Выберите регион
и язык интерфейса
Покажем актуальные для региона
Telegram-каналы и возможности
Регион
avatar

Ko'kdala press | Qashqadaryo vil. Ko'kdala tumani hokimligi

Kukdala_uz
Ko'kdala tumani hokimligining rasmiy telegram sahifasi. www.gov.uz/oz/Kokdala youtube.com/@kukdala Instagram.com/kukdala_uz Murojaatlar: @Kukdalauzbot
Подписчики
5 840
24 часа
10
30 дней
-200
Просмотры
2 394
ER
38,17%
Посты (30д)
182
Символов в посте
867
Инсайты от анализа ИИ по постам канала
Категория канала
Политика
Пол аудитории
Мужской
Возраст аудитории
25-34
Финансовый статус аудитории
Средний
Профессии аудитории
Государственный и публичный сектор
Краткое описание
April 29, 14:04
Файлы недоступны
1
Открыть в Telegram

9 may – Xotira va Qadrlash kuni munosabati bilan sport tadbiri.
🏐
🏐
🏐
Ko‘kdala tuman yoshlar ishlari bo‘limi hamda tuman sport maktabi hamkorligida 14 va undan kichik yoshdagi o‘smirlar o‘rtasida voleybol musobaqasi yuqori saviyada tashkil etildi.
Mazkur musobaqada viloyatimizning Kitob, Kasbi, Qarshi, Qamashi, Muborak, G‘uzor tumanlari jamoalari bilan bir qatorda Qarshi olimpiya zahiralari kolleji hamda Shahrisabz tumani jamoalari ham faol ishtirok etdi.
Bellashuvlar davomida yoshlar o‘rtasida sportga bo‘lgan qiziqishni oshirish, jamoaviylikni mustahkamlash va sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish maqsadida qizg‘in va murosasiz o‘yinlar bo‘lib o‘tdi.
🏆
G‘olib va sovrindor jamoalar munosib taqdirlandi:
🥇
1-o‘rin – Ko‘kdala tumani
🥈
2-o‘rin – Qarshi tumani
🥉
3-o‘rin – Kitob tumani
Bunday sport tadbirlari yoshlar o‘rtasida do‘stlikni mustahkamlash va ularni har tomonlama qo‘llab-quvvatlashda muhim ahamiyat kasb etadi.
#Yoshlar#Sport#Voleybol#XotiraVaQadrlashKuni
Koʻkdala yoshlari
🇺🇿

April 29, 05:33
Файлы недоступны
2
Открыть в Telegram

Korrupsiyaga oid jinoyatlar uchun jazo choralarini kuchaytirish
ga qaratilgan qonun loyihasi deputatlar tomonidan qabul qilindi va Senatga
yuborildi.
Ushbu hujjat bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga
korrupsiyaga oid jinoyatlar uchun javobgarlik va jazo choralarini takomillashtirish
ga qaratilgan qo‘shimcha va o‘zgartirishlar kiritish nazarda tutilmoqda.
Shuningdek, yoshlarda korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabatni shakllantirish
yoshlarga oid davlat siyosatining asosiy yo‘nalishlaridan biri
sifatida belgilanmoqda.
Jinoyat kodeksining sakkizinchi bo‘limi
korrupsiyaga oid jinoyatlar atamasi
bilan to‘ldirilib, u bilan 1
9 ta turdagi jinoiy qilmishlar korrupsiyaga oid jinoyatlar
sifatida qayd etilmoqda.
“Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida”gi qonun
da korrupsiyaga oid jinoyat to‘g‘risida asosli xabar bergan shaxsga nisbatan
Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligini oldindan xabardor etmagan holda,
intizomiy jazo choralarini qo‘llashga yo‘l qo‘yilmasligi ko‘zda tutilmoqda.
Jinoyat kodeksi esa o‘zlashtirish yoki rastrata yo‘li bilan
talon-toroj qilganlik, firibgarli
k
uchun hukm qilingan va jinoyat tufayli yetkazilgan zararning o‘rnini to‘liq qoplamagan shaxs jazodan muddatidan
ilgar
i shartli ravishda ozod qilinmasl
igi
ni nazarda tutuvchi norma bilan to‘ldirilmoqda.
Xuddi shunday qoida takroran yoki xavfli retsidivist tomonidan yoxud juda
ko‘p miqdorda pora olish, pora berish, pora olish-berishda vositachilik qilganlik
uchun hukm qilingan shaxslarga nisbatan ham tatbiq etilishi belgilanyapti.
O‘zlashtirish yoki rastrata yo‘li bilan talon-toroj qilish va firibgarlik harakatl
arini
mansab mavqeini suiiste‘mol qilish yo‘li bilan yoki xizmat mavqeidan foydalanib sodir etish
jinoyati uchun ham javobgarlik choralari og‘irlashtirilmoqda.

