Выберите регион
и язык интерфейса
Покажем актуальные для региона
Telegram-каналы и возможности
Регион
avatar

Mansurjon domla

Mansurjondomla
Самарқанд вилояти Пайариқ тумани бош имом-хатиби Мансуржон Абдухолиқов Телеграм тармоғидаги канали. Мурожаат учун админ: @UmiD_0455
Подписчики
2 140
24 часа
30 дней
30
Просмотры
2 552
ER
1,51%
Посты (30д)
61
Символов в посте
1 387
December 10, 07:06
Файлы недоступны
1
Открыть в Telegram

IMOM ERTA SALOM BERIB QOLSA, IQTIDO QILGAN KISHI NIMA QILADI?
#namoz

1176-SAVOL: Men jamoat namoziga borishni endi boshladim. Men namozni sekin o‘qiyman. Gap shundaki, ko‘pincha men salavotni o‘qiyotganimda imom ikki tarafga salom berayotgan bo‘ladi. Shu holatda men salavotni tugatib, keyin duo o‘qib so‘ng salom berishim kerakmi yoki imom bilan barobar salom berishim kerakmi?
💬
JAVOB:
Bismillahir Rohmanir Rohim. Siz bu holatda imom bilan birgalikda salom berasiz. Zero salavot o‘qish sunnat, imomga ergashish esa vojib amal sanaladi. Vojib amal sunnat amaldan yuqori bo‘lgani sababli siz vojib bo‘lgan amalni bajarasiz. Agar tashahhud ("At-tahiyyot...") duosini o‘qiyotganingizda imom salom berib qolsa, siz tashahhud duosini tugatib, keyin salom berasiz. Chunki tashahhud duosini o‘qish vojib amal hisoblanadi. Bu haqda fiqhiy kitoblarimizda shunday deyiladi:
وإذا سلم الإمام والمقتدي ما زال بالصلوات الإبراهيمية يتابع المقتدي الإمام بالتسليم لأن الصلاة على النبي صلى الله عليه و سلم في آخر الصلاة سنة
“Imomga iqtido qilgan kishi salavotni o‘qiyotgan vaqtida imom salom bersa, u ham imomga ergashib salom beradi. Chunki namozning oxirida salavot aytish sunnatdir” (“Fiqhul ibodat” kitobi).
Alloma ibn Obidin rahimahulloh shunday deydilar:
متابعة الإمام في الفرائض والواجبات من غير تأخير واجبة، فإن عارضها واجب لا ينبغي أن يفوته بل يأتي به ثم يتابع، كما لو قام الإمام قبل أن يتم المقتدي التشهد فإنه يتمه ثم يقوم بخلاف ما إذا عارضها سنة كما لو رفع الإمام قبل تسبيح المقتدي ثلاثا فالأصح أنه يتابعه لأن ترك السنة أولى من تأخير الواجب
“Farz va vojib amallarda kechiktirmasdan imomga ergashish vojib sanaladi. Ammo imomga ergashish bilan boshqa vojib amal teng kelib qolsa, “imomga ergashish kerak” deb vojibni tark qilmaydi, balki avval vojibni bajarib, keyin imomga ergashadi. Masalan, imomga iqtido qilgan kishi tashahhudni tugatishdan avval imom uchinchi rakatga tursa, iqtido qilgan kishi avval tashahhudni tugatib, keyin o‘rnidan turib, imomga ergashadi (Chunki ikkisi ham vojib bo‘lib, birini bajaraman deb boshqasini tark qilmaydi).
Agar imomga ergashish bilan sunnat amal teng kelib qolsa, yuqoridagidek qilmaydi. Masalan, (sajda yoki rukuda) imomga iqtido qilgan kishi tasbihni uch marta aytishidan avval imom boshini ko‘tarsa - fuqaholarimiz eng to‘g‘risi deya aytgan gapga ko‘ra - imomga ergashadi. Chunki sunnatni tark qilish vojibni kechiktirishdan ko‘ra ustundir” (“Raddul muhtor” kitobi).
Xulosa qilib aytganda, siz salavot yoki undan keyingi duolarni o‘qiyotgan paytingizda imom salom berib yuborsa, siz imomga ergashib, salom berasiz. Bu o‘rinda salavot yoki duolarni oxiriga yetkazmaysiz. Vallohu a’lam.
O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Fatvo markazidan olindi.
📲
Ijtimoiy tarmoqlarda bizni kuzating:
👇
📱
Telegram

