Выберите регион
и язык интерфейса
Покажем актуальные для региона
Telegram-каналы и возможности
Регион
avatar

NamMQI_Rasmiy | YANGILIKLAR

NamMQI_rasmiy
Namangan muhandislik-qurilish instituti rasmiy sahifasi ✅ Rasmiy saytimiz: www.NamMQI.uz
Подписчики
1 290
24 часа
30 дней
-60
Просмотры
1 167
ER
90,7%
Посты (30д)
Символов в посте
856
Инсайты от анализа ИИ по постам канала
Категория канала
EDОбщее образование и новости
Пол аудитории
Женский
Возраст аудитории
25-34
Финансовый статус аудитории
Средний
Профессии аудитории
Образование
Краткое описание
January 26, 08:19

Test

December 29, 07:39
Файлы недоступны
3
Открыть в Telegram

June 19, 12:50
Файлы недоступны
2
Открыть в Telegram

#KelajakkaQadam
#TalabaExpo2025
#Samarqand
Endi “TalabaExpo – 2025” kasb koʻrgazmasi Samarqandda
2025-yil
20-21-iyun kunlari
Samarqand shahrida oliy taʼlim tashkilotlari bitiruvchi talabalari uchun
“TalabaExpo – 2025” kasb koʻrgazmasi
bo‘lib o‘tadi.
Tadbir “Kelajakka qadam” dasturi, “Dolzarb 90 kun” doirasida
Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi, “Oʻzmilliybank” AJ, Savdo-sanoat palatasi hamda Samarqand viloyati hokimligi
hamkorligida bitiruvchilar bandligiga koʻmaklashish maqsadida o‘tkazilmoqda.
Mazkur koʻrgazma mamlakatimizdagi
300 ga yaqin yirik ish beruvchi korxonalar, tijorat banklari hamda 20 ming nafardan
ziyod talaba-yoshlarni bir joyda jamlaydi.
Ushbu keng qamrovli tadbir bitiruvchi talabalar uchun real ish imkoniyatlari, mos kasbni tanlash va kelajakdagi faoliyatni belgilashda muhim bosqich boʻlib xizmat qiladi.
2 kun davom etadigan keng qamrovli ko‘rgazma davomida
:
▶️
“Talaba – kelajak” bitiruvchilar bilan muloqot;
▶️
Seminar-treninglar;
◀️
Biznes va startap loyihalar taqdimoti;
◀️
Oliygohlar bilan tanishuv;
▶️
Imtiyozli kreditlar;
◀️
Madaniy shou va musiqiy kechalar sizni kutmoqda!
Samarqanddagi oliy ta’lim muassasalarining
bitiruvchi kurs talabalari, shuningdek, boshqa hududlarda tahsil olayotgan samarqandlik bitiruvchilarni hamda abituriyentlarni
ko‘rgazmaga taklif etamiz!
📍
Manzil
: Samarqand shahar, Universitet xiyoboni.
Bizni kuzating
Facebook
|
Instagram
|
YouTube
|
Telegram

June 18, 07:38
Файлы недоступны
1
1
Открыть в Telegram

#SoʻraganEdingiz
#Qabul2025
SAVOL: Oliy ta’lim muassasalarining bakalavriatiga o‘qishga kirish uchun onlayn ro‘yxatdan o‘tgan abituriyentlar sonini qayerdan bilsa bo‘ladi?
JAVOB:
my.uzbmb.uz
saytining “
Statistika

bo‘limi orqali ro‘yxatdan o‘tgan abituriyentlar
sonini bilish mumkin. Bunda ularning umumiy soni, jinsi va ta’lim tili bo‘yicha taqsimoti real vaqt rejimida
yangilab boriladi.
Ma’lumot uchun,
18-iyun 12:35
holatiga ko‘ra
my.uzbmb.uz
sayti orqali onlayn ro‘yxatdan o‘tgan
jami abituriyentlar soni — 272 537 nafarni
tashkil qiladi.
📚
Abituriyentlarning
ta’lim tili
bo‘yicha taqsimoti:
🇺🇿
O‘zbek tili — 239 799 nafar;
🇷🇺
Rus tili — 27 304 nafar;
🔘
Qoraqalpoq tili — 4 598 nafar;
🔘
Boshqa tillar — 836 nafar.
📝
Abituriyentlarning
gender tarkibi bo‘yicha
taqsimoti:
👦🏻
erkaklar — 124 547 nafar
👧🏻
ayollar — 147 990 nafar.
📣
Bu foydali postni
abituriyent tanishlaringizga yuborib qo‘ying.
🔹
Qabulga doir rasmiy bot:
@eduuzuniversalbot
Bizni kuzating
Facebook
|
Instagram
|
YouTube
|
Telegram

