Выберите регион
и язык интерфейса
Покажем актуальные для региона
Telegram-каналы и возможности
Регион
avatar

TAʼLIM VA TARBIYA

Kitobshunoslik
Kitobga intilsa har bir talaba «Kitobshunoslik» uchun shudir – gʻalaba! Kanalimizda: — Kitoblardan iqtiboslar; — Shaxsiy fikrlar; — Ilmga oid videolar joy olgan. Murojaat uchun: @Sirojbek_Hayitboyev Hamkor: @Nuqta_Books Guruh: @Kitoblarni_almashaman
Подписчики
3 210
24 часа
30
30 дней
-200
Просмотры
177
ER
5,42%
Посты (30д)
117
Символов в посте
556
Инсайты от анализа ИИ по постам канала
Категория канала
Книги
Пол аудитории
Женский
Возраст аудитории
25-34
Финансовый статус аудитории
Средний
Профессии аудитории
Образование
Краткое описание
April 25, 19:18
Файлы недоступны
1
Открыть в Telegram

Hozir mana shu kitobni oʻqishni boshlamoqchiman. Dostoyevskiychilar qatoriga qoʻshilamanmi yoki yoʻq, buni oʻqib boʻlganimdan keyin aytaman!
Oʻqiganlar boʻlsa, oʻz tavsiyalaringizni izohlarda bemalol bildirishingiz mumkin…
Dostoyevskiyning qaysi asarlarini mutolaa qilgansiz yoki endi mutolaa qilmoqchisiz?
@kitobshunoslik

April 25, 13:45
Файлы недоступны
1
Открыть в Telegram


Bibliokleptoman – kitob oʻgʻrisi”
Eng taniqli bibliokleptomanlardan biri bu – Stiven Blumbergdir. U 268 ta kutubxonadan 23000 ta noyob kitoblarni oʻgʻrilagan.
Buning uchun turli usullardan foydalangan: u kutubxonalarga vintilyatsion tizim va hattoki lift shaxtasidan tushgan. Blumbergning oʻgʻrilangan kitoblardan iborat kolleksiyasi taxminan 20 mln. dollarni tashkil etadi.
*Bu bratan oʻgʻrilik qanaqa boʻlishidan qatʼiy nazar baribir yomon ish ekanligi haqidagi kitoblarni oʻqimagan, menimcha!
@kitobshunoslik

April 25, 07:12

Boshqa kanallarni koʻrsam bitta soʻz yozib qoʻyadi qiryuzta layk, fitfilionta izoh...
Men nimadirlarni oʻqib kelib obunachilarimga foydali boʻlsin deb nimadir joylasam faqat 2 ta akkountimdan bosilgan boʻladi.
Kanal aktiv boʻlishi uchun nimalar qilishim kerak?
Kitob berish, menimcha, variant emas, chunki uni olgandan keyin koʻpchilik ketib qolgan kanaldan.

April 25, 04:05
Файлы недоступны
1
Открыть в Telegram

#iqtibos
“Bola rivojlanishi uchun yaxshi musiqa, toza havo, yaxshi sut kerak”.

Anatol Frans
Boshlangan kuningiz xayrli boʻlsin!
@kitobshunoslik

April 25, 01:04
Файлы недоступны
3
Открыть в Telegram

Bugun 25-aprel 2026-yil, Shanba (8 Zulqaʼda, 1447)
👉
XALQARO BAYRAMLAR:
🇺🇳
Butunjahon bezgakka qarshi kurash kuni.
🇺🇳
Xalqaro delegatlar kuni.
🌎
Xalqaro DNK kuni.
🌏
Qiz farzandlar kuni.
🌍
Butunjahon pingvinlar kuni.
🔹
MILLIY BAYRAMLAR:
🇩🇪
Germaniya - Daraxt ekish kuni.
🇮🇹
Italiya - Fashizmdan ozod qilingan kun.
🇵🇹
Portugaliya - Ozodlik kuni.
🇪🇬
Misr - Sinayni ozod qilish kuni.
🇰🇿
Qozog‘iston - Qozog‘iston futboli kuni.
🇰🇵
KXDR - Koreya xalq armiyasi kuni.
🇸🇿
Svazilend - Milliy bayroq kuni.
🇳🇿
Yangi Zelandiya,
🇦🇺
Avstraliya - Vatan himoyachisi kuni.
Hafta davomida sizga eng yoqqan kitob qaysi boʻldi?
@kitobshunoslik

April 24, 17:46

Hamma uxlaganidan foydalanib, kitobini qoʻliga olib, oʻqishni boshlaganlar bormi?
😁

