
KARMAK Ziyosi (DREAM LIFE) NTM
Assalomu aleykum hurmatli bizni kuzatuvchilar .Sizlarga mamnuniyat ila shuni ma'lum qilmoqchimizku kuni kecha ona tili fanidan sertifikat imtihoni natijasi chiqdi va ko'rib guvohi bo'ldingiz bunday natijalar "Karmak ziyosi "hususiy maktabi ma'muriyatini juda hursand qildi. Qarang 120 nafar o'quvchimiz ona tili fanidan sertifikat topshirib shundan 113 nafari sertifikatga ega chiqdi . Ana shuncha o'quvchimiz majburiy ona tilidan 100% lik sertifikat oldi degani.Bu raqamlar kimlar uchundir oddiy raqamdir lekin biz va bizni jamoamiz uchun juda katta sharaf va g'urur bag'ishlaydi. 113 ta oilaga hursandchilik olib kirishiga hissa qo'shgan ustozlarimiz
Lazizbek ustoz
Nodirahon ustoz
Javohir ustoz
Nilufarhon ustoz
larimizga chuqur minnatdorchili gimizni bildiramiz. Bunday natijalar shuni ko'rsatatiki biz ona tili ustozlar tanlashda adashmadik.
Ustozlarimizga barcha ota-onalar va maktabimiz jamoasi nomidan yana bir bor minnatdorchilik bildiramiz. Keyingi sertifikat natiajasi bo'yicha bizni yuqori o'rinlarga olib chiqish uchun biologiya va tarix ustozlarimizga ham omadlar yor bo'lsin .
"Karmak ziyosi " NTM i asoschisi va rahbari
Kimyo ustoz B.Mamatqulov .
Harakat hech qachon javobsiz qolmaydi!
Ba’zida inson o‘zidan so‘raydi:
Shuncha harakat… natija bermasachi?
Lekin har kuni qilinayotgan mehnat, yozilgan sahifalar, sarflangan vaqt bekorga ketmaydi.
Bugun qiyin tuyulgan yo‘l — ertaga muvaffaqiyatga olib boradi.
Chunki orzular tasodifan emas, harakat bilan o‘xshaydi.
Shuncha intilish…
Shuncha sabr…
Albatta o‘xshaydi.
📚
Kelajak ustida ishlayotgan yoshlar aynan shu yerda.