
Jinoiy odil sudlov fakulteti
⚡️
Jinoyat-huquqiy fanlarga qiziquvchi talabalarimizga
quyidagi
kanalni tavsiya qilamiz
⚡️
✅
Kanalda Jinoyat huquqi, jinoyat-ijroiya huquqi, kriminologiya fanlariga oid qiziqarli ma’lumotlar, testlar, viktorinalar berib boriladi.
📚
Eng muhimi kanalning fayllar bo'limida zarur adabiyotlar va boshqa foydali materiallarni izlab topishingiz mumkin
❗️
🔗
A’zo bo‘lish uchun havola
👇
👇
👇
https://t.me/khakimovcriminallaw
#Tugilgan_kun
📣
Bugun
Jinoyat-protsessual huquqi kafedrasi dotsenti yu.f.n. Tadjibayeva Albina Yuldashbayevna
ning tavallud topgan kunlari.
🎉
Shu munosabat bilan ustozga sog'lik-salomatlik, oilaviy baxt, hayot yo'llarida muvaffaqiyat va farzandlarini rohatini ko'rib yurishlarini tilab qolamiz.
Yuzingizdan tabassum hech qachon tark etmasin!
🇺🇿
8-dekabr – Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilingan kun!
Bugun yurtimiz taraqqiyoti va davlatimiz mustahkamligining muhim tayanchi bo‘lgan asosiy qonunimiz –
Konstitutsiyamiz
qabul qilingan kunni keng nishonlamoqdamiz.
Konstitutsiya — fuqarolarning huquq va erkinliklarini kafolatlovchi, jamiyatda adolat va tenglikni ta’minlovchi, demokratik taraqqiyot yo‘lidagi eng muhim hujjatdir.
🔹
Jinoiy odil sudlov fakulteti dekanati a'zolari
barcha yurtdoshlarimizni ushbu qutlug‘ sana bilan samimiy muborakbod etadi!
Yurtimizda qonun ustuvorligi mustahkam bo‘lsin, har bir fuqaromizning huquqi doimo himoya ostida bo‘lsin.
Bayram muborak!
🇺🇿
✅
Jinoiy odil sudlov fakulteti talabalari uchun ma’naviy ozuqa va madaniy hordiqni uyg‘unlashtirish maqsadida O‘zbekiston davlat drama teatrida sahnalashtirilayotgan
🎭
“PIC NIC – Dala sayli”
🎭
spektakliga tashrif uyushtirildi.
🚩
🚩
🚩
🚩
🚩
20 nafar talaba tashrif buyurib, aktyorlar mahorati, mazmunli sahna talqini va yorqin badiiy yechimlar orqali unutilmas taassurotlarga ega bo‘lishdi. Spektakl talabalarga nafaqat yaxshi kayfiyat, balki hayotiy fikrlar, yangi qarashlar va estetik zavq ham ulashdi.
🔝
Bunday madaniy tashriflar yoshlarning dunyoqarashini kengaytirish, ularni san’at olamiga yaqinlashtirish va ma’naviy barkamolligini oshirishga xizmat qiladi.
🔼
Fakultetimizda talabalarning intellektual va ma’naviy rivojiga qaratilgan loyihalar izchil davom ettiriladi.
#Konstitutsiya
ko’chasi
📣
Ayni vaqtda Sayilgoh ko’chasida O’zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tashabbusi bilan “Konstitutsiya ko’chasi” tashkil etilgan.
✔️
Tadbirlar doirasida taniqli san’atkorlar ishtirokida konsert dasturlari, turli sovrinli viktorinalar tashkil etilmoqda!
🎉
Barchangizni “Konstitutsiya ko’chasi” ga taklif etamiz.
#Адлия_хабари
❗️
“Конституция кўчаси”га марҳамат!
❕
Ўзбекистон Республикаси Конституцияси куни байрами муносабати билан Тошкент шаҳар ҳокимлиги ва Адлия вазирлиги томонидан ҳамкор ташкилотлар билан биргаликда
Тошкент шаҳрининг “Сайилгоҳ” кўчаси ва барча ҳудудларнинг марказий кўчаларида
“Конституция кўчаси”
ташкил этилади.
