Выберите регион
и язык интерфейса
Покажем актуальные для региона
Telegram-каналы и возможности
Регион
avatar

Italyan tili

Italian_lan
• web-sahifa: https://www.initalia.uz ° admin : @Samarcanda_99 • Test: https://test.initalia.uz • Yozish : @scrivere_in_italiano • Kino : @Cinema_italiano_uz
Подписчики
1 650
24 часа
30 дней
30
Просмотры
527
ER
0,33%
Посты (30д)
13
Символов в посте
982
December 08, 23:47

📣
E’LON! ITALYAN TILI DARSIGA QABUL BOSHLANDI!
🇮🇹
🍕
😎
Salom, do‘stlar! Agar siz “Mamma miaaa!” deb aytishni orzu qilgan bo‘lsangiz, yoki makaronni yeyishdan tashqari gapirishni ham o‘rganmoqchi bo‘lsangiz demak mening darslarim aynan sizga mos!
💬
Dars davomida…

December 08, 11:11

🟥
9 dekabr — Atac (Rim) tomonidan umumxalq 24 soatlik
ish tashlash
Transportning ishlash vaqti:
🕗
Kafolatlangan: kunduzgi harakat boshlanishidan 8:29 gacha, so‘ng 17:00 dan 19:59 gacha


Kafolatlanmagan: 8:30 dan 16:59 gacha va 20:00 dan kun oxirigacha
Tungi soatlar:
• 8/9 dekabr kechasi: tungi avtobuslar kafolatlanmaydi
• 9/10 dekabr kechasi: tungi avtobuslar odatdagi tartibda ishlaydi
🇮🇹
@italian_lan
🇮🇹
https://www.romatoday.it/attualita/sciopero-domani-roma-9-dicembre-2025.html

December 08, 06:41

Bugun,
8‑dekabr
, Italiyada har yili nishonlanadigan muhim bayram —
Immacolata Concezione
kuni. Italiyaliklar uchun bu nafaqat diniy, balki madaniy va tarixiy ahamiyatga ega bayramlardan biri hisoblanadi. Bayramning nomi italyancha “Immacolata Concezione” bo‘lib, tarjimasi
“Pok Uylanish”
yoki
“Muqaddas Maryam gunohsiz homilador bo‘lishi”
degan ma’noni bildiradi. Bu kun, katolik an’anasiga ko‘ra, Maryam Isoga ona bo‘lishdan oldin
butunlay gunohsiz va pok ekanligini
nishonlaydi.
Immacolata Concezione bayramining tarixi uzoq va qiziqarli. Bu diniy bayram
katolik cherkovida qadimdan mavjud
bo‘lib, Maryamning pokligi va gunohsizligi haqida ta’limotga asoslangan. 1854-yilda
Papa Piy IX
bayramni rasmiy ravishda tasdiqladi va shu tariqa
katolik cherkovi uchun muhim diniy marosimga aylantirdi
. Shu vaqtdan boshlab, bayram Italiyada va boshqa katolik mamlakatlarda
davlat bayrami sifatida
nishonlana boshladi. Bu kunni nishonlash orqali Italiyada xalq Maryamning pokligi va gunohsizligi haqida eslab, ruhiy quvvat oladi.
Italiyada Immacolata Concezione bayrami
maxsus Messa (katolik ibodati)
bilan boshlanadi. Cherkov va katedralarda odamlar jam bo‘ladi, Bibliyadan oyatlar o‘qiladi, ruhoniy saboq beradi va eng muhim qism —
Eucharistiya
o‘tkaziladi. Bu marosimda non va sharob Xristosning tanasi va qoni sifatida tushuntiriladi, ibodat qiluvchilar bu orqali
gunohlardan poklanish va ruhiy mustahkamlik
ni his qilishadi.
Bayram davomida Italiyada
katoliklar va shahar aholisi birga bo‘lib, Maryam haykali oldida marosimlar o‘tkazadilar
, qo‘shiqlar kuylanadi va qisqa ibodatlar qilinadi. Rimda esa Papa har yili ushbu bayramga bag‘ishlangan maxsus marosimni boshqaradi. Bu marosimlar Italiyada bayramning eng ramziy va tarixiy qismi hisoblanadi.
Immacolata Concezione bayrami faqat diniy emas, balki Italiya madaniyati va jamiyatining ham bir qismidir. Bayramdan keyin
Rojdestvo mavsumi boshlanadi
, shaharlar bayramona bezatiladi, do‘konlar, bozorlar va ko‘chalarda bayram ruhiyati hukm suradi. Ko‘plab oilalar uylarini bezatadi, bayramona an’analar — maxsus taomlar tayyorlash, ibodat qilish va jamoa bilan birga bo‘lish — davom ettiriladi.
🇮🇹
@italian_lan
🇮🇹

