
OTFIV | Buxoro
#Qonunchilikdagi_yangiliklar
❗️
O'zbekiston Milliy universiteti huzurida Nazariy fizika instituti tashkil etiladi
“Mirzo Ulug'bek nomidagi O'zbekiston Milliy universiteti huzurida Nazariy fizika institutini tashkil etish to'g'risida”gi Hukumat qarori
(795-son, 17.12.2025-y.)
qabul qilindi.
🏛
Qarorga ko'ra, Mirzo Ulug'bek nomidagi O'zbekiston Milliy universiteti
huzurida
Nazariy fizika instituti
tashkil etiladi.
🔰
Quyidagilar Institutning
asosiy vazifalari
etib belgilandi, jumladan:
🔹
nazariy fizikaning kvant maydon nazariyasi, subatom fizikasi, nochiziqli fizika, gravitasion maydon nazariyasi, kvant tarmoqlar va dinamik tizimlarning muammolari bo'yicha
ilmiy anjumanlar
tashkil etish;
🔹
oliy ta'lim tashkilotlarida iqtidorli talabalar va magistrantlarni ilmiy faoliyatga jalb etish orqali yuqori
salohiyatli yosh nazariyotchi
fiziklarni tayyorlashda oliy ta'lim tashkilotlariga ko'maklashish;
🔹
fizika sohasida rivojlangan mamlakatlarda olib borilayotgan tadqiqotlarning ustuvor yo'nalishlari va istiqbollari to'g'risida
tahliliy ma'lumotlar
tayyorlash.
✅
Institutga quyidagi
huquqlar
beriladi:
🔸
boshqa ilmiy tashkilotlar, jamg'armalar, o'quv muassasalari, shu jumladan, xalqaro va xorijiy tashkilotlar bilan birgalikda ilmiy tadqiqotlar o'tkazish uchun
shartnomalar
tuzish;
🔸
ilmiy tadqiqotlar sohasida zarur axborotlarni, statistik, tahliliy va boshqa ma'lumotlarni davlat organlari va tashkilotlaridan
so'rash va bepul olish.
Kanalga ulanish
👇
👇
👇
https://t.me/huquqiyaxborot_lotin
Kasbiy taʼlim sohasidagi islohotlar va 2026-yil ustuvor vazifalari muhokama qilindi
2026-yil 7-yanvar kuni Kasbiy taʼlim agentligida
kasbiy taʼlim sohasida amalga oshirilayotgan islohotlar
, shuningdek,
2026-yilga moʻljallangan ustuvor vazifalar
borasida videoselektor yigʻilishi boʻlib oʻtdi.
Kasbiy taʼlim agentligi direktori
Azimjon Husanov
oʻz nutqida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Oliy Majlis va Oʻzbekiston xalqiga qilgan Murojaatnomasida kasbiy taʼlim sohasiga oid belgilab berilgan vazifalarning mazmun-mohiyatiga toʻxtalib oʻtdi
Yigʻilish davomida 2026-yilda texnikumlarda xalqaro taʼlim dasturlarini joriy etish masalasi ham atroflicha koʻrib chiqildi. Ushbu masala yuzasidan Qashqadaryo viloyati kasbiy taʼlim boshqarmasi boshligʻi
O. Mavlonov
va Samarqand viloyati kasbiy taʼlim boshqarmasi boshligʻi A. Nasimov tomonidan maʼruzalar taqdim etildi.
Yigʻilishida Kasbiy taʼlim agentligi markaziy apparati xodimlari, hududiy kasbiy taʼlim boshqarmalari rahbarlari va mutaxassislari, shuningdek, respublika boʻylab texnikum direktorlari hamda ularning oʻrinbosarlari ishtirok etdi.
Yigʻilish yakunida Kasbiy taʼlim agentligi direktori tomonidan belgilangan vazifalar ijrosini taʼminlash, hududlarda kasbiy taʼlim sifatini oshirish hamda xalqaro tajribalarni joriy etish boʻyicha tegishli koʻrsatmalar berildi.
Bizni kuzating
Facebook
|
Instagram
|
YouTube
|
Telegram
#Kasbiy_taʼlim
Kasbiy taʼlim agentligining yangi rahbarlari jamoaga rasman tanishtirildi
2026-yil 7-yanvar kuni Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligida
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi hamda Vazirlar Mahkamasining masʼul xodimlari, Kasbiy taʼlim agentligi markaziy apparati xodimlari, hududiy kasbiy taʼlim boshqarmalari rahbarlari va mutaxassislari, shuningdek, respublika texnikum direktorlari
hamda ularning oʻrinbosarlari ishtirok etdi.
Yigʻilishda Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi birinchi oʻrinbosari
Sardor Rajabov
soʻzga chiqib, kasbiy taʼlim sohasida amalga oshirilayotgan islohotlarning ustuvor yoʻnalishlari,
texnikumlar faoliyatini mehnat bozori talablariga moslashtirish
hamda
2026-yilga moʻljallangan vazifalar
yuzasidan atroflicha toʻxtalib oʻtdi.
Yigʻilisрda Kasbiy taʼlim agentligida kadrlar boʻyicha amalga oshirilgan yangi tayinlovlar jamoatchilikka eʼlon qilinib,
agentlik direktori oʻrinbosarlari
lavozimiga tayinlangan
Shihnazar Sharofaddinov
hamda
Avzalxon Abdullaxonov
yigʻilish ishtirokchilariga rasman tanishtirildi. Ularga yuklatilgan vazifalar belgilab berildi.
