
Ahli Iymon Bolajonlari
Аҳли оиласи ва зурриётинг солиҳлигини тилаб дуо қилиш.
Аллоҳ таоло айтади:
وَٱلَّذِينَ يَقُولُونَ رَبَّنَا هَبۡ لَنَا مِنۡ أَزۡوَٰجِنَا وَذُرِّيَّٰتِنَا قُرَّةَ أَعۡيُنٖ وَٱجۡعَلۡنَا لِلۡمُتَّقِينَ إِمَامًا
📖
Улар: «Парвардигоро, Ўзинг бизларга жуфти ҳалолларимиздан ва зурриётларимиздан шод-хуррамлик ҳадя этгин ва бизларни тақводорларга пешво қилгин», дейдиган кишилардир.
(Фурқон сураси, 74-оят).
Ибн Аббос розияллоҳу анҳумо айтади:
Аллоҳ суйган бандалар ушбу дуолари билан Аллоҳ таолога тоат-ибодат қилишни канда қилмайдиган зуриёт беришини, буни кўриб дунёю охиратда кўзлари қувониб юришини назарда тутишган.
Ибн Касир роҳимаҳуллоҳ айтади:
Аллоҳ суйган бандалар пуштларидан, зурриётларидан Аллоҳга итоат этадиган, Унга бирон нарсани шерик қилмай ёлғиз Ўзига ибодат қиладиган авлодлар чиқаришини сўраб дуо-илтижо қиладилар.
@Iymonli_boIa
#Ramazon_va_bolajon
🕌
🌙
✨
📝
Bolajonlarimiz uchun Ramazon kundaligi
🎉
Islomiy o'yinlar
🏝
O'yinlar bolajonlar uchun foydali ko'rinishda tuzilgan bo'lib ularning lmini, zehnini rivojlantiradi
🌹
Barcha yaqnlaringizga ulashishingiz mumkin, ular ham ramazonni manfaatli o'tgazsin
@Iymonli_boIa
TAKASUR SURASI
Ushbu surai karimaning nomi o'zining birinchi oyatidagi «takaasur» so'zidan olingan. «Takaasur» so'zi molu dunyo, mansab-martaba va bola-chaqaning ko'pligi bilan faxrlanish, deganidir. Ushbu surada kishilar dunyoning o'tkinchi matohini ko'paytirishga o'zlarini urishlari, ana shu ish bilan mashg'ul bo'lishni jonlari chiqquncha davom ettirishlari haqida gap ketadi. «Takaasur» surasi nihoyatda keskin xitoblar ila odamlarni mazkur ishni qilmaslikka undaydi. Va nihovat, oxiratda ko'riladigan dahshatlarni eslatish ila suraga xotima yasaladi. Bu surai karima tug'yonga ketgan moddaparastik muammosini muolaja qiladi. Hozirgi hayot insonga turli sarfarni talab qiladigan madaniyatni taqdim etdi. Hoyu-havasga erishaman,deb inson bu narsalarning quli bolib qoladi. Shu sababdan, hayot rohat o'rniga charchashga aylandi. Inson iloji boricha ko'proq boylik to'playdigan va bu yo'lda har qanday pastkashliklardan qaytmaydigan bo'lib goladi. Oqibatda inson Allohga emas, molu dunyoga sajda qiladigan bo'lib qoladi. «Takaasur» surasi buning oqibati nima bo'lishini bayon qiladi.
@Iymonli_boIa