April 29, 03:41
Файлы недоступны
1
1
Открыть в Telegram

🏆
Og'ir atletikadan oʻsmirlar va kichik o’smirlar o’rtasida Oʻzbekiston chempionatida Qumdaryo MFYdagi 87-maktab o'quvchisi Nurhayot Qobilova dast ko'tarish hamda siltab ko'tarish yo'nalishlarida 77-kg vazn toifasida birinchi o'rinni egallab, O'zbekiston chempioni bo'ldi.
Ushbu g'alaba bilan tumandoshimizni chin yurakdan muborakbod etamiz.
@Kukdala_uz

April 29, 02:05
Файлы недоступны
8
Открыть в Telegram

Prezidentimiz tashabbusi bilan Qarshi shahrida xalqaro standartlar asosida barpo etilgan muhtasham suv sporti saroyining ochilish marosimi doirasida Ko‘kdala tumani tadbirkori Oqila Elmatova tomonidan gilamchilik hunari bo‘yicha tashkil etilgan master-klass ishtirokchilarda katta qiziqish uyg‘otdi.
Tadbir davomida milliy gilamchilik an’analari, ularning yaratilish jarayoni hamda bezak uslublari haqida batafsil ma’lumotlar berildi. Xususan, gilam turlaridan arabiy, terma, g‘ajari va julxurs uslublari alohida namoyish etildi.
Shuningdek, gilamlarga beriladigan nomlar — qoratak, dovruq, shoh gilam, qo‘chqorshoh kabi bezaklar va ularning ramziy ma’nolari ishtirokchilarda katta qiziqish uyg‘otdi.
Mazkur master-klass nafaqat hunarmandchilik sirlarini o‘rganish, balki milliy qadriyatlarimizni asrab-avaylash hamda ularni yosh avlodga yetkazishda muhim ahamiyat kasb etdi.
@Kukdala_uz

April 29, 01:53
Файлы недоступны
4
Открыть в Telegram

🚦
Ko‘kdalada surunkali qoidabuzar haydovchilar bilan profilaktik suhbat o‘tkazildi
Ko‘kdala tumanida yo‘l harakati qoidalarini qo‘pol ravishda muntazam buzib kelgan 20 dan ortiq haydovchilar bilan profilaktik suhbat o‘tkazildi.
Tuman IIB boshlig‘i R.Temirov ishtirok etgan ushbu uchrashuv davomida haydovchilarga yo‘l harakati qoidalariga qat’iy amal qilish zarurligi, qonunlarni mensimaslik jiddiy huquqiy va ijtimoiy oqibatlarga olib kelishi mumkinligi batafsil tushuntirildi.
Shuningdek, mas’ullar tomonidan sodir etilgan qoidabuzarliklar nafaqat haydovchining o‘zi, balki boshqa fuqarolarning hayoti va salomatligiga xavf tug‘dirishi alohida ta’kidlandi. Intizomni mustahkamlash, harakat xavfsizligini ta’minlash hamda takroriy qoidabuzarliklarning oldini olish bo‘yicha ogohlantirish va tushuntirish ishlari olib borildi.
Tegishli tashkilotlar tomonidan yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlash yuzasidan nazorat tadbirlari izchil davom ettiriladi.
@Kukdala_uz

