
Madina Nurman
Sizlarga psixologim o'rgatgan tryukni o'rgataman. Kimdir juda qattiq xafa qilsa, o'sha odamni yer yuzida mavjudmas deb o'ylanglar. Rahmat shart emas.
“Quyoshku falakda kezib yuribdi
Umrimiz boqiydir, umrimiz boqiy”
©️
G’.G’ulom
Boshqalar jingalak soch uchun:
- Suv, sprey, gel, konditsioner, taroq, fen
Man:
- Just wash
#kinotaqriz
Yaqinda shu nomdagi sudning bir qismiga bag'ishlangan "Nyurnberg" (2025) filmini ko'rdim. El-Xeyning "Natsist va psixiatr" asari asosida rejissyor Vanderbilt tomonidan ishlangan. Kast bir qarashda ideal. Kimsan Rassel Krou, Rami Malek, Maykl Shennon, Leo Vuddal, Jon Sletterilardan iborat yulduzli tarkib.
Lekin syujet shu qadar primitivki, harbiy kinolar reytingimda kuchli 10 talikka ham kira olmaydi. IMDb nimaga asoslanib 7,4 ball bilan taqdirlagan tushunmadim. Juda sodda dialoglar, Rami Malekning roliku umuman uvol. Butun film davomida psixiatrning o'ziga мозгоправ kerak, deb o'ylaysan kishi. Qisqa qilib aytganda Malek bu rolga umuman tushmagan. Rassel Krou esa sobiq reyxsmarshal German Gering roli uchun maxsus semirganini aytmasa, xorijiy kinomanlar tasanno aytayotganchalik o'ynamagan rolini.
Harbiy mavzudagi qirqqa yaqin filmlarni ko'rgan bo'lsam, har birida aqalli bir-ikki bo'lsa ham ko'zga yosh olganman. Lekin drama atalmish bu filmda syujetning jinnichaligidan ensa qotirdim xolos. Haqiqiy kinomanlar sifatli syujet va fantastik dialoglardan iborat shedevr tomosha qilayotganini kartinaning boshidanoq tushunib oladi.
Yirik mavzudagi filmlardan keladigan taassurotlar ham yirik bo'lishi kerak aslida. So'nggi yillardagi filmlar esa tobora sayozlashib boryapti, afsuski. Bu global darajada ekanligi esa yanayam achinarli. Balki endi kino ishlab chiqaruvchilar faqat massa uchun film qilar, intellektual yetuk, betakror dialoglardan iborat filmlarga umid qilmasak ham bo'lsa kerak
😢
Sammit doirasidagi ko’rgazmada tashkilotchilardan biri manga:
– Bo’ldi, sizning pavilyoningiz tugadi. Avtobusga chiqing. Sammitga ulgurmaymiz bo’lmasa
– Pavilyonim endi keladiku!
– Ozarmisiz? Tojikmasmisiz?
– O’zbekmanku
🌝
– Voy, uzr. 1 gramm ham o’zbekka o’xshatmadim sizni