
KOREA (Rasmiy kanal)
🇰🇷
Endi Koreyaga ishga kelganlarning Koreyscha ham ismi bo‘ladi
👥
Koreyaga kirib kelayotgan ishchilarga o‘zini tilidagi ism bilan birga Koreys tilida ham (albatta o‘z ismini Koreyschadagi yozilish varianti bo‘lsa kerak) ism qo‘yish kompaniyasi boshlanmoqda
Shuningdek:
Koreya Mehnat vazirligi xorijiy ishchilarga qishki kiyimlar bilan yordam berdi
📍
Koreya Respublikasi Mehnat va bandlik vazirligi bugun Chollanamdo viloyatidagi xorijiy ishchilarga mehnatni qo‘llab-quvvatlash dasturi doirasida taxminan 10 ming dona qishki kiyim va ish kiyimlarini topshirdi.
📍
Vazirlik rahbari Kim Yon Hun kichik yordam ham «turli mamlakatlardan bo‘lgan odamlar o‘rtasidagi o‘zaro tushunish va hurmat» ramzi ekanligini ta’kidladi.
Umuman olganda, hududdagi taxminan 1 500 xorijiy ishchi kiyim va zarur buyumlarni oldi.
📍
Bundan tashqari, axborot-ma’rifiy kampaniya doirasida Mehnat vazirligi «Xorijiy ishchilar ismlari kampaniyasi»ni o‘tkazmoqda. Shu maqsadda, ushbu oy boshidan boshlab, ish ruxsatnomasi tizimi orqali mamlakatga kirayotgan barcha ishchilarga ularning ona tilida ham, koreys tilida ham yozilgan belgilari beriladi.
📍
Joriy yilda taxminan 10 000 ishchi bunday belgilarga ega bo‘lishi rejalashtirilgan. Shuningdek, vazirlik ish sharoitlarini yaxshilash va ish joylarida xavfsizlikni ta’minlashni o‘z ichiga olgan yagona qo‘llab-quvvatlash tizimini yaratishni rejalashtirmoqda.
#Siz_uchun_hizmatdamiz
👉
@Korea_Rasmiy_Kanal
✅
🇰🇷
🇺🇿
E9 vizasida O‘zbekistonga taʼtilga hotirjam borib kelish va Koreyaga qaytishda hech qanday muammosiz kirishni istasangiz (ishonch bo‘lmasa kompaniyangizga)
👉
E-9
vizasida ishlayotgan yurtdoshlarimiz agar ta'tilga ketishda ish joyidan ta'til uchun olgan ruxsatlarini rasmiy qilib tasdiqlatib olishga extiyoj sezsalar, ushbu ta'til ruxsatnomasi na'munasidan foydalanishlari mumkin.
☝️
Eslatib o'tamiz, bu hamma ta'tilga borayotganlarga
majburiy emas
, ammo ish joyingizda holat beqaror bo'lsa, ya'ni agar Siz ta'tilga ketganizdan keyin ishdan bo'shatib yuborish havfi yoki shunga o'xshash holatlar bo'lishi ehtimoli bo'lsa, bu sizga asqotishi mumkin.
#Siz_uchun_hizmatdamiz
👉
@Korea_Rasmiy_Kanal
✅
83-TOPIK IMTIHONNING TOPIK II 듣기/ 쓰기/ 읽기 test savollarining javobi
#Siz_uchun_hizmatdamiz
👉
@Korea_Rasmiy_Kanal
✅
E9 vizasida O‘zbekistonga ta'tilga kelganingizda ham sog‘lik sug‘urtasi to‘lovi yechib olinadi.
✅
Siz ta'tilga kelgan kuningiz masalan 2 noyabrdan boshlanib 10 dekabrgacha bo‘lsa har 2 oyga- noyabr va dekabr oyi uchun ham to‘lashingiz kerak.
Agar siz qaysidir oy to‘liq 30 yoki 31 kun (30 noyabrdan 2 yanvargacha O‘zbekistondasiz, dekabr oyida to‘liq Koreyada bo‘lmadingiz) Koreyada bo‘lmasangiz shu oy uchun to‘lovlarni to‘xtatib turishingiz mumkin.
Otkazda yurgan paytingizda pyonvon kadasi(건강보험=의료보험-tibbiy sug'urtasi) amal qilinmasligini eslatib o‘tamiz.
Agar, otkaz paytida davonlanmoqchi bo'lsangiz maxalliy tibbiy sug'urtasi korporaziyasi(건강보험공단-xamma rayonlarda bor)ga murojaat qilib tibbiy sug'urta polisi ochish kerak.
Ishga kirib olsangiz kompaniyangiz tibbiy sug'urta shartnomasini o‘zi qilib beradi.
✏️
Tibbiy sug'urtasi majburiy sug'urta xisoblanib xar oy oylik (daromadidan)dan 3.6% olishga xaqqi bor.
Tibbiy sug‘urta davolanishingizda davolanish pulini deyarli katta qismini qoplab beradi.
#Siz_uchun_hizmatdamiz
👉
@Korea_Rasmiy_Kanal
✅
Janubiy Koreyada
2025-yilning Qurbon Hayiti 7-IYUN (shanba) kuni
deb rasman e'lon qilindi.
Manba:
Koreya Musulmonlar Federatsiyasi (KMF)
KMF:
02-793-6908.
Eslatma!
Koreyada Hayit namozini o'qish vaqti har bir hududdagi masjidlarda o'sha yerdagi sharoitdan kelib chiqib belgilanadi.
O‘zingiz bilan joynamoz olishni unutmang
😊
🔸
Hayit namozini o'qish tartibi:
[VIDEO]
(Bu video pandemiya paytida yozilgani uchun orada masofa saqlangan)
📱
KakaoMapdagi manzillar jamlamasi:
[LINK]
#Siz_uchun_hizmatdamiz
👉
@Korea_Rasmiy_Kanal
✅
📢
Koreyaga ishga ketish uchun xush xabar
🎉
🇰🇷
Janubiy Koreyaga ishga ketish uchun Mehnat va bandlik vazirligi 2025-yil noprofessional (E9) vizasi uchun 130 000 kishilik kvota belgiladi, bu 2024-yilga nisbatan 21 foizga kamaydi!!
🌐
2025-yil E-9 kvotasi bilan tanishing
👇
✅
Ishlab chiqarish 72 000 kishi
✅
Dehqonchilik va chorvachilik 10 000 kishi
✅
Xizmat koʻrsatish sohasi 3 000 kishi
✅
Kemasozlik 3 000 kishi
✅
Qurilish sanoati uchun 2 000 kishi
✅
Baliqchilik 8500
Bundan tashqari yana 32 ming kvota talab yuqori sohalarga qoʻshimcha tarzda ajratilishi kutilmoqda. Bu 32 ming kushimcha kvota xakida yana kanalimizga xabar beramiz
✔️
📌
Koreyaga ishga ketish uchun tanlov haqida yangiliklardan xabardor boʻlib turish uchun kanalimizga obuna boʻling va yaqinlaringizga ulashib qoʻying.
#Siz_uchun_hizmatdamiz
👉
@Korea_Rasmiy_Kanal
✅