
Kasbi tumani hokimligi rasmiy kanali
«ЙИЛ ТАНЛОВИ – 2025»
I босқич (Жамоатчилик сўровномаси)
«2025 ЙИЛНИНГ ЭНГ ЯХШИ ЁШЛАР ЕТАКЧИСИ»
(КАСБИ Т.)
2025 йил давомида фаол ишлаётган, ёшлар билан яқиндан ишлайдиган, ташаббускор ва фидоий
ёшлар етакчиларидан
энг муносибини биргаликда аниқлаймиз!
🗳
Йилнинг энг яхши ёшлар етакчисини
сизнинг овозингиз
белгилайди!
🏆
Туман босқичи ғолиблари:
—
🎁
Махсус совға
—
📄
Сертификат
—
🚀
Вилоят босқичига йўлланма
📢
Натижалар 250дан ортиқ ОАВ каналларида ва
👉
yiltanlovi.uz
сайтида эълон қилинади.
➡️
«ЙИЛ ТАНЛОВИ – 2025»ни сиз аниқлаб беринг!
➡️
Овоз беринг ва фикр билдиринг
⬅️
Kasbi tumani hokimligi rasmiy kanali
pinned «
#Эълон Яккабоғ ва Касби тумани ҳокимликларининг телеграм саҳифалари ўзгарди Ушбу туманларнинг телеграм саҳифаларидаги админлик масалаларига доир камчиликлар сабабли, турли киберҳужумларни олдини олиш мақсадида уларнинг саҳифалари янгиланди: Яккабоғ туман…
»
#Эълон
Яккабоғ ва Касби тумани ҳокимликларининг телеграм саҳифалари ўзгарди
Ушбу туманларнинг телеграм саҳифаларидаги админлик масалаларига доир камчиликлар сабабли, турли киберҳужумларни олдини олиш мақсадида уларнинг саҳифалари янгиланди:
Яккабоғ туман ҳокимлиги
👇
https://t.me/yakkabog_rasmiy_uz
Касби тумани ҳокимлиги
👇
https://t.me/kasbitumanuz
Барча туман ва шаҳар ҳокимликлари саҳифалари бу ерда
👇
https://t.me/qashmatbuot/2575
✅
Qashqadaryo viloyati hokimi stipendiyasi tanlovi start oldi!
📣
Qashqadaryo viloyat hokimligi va Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi hamkorligida Qashqadaryo viloyati davlat OTM talabalari uchun 2024-2025-o‘quv yili uchun “Hokim stipendiyasi”
tanloviga qabul boshlandi.
🎛
Batafsil tanishib chiqish
2️⃣
Hujjatlarni qabul qilish:
12-avgustdan 18-avgustgacha
Telegram|
YouTube|
Facebook|
Instagram|
X
Tatariston Respublikasi Qozon shahri delegatsiyasi bilan uchrashuv
Kasbi tumani hokimi Tatariston Respublikasi Qozon shahri ishbilarmon doiralari delegatsiyasini qabul qildi.
Muzokaralar chog‘ida
“Alabuga Start” xalqaro dasturi
bilan hamkorlikning istiqbolli yo‘nalishlari muhokama qilindi.
Muntazam hamkorlikni davom ettirishga o‘zaro tayyorlik bildirildi.
Yakunda tomonlar yoshlarni yuqori maoshli hamda xavfsiz ish bilan ta'minlashdagi aloqalarni mustahkamlashdan manfaatdor ekanliklarini ta'kidladilar.
Kanalga ulaning
👉
@kasbi_tuman_hokimligi
Ўзбекистон Республикаси Президентининг
"Иш ҳақи, пенсиялар ва нафақалар миқдорини ошириш тўғрисида"
ги
Фармони
—
Указ
Президента Республики Узбекистан
"О повышении размеров заработной платы, пенсий и пособий"
Prezident.uz|
Facebook|
Instagram|
YouTube|
X
Har qarich yerning o‘z egasi, aniq hisobi bo‘ladi
Kasbi tumani hokimi
To'xtamurod Meyliyev
aholi va yoshlarga ajratib berilgan yerlardan samarali foydalanish holatlarini o'rgandi.
Mamlakatimizda so‘nggi yillarda yer resurslarini asrash, undan samarali foydalanish borasida keng ko‘lamli islohotlar amalga oshirilmoqda. Natijada, bugungi kunga kelib qishloq xo‘jaligi yerlari bilan bog‘liq munosabatlarning barqarorligi ta’minlanib, ularni davlat tomonidan monitoringini olib borish, qishloq xo‘jaligi yerlaridan foydalanish va uni muhofaza qilish tizimi tubdan takomillashtirildi.
Yer xazina kaliti, deyishadi. Uning har qarichidan unumli foydalanish mo‘l hosil va baraka degani. Umummilliy boyligimiz bo‘lgan yerdan samarali foydalanish nafaqat konstitutsiyaviy, balki kelajak avlod oldidagi eng katta burchimizdir.
