3. Ota-onamni, aka-ukalarimni, opa-singillarimni, turmush o‘rtog‘imni, farzandlarimni va do‘stlarimni yaxshi ko‘rardim, endi esa o‘zimni ham sevishni boshladim.
4. Hatto ularning nohaq ekanini bilsam ham, odamlarni tuzatishga urinmaslikni o‘rgandim. Hammadan mukammallik yasash yukini ko‘tarish mening vazifam emas. Tinchlik mukammallikdan qadrliroq.
5. Hissiyotlarimdan uyalmaslikni o‘rganayapman. Aynan hissiyotlarim meni inson qiladi.
6. Ofitsiantga ko‘proq choychaqa qoldiraman. Bu pul uning yuzida tabassum paydo qilishi mumkin. U kun kechirish uchun mendan ko‘ra ancha og‘ir mehnat qiladi.
7. Meni qadrlamaydigan odamlardan uzoqlashaman. Ular mening qadrimni bilmasligi mumkin, lekin men bilaman.
8. Keksalarga: “Bu hikoyani allaqachon ko‘p marta aytgansiz”, demay qo‘ydim. Bu hikoya ularga xotiralar ko‘chasidan yana bir bor yurib o‘tish va o‘tmishni qayta his qilish imkonini beradi.
9. Maqtovlarni erkin va saxiy aytaman. Maqtov nafaqat eshitganning, balki aytganingning ham kayfiyatini ko‘taradi.
10. Sabzavot va meva sotuvchilari bilan savdolashmay qo‘ydim. Bir-ikki tanga men uchun hech narsani o‘zgartirmaydi, ammo kimningdir bolasi o‘qishi uchun yordam bo‘lishi mumkin.
11. Ko‘ylakdagi burma yoki dog‘ga e’tibor bermaslikni o‘rgandim. Shaxsiyat tashqi ko‘rinishdan balandroq gapiradi.
12. Kimdir “kalamush poygasi”da meni ortda qoldirish uchun nopok yo‘l tutsa, xotirjamligimni yo‘qotmayman. Men kalamush emasman va bu poygada qatnashmayman.
13. Munosabatlarni uzishdan ko‘ra “ego”ni chetga surish yaxshiroq ekanini angladim. Ego meni yolg‘iz qoldiradi, munosabatlar esa yolg‘iz qoldirmaydi.
14. Meni baxtli qiladigan ishni qilaman. O‘z baxtim uchun mas’uliyatni o‘zim olaman.
—Entony Xopkins
https://t.me/Insight_psixologiya

