
my.gov.uz
📱
my.gov.uz’da bank kartalari va SIM-kartalarni nazorat qilish imkoniyati joriy etiladi
🪪
2026-yil dekabriga qadar Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali —
my.gov.uz
orqali fuqarolar o‘z nomiga rasmiylashtirilgan bank kartalari va mobil raqamlarni to‘liq nazorat qilish imkoniga ega bo‘ladi.
❗️
Bu tashabbus Prezident farmoni bilan tasdiqlangan
davlat dasturi
doirasida amalga oshiriladi.
👉
Yangi imkoniyatlar:
⏺
fuqarolar o‘z nomiga nechta bank kartasi ochilganini ko‘ra oladi;
⏺
nechta SIM-karta rasmiylashtirilgani haqida ma’lumot oladi;
⏺
zarur holatlarda portal orqali karta yoki raqamni yopish uchun ariza yuborishi mumkin bo‘ladi.
📱
Shuningdek, banklar va mobil aloqa operatorlari axborot tizimlari bilan xavfsiz integratsiya yo‘lga qo‘yilib, ma’lumotlar real vaqt rejimida almashiladi.
🌐
my.gov.uz
|
egov.uz
🚀
Telegram
🔵
Facebook
🎬
YouTube
📷
instagram
🚀
Bot
🟡
Водители электромобилей будут поощряться!
🚘
В Узбекистане вступают в силу новые меры по развитию «зелёного транспорта» и поддержке владельцев электромобилей. В соответствии с Государственной программой на 2026 год вводится ряд льгот для лиц, оказывающих услуги такси на электромобилях.
👉
С 1 марта для водителей такси на электромобилях предусмотрены:
🗄
скидка до 10% по социальному налогу;
🗄
бесплатная парковка до 30 минут на автостоянках государственных организаций (в том числе в аэропортах и на вокзалах);
🗄
вручение нагрудного знака «Защитник природы» тем, кто без нарушений и ДТП проработал 1 миллион километров.
✅
Согласно плану, к концу 2026 года ожидается, что будут работать 300 тысяч таксистов на электромобилях, а уровень загрязнения атмосферы снизится на 7%.
💻
Если вы владеете электромобилем или гибридным автомобилем, зарегистрированы как самозанятое лицо либо оказываете услуги такси в качестве предпринимателя —
подайте онлайн-заявку через my.gov.uz
и оформите лицензию уже сейчас.
🟢
Регистрация и получение лицензии — просто, быстро и без очередей!
▶️
https://youtube.com/shorts/ljZfTbPZCmk?feature=share
🌐
my.gov.uz
|
egov.uz
🚀
Telegram
🔵
Facebook
🎬
YouTube
📷
instagram
🚀
Bot
✨
Ramazon tuhfasi: Ehtiyojmand oilalarga moddiy yordam koʻrsatiladi
🔵
Prezident qarori (
PQ–67-son, 17.02.2026-y.
) bilan muqaddas Ramazon oyi arafasida aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlariga bir martalik moddiy yordam berilishi belgilandi.
❓
Kimlarga qancha miqdorda yordam beriladi?
💰
1 million soʻm miqdorida (bir martalik):
⏺
“Ijtimoiy reestr”dagi
davlat taʼminotida boʻlgan
oilalarga;
⏺
Oʻzgalar parvarishiga muhtoj
yolgʻiz keksalar va nogironligi boʻlgan
shaxslarga;
⏺
Yetim va ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan
bolalar yashayotgan oilalarga.
💰
500 ming soʻm miqdorida (bir martalik):
⏺
“Ijtimoiy reestr”dagi
kambagʻal oilalarga;
⏺
“Mahalla yettiligi” tomonidan shakllantirilgan
qoʻshimcha roʻyxatdagi ehtiyojmand oilalarga.
🩺
Bundan tashqari, reestrdagi oilalarning
6 ming nafar bemor aʼzolariga
davolanish xarajatlari toʻliq qoplab beriladi.
⚠️
🚩
🚩
🚩
🚩
🚩
🚩
: FIRIBGARLARDAN HIMOYALANISH QOIDALARI
⌨️
Ekspertlar ogohlantiradi:
Bunday xabarlardan soʻng firibgarlar turli yo'llar, hatto soxta (feyk) saytlar yaratib, pulingizni oʻgʻirlashga urinishadi.
