
_Koreya_va_Qonun_
Janubiy Koreyaga talaba bo`lib kelib qanday vizalar qo`lga kiritishingiz mumkinligi qiziqmi? Qancha muddat ichidaligi undanda qiziq shundaymi?
Batafsil ma`lumot uchun: 01045109966
Telegram:
@Advokatura_keumseong
@KoreyavaQonun0070
@koreavisalaw
🇰🇷
Koreys tilini o‘rganishni kechiktirmang!
– Bepul boshlang‘ich darslar
– Har kuni yangi mashqlar
– Real suhbatlarga tayyorlov
– TOPIK uchun maxsus kurslar
🔥
Imkoniyatni qo‘ldan boy bermang!
👉🏻
Batafsil ma’lumot olish uchun bosing
👈🏻
🇰🇷
Koreys tiliga oid eng foydali kanallar to'plami!
Ushbu kanallardan siz:
• Eng tajribali ustozlardan jonli darslar
• TOPIK imtihoniga bepul tayyorgarlik
• Koreys tilida erkin gapirish uchun qo'llanmalar
• Tinglashni oshirish uchun koreys tilida dramalarni tomosha qilasiz.
⚠️
Bu post tez orada o‘chiriladi. Imkonni boy bermasdan, hoziroq qo‘shiling!
👉🏻
Qo'shilish uchun ustiga bosing
👈🏻
Koreyada huquqiy ishlar qanday turlarga bo‘linadi?
~형사 (Jinoyat ishlari)
Bu jinoyat bilan bog‘liq ishlar hisoblanadi. Masalan:
urish va tan jarohati
>firibgarlik
>o‘g‘rilik
>tahdid
hujjat soxtalashtirish
mast holda mashina haydash
Bunday ishlar avval politsiya va prokuratura tomonidan tekshiriladi. Keyin sudga yuboriladi.
~민사 (Fuqarolik ishlari)
Bu ikki shaxs yoki kompaniya o‘rtasidagi pul, qarz va zarar bilan bog‘liq nizolar.
Masalan:
>qarz qaytarmaslik
>shartnomani buzish
>zarar undirish
>ijara puli
>pulni qaytarib olish
Bunday ishlar to‘g‘ridan-to‘g‘ri sudga beriladi.
~행정 (Ma’muriy ishlar)
Bu davlat organining qaroriga qarshi beriladigan ishlar.
Masalan:
>vizani rad etish
>deportatsiya
>soliq yoki jarima
>davlat organi ruxsat bermasligi
Avval davlat organiga shikoyat qilinadi. Natija bo‘lmasa, keyin sudga beriladi.
>가사 (Oilaviy ishlar)
Bu oila va qarindoshlar bilan bog‘liq masalalar.
Masalan:
>ajrashish
>aliment
>bolaga vasiylik
>meros
>nikohni bekor qilish
Ko‘pincha avval yarashtirish yoki kelishuv qilishga harakat qilinadi. Kelishuv bo‘lmasa, sud bo‘ladi.
>노동 (Mehnat ishlari)
Bu ishchi va ish beruvchi o‘rtasidagi nizolar.
Masalan:
>oylikni bermaslik
>noqonuniy ishdan bo‘shatish
>ortiqcha ishlash puli
>ishlab chiqarishda jarohatlanish
Bunday ishlar avval mehnat inspeksiyasi yoki mehnat komissiyasida ko‘riladi. Keyin kerak bo‘lsa sudga chiqadi.
~회생·파산 (Bankrotlik va qarzni qayta tuzish)
Agar odam yoki kompaniya qarzini to‘lay olmasa, shu turdagi ish bo‘ladi.
Masalan:
>shaxsiy bankrotlik
>kompaniya bankrotligi
>qarzni bo‘lib-bo‘lib to‘lash
Bu ishlar maxsus sudda ko‘riladi.
~헌법 (Konstitutsiyaviy ishlar)
Bu oddiy sud emas. Davlat yoki qonun fuqaroning asosiy huquqlarini buzgan deb hisoblanganda beriladi.