December 08, 06:06

🇮🇹
@italian_lan
🇮🇹

December 08, 05:29

Tasavvur qiling…
Rim markazidagi kichik qahvaxonaga kirdingiz. Barista tabassum bilan “Espresso?” deydi. Siz bosh irg‘aysiz, qo‘lingizga bir nechta kupyurani olasiz —
ularning orasida 100 000 yozuvi bor!
Siz o‘zingizni
millioner
dek his qilasiz(xuddi o’zbekistondagidek)…
Ammo shu “millionlar” — atigi bir nechta qahva narxi.
😄
Bu afsona emas. Bu —
Italiya Lirasi
ning haqiqiy tarixi.
Italiya lirasi Italiya tarixidagi eng mashhur va eng uzoq yashagan valyutalardan biri edi. Lira birinchi marta
1861-yilda
, Italiya qirolligi tashkil topgach, butun mamlakat bo‘ylab rasmiy pul sifatida muomalaga kiritildi. Yangi davlatga yangi valyuta kerak.
Shu tariqa Lira dunyoga chiqadi:
LIRA — ₤
Uning nomi qadimgi lotincha
“libra”
— “vazn o‘lchovi”dan kelib chiqqan.
Ammo hech kim uning kelajakda millionlar bilan o‘lchanadigan valyuta bo‘lishini bilmagan edi…
Italiya banknotalari — muzey eksponatlariga o‘xshardi.
Ular ustida quyidagilar jilmayib turardi:

Leonardo da Vinchi

Galileo Galiley

Maria Montessori
Go‘yo har bir kupyura sizga:
“Men ham bir san’at asariman!”
— deb ovoz berardi.
1970–90-yillar oralig‘i Italiya iqtisodiyotida bo‘ronli davr bo‘ldi.
Narxlar o‘sdi. Liraning qiymati pasaydi.
Va nihoyat…
kunda-kuniga 50 000, 100 000, 500 000 liralik kupyuralar paydo bo‘ldi.
Italiyada hazil mashhur bo‘lib qoldi:
“Millioner bo‘lish oson, lekin boy bo‘lish — yo‘q.”
2002
yil Italiya tarixida bir eshik yopildi:
lira rasman bekor qilindi.
O‘rniga esa:
1 euro = 1936.27 lira
kursi bilan euro keldi.
Italiya xalqining qo‘lidagi millionlar birdaniga oddiy sonlarga aylanishi — yillar davomida yodda qoldi.
Bugun lira:
numizmatlar quvonchi,
tarix ixlosmandlari uchun yodgorlik,
katta sonlar zamonidan qolgan “xotira” bo’lib qoldi
Ba’zi tangalar hozir qimmat mashinalar narxida sotilyapti. Ha, Lira endi haqiqiy boylikka aylangan.
🇮🇹
@italian_lan
🇮🇹

December 08, 05:28
Файлы недоступны
2
Открыть в Telegram

December 07, 00:59
Файлы недоступны
1
Открыть в Telegram

Sgattaiolare
-
sezdirmay chiqib ketmoq
🇮🇹
Il gatto
ha sgattaiolato
fuori dalla porta sensa farsi notare -
🇺🇿
Mushuk eshikdan hech kimga
sezdirmay chiqib ketdi
🇮🇹
@italian_lan
🇮🇹

December 04, 20:09

📣
E’LON!
ITALYAN TILI DARSIGA QABUL BOSHLANDI!
🇮🇹
🍕
😎
Salom, do‘stlar!
Agar siz “Mamma miaaa!” deb aytishni orzu qilgan bo‘lsangiz,
yoki makaronni yeyishdan tashqari gapirishni ham o‘rganmoqchi bo‘lsangiz
demak mening darslarim aynan sizga mos!
💬
Dars davomida siz:
– “Che bella!” degan iborani hatto qizlarga, gulga aytib qo’yishingiz mumkin;
– “Pitsa”ni shunday italyancha talaffuz qilasizki, atrofdagilar sizni Italiyadan qaytib kelgan deb o‘ylashadi;
– Asta-sekin qo‘llaringiz bilan gapira boshlaysiz
📅
Kurs 15-dekabrdan boshlanadi!
🗓
Darslar haftasiga 2 marta bo‘ladi.
(Demak, haftada kamida ikki marta Italiyaning kayfiyati sizda bo‘ladi — makaron yeyish shart emas, lekin tavsiya qilinadi.)
🎧
Darslar nimalarni o‘z ichiga oladi?

Gapirish:
Italiyaga bormasdan turib, o‘zingizni Rim ko‘chalarida yurganday his qilasiz.