Bugun erta tongdan tuman rahbari boshchiligidagi ishchi guruh tomonidan tumanning
"G'alaba"
hududida aholi va yoshlarga ajratib berilgan yerlardan samarali foydalanish holati monitoring qilindi. O'rganish jarayonida ajratib berilgan yerlarning aksariyat qismi o'z holiga tashlab qo'yilganligi, eksportbop oziq-ovqat mahsulotlari ekilmaganligi, chorva mollari uchun ozuqa sifatida foydalaniladigan o'simliklar ekish bilan cheklanganlik holatlari aniqlandi.
Shuningdek, tumanda tashkil etilgan tut plantatsiyalari talab darajasida emasligi tanqid qilindi.
Dehqon xo'jaliklari tashkil qilib, faoliyat boshlagan fuqarolar bilan tizimli ishlamagan
"G'alaba"
va
"Xo'jaqarliq"
mahallasi raisi, hokim yordamchisi hamda yoshlar yetakchisining faoliyati qoniqarsiz deb baholandi.
-"Yer umummilliy boylik, xalqning hayoti, faoliyati va farovonligi asosi, eng muhim tabiiy resurs hisoblanadi. Shu sababli, yerlardan oqilona, samarali va belgilangan maqsadda foydalanishni ta’minlash, yerlarni muhofaza qilish bugun aslo kechiktirib bo‘lmaydigan vazifalardan biri sanaladi."
- dedi tuman rahbari.
O'rganish yakunlari bo'yicha ish faoliyatiga sovuqqonlik bilan yondoshgan barcha mas'ullar qat'iy ogohlantirildi. Monitoring natijalariga ko'ra aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish uchun qisqa muddat belgilanib, kamchiliklar bartaraf etilmagan taqdirda tegishli choralar ko'rilishi ta'kidlandi.
Mamlakatimiz qishloq xo‘jaligi bo‘yicha ulkan salohiyatga ega, toki, yerga qor tushguncha hosil olish imkoni bor. Demak, ana shu benazir imkoniyatdan samarali foydalanish, tabiat ne’matini borida qadrlash kerak.
Kanalga ulaning
👉
@kasbi_tuman_hokimligi
#EʼLON
Maʼlumki, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining
“Eng yaxshi ijtimoiy tashabbus”
koʻrik-tanlovini tashkil etish va oʻtkazish toʻgʻrisidagi Qarori qabul qilingan.
Shu munosabat bilan mazkur qaror va uning Kasbi tumanidagi ijrosini taʼminlash maqsadida joriy yilning 27-avgust kuniga qadar hujjatlarni qabul qilish davom etadi.
Tanlovda qatnashish istagini bildirgan ishtirokchilar o‘z arizalariga quyidagi hujjatlarni ilova qilishlari lozim:
📌
- ishtirokchilar to‘g‘risidagi umumiy maʼlumot
📌
- Nizomning 6-bandiga asosan ijtimoiy tashabbus doirasida olib borilgan faoliyatiga oid materiallar
(maʼlumotlar, hisobotlar, bayonnomalar, dasturlar, loyihalar, albomlar, 15x20 sm o‘lchamdagi fotosuratlar va hokazolar);
📌
- ijtimoiy tashabbusni amaliyotga tatbiq etish bo‘yicha amalga oshirilgan ishlarni aks ettiruvchi 5 daqiqadan oshmagan videorolik
(sifati yuqori, HD formatida)
;
📌
- ommaviy axborot vositalarida ijtimoiy tashabbusni yoritishga oid chop etilgan maqolalar, televideniye yoki radiodagi chiqishlarni asoslovchi hujjatlar.
📎
- Ishtirokchilar tanlovga doir boshqa qo‘shimcha materiallar ham taqdim etishi mumkin.
Shundan kelib chiqqan holda koʻrik-tanlovda ishtirok etishni xohlagan barcha ishtirokchilar, ariza va hujjatlar yigʻma jildini Xalq deputatlari Kasbi tuman Kengashi huzurida tashkil etilgan ishchi guruhga taqdim etishlari mumkin.
Koʻrik-tanlov quyidagi yo‘nalishlarda tashkil etiladi.
👉
Eng yaxshi ijtimoiy tashabbuskor davlat organi
👉
Eng yaxshi ijtimoiy tashabbuskor nodavlat notijorat tashkiloti
👉
Eng yaxshi ijtimoiy tashabbuskor tadbirkorlik subyekti
👉
Eng yaxshi ijtimoiy tashabbuskor fuqaro
Manzil: Xalq deputatlari Kasbi tuman Kengashi,
Murojaat uchun telefon: +998 99 666 80 22, +998 97 954 17 71.
Kanalga ulaning
👉
@kasbi_tuman_hokimligi