🔘
Тадбир доирасида:
➖
фуқароларнинг ҳуқуқий билим ва кўникмаларини янада мустаҳкамлаш мақсадида тегишли давлат ташкилотлари томонидан
“Конституция бурчаклари”
ташкил этилади;
➖
таниқли санъаткорлар иштирокида
концерт,
кўнгилочар-маданий ва бошқа тадбирлар бўлиб ўтади;
➖
совринли викториналар
ўтказилади;
➖
сайёр қабуллар
ташкил этилади.
🗓
Тошкент шаҳридаги тадбир “Сайилгоҳ” кўчасида
2025 йилнинг 5 декабрь
куни
соат 10:00 да
бошланади.
Барча юртдошларимизни “Конституция кўчаси”да ўтказиладиган тадбирларда фаол иштирок этишга чорлаб қоламиз!
Каналга уланиш
👇
👇
👇
https://t.me/huquqiyaxborot
🏓
Stol tennisi
🏓
bo‘yicha musobaqa o‘tkaziladi!
✅
Jinoyiy odil sudlov fakulteti talabalari diqqatiga!
🗓
2025-yil 9-dekabr
kuni fakultet talabalari o‘rtasida
🏓
Stol tennisi
🏓
bo‘yicha musobaqa o‘tkaziladi.
Ushbu musobaqa:
✔️
chaqqonlik va refleksni sinash,
✔️
sog‘lom raqobat muhitini yaratish,
✔️
talabalar o‘rtasida sportni yanada ommalashtirishga qaratilgan.
🏆
G‘oliblar munosib tarzda taqdirlanadi.
🗓️
Sana: 2025-yil, 9-dekabr
📍
Joy: 3-bino Sport zalida
⏰
Vaqt: Soat 14.00 da
⏬
Ishtirok etmoqchi bo'lgan talabalar quyidagi havola orqali ro'yxatdan o'tishingizni so'raymiz:
https://forms.gle/bUAZaWHM4PB5REiS7
👍
Talabalarni faol ishtirok etishga taklif qilamiz!
🏃
Sport — kuch, g‘alaba va yaxshi kayfiyat manbai!
#Tugilgan_kun
📣
Bugun Jinoyat-protsessual huquqi kafedrasi o‘qituvchisi
Bozorov
Maqsudali Maxmudovich
ning tavallud topgan kunlari.
🎉
Shu munosabat bilan ustozga sog'lik-salomatlik, oilaviy baxt, hayot yo'llarida muvaffaqiyat tilab qolamiz.
Yuzingizdan samimiylik hech qachon tark etmasin!
📣
Badminton musobaqasi muvaffaqiyatli o‘tkazildi!
✔️
2025-yil 2-dekabr kuni soat 14:00 da Jinoiy odil sudlov fakulteti talabalari o‘rtasida o‘tkazilgan
Badminton
musobaqasi yuqori ruhda, qiziqarli va sermazmun tarzda bo‘lib o‘tdi.
Musobaqa yigitlar o'rtasidagi natijalari:
🥇
1-o‘rin
-
Xidirov Sultonmurod Sherzodovich
🥈
2-o‘rin - Qurbonazarov Abdumalik Asqar o‘g‘li
🥉
3-o‘rin - Eshburiyev Nazarbek Ismoil o‘g‘li
Qizlar o‘rtasidagi natijalar:
🥇
1-o‘rin - Murodullayeva
Dinora Akram qizi
🥈
2-o‘rin - Jumanazarova
Adolat
Silibek qizi
🥉
3-o‘rin - Sabitova
Anastasiya Andreyevna
🎉
G‘olib va barcha ishtirokchilarni samimiy tabriklaymiz!
📣
8–dekabr O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni munosabati bilan "Konstitutsiya ko‘chasi" tashkil etish rejalashtirilgan.
✅
Ushbu jarayonlarda ishtirok etish hamda aholining huquqiy ongini oshirishda faol ishtirok etmoqchi bo'lgan talabalar suhbat asosida volontyor sifatida qabul qilinadi!
✅
Shoshiling joylar chegaralangan!
‼️
Ishtirok etmoqchi bo'lgan talabalar 3-bino 120-xona Shohruh Ochilovga uchrashlari so`raladi.
Bizni kuzating:
@TDYU_Yoshlarvasporti