Выберите регион
и язык интерфейса
Покажем актуальные для региона
Telegram-каналы и возможности
Регион
avatar
Jannatsayyidalariizidan
Подписчики
971
24 часа
3
30 дней
-10
Просмотры
14 667
ER
15,11%
Посты (30д)
Символов в посте
687
December 29, 13:26
Файлы недоступны
1
Открыть в Telegram

December 25, 06:49
Файлы недоступны
1
Открыть в Telegram

December 24, 14:34
Файлы недоступны
1
Открыть в Telegram

November 19, 15:21
Файлы недоступны
1
Открыть в Telegram

G’azodagi eng kichkina (6yosh) Qur’on hofizi Usoma Muhammad Isroilning havodan tashlagan bombasidan vafot etdi….

November 19, 02:27

📌
Musulmonlarning o‘lgan farzandlarini nima kutmoqda
⁉️

Bu savolga Rasululloh sallollohu alayhi vasallam shunday javob berganlar:
👇
- Ibrohim payg'ambar va uning rafiqasi Sora jannatdagi bolalarga g'amxo'rlik qiladilar, ular jannat daryolari bo'yida bir-birlari bilan o'ynar ekanlar Ibrohim alayhissalam va Sora ularga g'amxo'rlik bilan qarashdan to’xtamaydilar.
Buxoriy rivoyat qilgan hadisda aytilishicha, Rasululloh sallolohu alayhi vasallam Ibrohim alayhissalamni o’rab olgan bolalar dengiz kabi ko’p ekanligini va Ibrohim alayhissalomning bo’ylari ham juda baland bo’lib Rasululloh sallolohu alayhi vasallam ularni boshlarini arang ko’rganliklarini aytib berganlar va bu bolalar shunday suratda ota onalarini kutishlarini qachonki ularga yo’liqishganda esa ularni etagidan ushlab olishlarini va jannatga birga kirgunga qadar bu etaklarni qo’yib yubormasliklarini ham habarini berganlar….

Rasululloh sollallohu alayhi vasallam aytadilar:
“Mo‘minlarning farzandlari jannat tog‘laridan birida bo‘lib, ularga Ibrohim va (uning xotini) Sora qaraydilar, ular qiyomat kuni ularni ota-onalariga qaytaradilar”.
📚
Abu Nu’aym “Axbar Asbahon”da 2/283,
📚
Bayhaqiy “Qazo val-qadar”da “Sahih al-Jomi” • 1023.
🤲
Ey Allohim, Baytul Maqdisdagi vafot etayotgan bolalarning ota-onalariga sabr va yana sabr ber
❗️

November 19, 01:03
Файлы недоступны
1
Открыть в Telegram

“Ular qalblarida yo’q narsani tillari bilan ayturlar.”(Fath Surasi 11)

November 19, 00:47


Ibn Al Javziy rahimahulloh aytdilar:
🌿
“Ayol kishi xuddi erkak kabi diniy axkomlarga bo’ysinadigan shaxsdir. U zimmasiga yuklatilgan masuliyatlar haqidagi bilimlarni o‘rganishi, ularni ixlos bilan bajarishi shartdir”.
📚
Ahkamun Nisa 38

November 18, 08:38

Assalamu alaykum va rohmatullohi va barakatuh.
Uzrli sabablarga kora bugüngi e'tiqod darsimiz bolmaydi.

November 18, 06:49


Imom Ahmad Baykot Haqida
Imom Ahmaddan “- Dushmandan biror narsa sotib oluvchi kishi haqida so‘rashganida”.
Imom Ahmad
“- Musulmonlarga qarshi tayyorlanayotgan, quvvatlanayotgan yoki kuchayib borayotganlardan hech narsa sotib olinmaydi.”
deb javob berdilar.