🔐
Oʻzingizni quyidagicha himoya qiling:
👉
Hech qanday ariza shart emas:
Pul mablagʻlari
1-martga qadar
sizning ijtimoiy kartangiz yoki plastik kartangizga
AVTOMATIK
tushadi.
👉
Agar sizga "pulni olish uchun ariza bering" deyishsa — bu yolgʻon!
📱
SMS-kodni bermang:
Bankdan yoki 5500 xizmatidan kelgan maxfiy kodni hech kimga (hatto oʻzini bank xodimi yoki mahalla raisi deb tanishtirsa ham) aytmang!
👨💻
Shubhali havolalarga kirmang:
"Toʻlovni qabul qilib oling" degan mazmundagi Telegram-botlar yoki rasmiyga o'xshash soxta saytlarga karta maʼlumotlarini kiritmang.
❗️
Oltin qoida:
Agar sizdan pul tushirib berish uchun kod soʻrashsa yoki qaysidir saytga karta raqamingizni yozishni talab qilishsa, bilingki — qarshingizda
FIRIBGAR
turibdi!
❓
Maʼlumotni qanday tekshirish mumkin?
📱
Shaxs ijtimoiy reestrga kiritilgan oila a'zosimi yoki yoʻqligini
rasmiy
my.gov.uz
portali orqali tekshirishi mumkin. Davlat tashkilotlari sizga hech qachon "pulingizni olish uchun havolaga kiring" deb SMS yubormaydi.
🌙
Ramazon oyi xonadoningizga baraka olib kelsin! Omonatlaringizga ehtiyot boʻling.
🌐
my.gov.uz
|
egov.uz
🚀
Telegram
🔵
Facebook
▶️
YouTube
📷
instagram
🚀
Bot
🌙
Muqaddas Ramazon oyi muborak bo‘lsin!
✨
Aziz vatandoshlar!
Yurtimizga mehr-oqibat, xayru saxovat va shukronalik timsoli bo‘lgan muborak Ramazon oyi kirib keldi.
Bu — ezgulik va savob ishlar, mehr-muruvvat, birlik va hamjihatlik oyidir.
Tilagimiz, yurtimizda tinchlik-osoyishtalik, millatlararo totuvlik va diniy bag‘rikenglik muhiti bardavom bo‘lsin. Barchangizga sihat-salomatlik, oilaviy baxt-saodat va xonadonlaringizga baraka tilaymiz.
Ramazon oyi muborak bo‘lsin!
🌐
my.gov.uz
|
egov.uz
🚀
Telegram
🔵
Facebook
🎬
YouTube
📷
instagram
🚀
Bot
🟡
Elektromobil haydovchilari rag‘batlantiriladi!
🚘
O‘zbekistonda “yashil transport”ni rivojlantirish va elektromobil egalarini qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha yangi choralar kuchga kirmoqda. 2026-yilgi davlat dasturiga muvofiq, elektromobilda taksi xizmati ko‘rsatuvchilar uchun qator imtiyozlar joriy etiladi.
👉
1-martdan boshlab elektromobilda taksi qiluvchilarga:
🗄
ijtimoiy soliqdan 10 foizgacha chegirma;
🗄
davlat tashkilotlari avtoturargohlarida (jumladan aeroport va vokzallarda) 30 daqiqagacha bepul turish;
🗄
qoidabuzarlik va YTHsiz 1 million km xizmat ko‘rsatganlarga “Tabiat himoyachisi” ko‘krak nishoni beriladi.
✅
Rejaga ko‘ra, 2026-yil yakuniga qadar 300 ming nafar elektromobil taksichi faoliyat yuritishi va atmosfera ifloslanishi 7 foizga kamayishi kutilmoqda.
💻
Agar siz elektromobil yoki gibrid avtomashinaga ega bo‘lsangiz, o‘z-o‘zini band qilgan shaxs sifatida ro‘yxatdan o‘tgan yoki tadbirkor sifatida taksi xizmati ko‘rsatayotgan bo‘lsangiz —
my.gov.uz
orqali hozirning o‘zida
onlayn ariza yuboring va lisenziyani rasmiylashtiring
.