Bizni kuzating
Facebook
|
Instagram
|
YouTube
|
Telegram
Kasbiy ta’lim qanchalik muhimligi to‘g‘risida
“Lolazor” podkastining 2026-yildagi ilk soni efirda! Podkastning bu galgi mavzusi
Prezidentning murojaatnomasi
haqida. Podkast davomida ushbu murojaatda qanday
signallar berilgani, xususan endi taʼlim deganda faqat oliy taʼlim emas, texnikumlarda aniq bir kasb egallash kerakligi
va bu orqali tezroq hayotda o‘z o‘rniga ega bo‘lish mumkinligi haqida suhbatlashilgan.
📹
https://youtu.be/YZ1NBmKRaHY
Bizni kuzatishda davom eting
Telegram
|
Facebook
|
YouTube
|
Instagram
Xalqaro hamkorlik yo‘lida muhim qadam: Buxoro tumanidagi 1-son texnikum va “Samsung Heavy Industry” o‘rtasida onlayn muloqot tashkil etildi
Buxoro tumanidagi 1-son texnikumda Janubiy Koreyaning yetakchi texnologiya kompaniyalaridan biri —
“Samsung Heavy Industry”
vakillari bilan Zoom platformasi orqali onlayn muloqot tashkil etildi. Ushbu uchrashuv xalqaro hamkorlikni mustahkamlash, ta’lim sifatini oshirish hamda
yosh mutaxassislarni ish bilan ta’minlash
masalalariga bag‘ishlandi.
Muloqotda Buxoro tuman hokimi o‘rinbosari S. Hamroyev, Viloyat kasbiy ta’lim boshqarmasi boshlig‘i A. Naimov, Migratsiya agentligi Buxoro viloyati hududiy vakilligi rahbari N. Xoliqova, shuningdek, texnikum rahbariyati va mutaxassislar ishtirok etdi.
Uchrashuv davomida texnikumda
xalqaro ta’lim dasturlarini joriy etish,
o‘quv jarayonini zamonaviy texnologiyalar asosida tashkil etish hamda bitiruvchi talabalarni
yuqori daromadli, doimiy ish o‘rinlari bilan
ta’minlash masalalari muhokama qilindi. Tomonlar o‘zaro tajriba almashish, malakali kadrlar tayyorlash va kelgusida hamkorlikni yanada kengaytirish bo‘yicha fikr almashdilar.
Shuningdek, muloqot jarayonida bitiruvchi yoshlarning xorijda qonuniy va kafolatlangan mehnat faoliyatini olib borishi, ularning
kasbiy malakasini xalqaro talablarga mos ravishda
oshirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi. Bu kabi uchrashuvlar yoshlarning kelajakda raqobatbardosh mutaxassis bo‘lib yetishishiga xizmat qilishi ta’kidlandi.
Bizni kuzatishda davom eting
Telegram
|
Facebook
|
YouTube
|
Instagram
Kasbiy ta’lim agentligi direktori o‘rinbosarlari tayinlandi
O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining tegishli qarori bilan Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi
Kasbiy ta’lim agentligi
direktori o‘rinbosari lavozimlariga yangi tayinlovlar amalga oshirildi.
-
Sharofaddinov Shihnazar Anvarovich
Kasbiy ta’lim agentligi direktori o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi.
U mazkur tayinlovga qadar Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi
Kasbiy ta’lim departamenti boshlig‘i
lavozimida faoliyat yuritgan.
-
Abdullaxonov Avzalxon Azamatxon o‘g‘li
Kasbiy ta’lim agentligi direktori o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi.
U bunga qadar Kasbiy ta’lim agentligining
Moliya-iqtisodiyot va moddiy-texnik bazani mustahkamlash boshqarmasi boshlig‘i
lavozimida ishlagan.
Bizni kuzating
Facebook
|
Instagram
|
YouTube
|
Telegram
#OAV_BIZ_HAQIMIZDA
Kasbiy ta’lim muassasalarida ochiq darslar keng joriy etilmoqda
Kasbiy ta’lim tashkilotlarida ta’lim sifati va pedagogik mahoratni oshirish maqsadida
ochiq darslar
muntazam o‘tkazilmoqda. Jumladan,
Buxoro ilg‘or kasbiy mahorat texnikumid
a tashkil etilgan ochiq darslar jarayonida zamonaviy o‘qitish metodlari, amaliy mashg‘ulotlar va interaktiv yondashuvlar namoyish etildi.
Bizni kuzatishda davom eting
Telegram
|
Facebook
|
YouTube
|
Instagram
#IELTS
IELTS imtihoniga tayyorlanayotgan yoshlar uchun yana bir qulaylik yaratildi
O‘zbekistonda IELTS imtihonining yangi formatiga moslashishda yordam berish maqsadida
Examy.uz
platformasidan qisqa muddatli bepul foydalanish imkoniyati yo‘lga qo‘yildi.
Mazkur imkoniyat doirasida foydalanuvchilar:
-Listening,
-Reading,
-Writing,
-Speaking.
bo‘limlari bo‘yicha cheklovsiz testlar ishlab, real imtihon muhitida mashq qilishlari mumkin.
⏳
Foydalanish muddati:
2-yanvardan 7-yanvargacha
Platforma:
https://examy.uz
Bizni kuzating
Facebook
|
Instagram
|
YouTube
|
Telegram
Prezident Shavkat Mirziyoyevning O‘zbekiston xalqiga Yangi yil tabrigi
—
Новогоднее поздравление Президента Шавката Мирзиёева народу Узбекистана
Prezident.uz
|
Facebook
|
Instagram
|
YouTube
|
X
Moʻjiza nima?
Prezident.uz
|
Facebook
|
Instagram
|
YouTube
|
X