Masalan:
>konstitutsiyaga zid qonun
>davlat organining noqonuniy harakati
Bunday ishlar maxsus Konstitutsiyaviy sudda ko‘riladi.
~소년 (Voyaga yetmaganlar ishlari)
18 yoshdan kichiklar bilan bog‘liq ishlar.
Masalan:
>voyaga yetmagan jinoyati
>tarbiya masalasi
>himoya yoki nazorat
Bu ishlar alohida sudda yoki oilaviy sudda ko‘riladi.
Xulosa:
형사, 민사, 행정 va boshqa nomlar sudning o‘zi emas, balki ishning turini bildiradi. Har bir tur bo‘yicha avval boshqa organlarda ko‘rilishi mumkin, keyin esa sudga o‘tadi.
Huquqiy yordam: 법무법인 (유한) 금성
Batafsil ma`lumot: 01045109966
Teegram:
@Advokatura_keumseong
https://t.me/koreavisalaw
Janubiy Koreyada yashayotgan chet ellik oilalar uchun zo‘r bir maslahatni ulashmoqchiman.
Ko‘pchilik bu ma’lumotni biladi, lekin hali bilmaydiganlar uchun juda foydali.
Bilamizki, Janubiy Koreyada sog‘liq sug‘urtasi to‘lovi ko‘pchilikning joniga tekkan. Lekin bu sug‘urtani faqat bitta odam to‘lab, oilaning qolgan a’zolari ham foydalanishi mumkinligini bilarmidingiz?
Agar oilada er yoki xotin rasmiy ishlayotgan bo‘lsa va uning nomida sog‘liq sug‘urtasi bo‘lsa, turmush o‘rtog‘i va farzandlarini “qaramog‘idagi oila a’zosi” sifatida qo‘shish mumkin. Shunda ular uchun alohida sug‘urta puli chiqmaydi yoki ancha kamayadi.
Masalan:
Er ishlaydi va sug‘urta to‘laydi
Xotin ishlamaydi yoki daromadi kam
Farzandlar bor
Bunday holatda xotin va farzandlarni erning sug‘urtasiga qo‘shib qo‘yish mumkin.
Buning uchun odatda quyidagi hujjatlar kerak bo‘ladi:
Nikoh guvohnomasi
Farzandlarning tug‘ilganlik haqidagi guvohnomasi
Chet elliklar ro‘yxatidan o‘tganlik kartasi nusxasi
Oilaviy aloqani tasdiqlovchi hujjatlar
Agar hujjatlar chet davlatdan bo‘lsa, koreys tiliga tarjima va ba’zan apostil ham talab qilinadi.
Ko‘pchilik bilmagani uchun oiladagi har bir odam alohida-alohida sug‘urta to‘lab yuradi va oyiga yuz minglab von ortiqcha xarajat qiladi.
Shuning uchun albatta tekshirib ko‘ring. Balki siz ham oilangizni bitta odamning sug‘urtasiga qo‘shib, ancha pulni tejashingiz mumkin.
법무법인 (유한) 금성
@Advokatura_keumseong
@koreavisalaw
이의신청 - E'TIROZ ARIZASI NIMA?
E'tiroz arizasi — bu davlat idorasi, sud, migratsiya, ish joyi yoki boshqa tashkilot chiqargan qarorga rozi bo'lmaganda beriladigan rasmiy murojaatdir.
Masalan:
Vizani uzaytirishni rad qilishsa;
Jarima yoki jarima yozishsa;
Ijara yoki sug'urta pulini rad qilishsa;
Ish joyidan nohaq bo'shatishsa;
Hujjat yoki ruxsatnomani bermasliksa;
Bunday holatda siz qarorni chiqargan idoraga "ushbu qaror noto'g'ri, qayta ko'rib chiqilsin" degan mazmunda e'tiroz arizasi topshirasiz.
