
Мўминларга эслатма
Ramazonning har bir o‘tayotgan kechasida,
Jahannamdan ozod qilingan insonlarning ismlari yozilgan bir ro‘yxat bitiladi.
Ey Parvardigorimiz! Bizni, ota-onalarimizni va yaqinlarimizni ham jahannamdan ozod qilingan bandalaring safida qilgin!
Ибн Қоййим раҳимаҳуллоҳ айтади:
وقال الإمام الحافظ ابن القيم رحمه الله-:
«قال بعض السلف : لولا مصائب الدنيا لوردنا القيامة مفاليس».
[زاد المعاد (176/4)].
Салафлардан бири шундай деган экан: «Агар дунёда синов-мусибатлар бўлмаганида, қиёматга хонавайрон ҳолда борган бўлардик.
@NamozDarsliklar
#Shavvol
oyining ro’zasi
Rosululloh sollallohu alayhi va sallam aytdilar:
«Kim Ramazonda ro’za tutib undan keyin Shavvol oyida ham olti kun ro’za tutsa, bir yil ro’za tutgan kabi bo’ladi».
Muslim, Abu Davud, Termiziy, Nasoiy va Ibn Moja rivoyati.
————————————————
Abu Ayyub Ansoriy roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi, Rasululloh sollallohu alayhi va sallam dedilar:
“Kimki ramazon roʻzasiga shavvoldan olti kun roʻzani ergashtirib qoʻysa, yil boʻyi roʻza tutgandek boʻladi”.
@NamozDarsliklar
Ассалому Алайкум ва Роҳматуллоҳи ва Барокатуҳу
✨
Рамазон ҳайитингиз муборак бўлсин!
تَقَبَّلَ اللهُ مِنَّا وَمِنْكُمْ صَالِحَ الْأَعْمَالِ
“Тақоббалаллоҳу минна ва минкум солиҳал аъмаал” – “Аллоҳ бизу сиздан солиҳ амалларимизни қабул қилсин”.
@Namozdarsliklar
Oisha roziyallohu anho:
«Ey Rasululloh ﷺ, agar Laylatul qadr (ya'ni qadr kеchasi) ekanini bilsam, nima dеb duo qilay?» dеb so'radilar, shunda Rasululloh ﷺ:
اَللَّهُمَّ إِنَّكَ عَفُوٌّ تُحِبُّ العَفْوَ فَاعْفُ عَنِّي
"Allohumma innaka 'afuvvun, tuhibbul 'afva fa'fu 'anniy", dеb ayt", dеdilar.
(Ma'nosi: Ey Robbim, Sеn afv qilguvchisan va afv qilishni yaxshi ko'rasan. Mеni afv et.)
Imom Tеrmiziy, Nasaiy, Ibn Moja rivoyati.
@NamozDarsliklar
Oxirgi oʻn kunlikda tunlarni ibodat bilan oʻtkazish Rosululloh sollallohu aʼlayhi vasallam sunnatlaridandir.
Aisha rodiyallohu anho aytdilar:
Rasululloh sollallohu alayhi vasallam Ramozonning yigirma kunida kechalari ibodat qilardilar va uxlardilar ham. Oxirgi oʻn kun kirganda esa jiddu jahd bilan ibodatga kirishib ketardilar.
@NamozDarsliklar
Закотга қодир бўла туриб бермаганларнинг оқибати
Абу Зарр (розияллоҳу анҳу) ривоят қиладиларки, Расулуллоҳ (соллаллоҳу алайҳи васаллам) дедилар:
“Тилла ва кумушни тўплаб, уларни (Аллоҳ йўлида) сарф қилмаган ҳар бир кишига, Қиёмат кунида улардан оташ лавҳалар қилиб, пешонаси, қулоқ таги ва орқа томони қиздирилади. Бу азоблар узоқ бир кун (яъни, Қиёмат куни) давом этади. Ҳар қачон улар совиса, яна қиздирилади. Бу ҳолат инсонлар орасида ҳукм чиқариладиган кунгача давом этади”.
(Муслим, 987; Тирмизий, 620)
@NamozDarsliklar
✏️
Rasululloh sollallohu alayhi va sallam dedilar:
🍒
Kim bir ro'zadorga iftorlik qilib bersa, unga o'sha ro'zador ega bo'lgan ega bo'lgan savobdan biron narsa kamaytirilmagan holda beriladi
🌙
Imom Termiziy "Sunan" asarida (807-hadis), Ibn Moja esa "Sunan" (1746-hadis) da keltirgan.
@NamozDarsliklar