April 24, 14:02
Файлы недоступны
1
Открыть в Telegram

Boshqalarga solishtirishni bas qiling!
Balki eshitgandirsiz, «Qo‘shnining guli qizil», «Qo‘shni bog‘ning olmasi shirin» kabi eski maqollar bor. Insonlar xursand yoki xafa bo‘lish uchun o‘zlarini doim boshqalar bilan solishtiradilar. Bizga doim boshqalarning sharoiti yaxshiroq tuyuladi, boshqalarning muvaffaqiyatlariga hasad qilamiz. Boshqalarning baxtsizligidan yashirin qoniqish tuyamiz, bu o‘z ustunligimizni his qilishga imkon beradi. Boshqa odamlarning ishlari bizga tinchlik bermaydi — inson tabiati shunday.
📖
Masaru Ibuka “Uchgacha ayni vaqti”
Bir marta boʻlsa ham oʻzingizni boshqalarga solishtirib qoʻyganmisiz?
Ha –
💔
Yoʻq –
❤️
@kitobshunoslik

April 24, 10:35

#ибрат
Ниҳоятда ибратли воқеа...
1974 йилда Маҳатҳир Муҳаммад (1981- 2003 йилларда Малайзияда бош вазир) мактаб битирувчиларининг битирув кечасига фахрли меҳмон сифатида таклиф қилинади. Маҳатҳир Муҳаммад кечада маъруза қилди. Маъруза охирида шундай дейди:
“Биламан, бу кеча талабаларнинг битирув кечаси. Аммо, мен устозлар ўртасида ўйин ўтказмоқчиман. Ғолибга мукофот бор”.
Меҳмонлар ҳайрат билан воқеани кузатиб туришди. Маҳатҳир Муҳаммад устозларга ҳар-хил рангдаги шарларни тарқатиб туриб деди:
“Ҳар-бир устоз шарни пуфлаб шиширади. Сўнг уни оёғига боғлайди. Шарни ёрмасдан муҳофаза қилган устозга мукофот берамиз. Сизда бир дақиқа вақт бор. Қани бошладик!”.
Устозлар бирдан ўринларидан туриб бир-бирларига ҳужум қилишга ўтиб кетишди. Улардан ҳар бири бошқасининг шарини ёришга, ўзининг шарини асрашга ҳаракат қилар эди. Аммо, иш бошқача бўлди. Бирорта шар бутун қолмади. Ҳамма бир-бирининг шарини ёриб ташлади. Ҳеч ким ғолиб бўла олмади. Кутилмаганда Маҳатҳир Муҳаммад шундай деди:
“Мен сиздан бир-бирингизнинг шарини ёришни сўрамаган эдим. Аксинча, ҳар ким ўзининг шарини муҳофаза қилишини сўраган эдим. Агар сизлар бошқаларга нисбатан салбий қарорга келмай жойингизда қимирламай турганингизда эди барчангиз ғолиб бўлар эдингиз. Аммо барчада салбий фикр устунлик қилди. Сизлар ўз муваффақиятингизни бошқалар мағлубиятида кўрдингиз. Ваҳоланки ғалаба барчангизда мавжуд эди!”.
P.S.:
Афсуски, баъзилар муваффақиятга эришиш учун бошқаларни вайрон қилишга ҳаракат қилишади. Афсуски, фақатгина ўйин хусусияти эмас, ақлнинг ҳаётдаги хусусияти ҳам шундан иборат кўпчиликда.
Бошқаларнинг эшкагини синдиришинг сенинг қайиғинг суръатини оширмайди. Гул бошқа гул билан жанг қилишни ўйламайди. У фақат очилади холос. Чўққида ҳаммага жой бор.
Бу борада айтилган энг гўзал гап Расулуллоҳ саллоллоҳу алайҳи ва салламнинг гапларидир:
“Сизлардан ҳар бирингиз ўзи учун яхши кўрган нарсани токи биродарига ҳам яхши кўрмагунча мўъмин бўла олмайди”.
@kitobshunoslik

April 24, 04:03
Файлы недоступны
1
Открыть в Telegram

Bugun 24-aprel – Kongress kutubxonasiga asos solingan kun
Kongress kutubxonasi tashkil etilgan sana 1800-yilning 24-aprelida, AQSh prezidenti Jon Adams davlat poytaxtini Filadelfiyadan Vashingtonga oʻtkazish toʻgʻrisidagi qonunni imzolagan vaqt hisoblanadi.
Boshqa narsalar qatorida, ushbu qonunda “Kongressga kerak boʻlishi mumkin boʻlgan kitoblarni sotib olish va ularni saqlash uchun tegishli imorat qurish uchun” 5000 dollar (oʻsha paytda juda katta miqdor) ajratish toʻgʻrisidagi punkt ham mavjud edi.
Shuningdek, u kutubxonaning ishlash qoidalarini belgilab berdi, unga koʻra faqat AQSh prezidenti va vitse-prezidenti, AQSh Senati va Vakillar palatasi (AQSh Kongressi) aʼzolari tashrif buyurishi va manbalardan foydalanish huquqini olishardi. Shuning uchun kutubxona “Kongress kutubxonasi” deb nomlana boshladi.
@kitobshunoslik

April 24, 02:47

Qoyil lekin. Faqatgina oʻzimning ikkita akkountimdangina reaksiya bosilgan.
👍
👍
👍