
MTTda bolajonlar uchun sherlar
Quruvchi.
Mohir usta quruvchi
Uylar qurib beruvchi.
Shahrimiz ko'rkam obod,
Minnatdormiz umrbod.
✍
: Islomova Mukambar
https://t.me/MTTtarbiyachibolajon
👇
👇
Uchuvchi.
Samolarni quchuvchi,
Manziliga eltuvchi.
Yetqazib omon-omon,
Shohaman Vatan tomon.
✍
: Islomova Mukambar
https://t.me/MTTtarbiyachibolajon
👇
👇
Sotuvchi.
Kutib olar muloyim,
El hizmatida doim.
Kelib tursa xaridor,
Ishimizda unum bor.
✍
: Islomova Mukambar
https://t.me/MTTtarbiyachibolajon
👇
👇
Haydovchi.
Meni kasbim haydovchi,
Qani ketdik yulovchi.
Mashinam giz-g'iz etar,
Manzilga omon yetar.
✍
: Islomova Mukambar
https://t.me/MTTtarbiyachibolajon
👇
👇
Kasblar.
Shifokor.
Shifokor bizga darkor,
Bo'lmangiz hech bemor,
Ular bor biz sog'lom,
Bo'lsinlar ular omon.
Tikuvchi.
Qiladilar bo'lak bo'lak,
Matodan tikib kuylak,
O'z ishiga mohirlar,
Qo'li gul chevarlar
Dehqon.
Dehqon bobom yer chopar,
Yer tagidan tilla topar,
O'stirib paxta, bug'doy,
Xalqimni qiladi boy.
Oshpaz.
Qozon tovoq oldida,
Taomlar shirin juda,
Raxmat oshpaz xolalar,
Minnatdormiz bolalar.
Bog'cha opam.
Bizlarga qarar doim,
U bog'chadagi oyim,
Bizga ovqat yedirar,
Doim yelib yugurar.
✍
: Islomova Mukambar
https://t.me/MTTtarbiyachibolajon
👇
👇
Tinchlik.
Urushni nomi oʼchsin
Aslo urush boʼlmasin.
Tinchlik bo‘lsin barhayot
Xalqim tinch yashasin shod.
Osmonda quyosh oy porlasin
Yer yuzin tinchlik qoplasin.
Har yoshda Vatan tuygʼusi
Boʼlsin uning chin ogʼusi!
✍
: Islomova Mukambar
https://t.me/MTTtarbiyachibolajon
👇
👇
G'alaba kuni.
Kezmoqda vatan uzra,
Bugun g'alaba o'r-ra.
Tinchligimiz barqaror,
Yashayapmiz baxtiyor.
Shahid ketgan o'g'lonlarni,
Unutmas xalqim ularni,
Yod aylaymiz turib shay,
Har kelganda to'qqizinchi may.
✍
: Islomova Mukambar
https://t.me/MTTtarbiyachibolajon
👇
👇
Xotira kuni.
Bugun xotira kuni
Unutmaymiz biz uni
Bobomlar jang qilganlar
Unda g'olib kelganlar.
Dunyo yuzi tinchlikni
Sababchisidir ular.
Bolalarni kulgusini
Quvonchisi ham ular.
Ular bo'lgan mard jasur
Dushmanga bo'lgan asir.
O'z yurtiini sotmagan
O'limdan ham qo'rqmagan.
Bobolarim ro'xini
Xotirlaymiz biz bugun.
Bizga qilgan mehnatini
Qadrlaymiz biz bugun.
Aslo urush bo'lmasin
Onalar g'am ko'rmasin.
Dunyoda tinchlik bo'lsin
Bolalar o'ynab kulsin.
✍
: Islomova Mukambar
https://t.me/MTTtarbiyachibolajon
👇
👇
Gʼalaba.
Yurakda sevinch
Qalblarda ilinch.
Koʼzda yosh tomchi
Xalqim quvonchi.
Vatan uchun jonin
Toʼkkanlar qonin.
Mardu maydonlar
Shon sharofshonlar.
✍
: Islomova Mukambar
https://t.me/MTTtarbiyachibolajon
👇
👇
9-may bugun.
To'qqizinchi may bugun,
G‘alaba kuni bugun.
Har yili nishonlaymiz
Bobolarim qadrlaymiz.
Nom nishonsiz ketmagay,
Vatan sizni unutmagay.
Xotirangiz yod olamiz
Ruhingiz shod aylaymiz.
✍
: Islomova Mukambar
https://t.me/MTTtarbiyachibolajon
👇
👇