E'TIROZ ARIZASIDA
Ism-sharifi:
Telefon raqami:
Qaysi qarorga e'tiroz qilinayotgani:
Nima uchun noto'g'ri deb hisoblanayotgani:
Qanday natija (talab):
Dalil va hujjatlar:
Maslahat va huquqiy masalada amaliy ko`mak uchun: Keumseong Advokaturasi
Hech qachon haqqingizni talab qilishdan cho`chimang!
법무법인 (유한) 금성
Aloqa uchun:
📞
01045109966
👤
@Advokatura_keumseong
https://t.me/koreavisalaw
Janubiy Koreya qonunchiligiga ko‘ra, internet orqali shaxs nomini qoralash, tuhmat qilish va kamsitish jinoyat hisoblanadi. Quyida ushbu holatga oid asosiy moddalar va manba bilan keltirilgan.
1. Jinoyat kodeksi — obro‘ga putur yetkazish
명예훼손
(형법 제307조)
Qonunni ko‘rish (형볍 307)
Ochiq holda fakt tarqatib obro‘ga zarar yetkazish → 2 yilgacha qamoq yoki jarima ()
Yolg‘on ma’lumot tarqatish → 5 yilgacha qamoq yoki jarima ()
2. Internet / ommaviy tarqatish holati (og‘irlashtirilgan)
(형법 제309조 — nashr, internet, OAV orqali)
Qonunni ko‘rish (형법 309)
Oddiy holat → 3 yilgacha qamoq
Yolg‘on ma’lumot → 7 yilgacha qamoq ()
3. Haqorat (so‘kish, kamsitish)
모욕죄
(형법 제311조)
Qonunni ko‘rish (Article 311)
1 yilgacha qamoq yoki jarima ()
4. Muhim qoida (faqat ariza bilan ko‘riladi)
(형법 제312조)
Qonunni ko‘rish (형법 312)
Bu jinoyatlar faqat jabrlanuvchi arizasi (고소) bilan ko‘rib chiqiladi ()
5. Muhim huquqiy tushuncha
Janubiy Koreyada hatto haqiqat bo‘lgan ma’lumot ham, agar u odam obro‘siga zarar yetkazsa, jinoyat bo‘lishi mumkin ()
6. Amaliy choralar ko`rish
Bunday holatda jabrlanuvchi quyidagilarni amalga oshirishi kerak:
Dalillarni yig‘ish (screenshot, link, sana +)
고소 berish
Politsiya yoki prokuraturaga murojaat qilish
Zarur bo‘lsa fuqarolik tartibida zarar puli undirish
Manba:
https://law.go.kr/%EB%B2%95%EB%A0%B9/%ED%98%95%EB%B2%95
Xulosa:
Internetda shaxsga nisbatan tuhmat va kamsitish Koreyada og‘ir jinoyat hisoblanadi va holatga qarab hattoki 7 yilgacha qamoq jazosi qo‘llanilishi ham mumkin.
https://t.me/koreavisalaw
Javob: 주민센터ga borib ayolizi va ozingizni nomingizga 외국인등록사실증명서 olasz. Ushbu hujjat bir oila ekanligingizni tasdiqlashga o'tadi. Shu hujjatni olib sug'urtaga topshirsangiz boladi
https://t.me/KoreyaQonun
Savol:
Men Janubiy Koreyada 2 yil davomida noqonuniy holatda yashadim. Keyin chiqib ketayotganimda jarima belgilandi va uni to‘lasam, keyinchalik yana kirishim mumkinligi deport qilinmasligim aytildi. Jarimani to‘liq to‘ladim. Oradan 1 yil o‘tib mehmon vizaga topshirdim, lekin rad javobini oldim. Sabab sifatida Koreyada qonun buzganim ko‘rsatildi. Bu holatda nima qilishim mumkin? Shuncha to`lagan pulim nima bo`ladi?
