Выберите регион
и язык интерфейса
Покажем актуальные для региона
Telegram-каналы и возможности
Регион
avatar

🇺🇿 NavDU_YI 🇺🇿

NavDU_YI
Bizning shior: Bir ishni boshlamoqchimisan? Qo'rqma sen uddalaysan. http://instagram.com/Akmal_Najmiddinovich https://www.instagram.com/navdu_yoshlari?igsh=M2h1NjNmMmllcGU= 📫 Yoshlar yetakchisiga murojaat qiling @Akmal_Najmiddinovich ☎️ tel:942536868
Подписчики
5 190
24 часа
10
30 дней
-250
Просмотры
607
ER
9,73%
Посты (30д)
154
Символов в посте
793
Инсайты от анализа ИИ по постам канала
Категория канала
EDЖизнь студента
Пол аудитории
Женский
Возраст аудитории
18-24
Финансовый статус аудитории
Средний
Профессии аудитории
Образование
Краткое описание
April 24, 12:02
Файлы недоступны
6
1
Открыть в Telegram

🤝
"ADABIY DO‘STLIK — ABADIY DO‘STLIK"
🏛
2026-yil 24-aprel kuni Navoiy davlat universiteti Maktabgacha va boshlang‘ich ta’lim fakultetida
“Adabiy do‘stlik — abadiy do‘stlik”
shiori ostida mushoira kechasi tashkil etildi.
📚
Tadbirda viloyat Yozuvchilar uyushmasi vakillari, shoir va olimlar, fakultet rahbariyati hamda turli yo‘nalish talabalari faol ishtirok etdi.
💃
Kecha davomida she’rlar, kuy-qo‘shiqlar, raqslar va badiiy chiqishlar namoyish etilib, millatlararo do‘stlik va hamjihatlik tarannum etildi.
🤝
Tadbir ko‘tarinki ruhda o‘tib, yoshlarning adabiyotga qiziqishini oshirish va ma’naviy tarbiyasini mustahkamlashga xizmat qildi.
Bizni kuzatishda davom eting
@NavDU_YI

April 24, 07:44
Файлы недоступны
10
2
Открыть в Telegram

Talabalar turar joyida shaxmat-shashka musobaqasi o‘tkazildi
♟️
🏛
Navoiy davlat universitetida 2025–2026-o‘quv yilining aprel–may oylarida tashkil etilayotgan “Sport-salomatlik” oyligi doirasida yana bir muhim sport tadbiri bo‘lib o‘tdi. Universitet Sport klubi hamda San’at va sport fakulteti koordinatorlari
X. Baxronov va N. Nazarov
tashabbusi bilan, 2-son talabalar turar joyi tarbiyachi-pedagogi
X. Norqulova
hamkorligida TTJda istiqomat qiluvchi talaba-yoshlar o‘rtasida shaxmat va shashka sport turlari bo‘yicha musobaqa tashkil etildi.
♟️
🤔
♟️
Mazkur musobaqa talaba-yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, ularning mantiqiy fikrlash qobiliyatini rivojlantirish hamda sog‘lom turmush tarzini targ‘ib etishga xizmat qildi. Ishtirokchilar o‘rtasida qizg‘in va murosasiz bahslar kechib, har bir o‘yin yuqori kayfiyatda o‘tdi.
🏆
Musobaqa yakunida eng faol va mahoratli ishtirokchilar aniqlanib, g‘oliblar diplom hamda sertifikatlar bilan munosib taqdirlandilar.
🤝
Bunday sport tadbirlari talaba-yoshlar o‘rtasida do‘stlik va hamjihatlik muhitini yanada mustahkamlashga xizmat qilmoqda.
✈️
Bizning sahifalarimiz:
Telegram
|
Instagram

