Выберите регион
и язык интерфейса
Покажем актуальные для региона
Telegram-каналы и возможности
Регион
avatar

Iqtisodiyot va turizm official

Iqtisodiyotturizmfakulteti
Ushbu kanal Universitet hamda Iqtisodiyot va turizm fakulteti yangiliklari, shuningdek, talabalarning yutuqlari to'g'risida Ma'lumot yuborish: @jdovurov
Подписчики
1 250
24 часа
-10
30 дней
-10
Необычный рост (24 часа)
Просмотры
247
ER
17,6%
Посты (30д)
77
Символов в посте
922
Инсайты от анализа ИИ по постам канала
Категория канала
EDОбщее образование и новости
Пол аудитории
Женский
Возраст аудитории
35-44
Финансовый статус аудитории
Средний
Профессии аудитории
Образование
Краткое описание
April 24, 12:24
Файлы недоступны
1
1
Открыть в Telegram


ORIENTALNING FAXRLI YOSHLARI!
👍
Bugun sizni yana bir iqtidorli talabamiz bilan tanishtiramiz
!
🟢
Filologiya va tillarni o‘qitish: arab tili yo‘nalishi mutaxassisligi 3-bosqich talabasi
Sojida Hamidova
— bilimga chanqoq, har doim oldinga intiladigan va o‘z ustida ishlashdan to‘xtamaydigan yoshlarimizdan!
🏆
Sojida Jadidlar Xalqaro Ilmiy Tadqiqotlar Assotsiatsiyasi tomonidan tashkil etilgan
“Yil talabasi – 2026”
loyihasida ishtirok etib 1-o‘rinni qo‘lga kiritdi!
📄
Ilmiy izlanishlari, kreativ fikrlashi va jadidlar merosiga bo‘lgan haqiqiy qiziqishi bilan hakamlar e’tiborini qozonib, maxsus diplom hamda ko‘krak nishoni bilan taqdirlandi.
📰
Sojidaning ilmiy faoliyati izchil va maqsadli yo‘lga qo‘yilgan. U filologiya va arab tili yo‘nalishida ilmiy izlanishlar olib borib,
tilshunoslik, tarjimashunoslik
hamda
mumtoz va zamonaviy arab adabiyotini
o‘rganishga alohida e’tibor qaratmoqda.
🌟
Sojida respublika va xalqaro miqyosdagi
ilmiy-amaliy konferensiyalarda
faol ishtirok etib, o‘z ilmiy qarashlari bilan ilmiy jamoatchilik e’tiborini qozonib kelmoqda. Bundan tashqari, u mustaqil ilmiy izlanishlar bilan bir qatorda, ilmiy rahbarlari bilan hamkorlikda olib borilayotgan tadqiqotlarda ham faol qatnashib, akademik salohiyatini izchil rivojlantirib bormoqda.

Sojidaning bugungi yutuqlari uning tinimsiz mehnati, intilishi va ilmga bo‘lgan yuqori qiziqishining yaqqol natijasidir!
🏆
Talabamizning kelgusidagi ilmiy-ijodiy faoliyatida va ijtimoiy hayotda yanada ko‘proq muvaffaqiyatlar tilaymiz!
👍
ORIENTAL Matbuot xizmati
Bizni kuzating
Telegram
|
Facebook
|
Youtube
|
Instagram
|
Veb-sayt

April 23, 09:36
Файлы недоступны
9
2
Открыть в Telegram


Oriental universitetida
Edu Park xalqaro ta’lim va konsalting xizmatlari tashkiloti
vakillari bilan o‘tkazilgan uchrashuvda mehmonlar xalqaro tajribaga tayangan holda
ta’lim dasturlarini modernizatsiya qilish,
professor-o‘qituvchilar malakasini oshirish hamda talabalarda zamonaviy bilim va amaliy ko‘nikmalarni shakllantirishga qaratilgan taklif va tavsiyalarni ilgari surdilar.
❗️
Ma’lumot uchun:
Edu Park ta’lim xizmatlari tashkiloti — xalqaro ta’lim dasturlarini joriy etish, o‘quv muassasalarini xalqaro akkreditatsiyaga tayyorlash, o‘qituvchilar malakasini oshirish hamda ta’lim boshqaruvi bo‘yicha konsalting xizmatlarini ko‘rsatuvchi ixtisoslashgan tashkilot hisoblanadi. Tashkilot
Cambridge, Pearson, IB
kabi nufuzli xalqaro tizimlar talablari asosida ishlaydi hamda
ta’lim muassasalarining global standartlarga integratsiyalashuviga
ko‘maklashadi.
👍
ORIENTAL Matbuot xizmati
Bizni kuzating
Telegram
|
Facebook
|
Youtube
|
Instagram
|
Veb-sayt

April 23, 09:36
Файлы недоступны
2
Открыть в Telegram

🟦
🟦
🟦

Oriental universitetiga
Edu Park xalqaro ta’lim va konsalting xizmatlari tashkiloti
bosh direktori Islom Ali hamda tashkilot akademik direktori Marva Mansur xonim
tashrif buyurdi.

