
KAMONDAN (PARA KAMONDAN) OTISH UZ
📺
📺
YURTIMIZNING MOHIR MERGANLARI NOMI ANIQLANDI
Website
I
Telegram
I
Facebook
I
Instagram
I
Youtube
🏹
Kamondan otish bo‘yicha mahorat darsi tashkil etildi.
Milliy gvardiya Qoraqalpog‘iston Respublikasi bo‘yicha boshqarmasi tashabbusi bilan Nukus davlat pedagogika instituti talabalari ishtirokida kamondan otish bo‘yicha mahorat darsi o‘tkazildi.
Mazkur tadbir yoshlarni jismoniy faollikka jalb etish, milliy sport turlarini keng targ‘ib qilish, iqtidorli va istiqbolli yoshlarni aniqlashga qaratildi.
Tadbir davomida ishtirokchilarga kamondan otish sport turi bo‘yicha nazariy tushunchalar berilib, amaliy mashg‘ulotlar orqali ularning ko‘nikmalari mustahkamlandi. Shuningdek, talaba-yoshlar o‘rtasida o‘zaro bellashuv ruhida merganlik musobaqasi tashkil etildi.
Website
I
Telegram
I
Facebook
I
Instagram
I
Youtube
#Buxoro
Buxoro davlat universitetida “To‘maris izdoshlari” ko‘rik-tanlovining universitet bosqichi o‘tkazildi.
Mazkur tanlov talaba-qizlarning ijtimoiy faolligini oshirish, ularning liderlik qobiliyatlarini rivojlantirish hamda milliy qadriyatlar ruhida tarbiyalashga qaratilgan muhim tashabbus sifatida tashkil etildi.
Tanlov jarayonida ishtirokchilar turli shartlar asosida o‘z bilim va salohiyatlarini namoyon etdilar.
Shuningdek, tadbir doirasida sportning kamondan otish turi bo‘yicha ham talaba-qizlar o‘z mahoratlarini sinovdan o‘tkazdilar.
Hakamlar hay’ati tomonidan ishtirokchilarning chiqishlari adolatli va shaffof baholanib, eng munosib nomzodlar g‘oliblikka loyiq deb topildi. Yakuniy natijalarga ko‘ra, yuqori o‘rinlarni egallagan ishtirokchilar keyingi —bosqichida universitet sha’nini himoya qilish huquqini qo‘lga kiritdilar.
Website
I
Telegram
I
Facebook
I
Instagram
I
Youtube
#Uzb35
#Mustaqillik35
#yoshlar
#OAV
🎞
"To'maris izdoshlari" tanlovi
Bizning sahifalarimiz
✅
Telegram
✅
Instagram
✅
Facebook
✅
YouTube
Namangan axboroti
| KAMONDAN OTISH SPORT TURI CHEMPIONATI
21.04.2026
Website
I
Telegram
I
Facebook
I
Instagram
I
Youtube
🏹
Yoshlar o‘rtasida kamondan otish musobaqasi o‘tkazildi
📍
Guliston shahrida Milliy gvardiya Sirdaryo viloyati bo‘yicha boshqarmasi tomonidan yoshlar o‘rtasida kamondan otish sport turini rivojlantirish hamda ularning bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish maqsadida sport musobaqasi tashkil etildi.
Mazkur tadbirda ishtirok etgan yoshlar o‘zlarining merganlik mahorati, aniqligi va epchilligini namoyon etib, sog‘lom raqobat muhitida bellashdilar. Musobaqa davomida do‘stona muhit hukm surdi.
🏹
Ushbu musobaqa yoshlarni sportga keng jalb etish, ularni jismonan chiniqtirish hamda vatanparvarlik ruhida tarbiyalashga xizmat qildi.
Bizni kuzatishda davom eting
👇
👇
👇
Namanganda kamondan otish bo‘yicha O‘zbekiston chempionati yakunlandi
Namangan shahridagi “Barkamol avlod” majmuasida o‘smirlar o‘rtasida sportning kamondan otish turi bo‘yicha O‘zbekiston chempionatining tantanali taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi.
13–18-aprel kunlari davom etgan nufuzli musobaqada yurtimizning turli hududlaridan tashrif buyurgan eng iqtidorli yosh sportchilar bir maydonga jamlanib, o‘z mahoratlarini namoyon etdilar.
Musobaqa davomida ishtirokchilar aniqlik, sabr-toqat va yuqori sport mahoratini namoyish etib, keskin va murosasiz bahslarda g‘oliblik uchun kurash olib bordilar.
Yakuniy natijalarga ko‘ra, eng kuchli sportchilar aniqlanib, g‘olib va sovrindorlar munosib taqdirlandilar hamda diplom, medal va esdalik sovg‘alari bilan rag‘batlantirildi.
Mazkur chempionat kamondan otish sport turini yanada rivojlantirish, yosh iqtidorlarni kashf etish va ularni milliy terma jamoaga saralashda muhim bosqich bo‘lib xizmat qiladi.
#OAV
#Namangan
KAMONDAN OTISH MUSOBAQASIDA KIMLAR ISHTIROK ETMOQDA?
Website
I
Telegram
I
Facebook
I
Instagram
I
Youtube
#Buxoro
Kamondan otish bo‘yicha mahorat darsi va musobaqa
tashkil etildi.
Website
I
Telegram
I
Facebook
I
Instagram
I
Youtube
#Namangan
#Mustaqillik35
“Barkamol avlod”
sport majmuasida sportning kamondan otish turi boʻyicha oʻsmirlar oʻrtasida
Oʻzbekiston chempionati
yuqori saviyada davom etmoqda.
Ushbu chempionat kamondan otish sportini keng ommalashtirish, yoshlar orasidan iste’dodli sportchilarni saralab olish, ularni har tomonlama qoʻllab-quvvatlash, kelajakda xalqaro maydonlarda yurtimiz sharafini munosib himoya qiladigan sportchilarni yetishtirishga xizmat qiladi.
Ayni damda musobaqalar qizg‘in va murosasiz bahslar ostida davom etmoqda. Oldinda esa eng kuchlilar nomi aniqlanadigan hal qiluvchi bosqichlar turibdi.
Website
I
Telegram
I
Facebook
I
Instagram
I
Youtube