April 24, 05:56
Файлы недоступны
10
Открыть в Telegram

#YOSHLAR_KUNI
▶️
NDUning shahrimizdagi
“Zarafshon
"
mahallasi hududida joylashgan Talabalar turar joyi hovlisida
“Gulxan atrofida”
madaniy tadbir yuqori saviyada boshlandi.
▶️
Bayramona ruhda o‘tayotgan ushbu tadbirda shahar aholisi va yoshlar faol ishtirok etmoqda. Unda Navoiy shahar hokimi
Dilmurod Ergashev
, universitet ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo'yicha prorektor
S.Xujjiyev
, hamda yoshlar yetakchisi
A.Zokirov
lar ishtirok etib, yoshlar bilan muloqot qilishmoqda.
▶️
Tadbirda
Navoiy shahar hokimi Dilmurod Ergashev
so‘zga chiqib, yig‘ilgan yoshlarni bugungi bayram bilan samimiy muborakbod etib, ularga ulkan maqsadlar sari dadil intilish, bilim va salohiyatlarini yanada rivojlantirish yo‘lida omad tiladi.
▶️
Tadbir davomida kuy-qo‘shiqlar hamda turli madaniy dasturlar namoyish etilmoqda.
🎉
Tadbir ko‘tarinki kayfiyatda davom etmoqda.
Bizni kuzatishda davom eting
👇🏻
@NavDU_YI

April 23, 14:37
Файлы недоступны
1
Открыть в Telegram

Bugun Navoiy davlat universitetida o‘tkazilgan keng ko‘lamli sport tadbirlari, san’at namoyishlari hamda “Rahbar va yoshlar” uchrashuvidan 2-videoreportaj.
Bizni kuzating
Telegram
|
Instagram
|
Facebook
|
Youtube

April 23, 14:37
Файлы недоступны
7
Открыть в Telegram

Universitetda sport festivali yuqori darajada o‘tkazildi
Navoiy viloyati hokimi o‘rinbosari
Jamshid Xodjayev
universitet rektori
Muxiddin Kalonov
hamrohligida “Umid qo‘rg‘oni” hududida joylashgan zamonaviy sport maydonlarida bo‘lib, u yerda tashkil etilgan sport tadbirlarini kuzatdi.
Berilgan topshiriqlar ijrosi doirasida qayta ta’mirlangan sport maydonlarida talabalar uchun yaratilgan shart-sharoitlar ko‘zdan kechirildi, sportchilar bilan muloqot o‘tkazildi. Ularning erishgan yutuqlari e’tirof etilib, esdalik sovg‘alari topshirildi.
Shuningdek, xorijiy talabalar ishtirokida o‘tkazilayotgan sport mashg‘ulotlari ham kuzatildi.
Bizni kuzating
Telegram
|
Instagram
|
Facebook
|
Youtube

April 23, 14:37
Файлы недоступны
1
Открыть в Telegram

Спорт майдонлари кўздан кечирилди
Навоий вилояти ҳокими ўринбосари Ж.Ходжаев, Навоий давлат университети ректори М.Калонов мутасаддилар ҳамроҳлигида университет ҳудудидаги спорт майдонларини кўздан кечирдилар.
Мавжуд спорт инфратузилмасининг ҳолати, майдонларнинг жиҳозланиш даражаси ҳамда талаба-ёшлар учун яратилган шароитлар ўрганилди. Мутасаддилар томонидан спорт иншоотларини янада замонавийлаштириш, уларни зарур спорт анжомлари билан таъминлаш, ёшларнинг спорт билан мунтазам шуғулланишлари учун қўшимча қулайликлар яратиш, талабалар ўртасида соғлом турмуш тарзини кенг тарғиб этиш, спорт тўгараклари фаолиятини янада такомиллаштириш ва оммавий спорт тадбирларини кўпайтириш масалалари юзасидан тегишли топшириқлар берилди.
Шунингдек, кутубхонадан фойдаланиб, китоб мутолаа қилаётган, дарсларини тайёрлаб чиққан талабалар билан суҳбат ўтказилди, уларга ўқишларида муваффақиятлар тиланди.
💙
@NAVOIYLIKLAR_UZB
- Навоийдаги энг тeзкор, энг кўп обуначиларга эга, расмий янгиликлар канали.