🟢
Ro‘yxatdan o‘tish va lisenziya olish oson, tez va navbatsiz!
▶️
https://youtube.com/shorts/ljZfTbPZCmk?feature=share
🌐
my.gov.uz
|
egov.uz
🚀
Telegram
🔵
Facebook
🎬
YouTube
📷
instagram
🚀
Bot
❗️
Есть жалобы по государственным услугам? Решайте их онлайн!
📱
Упрощён порядок
подачи жалобы на административные документы, принятые уполномоченными органами в сфере государственных услуг
. Через данную услугу споры рассматриваются в досудебном порядке.
❓
Кто рассматривает заявление?
Апелляционный совет при Министерстве юстиции и Главном управлении юстиции города Ташкента.
📆
Срок рассмотрения обращения:
в течение
15 дней
со дня поступления заявления. При необходимости дополнительного изучения срок может быть продлён до 1 месяца.
❗️
Плата за оказание государственной услуги не взимается!
Важное примечание:
Временное положение, регулирующее порядок предоставления услуги, применяется в порядке правового эксперимента до 1 июля 2026 года в отношении отдельных видов государственных услуг, оказываемых в городе Ташкенте.
В случае успешного завершения эксперимента услуга будет внедрена по всей республике.
📱
С порядком
подачи жалобы и перечнем услуг
можно ознакомиться в Постановлении Президента Республики Узбекистан № ПП–188 от 19 мая 2025 года.
✅
Решайте проблемы, возникающие при получении государственных услуг, удобным и прозрачным способом!
🌐
my.gov.uz
|
egov.uz
🚀
Telegram
🔵
Facebook
▶️
YouTube
📷
instagram
🚀
Bot
☄️
Sug‘urta xizmatlari endi cho‘ntagingizda!
🛡
Endi aholi va tadbirkorlar uchun eng kerakli
sug‘urta xizmatlari
Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (
my.gov.uz
) orqali onlayn ko‘rsatilmoqda.
🔵
Portal orqali quyidagi polislarni bir necha daqiqada olishingiz mumkin:
⏺
Majburiy avtosug‘urta polisini rasmiylashtirish
;
⏺
Tashuvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sug‘urta qilish
;
⏺
Sportchilarni sug‘urtalash
;
⏺
Gaz uskunasi o‘rnatilgan transport vositalarini sug‘urtalash
;
⏺
Ko‘chmas mulk sug‘urtasini rasmiylashtirish
;
⏺
Ixtiyoriy tibbiy sug‘urtani rasmiylashtirish
;
⏺
Hujjatlarni sug‘urtalash
.
❓
Nega aynan
my.gov.uz
orqali rasmiylashtirish kerak?
🗄
24/7 xizmat:
Istalgan vaqtda va istalgan joydan ariza yuboring.
🗄
Ortiqcha hujjatlarsiz:
Tizim barcha kerakli ma'lumotlarni o'zi yuklab oladi.
🗄
Tezkorlik:
Sug'urta polisi onlayn shakllanadi va saqlanadi.
🗄
Shaffoflik:
To'lovlarni onlayn amalga oshiring va holatni kuzatib boring.
Eslatma:
Xizmat narxi siz tanlagan sug‘urta turi va qoplanadigan zarar miqdoriga qarab tizim tomonidan avtomatik hisoblanadi.
🧑💻
Hoziroq foydalaning:
Vaqtingizni tejang va xavfsizligingizni masofadan turib ta’minlang!
🌐
my.gov.uz
|
egov.uz
🚀
Telegram
🔵
Facebook
▶️
YouTube
📷
instagram
🚀
Bot
🛡
Raqamli texnologiyalar vaziri jurnalistlar bilan
muloqotda
, davlat tizimlaridan tashqari, internetdagi boshqa tizimlar bilan ishlashda ham kibergigienaga e’tibor muhimligini ta’kidladi. Masalan,
Telegram
orqali tarqalayotgan
xavfli fayllar va firibgarlik holatlari
dan ogohlantirdi. Uning ta’kidlashicha, noma’lum manbalardan yuborilayotgan
fayl va havola
lar orqali fuqarolarning
shaxsiy hamda bank ma’lumotlari
ni qo‘lga kiritishga urinishlar hamda tanish sifatida pul so’rashlar holatlari ko‘paygan.