Javob:
Sizning holatingizda nafaqat 1 yil, odatda 3 yilgacha har qanday vizalarga topshirib rad javobi olishingiz mumkin. Buning sababi — siz immigratsiya qonunlarining 46-1 bandini, ya’ni noqonuniy yashab, qoidalarini buzgan hisoblanasiz. Jazo esa bu band uchun majburiy deportatsiya yoki jarima.
Chiqib ketishda jarimani to‘laganingiz sababli siz deport qilinmagansiz, balki 68-1 band asosida, ya’ni nisbatan yengilroq qonunbuzarlik bilan chiqib ketgansiz. Shunga qaramay, siz tizimda qonun buzgan shaxs sifatida qayd etilgansiz.
Hattoki 3 yil o`tganidan so`ng ham, viza berish yoki rad etish masalasi Janubiy Koreyaning O‘zbekistondagi Bosh konsulligi tomonidan ko‘rib chiqiladi. Bunday holatlarda qayta kirishga ruxsat berilmaslik ehtimoli yuqori.
Shuni ham inobatga olish kerakki, Janubiy Koreyada hatto kichik qonunbuzarliklar ham immigratsiya tizimida qayd etiladi va keyingi vizalarga ta’sir qiladi. Hujjatlari to‘liq bo‘lgan holatlarda ham ba’zi arizachilar rad javobi olishi mumkin. Shu sababli sizning holatingizda ijobiy natijaga hech kim kafolat bera olmaydi.
Batafsil ma`lumot uchun:
Keumseong Advokaturasi chet elliklar bilan ishlash bo`limi.
01045109966
@Advokatura_keumseong
https://t.me/koreavisalaw
Janubiy Koreyada sud tizimi aniq va tartibli ishlaydi. U asosan uch bosqichdan iborat.
Birinchi bosqich — 지방법원, ya’ni mahalliy (tuman) sudi hisoblanadi. Ish aynan shu yerda boshlanadi. Tomonlar o‘z da’volari, dalillari va guvohlarini taqdim etadi. Sud barcha holatlarni ko‘rib chiqib, dastlabki qarorni chiqaradi.
Ikkinchi bosqich — 고등법원, ya’ni yuqori sud. Agar tomonlar birinchi sud qaroridan norozi bo‘lsa, shu bosqichga murojaat qiladi. Bu yerda ish qayta ko‘rib chiqiladi, ya’ni dalillar va faktlar yana tekshiriladi.
Uchinchi bosqich — 대법원, ya’ni oliy sud. Bu eng yuqori instansiya bo‘lib, unda faqat qonuniy xatolar tekshiriladi. Faktlar va dalillar qayta ko‘rib chiqilmaydi, faqat sudlar qonunni to‘g‘ri qo‘llaganmi yoki yo‘qmi shunga baho beriladi.
Jinoiy ishlar odatda uch bosqichda yuritiladi. Dastlab politsiya tergov olib boradi va dalillarni yig‘adi. Keyin prokuratura ishni davom ettiradi va ayblov qo‘yadi yoki ishni yopadi. Shundan so‘ng ish sudga o‘tadi va sud yakuniy qaror chiqaradi.
Ba’zi yengil holatlarda prokuror 약식기소, ya’ni soddalashtirilgan tartibni qo‘llashi mumkin. Bunda sud majlisi o‘tkazilmasdan, ish hujjatlar asosida ko‘rib chiqiladi va odatda jarima bilan yakunlanadi.
Agar sud qaroridan norozi bo‘lsa, uni qayta ko‘rib chiqish uchun murojaat qilish mumkin. Jinoiy ishlar bo‘yicha 7 kun ichida, fuqarolik ishlarida esa 14 kun ichida apelatsiya beriladi. Belgilangan muddat o‘tgach, bu huquq bekor bo‘ladi.
huquqiy yordam va maslahat uchun: 법무법인 (유한) 금성
Keumseong Advokaturasi yordamga tayyor!
Batafsil: 01045109966
@Advokatura_keumseong
https://t.me/koreavisalaw