April 23, 14:19
Файлы недоступны
4
Открыть в Telegram

Rahbar va yoshlar uchrashuvi
Bugun Navoiy davlat universiteti Axborot-resurs markazida Navoiy viloyati hokimi o‘rinbosari Jamshid Xodjaev, universitet rektori Muxiddin Kalonov hamda talabalar ishtirokida “Rahbar va yoshlar” uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.
Muloqot jarayonida talabalar tomonidan ijtimoiy-iqtisodiy muammolar, bandlik masalalari, zamonaviy mehnat bozorida raqobatbardoshlikni oshirish omillari, yoshlar uchun yaratilayotgan imkoniyatlar hamda istiqbolli loyiha va tashabbuslar yuzasidan asosli fikr va takliflar bildirildi. Xorijlik talabalar ham tadbirda faol qatnashib, o‘zlarini qiziqtirgan savollari bilan murojaat qilishdi.
Ilgari surilgan takliflar atroflicha tahlil qilinib, ularni samarali hal etishda tizimli yondashuvni kuchaytirish zarurligi ta’kidlandi.
Bunday uchrashuvlar yoshlarning ijtimoiy faolligini oshirish, ularning muammolarini kompleks o‘rganish hamda intellektual salohiyatini ro‘yobga chiqarishda muhim ahamiyat kasb etmoqda.
Bizni kuzating
@ndu_nsu

April 23, 14:19
Файлы недоступны
7
Открыть в Telegram

Rahbar va yoshlar uchrashuvi Bugun Navoiy davlat universiteti Axborot-resurs markazida Navoiy viloyati hokimi o‘rinbosari Jamshid Xodjaev, universitet rektori Muxiddin Kalonov hamda talabalar ishtirokida “Rahbar va yoshlar” uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Muloqot…

April 23, 13:20
Файлы недоступны
10
Открыть в Telegram

#NavDU
#YoshlarKuni
#AmirTemur
#Zakovat
📅
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qaroriga muvofiq, haftaning har payshanba kuni
“Yoshlar kuni”
sifatida keng nishonlanmoqda.
🏛
Shu munosabat bilan Navoiy davlat universitetida talaba-yoshlar o‘rtasida buyuk sarkarda va davlat arbobi — Amir Temur hayoti va boy tarixiy merosini chuqur o‘rganish, uni asrab-avaylash hamda yoshlar ongida milliy g‘urur va iftixorni mustahkamlash maqsadida “Zakovat” intellektual o‘yini tashkil etildi.
🏆
Yakuniy natijalarga ko‘ra:
🥇
1-o‘rin
— “Gestapo” jamoasi
🥈
2-o‘rin
— “Navoiy” jamoasi
🥉
3-o‘rin
— “Turon” jamoasi

Bunday tadbirlar yoshlarning bilim darajasini oshirish, ularni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash va tarixiy merosimizga bo‘lgan hurmatni kuchaytirishda muhim ahamiyat kasb etadi.
👏
Faol ishtirok etgan barcha talabalarga minnatdorchilik bildiramiz!
Bizni kuzatishda davom eting
👇
@NavDU_YI

April 23, 12:29
Файлы недоступны
10
2
Открыть в Telegram


NAVOIY DAVLAT UNIVERSITETIDA SHAXMAT-SHASHKA MUSOBAQASI BO‘LIB O‘TDI!
🏛
Navoiy davlat universitetida 2025–2026-o‘quv yilining aprel–may oylarida o‘tkazilayotgan “Sport-salomatlik” oyligi doirasida 1-sonli talabalar turar joyida istiqomat qiluvchi talaba-yoshlar o‘rtasida shaxmat va shashka sport turlari bo‘yicha musobaqa tashkil etildi.
🗣
Musobaqalar belgilangan nizom asosida o‘tkazilib, unda ishtirokchilar o‘zlarining mantiqiy fikrlashi, strategik yondashuvi va diqqat-e’tiborini namoyon etdilar. Har bir bahs keskin va murosasiz kurashlarga boy bo‘lib, intellektual raqobat muhiti hukm surdi.
🗣
Mazkur musobaqa talaba-yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, ularning tafakkurini rivojlantirish hamda shaxmat va shashka sport turlariga bo‘lgan qiziqishni yanada oshirishga xizmat qildi.
🗣
Musobaqa yakunida g‘olib va sovrindorlar universitet rahbariyati tomonidan diplom, medal va esdalik sovg‘alar bilan taqdirlandi.
🏅
Barcha ishtirokchilarga minnatdorchilik bildiramiz va g‘oliblarni samimiy tabriklaymiz!
📲
Sport olamidagi eng so’nggi yangiliklarni biz bilan - kuzatishda davom eting!
👉
https://t.me/NavDU_SpK
Navoiy davlat universiteti Sport klubi
🌐
Instagram
|
🌐
Telegram