Ma’lumot uchun:
Edu Park ta’lim xizmatlari tashkiloti — xalqaro ta’lim dasturlarini joriy etish, o‘quv muassasalarini xalqaro akkreditatsiyaga tayyorlash, o‘qituvchilar malakasini oshirish hamda ta’lim boshqaruvi bo‘yicha konsalting xizmatlarini ko‘rsatuvchi ixtisoslashgan tashkilot hisoblanadi. Tashkilot
Cambridge, Pearson, IB
kabi nufuzli xalqaro tizimlar talablari asosida ishlaydi hamda
ta’lim muassasalarining global standartlarga integratsiyalashuviga
ko‘maklashadi.

📹
Batafsil videolavhada...
👍
ORIENTAL Matbuot xizmati
Bizni kuzating
Telegram
|
Facebook
|
Youtube
|
Instagram
|
Veb-sayt

April 22, 18:44
Файлы недоступны
9
2
Открыть в Telegram

🔺
RUHIY YUKSALISH SARI: TALABALAR MULOQOTI

Oriental universiteti Xotin-qizlar maslahat kengashi raisi Gulandom Abdullayeva tоmonidan Pedagogika va psixologiya yo‘nalishi talabalari ishtirokida
“Ruhiy yuksalish sari: talabalar muloqoti”
nomli psixologik davra suhbati tashkil etildi.
🖼
Davra suhbatida universitet psixologi Lobar Normatova va kafedra professor-o‘qituvchilari ham ishtirok etishdi. Uchrashuv davomida
talabalarning ta’lim jarayonidagi faolligi, odob-axloq me’yorlariga rioya etish, shaxsiy rivojlanish
va
ijtimoiy faollik
kabi muhim masalalar muhokama qilindi.
👍
ORIENTAL Matbuot xizmati
Bizni kuzating
Telegram
|
Facebook
|
Youtube
|
Instagram
|
Veb-sayt

April 22, 18:44
Файлы недоступны
10
2
Открыть в Telegram

Universitetimiz professori xalqaro ilmiy anjumanda ishtirok etdi!
🇹🇷
Turkiyaning Marmara universitetida 17-18-aprel kunlari
“Uluslararası Kapsayıcı Eğitim Kongresi (UKEK-2026)”
xalqaro ilmiy-amaliy anjumani bo‘lib o‘tdi.

Mazkur nufuzli anjumanda Oriental universitetining
“Uzluksiz ta’lim pedagogikasi”
kafedrasi professori, pedagogika fanlari nomzodi Dildora Nazarova
“Inklyuziv ta’limda eshitishida muammosi bo‘lgan o‘quvchilarning didaktik faoliyatini rivojlantirishning texnologik asoslari”
mavzusidagi ma’ruzasi bilan ishtirok etdi.
⚡️
Anjumanda Turkiya bilan bir qatorda
Bolgariya, Italiya, Portugaliya
,
Ispaniya
va
Chexiy
a kabi davlatlardan yetakchi olim va mutaxassislar ham qatnashdi.

Shuningdek, anjuman doirasida professor Dildora Nazarova Marmara universiteti vakillari — Atatürk ta’lim fakulteti dekani, professor
Yusuf Alpaydın,
Alohida ta’lim ehtiyojlariga ega talabalar bilan ishlash bo‘linmasi rahbari
Zuhal Özgench Pek
hamda Maxsus pedagogika yo‘nalishi rahbari, professor
Özcan Karaaslan
bilan uchrashuvlar o‘tkazdi.
🖌
Uchrashuvlarda inklyuziv ta’limni rivojlantirish, tajriba almashish hamda kelgusidagi ilmiy-amaliy hamkorlik istiqbollari muhokama qilindi.
👍
ORIENTAL Matbuot xizmati
Bizni kuzating
Telegram
|
Facebook
|
Youtube
|
Instagram
|
Veb-sayt

April 22, 18:44
Файлы недоступны
3
Открыть в Telegram

ORIENTALDA NAVBATDAGI RESPUBLIKA FAN OLIMPIADASI!
Oriental universitetida yurtimizdagi barcha maktablarning 11-sinf o‘quvchilari o‘rtasida
navbatdagi
respublika
“Fan olimpiadasi”
start olmoqda!
“Fan olimpiadasi”
savollari
9-11-sinf darsliklari dasturi asosida
tuziladi hamda quyidagi sanalarda bo‘lib o‘tadi:
25-aprel
kuni
soat 10:00
da
informatika, ona tili va adabiyoti
hamda
tarix
fanlari bo‘yicha;
2-may
kuni esa
soat 10:00
da
matematika, ingliz tili
va
jismoniy tarbiya
fanlari bo‘yicha o‘tkaziladi.
Olimpiadada
har bir fan yo‘nalishi bo‘yicha
yuqori natijalarni qayd etgan o‘quvchilar quyidagicha taqdirlanadi:
1-o‘rin
— noutbuk;
2-o‘rin
— planshet;
3-o‘rin
— smartfon.
Talabgorlar quyidagi manzillarga murojaat qilishlari va ro‘yxatdan o‘tishlari so‘raladi:
@Dilya0103
,
@Jonibekjonutkirovich
Murojaat uchun telefon:
+998975952625,
+998900047434
Bu faqat olimpiada emas. Bu sizning bilim va kelajagingiz uchun katta imkoniyat!
Universitet manzili:
Toshkent shahri, Noraztepa ko‘chasi, 52-uy

