
Profi University Navoiy Filiali | Rasmiy kanal
#yaxshiyamborsanprofi
🦷
Profi University Navoiy filiali Stomatologiya yo‘nalishi talabalari
ning amaliy dars jarayonidan lavhalarni e’tiboringizga havola etamiz.
Mazkur mashg‘ulot davomida talabalar stomatologiya sohasiga oid nazariy bilimlarini amaliyot bilan uyg‘unlashtirib, o‘z kasbiy ko‘nikmalarini mustahkamlashdi.
Amaliy dars jarayonida ular ustozlar nazorati ostida turli stomatologik jarayonlarni bajarib, kelajakdagi kasbiy faoliyatlari uchun zarur bo‘lgan tajribani orttirishmoqda.
Bunday amaliy mashg‘ulotlar talabalarga nafaqat bilimlarini chuqurlashtirish, balki haqiqiy ish jarayoniga yaqin muhitda ishlash ko‘nikmasini ham shakllantirishga xizmat qiladi. Natijada esa kelajakda o‘z kasbining yetuk va mas’uliyatli mutaxassislari bo‘lib yetishishlari uchun mustahkam poydevor yaratiladi.
🎥
Amaliy dars jarayonini videolavha orqali tomosha qilishingiz mumkin.
🔥
Profi University – yaxshiyamborsan!
@navoiyprofiuniversity
🥳
Tabriklaymiz!
Profi University Navoiy filialining butun jamoasi nomidan
Ulug'murodova Kamola Murodullayevna
sizni bugungi qutlug‘ sana – tavallud ayyomingiz bilan chin qalbdan tabriklaymiz!
Sizning mehnatsevarligingiz va mehribon ustoz sifatidagi fazilatlaringiz jamoamizda ham, talabalarda ham yuqori qadrlanadi. Har bir ishga mas’uliyat bilan yondashishingiz, doimo yangilikka, rivojlanishga intilishingiz barchamizga motivatsiya beradi.
Sizga mustahkam sog‘lik, oila tinchligi, baxt, yangi marralar, ish faoliyatingizda yuksak zafarlar tilaymiz. Har bir kuningiz quvonch va muvaffaqiyatlarga boy bo‘lsin!
Hurmat bilan,
Profi University Navoiy filial jamoasi
🌸
Yaxshiyamborsiz
🤍
@navoiyprofiuniversity
Profi Education endi Navoiyda!
Toshkentning
eng mashhur
va ishonchli ta’lim markazlaridan biri - endi
Navoiy shahrida
o‘z filialini ochdi!
Yillar davomida minglab o‘quvchilarga sifatli ta’lim berib kelayotgan markaz endi navoiylik yoshlar uchun ham katta imkoniyat yaratadi.
Biz bilan siz:
✔
Natijaga qaratilgan ta’lim olasiz
✔
Tajribali ustozlar bilan ishlaysiz
✔
Qisqa muddatda katta yutuqlarga erishasiz
📍
Endi sifatli ta’lim uzoqqa borib izlab yurmaysiz - u sizning shahringizda!
📞
Bog‘lanish:
94 250 77 47
📚
Profi Education - bilimingizning yangi bosqichi shu yerdan boshlanadi!
#Lesson_moments
Profi University Navoiy filialining yana bir jonli va qiziqarli dars jarayonidan lavhalarni e’tiboringizga havola etamiz.
🔥
Profi University - yaxshimiyamborsan!
@navoiyprofiuniversity
🎉
TABRIKLAYMIZ!
🎉
Hurmatli
Xalilova Zilola Farmonovna
bugungi tavallud ayyomingiz bilan samimiy muborakbod etamiz. Malakali professor-o‘qituvchi sifatida kasbiy mahoratingiz, fidoyiligingiz va talabalarga berayotgan bebaho bilimlaringiz uchun tashakkur.
Sizning mehnatingiz talabalar qalbida ishonch, bilim va intilish uyg‘otadi. Kelgusida ham muvaffaqiyatlaringiz yanada ko‘p bo‘lishiga ishonamiz.
🥳
Tug'ilgan kuningiz muborak bo‘lsin!
Yaxshiyamborsiz
🤍
@navoiyprofiuniversity
😍
Profi University’dan yangi rubrika!
😅
"
Men savol beraman, siz esa javob berasiz!
"
Tayyormisiz? Unda boshladik!
Bu safar savollar ham qiziq, javoblar esa kutilmagan…
😅
Keling, videoni tomosha qilib birga kulamiz!
🤗
Profi University bilan kayfiyat doim yuqori!
@navoiyprofiuniversity
🤗
Assalomu alaykum!
Bayramona kayfiyat bilan o'tgan haftadan so'ng, boshlangan ushbu hafta barchangiz uchun omadli va samarali bo‘lishini tilaymiz. Har bir kuningiz yangi g‘oyalar va muvaffaqiyatlarga boy bo‘lsin.
Profi University jamoasi barchangizga ishlaringizda ulkan zafarlar tilaydi!
@navoiyprofiuniversity
🌷
8-mart - Xalqaro xotin-qizlar kuni muborak bo‘lsin!
🌷
Go‘zallik, mehr, sabr va matonat timsoli bo‘lgan aziz ayollar!
Profi University
sizlarni 8-mart - Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan samimiy muborakbod etadi. Ayolning mehrga to‘la qalbi, donoligi va iliq tabassumi hayotimizga fayz olib kirib, atrofimizdagi olamni yanada go‘zal va nurli qiladi.
Sizlarga mustahkam sog‘lik, cheksiz baxt, qalbingizni to‘ldiradigan quvonch hamda hayotingiz davomida yorqin va baxtli onlarni tilaymiz. Har bir kuningiz bahoriy kayfiyat, samimiy tabassum va ezgu orzular bilan bezansin.
🌸
Bayramingiz muborak bo‘lsin!
Yaxshiyamborsiz!
🌸
🌷
Hurmat bilan,
Profi University
@navoiyprofiuniversity
Aziz va muhtaram ayollar!
Sizlarni 8-mart - Xotin-qizlar kuni munosabati bilan chin qalbimdan samimiy muborakbod etaman.
Ayol -
eng mukammal
go'zallik timsolidir. Sizlarning qalbingizdagi iliqlik, mehrga to‘la nigohingiz va hayotga baxsh etayotgan
nurli kayfiyatingiz
atrofingizdagi insonlarga
kuch, ishonch
va
quvonch
bag‘ishlaydi. Jamiyatimizning go‘zalligi, oilalarimizning baxti va kelajagimizning porloqligi ham aynan sizlarning mehringiz va fidoyiligingiz bilan chambarchas bog‘liq.
Sizlarning
har biringiz
hayotga
nafosat, mehr
va
ezgulik
olib kirayotgan
bebaho insonlarsiz.
Shu muborak bayram kunida sizlarga mustahkam sog‘lik, qalbingizda doimo bahoriy kayfiyat, xonadoningizda quvonch, hayotingizda esa yorug‘ va baxtli kunlar tilayman.
Yuzingizdan tabassum, qalbingizdan esa iliqlik hech qachon arimasin. Siz har doim
e’zoz
va
e’tibor
ga loyiqsiz.
🌷
Bayramingiz muborak bo‘lsin, aziz ayollar!
Hurmat bilan,
Filippov Olgerd Aleksandrovich
Profi University Navoiy filiali rektori.
@navoiyprofiuniversity