June 11, 13:14
Файлы недоступны
1
1
Открыть в Telegram

📣
Bizning ijtimoiy tarmoqlarni kuzating!
Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining
rasmiy sahifalarida ta’lim sohasidagi eng so‘nggi yangiliklar, foydali ma’lumotlar va e’lonlarni
kuzatib boring!
🔹
https://t.me/eduuz
🔹
instagram.com/eduuzofficial
🔹
facebook.com/eduuzofficial
🔹
http://youtube.com/c/eduuz
📌
QR kodni skaner
qiling yoki yuqoridagi sahifalarga
tashrif buyuring.
Shuningdek, vazirlikning
@EduuzUniversalBot
orqali quyidagilar bilan tanishishingiz mumkin:
✔️
So‘nggi 3 yillik qabul statistikasi
✔️
Yo‘nalishlar bo‘yicha o‘tish ballari
✔️
Fanlar majmuasi va baholash mezonlari
✔️
Namuna testlar
✔️
Tavsiya etilgan adabiyotlar
✔️
OTMlar ro‘yxati
✔️
Ko‘p so‘raladigan savollar va javoblar
Shu bot orqali
vazirlik mutasaddilariga savol va takliflar yuborish imkoniyati
ham mavjud.
🎯
Rasmiy manbalardan xabardor bo‘ling!
Bizni kuzating
Facebook
|
Instagram
|
YouTube
|
Telegram

June 11, 06:52
Файлы недоступны
1
1
Открыть в Telegram

#SoʻraganEdingiz
#Qabul2025
SAVOL:
Assalomu alaykum. Oliy ta’lim muassasalariga qabul jarayoniga oid rasmiy ma’lumotlarni qayerdan topish mumkin? Savollar tug‘ilganda ishonchli javobni qayerdan olish mumkin?
✔️
JAVOB:
Qabul jarayoniga oid
rasmiy ma’lumotlar
Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi hamda Bilim va malakalarni baholash agentligining
rasmiy saytlarida va ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarida
e’lon qilinadi. Savollar bo‘lsa, aynan shu manbalarga murojaat qilish tavsiya etiladi.
Vazirlik rasmiy sahifalari:
🔹
https://t.me/eduuz
🔹
https://instagram.com/eduuzofficial
🔹
facebook.com/eduuzofficial
🔹
http://youtube.com/c/eduuz
🌐
https://gov.uz/oz/edu
Agentlik rasmiy sahifalari:
🔹
https://t.me/BaholashUz
🔹
https://instagram.com/dtmuzb/
🔹
https://www.facebook.com/dtmuzb/
🔹
https://www.youtube.com/@BaholashUz
🌐
https://gov.uz/oz/uzbmb
Shuningdek, Vazirlikning
1006
, Agentlikning
1195 ishonch telefoni
yoki
@EduuzUniversalBot
’ga murojaat qilgan holda o‘zlarini qiziqtirgan savollariga javob olishlari mumkin.
Bizni kuzating
Facebook
|
Instagram
|
YouTube
|
Telegram

June 05, 07:34
Файлы недоступны
1
1
Открыть в Telegram

#Live
#Qabul2025
#JonliEfir
📣
Ayni daqiqalarda
“O‘zbekiston24” radiokanalida
2025/2026-o‘quv yili qabuliga bag‘ishlangan radioeshittirish
boshlandi.
Unda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi hamda Bilim va malakalarni baholash agentligi mutasaddilari tomonidan:
➡️
ta’lim muassasalariga
o‘qishga qabul qilish tartibi
;
➡️
abituriyentlarni
onlayn ro‘yxatdan o‘tkazish hamda test va kasbiy (ijodiy) imtihonlarni tashkil etish
jarayoni haqida batafsil ma’lumot berilmoqda.
📹
Efir havolasi
Bizni kuzating
Facebook
|
Instagram
|
YouTube
|
Telegram