Instagram
📱

December 08, 03:43
Файлы недоступны
1
Открыть в Telegram

KO‘Z TEGMASLIGI UCHUN NIMA QILSAM BO‘LADI?
#aqida
#ko
‘z_tegishi

1129-SAVOL: Meni yosh farzandim bor. Bir qo‘shni ayol uni ko‘rib qolsa, “Bu bunchalar chiroyli ekan”, “Shirinligini qarang buni” deb ko‘p gapiradi. Shunda ko‘z tegmasligi uchun nima qilsam bo‘ladi?
💬
JAVOB: Bismillahir Rohmanir Rohim. Ko‘z tegishi voqe’likda bor narsa ekani ko‘plab hadisi shariflarda aytib o‘tilgan. Oisha roziyallohu anhodan rivoyat qilingan hadisi sharifda Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallam: “Ko‘z tegishidan Alloh panoh berishini so‘ranglar, chunki ko‘z tegishi – haqdir”, deganlar (Imom Ibn Moja rivoyati).
Ko‘z tegishiga qarshi Rasululloh sollallohu alayhi vasallam quyidagi duoni o‘qib dam solardilar.
عَنِ ابْنِ عَبَّاسٍ رَضِي اللهُ عَنْهُ قَالَ: كَانَ النَّبِيُّ صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ يُعَوِّذُ الْحَسَنَ وَالْحُسَيْنَ يَقُولُ: أُعِيذُكُمَا بِكَلِمَاتِ اللهِ التَّامَّةِ مِنْ كُلِّ شَيْطَانٍ وَهَامَّةٍ وَمِنْ كُلِّ عَيْنٍ لَامَّةٍ، ثُمَّ يَقُولُ: كَانَ أَبُوكُمْ يُعَوِّذُ بِهِمَا إِسْمَاعِيلَ وَإِسْحاَقَ عَلَيْهِمُ السَّلَامُ. رَوَاهُ أَبُو دَاوُدَ وَالتِّرْمِذِيُّ بِسَنَدٍ صَحِيحٍ
Ibn Abbos roziyallohu anhumodan rivoyat qilinadi: “Nabiy sollallohu alayhi vasallam Hasan va Husaynga panoh tilab: “U’iyzukumaa bikalimaatillahit-taammati min kulli shaytonin va haammatin. Va min kulli aynin laammatin”
Ma’nosi: “Ikkingizga Allohning tugal kalimalari ila har bir shaytondan va zararkunandadan hamda gunohkor ko‘zdan panoh tilayman” der va so‘ngra: “Bobongiz (Ibrohim alayhissalom) bular ila Ismoil va Is’hoq alayhimussalomga panoh tilar edi”, der edilar”. Abu Dovud va Termiziy sahih sanad ila rivoyat qilganlar.
Yana shuni ta’kidlash lozimki, kishi biror ne’matni ko‘rganida unga ko‘zi tegib, zarar yetib qolmasligi uchun ko‘rgan ne’mat haqqiga duo qilib qo‘yishi kerak. Shunda o‘ziga tegishli bo‘lgan yoki biror birodariga tegishli bo‘lgan narsaga ziyoni tegib qolmaydi. Bu haqda Nabiy alayhissalom shunday deganlar:
إذا رأى أحدكم من نفسه أو ماله أو من أخيه ما يعجبه فليدع له بالبركة فٍان العين حق (رواه الامام الحاكم)
Ya’ni: “Sizlardan biringiz o‘zida, molida yoki birodarida ko‘zni quvontiradigan narsani ko‘rsa, unga baraka so‘rab duo qilsin. Chunki ko‘z tegishi – haqdir” (Imom Hokim rivoyati). Vallohu a’lam!
O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Fatvo markazidan olindi.
📲
Ijtimoiy tarmoqlarda bizni kuzating:
👇
📱
Telegram

Instagram
📱

December 08, 02:48
Файлы недоступны
1
1
Открыть в Telegram

🇺🇿
8 декабрь – Ўзбекистон Республикаси Конституцияси қабул қилинган кун!
Ўзбекистон Республикаси Конституциясининг 33 йиллиги билан барча юртдошларимизни муборакбод этамиз!
📲
Ижтимоий тармоқларда бизни кузатинг:
👇
📱
Telegram

Instagram
📱

December 08, 02:47
Файлы недоступны
3
Открыть в Telegram

💧
Ёмғир ёққанда ўқиладиган дуо
اللَّهُمَّ صَيِّباً نَافِعاً
🤲
«Аллоҳумма соййибан наафиъан»
Парвардигоро, фойдали (хайрли) ёмғир қил!
#дуо
#Ёмғир
📲
Ijtimoiy tarmoqlarda bizni kuzating:
👇
📱
Telegram

Instagram
📱

December 06, 16:04
Файлы недоступны
1
Открыть в Telegram

December 06, 16:02
Файлы недоступны
1
Открыть в Telegram

December 06, 15:56
Файлы недоступны
1
Открыть в Telegram

December 06, 15:54
Файлы недоступны
1
Открыть в Telegram

December 06, 15:52
Файлы недоступны
1
Открыть в Telegram

December 06, 15:51
Файлы недоступны
1
Открыть в Telegram