
MASNAVIY MAYXONASI | RASMIY KANAL
Asalari bol tayyorlaydi,lekin bol tayyorladim demaydi.
O'zingga bir oyna top!
So‘z sohibiga oiddir!
Zikr avval tilni,keyin nafsni tarbiyalaydi.
🍃
Suv hech qachon bu tikon bu gul deb o‘tirmaydi,ikkisini ham bir joyda birday o‘stiraveradi.
Ishq bilan yurgan kishi sirtida dunyoni ko‘tarib yura oladi,muhabbatsiz yurgan kishi esa badan otliq quruq jasadni...
Yunus Emro fimidan
Goh g‘am o‘ti tushib, kul bo‘ldi jonim,
Goh dard to‘lqinida titradi tanim.
Lekin ishq bog‘ida bir sir yashirin.
Har bahor yangilar so‘lg‘in chamanim.
Sochlarim oqardi zamon shamolidan,
Qadamim tolardi dard yo‘llaridan.
Ammo ishq ko‘nglimda go‘dakdek kuldi.
Poklik tomchilab qalb buloqlaridan.
Agar dard kelmasa, ishq ne bilinar?
Agar tun bo‘lmasa, tong ne ko‘rinar?
Shu bois g‘am bilan ulg‘aydi ruhim.
Ishq bilan ko‘nglim hamon yosh turar.
#Qalbim_kitobidan
🫀
#Hakimiy
https://t.me/Qalbim_kitobi1
Balo — muhabbatning maktubidir.
Yo‘l sabr bilan bosiladi.
Tasavvufda katta maqomlar
sabr, yumshoqlik va nafsni yengish
bilan keladi.
Sinovlar ba’zan rad etilish emas, tarbiyalanish uchun beriladi!