June 04, 13:55
Файлы недоступны
1
1
Открыть в Telegram

#Eʼlon
⚡️
Birozdan so‘ng global raqobatbardoshlik uchun oliy ta’lim siyosati va institutsional islohotlar mavzusiga bag‘ishlangan onlayn konferensiya boshlanadi
Ishtirok etish uchun
havola
👈
Hurmatli professorlar, tadqiqotchilar, talabalar va ta’lim sohasiga qiziqadigan mutaxassislar sizni mazkur onlayn konferensiyamizga taklif qilamiz!
Konferensiyada
oliy ta’lim siyosatining zamonaviy tendensiyalari, raqobatbardoshlikni oshirish va institutsional islohotlar
bo‘yicha muhim fikr-mulohazalar bildiriladi.
Tashkilotchilar:
Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi Jamoatchilik Kengashi
“Mahorat & Management” NTT
🎙
Spikerlar:
🔹
Dr. Feruza Rashidova — Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi Jamoatchilik kengashi raisi
🔸
Dilfuza Karimova — Westminster universiteti doktoranti, UzTEA yetakchi o‘qituvchisi
🗓
Sana:
4-iyun, 2025-yil
🕰
Soat:
19:00
📱
Shakli:
Onlayn (Zoom platformasida)
Konferensiya identifikatori: 848 4035 5089
Kirish kodi: 074092
Bizni kuzating
Facebook
|
Instagram
|
YouTube
|
Telegram

June 04, 13:48
Файлы недоступны
1
Открыть в Telegram

#tanlov
“Anor” yozgi dam olish oromgohi uchun tanlov
“Vatandoshlar” jamoat fondi xorijda yashayotgan o‘zbek yoshlari uchun quvonarli yangilik bilan chiqdi — fond tomonidan
7 yoshdan 17 yoshgacha bo‘lgan yosh vatandoshlar uchun
O‘zbekistonda tashkil etiladigan
“Anor” yozgi dam olish oromgohi
uchun tanlov e’lon qilindi.
Tanlovga kimlar qatnasha oladi?
Mazkur tanlov xorijda istiqomat qilayotgan
7 yoshdan 17 yoshgacha
bo‘lgan
o‘zbek millatiga
mansub bolalar va o‘smirlar uchun mo‘ljallangan. Ushbu oromgoh ular uchun ona Vatan bilan yaqindan tanishish, o‘zbek tili, madaniyati, urf-odatlari va qadriyatlarini chuqurroq anglashga keng imkoniyat yaratadi. Shuningdek, yoshlar yangi do‘stlar orttirib, unutilmas taassurotlar bilan qaytadilar.
“Anor” oromgohi
— bu nafaqat hordiq, balki ma’naviy o‘sish, til va madaniyatni o‘rganish, o‘zlikni anglash sari muhim qadamlardan biridir.
✈️
Xorijdagi yaqinlaringizga yuborib qo‘ying.
Batafsil ma’lumot
bu yerda
.
Bizni kuzating
Facebook
|
Instagram
|
YouTube
|
Telegram

June 04, 07:48
Файлы недоступны
1
1
Открыть в Telegram

#Eʼlon
#Tanlov
📣
Diqqat! Xalqaro tanlovga arizalar qabul qilinmoqda!
O‘zbekiston va Rossiya talabalari o‘rtasida
“Tovarlar va xizmatlar savdosini rivojlantirish” mavzusida xalqaro tanlov
o‘tkazilishi rejalashtirilgan.
Ushbu tanlov
Rossiya Federatsiyasi Iqtisodiy rivojlanish vazirligi hamda Butunjahon tashqi savdo akademiyasi
bilan hamkorlikda tashkil etilmoqda.
📌
Tanlovda kimlar ishtirok etishi mumkin?
Ijtimoiy-iqtisodiy, menejment va yuridik sohalarning
bakalavriat va magistratura bosqichi talabalari.
🗓
Arizalar qabul qilish muddati:
2025-yil 11-iyun
Batafsil
ma’lumot va taqdimot shakli
bilan tanishish uchun havola:
👉
https://rouz.vavt.ru
Aloqa uchun:
🔹
@nctms
Bizni kuzating
Facebook
|
Instagram
|
YouTube
|
Telegram