February 21, 17:29

Baylor universiteti, 2015 yil.
Neyropsixolog
Brayan Rendl
135 nafar ishtirokchi bilan tadqiqot o‘tkazdi. Har bir ishtirokchi psixopatik xususiyatlarni aniqlovchi
PPI-R
shkalasi bo‘yicha testdan o‘tdi. So‘ng ularga esnayotgan odamlar tasvirlangan videolar namoyish qilindi. Natija shuni ko‘rsatdiki: berahmlik (callousness) ko‘rsatkichi qanchalik yuqori bo‘lsa, “yuqumli esnash” ehtimoli shunchalik past bo‘lgan. Eng yuqori 10 foizlik guruh vakillari esa biror marta ham esnamagan.
1. Yuqumli esnash oddiy refleks emas. Bu — empatiya.
Premotor korteksdagi ko‘zgu neyronlari inson boshqaning harakatini ko‘rganida faollashadi. Ular shunchaki harakatni takrorlamaydi — holatni modellashtiradi. Kimningdir esnaganini ko‘rganingizda, miya o‘sha odamning charchoq holatini ichingizda qayta hosil qiladi. Esnash havo orqali emas, neyron empatiya orqali “yuqadi”.
2. Psixopatlarda ko‘zgu tizimi boshqacha ishlaydi.
2013 yilda London Qirollik kolleji olimlari diagnostika qilingan psixopatiyaga ega 30 nafar erkak ishtirokida MRT tadqiqoti o‘tkazgan. Kuzatuv natijasida, hissiy ifodalarni tomosha qilganda ularning ko‘zgu neyronlari avtomatik tarzda faollashmagan. Biroq to‘g‘ridan-to‘g‘ri ko‘rsatma berilganda tizim ishga tushgan. Demak, empatiya mutlaqo yo‘q emas — u “sukut bo‘yicha” o‘chirilgan.
3. To‘rt yoshgacha bo‘lgan bolalarda yuqumli esnash kuzatilmaydi.
Ko‘zgu tizimi 4–5 yosh atrofida yetiladi. Ungacha bola boshqaning holatini avtomatik tarzda modellashtira olmaydi. U esnashni ko‘radi, ammo uni ichki jihatdan qayta ishlab chiqmaydi. Autizm spektridagi bolalarda ham yuqumli esnash kechroq shakllanadi. Shu bois yuqumli esnash ijtimoiy miyaning rivojlanish ko‘rsatkichi sifatida qaraladi.
4. Itlar egasidan esnashni “yuqtiradi”, begonalardan esa yo‘q.
2013 yilda Tokio universitetida o‘tkazilgan tadqiqotga ko‘ra, itlar o‘z egasining esnashiga begona odamnikiga nisbatan 5 baravar ko‘proq javoban esnagan. Ko‘zgu empatiyasi yaqinlik va bog‘lanish mavjud bo‘lgan shaxsga nisbatan kuchliroq ishlaydi. Emotsional aloqa neyron sinxronlashuvni kuchaytiradi.
5. Ushbu matnni o‘qiyotib ham ayrimlar esnadi.
Hatto “esnash” so‘zini o‘qishning o‘ziyoq ko‘zgu neyronlarini faollashtiradi. Buning uchun video ham, tovush ham shart emas. Yetarli narsa — konsepsiyaning o‘zi. Miya matn orqali ham o‘zganing holatini modellashtira oladi. Hozirgina esnaganlar o‘z ko‘zgu tizimining ishlayotganini tasdiqladi.
Empatiya — tanlov emas. Bu miyaning “apparat sozlamasi”. Kimdadir u tug‘ma ravishda faol, boshqalarda esa “o‘chirilgan” holatda bo‘ladi. Esnash esa bu farqni ko‘zga ko‘rinadigan qiladi.
https://t.me/Insight_psixologiya

February 21, 17:27
Файлы недоступны
2
Открыть в Telegram

Esnash yuqumli jarayon. Ammo, bu jarayonga psixopatlar berilmasligi mumkinligini bilarmidingiz?
To’liq matn keyingi postda
👇

February 21, 03:46
Файлы недоступны
7
Открыть в Telegram

Raisa Tadjibayeva bilan “Multimodal konsultatsiya” kursining Art-terapiya mashg’ulotlari boshlandi.
Mart oyida to’liq Art-terapiya kursi boshlanadi. Guruhga qo’shilish uchun
@insight_admin
ga murojaat qiling.
https://t.me/Insight_psixologiya

February 18, 08:14

📢
Administrator qidirmoqdamiz
Insayt Psixologiya Markazi tajribali va mas’uliyatli administrator izlaydi.
Talablar:
✔️
Mijozlar bilan muloyim muloqot
✔️
Ish vaqtiga mas’uliyatli yondashuv
✔️
Telegram, Instagram va telefon orqali ishlashni bilish
Taklif qilinadi:

Qulay ish muhiti

Doimiy rivojlanish imkoniyati

Barqaror ish haqi (kelishiladi)

Psixologiya yo'nalishida sirtqi yoki kechki ta'limda o'qiydigan talabalar bo'lsa , yanada yaxshi
Boshqa qo'shimcha ma'lumotlar suhbat asosida
📩
Rezyumelarni shu profilga jo'natishingizni so'raymiz :
@insayt_admin
https://t.me/Insight_psixologiya

February 16, 14:27
Файлы недоступны
3
Открыть в Telegram

📌
MAK terapiya kursi
📍
Qoratosh 106, Mediapark
🗓
20-fevral, soat 14:00
📞
+998 93 549 55 68
Yangi guruh boshlanadi
🥰
📩
Batafsil ma’lumot:
@insayt_admin