November 18, 03:49


Tavhidning Muhimligi
1️⃣
Biz shu g’oya bilan yaratilganmiz.
{وَمَا خَلَقْتُ الْجِنَّ وَالْإِنْسَ إِلَّا لِيَعْبُدُونِ}
"Men jinlarni va insonlarni faqat Menga ibodat qilishlari uchun yaratdim". (Zariyat surasi 56-oyat).
2️⃣
Tavhidga – barcha payg‘ambarlar va elchilar da’vat qilganlar. Alloh Ta’lo o'zining mukarram kitobida:
{وَلَقَدْ بَعَثْنَا فِي كُلِّ أُمَّةٍ رَسُولًا أَنِ اعْبُدُوا اللَّهَ وَاجْتَنِبُوا الطَّاغُوتَ}
“ Biz har bir ummatga: “Allohga ibodat qilinglar va togutdan uzoqlashinglar”, deb Payg‘ambar yubordik” (Naxl surasi, 36-oyat).
3️⃣
Jannatga faqat muvahhid kiradi. Bu haqda Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallam aytganlaridek: “Kim Allohga biror narsada sherik keltirmasdan uchrashsa, jannatga kiradi va kim Unga sherik keltirsa, do‘zaxga kiradi”.
Sahih Muslim
Jobir rivoyat qilgan
4️⃣
Tavhid barcha solih amallarni qabul bo’lishining shartidir. Alloh Ta’lo dedi:
{وَلَقَدْ أُوحِيَ إِلَيْكَ وَإِلَى الَّذِينَ مِنْ قَبْلِكَ لَئِنْ أَشْرَكْتَ لَيَحْبَطَنَّ عَمَلُكَ وَلَتَكُونَنَّ مِنَ الْخَاسِرِينَ}
“Senga va sendan avval o’tganlarga : “Agar shirk keltira boshlasangiz, amallaringiz behuda bo‘lib, albatta ziyon ko‘rguvchilardan bo‘lasiz” deb vahiy qilingan.
(Zumar surasi, 65-oyat)
5️⃣
Tavhid Qur'onda buyurilgan birinchi asosdir. Alloh Ta’lo dedi:
{يا أَيُّهَا النَّاسُ اعْبُدُوا رَبَّكُمُ الَّذِي خَلَقَكُمْ وَالَّذِينَ مِنْ قَبْلِكُمْ لَعَلَّكُمْ تَتَّقُونَ}
“Ey odamlar! Sizni va sizdan oldingilarni yaratgan Parvardigoringizga ibodat qiling, shoyadki taqvodorlardan bo’lsangiz”. (Bakara surasi, 21-oyat).
6️⃣
Qiyomat kunida payg’ambarning shafoatiga faqat muvahhidlargina noil bo’ladilar.
Abu Hurayra: "Yo Rasululloh, qiyomat kuni sizning shafoatingizga erishadigan baxtli insonlar kimlar?" U zot: “Ular chin yurakdan “La ilaha illalloh” (Allohdan o‘zga ibodatga haqdor Iloh yo‘q) deb aytganlardir”, deb javob berdilar.
Imom Buxoriy rivoyat qilgan.
7️⃣
Tavhid - bu hayotda ham, oxiratda ham xavfsizlik va to‘g‘ridan-to‘g‘ri hidoyat manbayidir.
Alloh Ta’lo dedi:
{الَّذِينَ آمَنُوا وَلَمْ يَلْبِسُوا إِيمَانَهُمْ بِظُلْمٍ أُولَئِكَ لَهُمُ الْأَمْنُ وَهُمْ مُهْتَدُونَ }
“ Iymon keltirgan va iymonlariga zulmni aralashtirmaganlar. Ana o’shalarga xotirjamlik, omonlik bordir va ana o’shalar hidoyat topganlardir.”
(An’om surasi, 82-oyat).
8️⃣
Alloh Ta’lo O‘ziga shirk keltirgan holda (tavhidsiz)vafot etgan kishini kechirmaydi. Alloh Ta’lo dedi:
{إِنَّ اللَّهَ لَا يَغْفِرُ أَنْ يُشْرَكَ بِهِ وَيَغْفِرُ مَا دُونَ ذَلِكَ لِمَنْ يَشَاءُ وَمَنْ يُشْرِكْ بِاللَّهِ فَقَدْ ضَلَّ ضَلَالًا بَعِيدًا}
“Albatta. Alloh o’ziga shirk keltirilishini kechirmas. Undan boshqa gunohkorlarni o’zi istaganini kechirur. Kim Allohga shirk keltirsa shubxasiz qattiq adashgandir”. (Niso surasi, 116-oyat).