Tinglash:
Endi italyan filmlarida kim kimga nima deganini taxmin qilishingiz shart bo‘lmaydi — tushuna boshlaysiz.

Tarjima qilish:
“Amore”, “pasta”, “ciao” bilan chegaralanib qolmaysiz, haqiqiy jumlalarni tarjima qila olasiz.
🧠
Darslar sodda, tushunarli va kulgili tarzda o‘tadi.
O‘zingizni majlisda emas, do‘stlar davrasida o‘tirgandek his qilasiz — faqat farqi, bu davrada italyancha gaplashasiz.
💶
Oylik
narxi:
60 euro (bu narx bilan siz Italiyaning kayfiyatini haftasiga ikki marta qo‘lga kiritasiz!)
🎓
Maqsad:
Sizga italyan tilini shunchaki o‘rgatish emas, balki uni yoqimli, quvnoq va oson ko‘rinishga aylantirish!
Darslar tugaguncha sizda italyancha ohang, qo‘lda esa “Jestikulatsiya mode ON” bo‘ladi
😄
📞
Ro‘yxatdan o‘tish uchun shunchaki menga
@Samarcanda_99
bitta jumla yozing:
“Mamma mia, men ham qatnashaman!”

December 04, 17:30
Файлы недоступны
1
Открыть в Telegram

Sberlucciare
- yaltiramoq , charaqlamoq
Le stelle
sberlucciavano
nel cielo limpido - Yulduzlar musaffo osmonda
charaqlab turar edi
🇮🇹
@italian_lan
🇮🇹

December 03, 00:33

#nuovo_tema
#ESSO_ESSA_
ESSI_ ESSE
Bu olmoshlar
3-shaxs ko‘rsatish/ko‘chirish olmoshlari bo‘lib
, asosan
narsalar, hayvonlar yoki jins-nomaydon
kontekstlarda ishlatiladi. Odamlar haqida hozirgi zamon italyan tilida odatda ishlatilmaydi (
rasmiy yoki adabiy uslubdan tashqari).
❇️
Jins va son bo‘yicha farqlanishi
Olmosh Jins Son
esso
erkak (maschile) birlik
essa
ayol (femminile) birlik
essi
erkak (maschile) ko‘plik
esse
ayol (femminile) ko‘plik
❇️
Ishlatilishi
Narsa yoki hayvon haqida gapirganda
Italyan tilida
avval aytilgan otni takrorlamaslik uchun
ishlatadi.
Misollar:
Ho visto un
cane
.
Esso
correva veloce.
(Men
itni
ko‘rdim.
U
tez yugurayotgan edi.)
cane
- it ya'ni mujskoy roddagi ot va shu bois -
esso
- ishlatilmoqda
Ko'plik
Ho visto i
cani
.
Essi
correvano veloce
(Men
itlarni
ko‘rdim.
Ular
tez yugurayotgan edi.)
Ho comprato una
macchina
.
Essa
è molto comoda.
(Mashina sotib oldim. U juda qulay.)
macchina
- mashina ya'ni jenskiy roddagi ot va shu bois -
essa -
ishlatilmoqda
Ho comprato 2
macchine
.
Esse
sono molto comode.
(2 ta mashina sotib oldim. Ular juda qulay.)
❇️
Rasmiy matnlarda, ilmiy uslubda
Ko‘proq adabiyot, qonun, ilmiy matnlarda uchraydi.
Misol:
Il
governo
ha preso questa decisione.
Esso
mira a proteggere l’ambiente.
(Hukumat bu qarorni qabul qildi. U atrof-muhitni himoya qilishga qaratilgan.)
🔴
Odamlar uchun odatda ishlatilmaydi
Odamlar haqida
lui / lei / loro
ishlatiladi.

Ho visto Marco. Esso era stanco.

Ho visto Marco. Lui era stanco.
Sintaktik roli
🔹
Ega
o‘rnida (soggetto)
Il
gatto
è uscito.
Esso
è tornato tardi.
(
Mushuk
chiqib ketdi.
U
kech qaytdi.)
🔹
To‘ldiruvchi
o‘rnida (complemento)
Ho trovato il
libro
e l’ho letto. Amo
esso
molto.
(
Kitobni
topdim va o‘qidim.
Uni
juda yaxshi ko‘raman.)
Quyidagi mashqda savollarga javobni
kommentariya
qismiga yozing :
1. Ho visto un cavallo.
__
correva libero nel campo.
2. Ho lavato le tazze. ______erano molto sporche.
3. Il tavolo è nuovo.
__
è fatto di legno.
4. La lampada non funziona perche
_
é rotta.
5. Ho comprato dei fiori.
__
profumano tantissimo.
🇮🇹
@italian_lan
🇮🇹