April 22, 18:44
Файлы недоступны
1
1
Открыть в Telegram

🟦
🟦
🟦
🟦
🟦
🟦
🌟
Oriental universitetida 2026 yil III chorak uchun oliy ta’limdan keyingi ta’lim bosqichiga —
mustaqil izlanuvchilik (PhD va DSc)ga
hujjatlar qabuli boshlandi!
🎓
Ta’lim yo‘nalishlari:

07.00.01 — O‘zbekiston tarixi

08.00.15 — Tadbirkorlik va kichik biznes iqtisodiyoti

10.00.05 — Osiyo va Afrika xalqlari tili va adabiyoti

13.00.07 — Ta’limda menejment
📆
Hujjat topshirish muddati:
15-mayga qadar
🌐
Hujjatlar
daraja.ilmiy.uz
va
my.gov.uz
platformalari orqali elektron shaklda qabul qilinadi
📹
Ariza topshirish tartibi bo‘yicha videoqo‘llanma
✔️
Barcha izlanuvchilarni ilmiy faoliyatga keng jalb etish maqsadida ushbu tanlovda faol ishtirok etishga taklif etamiz!
👍
ORIENTAL Matbuot xizmati
Bizni kuzating
Telegram
|
Facebook
|
Youtube
|
Instagram
|
Veb-sayt

April 17, 14:01
Файлы недоступны
9
2
Открыть в Telegram

Universitetimizda kiberxavfsizlik bo‘yicha davra suhbati o‘tkazildi!

Oriental universitetida
“Zamonaviy tahdidlar va yoshlar: kiberxavfsizlik yo‘lida hamkorlik”
mavzusida profilaktik davra suhbati tashkil etildi.
🫡
Tadbirda Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi Axborot-multimedia markazi boshlig‘i o‘rinbosari
Qahramon Xudoyberganov
ishtirok etib, professor-o‘qituvchilar va talabalar bilan ochiq va samimiy muloqot olib bordi.
💻
Uchrashuv davomida
kiberjinoyatchilikning zamonaviy ko‘rinishlari,
ijtimoiy tarmoqlarda uchraydigan firibgarlik usullari,
shaxsiy ma’lumotlarning himoyasi
hamda raqamli makonda
xavfsiz harakatlanish qoidalari
yuzasidan atroflicha ma’lumotlar berildi.
👍
ORIENTAL Matbuot xizmati
Bizni kuzating
Telegram
|
Facebook
|
Youtube
|
Instagram
|
Veb-sayt

April 17, 14:01
Файлы недоступны
4
Открыть в Telegram

🟦
🟦
🟦

Oriental universitetida Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi Axborot-multimedia markazi boshlig‘i o‘rinbosari
Qahramon Xudoyberganov
ishtirokida
“Zamonaviy tahdidlar va yoshlar: kiberxavfsizlik yo‘lida hamkorlik”
mavzusida profilaktik davra suhbati
tashkil etildi.
📹
Batafsil videolavhada...
👍
ORIENTAL Matbuot xizmati
Bizni kuzating
Telegram
|
Facebook
|
Youtube
|
Instagram
|
Veb-sayt

April 17, 14:01
Файлы недоступны
9
2
Открыть в Telegram

Universitetimizda jinoyatchilikka qarshi kurash bo‘yicha uchrashuv o‘tkazildi!
🏛
“Muammolarimizning yechimi, savollarimizning javobi faqat va faqat ta’limda. Hamma eshiklarni ochadigan kalit ham – faqat va faqat ta’lim va tarbiyadir”.
Shavkat Mirziyoyev

Oriental universitetida huquqbuzarliklarning oldini olishga qaratilgan
“Yoshlar o‘rtasida bezorilik va tan jarohati yetkazish jinoyatlarining oldini olish”
mavzusidagi muhim profilaktik uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
🫡
Tadbirda
O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar akademiyasi tinglovchilari
— podpolkovnik Elyor Ergashev hamda podpolkovnik Sodiqjon Qarshiboyev ishtirok etib, talabalar bilan ochiq va samimiy muloqot olib bordilar.

Uchrashuvda hayotiy misollar, amaliy tavsiyalar va ogohlantiruvchi faktlar orqali talabalarda hushyorlik, mas’uliyat hamda qonunga hurmat tuyg‘ularini mustahkamlashga alohida e’tibor qaratildi.
👍
ORIENTAL Matbuot xizmati
Bizni kuzating
Telegram
|
Facebook
|
Youtube
|
Instagram
|
Veb-sayt