🔐
Bunday fayllar zararli dastur o‘rnatilishiga va ma’lumotlar
uchinchi shaxslarga o‘tishiga sabab bo‘lishi mumkin.
✅
Vazir fuqarolarga ik
ki bosqichli himoyani yoqish, aktiv seanslarni tekshirib turish, noma’lum fayllarni ochmaslik hamda Telegram orqali pul so‘ralganda shoshilmasdan tekshirish
ni tavsiya qildi.
❗️
Telegramda
ikki bosqichli himoyani yoqish
tartibi:
–
Settings
/ Настройки (Sozlamalar) ga kiring
–
Privacy and Security
/ Конфиденциальность (maxfiylik va xavfsizlik) ni tanlang
–
Two-Step Verification
/ Облачный пароль (Ikki bosqichli tekshiruv)ni bosing
–
Qo‘shimcha parol o‘rnating va tasdiqlang
.
📩
Telegram
📱
Facebook
📱
Instagram
📺
Youtube
🌐
LinkedIn
🐦
X
⚡️
Продолжается приём в военную сферу: подайте онлайн-заявку через
my.gov.uz
❗️
Вниманию граждан, желающих проходить службу в системе Министерства обороны Республики Узбекистан!
👉
В настоящее время принимаются заявки по следующим направлениям:
🗄
1. Военная служба по контракту (
на офицерские должности
)
⏺
Граждане с высшим образованием могут подать онлайн-заявку для прохождения службы в рядах Вооружённых сил в качестве офицера.
⏺
Срок подачи:
до 28 февраля.
⏺
Порядок подачи:
онлайн через портал
my.gov.uz
.
⏺
Название услуги:
Подача заявления на поступление на военную службу по контракту в войска Министерства обороны
.
Примечание:
На офицерские должности рассматриваются только кандидаты с высшим образованием.
📱
Ознакомьтесь с порядком подачи заявки через
my.gov.uz
:
▶️
youtube.com/watch?v=-vr-wDcv-WY&feature=youtu.be
🟡
Стать защитником Родины — ответственная и почётная профессия!
🌐
my.gov.uz
|
egov.uz
🚀
Telegram
🔵
Facebook
▶️
YouTube
📷
instagram
🚀
Bot
❗️
Davlat xizmatlari bo‘yicha shikoyatlaringiz bormi? Ularni onlayn hal qiling!
📱
Xizmat orqali
vakolatli organlarning davlat xizmatlari yuzasidan qabul qilgan ma’muriy hujjatlari ustidan shikoyat yo‘llash
tartibi soddalashtirilgan. Bu orqali nizolar sudgacha bo'lgan tartibda ko‘rib chiqiladi.
❓
Arizani kim ko‘rib chiqadi?
Adliya vazirligi va Toshkent shahar adliya boshqarmasi huzuridagi Apellyatsiya kengashi.
📆
Murojaatni ko’rib chiqish muddati:
Ariza tushgan kundan boshlab
15 kun ichida
. Qo‘shimcha o‘rganish talab etilsa, bu muddat 1 oygacha uzaytirilishi mumkin.
❗️
Davlat xizmatini ko‘rsatganlik uchun
yig‘im undirilmaydi!
Muhim eslatma:
Xizmat tartibini belgilovchi vaqtinchalik nizom 2026-yil 1-iyulgacha huquqiy eksperiment tariqasida
Toshkent shahrida ko‘rsatiladigan ayrim turdagi davlat xizmatlariga nisbatan
qo‘llaniladi. Agar eksperiment muvaffaqiyatli o‘tsa, bu xizmat butun respublika bo‘ylab joriy etiladi.
📱
Shikoyat
yo‘llash tartibi va xizmatlar ro‘yxati
bilan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 19-maydagi PQ–188-son qarori orqali tanishishingiz mumkin.
✅
Davlat xizmatlaridan foydalanishda duch kelgan muammolarni qulay va shaffof tarzda hal qiling!
🌐
my.gov.uz
|
egov.uz
🚀
Telegram
🔵
Facebook
▶️
YouTube
📷
instagram
🚀
Bot