April 28, 04:29
Файлы недоступны
4
Открыть в Telegram

Ko‘kdalada jinoyatchilikka qarshi kurash: hamma birdek mas’ul
Ko‘kdala tumanida huquqbuzarliklarning oldini olish va jinoyatchilikni kakmaytirish masalalari yana bir bor kun tartibiga chiqdi. Tuman prokurori Ravshan Xurramov tomonidan Prezidentimizning 2026-yil 5-yanvardagi PQ-1 va PQ-2-son qarorlari ijrosi yuzasidan shtab a’zolari bilan muhim uchrashuv o‘tkazildi.
Uchrashuv davomida hududdagi kriminogen vaziyat, ayniqsa muammoli mahallalardagi holat atroflicha muhokama qilindi. Ta’kidlanganidek, jinoyatchilikni jilovlash faqatgina huquqni muhofaza qiluvchi organlarning emas, balki barcha mas’ul tashkilotlar va har bir fuqaroning ham vazifasidir.
Yig‘ilishda aholining, ayniqsa yoshlarning huquqiy ongi va madaniyatini oshirish muhim ekani qayd etildi. Bugungi kunda o‘g‘rilik, tan jarohati yetkazish, firibgarlik kabi jinoyatlarning ayrim hollarda aynan yoshlar tomonidan sodir etilayotgani keskin tanqid qilindi. Bu esa joylarda targ‘ibot va profilaktika ishlarini yanada kuchaytirishni talab etadi.
Mutasaddilarga mahallalarda uyma-uy yurib, fuqarolar bilan ochiq muloqotlar o‘tkazish, muammolarni joyida aniqlash va ularni bartaraf etish bo‘yicha aniq topshiriqlar berildi. Ayniqsa, og‘ir toifadagi mahallalarda har bir xonadon bilan ishlash, yoshlarni foydali mashg‘ulotlarga jalb qilish, ularning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish zarurligi alohida ta’kidlandi.
Shuningdek, joriy yilning ikkinchi choragi uchun ishlab chiqilgan “yo‘l xaritasi” doirasidagi vazifalarni o‘z vaqtida va sifatli bajarish masalasi qat’iy nazoratga olinishi belgilandi. Har bir mas’ulga aniq vazifalar yuklatilib, ularning ijrosi yuzasidan doimiy monitoring olib borilishi qayd etildi.
Uchrashuv yakunida barcha mas’ullarga bitta aniq fikr yetkazildi: tinch va osoyishta hayot – umumiy sa’y-harakatlar natijasidir. Shu bois har bir rahbar, har bir tashkilot va har bir fuqaro bu yo‘lda o‘z hissasini qo‘shishi zarur.
@Kukdala_uz

April 28, 02:23
Файлы недоступны
2
Открыть в Telegram

ЁШ ОИЛА ЯРАШТИРИЛДИ
Туман ҳокимлиги, Мажбурий ижро бюроси Кўкдала туман бўлими ҳамда ҳамкор ташкилотлар билан биргаликда олиб борилган тарғибот ишлари натижасида яна бир ёш оила яраштирилди.
Юртимизда оила институтини мустаҳкамлаш, ажримлар сонини камайтириш борасида кенг кўламли ишлар амалга оширилмоқда. Мазкур яраштирув ҳам ана шундай эзгу ташаббусларнинг амалий ифодаси бўлди.
Яраштирув жараёнида ҳар икки томонга оила муқаддаслиги, ўзаро ҳурмат ва меҳр-оқибатнинг аҳамияти, катталарга ҳурмат, кичикларга иззат кўрсатиш орқали оилавий қадриятларни асраб-авайлаш зарурлиги тушунтирилди.
@Kukdala_uz

April 27, 08:20
Файлы недоступны
3
Открыть в Telegram

Koʻkdala tumani MMTB qarashli 89-maktabda
O‘zbekiston xalq shoiri Muhammad Yusuf tavalludining 72 yilligi nishonlandi
.

April 26, 01:34
Файлы недоступны
2
Открыть в Telegram


Yakunlangan media haftalik vohaliklarga qanday taassurot qoldirdi?
Qashqadaryo media haftalik loyihasining to‘rtinchi nuqtasiga aylandi. Bu yerda haftalik davomida o‘tilgan har bir media darsi o‘zining kulminatsion yechimini topdi.
Treninglarda fikr, reja, tanqid va xulosa bir xil darajada “ishladi”. Natijada xabarlar boshqacha tuzildi, kadrlar yangicha olindi, yondashuv esa tubdan o‘zgardi.

Vohalik soha vakillari va qiziquvchilari yangiliklar tezligini boshqarish, aynan shu tezlik orqali ishonchni qanday shakllantirish mumkinligini anglab yetdi. Axborotni yetkazish emas, balki ta’sir doirasini kengaytirish muhim ekani yanada aniqroq tushunildi.
Qashqadaryo media haftaligi o‘ziga xos jihatlari bilan voha media makoniga yangicha ruh olib kirdi. Jarayonlar davom etadi.
➡️
Navbat Samarqandga: 27-aprel – 1-may kunlari media haftalik yana bir hududda yangilanish jarayonlarini boshlab beradi.
https://t.me/Rasmiy_axborot_official

April 25, 13:44
Файлы недоступны
10
Открыть в Telegram

Bugun Chiyal mahallasida yangi va zamonaviy Oilaviy shifokorlik punkti binosi ochiladi. @Kukdala_uz