Выберите регион
и язык интерфейса
Покажем актуальные для региона
Telegram-каналы и возможности
Регион
avatar

Taʼlimga oid | Ochiq Dars

Ochiqdarsim
💡 Ochiq dars — Kreativ dars o‘tish usullari bo‘yicha eng so‘nggi xabarlar Reklama: @Edumedia_reklama
Подписчики
34 800
24 часа
200
30 дней
-2 400
Просмотры
3 619
ER
10,83%
Посты (30д)
14
Символов в посте
751
Инсайты от анализа ИИ по постам канала
Категория канала
EDОбщее образование и новости
Пол аудитории
Женский
Возраст аудитории
35-44
Финансовый статус аудитории
Средний
Профессии аудитории
Образование
Краткое описание
April 25, 03:00
Файлы недоступны
1
Открыть в Telegram

‼️
Ochiq dars shablonini yuklab oling
2025-2026 o‘quv yili davomida istalgan mavzuda ochiq dars o‘tishingiz mumkin. Universal shablonni siz uchun tayyorladik
🚀
MAKTAB GURUHIGA TASHLAB QO‘YING

Word variantini
@Attestattestbot
dan "dars ishlanma" bo‘limidan yuklab olishingiz mumkin.
⚡️
Oylik Maoshingizni aniq raqamlarda hisoblab beruvchi aqlli bot
👉
@Moliyashunosbot
✔️
@Ochiqdarsim
-
Kreativ ustozlar kanali!

April 24, 15:10
Файлы недоступны
4
Открыть в Telegram


Bugungi darsimiz mavzusi vijdon
❗️
Ota-onalarimiz qayerda ishlamasin, "Farzandimdan umidlarim katta!" — deya orzu-havasda bo‘ladilar... Muzli va toshyuraklarni ham titratuvchi video
✈️
O'quvchilar guruhlariga yuborib qo'ying
Bundan ham qiziqarli videolar kanali
👇
✔️
@Ochiqdarsim
-
Kreativ ustozlar kanali!

April 19, 15:33
Файлы недоступны
1
1
Открыть в Telegram

📰
BOSHLANG'ICHLAR UCHUN
Matematika sirlarin, birga qildik biz tahlil,
Ilm olish yo'lida boʻldiz doim siz ahil.
Sizdagi sabr uchun, tan berganman har safar.
Aytamanku baribir, boshlang‘ichlar boshqacha!
Aqlingizga tasanno, yuragizda g‘ayrat bor,
Tirishqoqlik bobida sizdaqasi yoq zinhor
Dars qoyaymi deganda, jon deganman xar safar
Aytamanku baribir, boshlang‘ichlar boshqacha!
Imtihonda hayajonni, bir chekkaga suringiz,
O'zingizga ishonib qo'rqmay mag‘rur turing siz.
Zafar quchib, quvonchdan porlab tursin yuzingiz,
Aytamanku baribir, boshlang‘ichlar boshqacha!
Ko‘p yutuqqa erishdik, lekin yana kop maqsad,
Siz bilan dars o‘tmoqlik menga berar zavqu-shavq.
Shunday iroda uchun otangizga ming rahmat
Aytamanku baribir, boshlang‘ichlar boshqacha!
Ustoz degan sharafga munosibsiz barchangiz
Inshaalloh imtihondan yorug yuzda chiqasiz
Yetmish foiz ustama, Vazirni ham oling siz.
So'ngi so`zim baribir, boshlang‘ichlar boshqacha!
✍️
Muallif: Adhamjon Vasiyev
🚀
Barcha boshlang'ich hamkasblarga yuborib qo'ying
✔️
@Ochiqdarsim
-
Kreativ ustozlar kanali!

April 18, 16:02
Файлы недоступны
4
Открыть в Telegram

🟡
🟢
"Ranglarni moslang" metodi
Ko'rinishidan oson tuyulsa-da, ushbu metod hatto katta yoshli insonlarni ham qiynab qo'yishi bor gap.
🔢
To'rt xil rangni yuqoridagi sherigi bilan shunday ulashingiz kerakki chiziqlar bir biri bilan kesishmasligi kerak
Har safar nazariy darslardan biroz zerikkan o'quvchilarga bu metod yoqib qolishi aniq
Bundan ham qiziqarli metodlar kanali
👇
✔️
@Ochiqdarsim
-
Kreativ ustozlar kanali

April 17, 13:05
Файлы недоступны
1
Открыть в Telegram

❗️
Yakuniy davlat attestatsiya imtihonlarini o‘tkazish tartibi va spetsifikatsiyasi tasdiqlandi
➡️
9-sinf o‘quvchilari
4 ta fandan imtihon topshiradi
:
Ona tili va adabiyot
1-iyun — yozma (180 daqiqa, 10 ta savol)
Matematika
4-iyun — yozma (180 daqiqa, 20 ta savol)
O‘zbekiston tarixi
8-iyun — yozma + og‘zaki (180 daqiqa, 5 ta savol)
Jismoniy tarbiya
1–6-may — amaliy
➡️
11-sinflar
3 ta majburiy + tanlov fanlardan imtihon topshiradi
:
MAJBURIY FANLAR
Ona tili va adabiyot
2-iyun — yozma (180 daqiqa, 15 ta savol)
O‘zbekiston tarixi
9-iyun — yozma (180 daqiqa, 20 ta savol)
MATEMATIKA
5-iyun — yozma (180 daqiqa)
🔹
Asosiy
— 20 ta savol
🔹
Chuqurlashtirilgan
— 25 ta savol
Chuqurlashtirilgan tanlansa —
1 ta tanlov fan
Asosiy tanlansa —
2 ta tanlov fan

Tanlov fanlarini
sinf emas, har bir o‘quvchi o‘zi mustaqil tanlaydi
;

Tanlov fanlar
oldindan ariza orqali belgilanadi
.
20 ta savol
180 daqiqa (chet tili — 100 daqiqa)
Tanlash mumkin bo‘lgan fanlar:
Fizika | Kimyo | Biologiya | Geografiya | Davlat-huquq asoslari | Chet tili
ESLATMA
✔️
Variantlar imtihondan
1 kun oldin e’lon qilinadi
✔️
Barcha jarayonlar belgilangan tartib asosida o‘tkaziladi.
✔️
@Ochiqdarsim
-
Kreativ ustozlar kanali!

April 15, 04:27
Файлы недоступны
1
Открыть в Telegram


Esse yozish formulasi: struktura + tayyor iboralar
🌌
KIRISH QISMI:
• Bugungi kunda … masalasi jamiyatimizda dolzarb hisoblanadi.
• Hech kimga sir emaski, … muammosi barcha insonlarga ta’sir qiladi.
• Mazkur mavzu bo‘yicha turlicha fikrlar mavjud.
• Avvalo, … masalasiga e’tibor qaratish lozim.
🌌
Birinchi fikrni bayon qilish:
• Ayrimlar fikricha, …
• Bir guruh mutaxassislarning ta’kidlashicha, …
• Ba’zi odamlar bu borada shunday o‘ylashadi: …
🌌
Qarama-qarshi fikrlar:
• Boshqa bir qarashga ko‘ra, …
• Shu bilan birga, qarama-qarshi fikrlar ham mavjud.
• Aksincha, ayrimlar … deya ta’kidlaydilar.
🌌
Shaxsiy fikrni ifodalash:
• Shaxsan men ushbu masalaga quyidagicha yondashaman: …
• Mening nazarimda, …
• Barchasini inobatga olgan holda, men … deb hisoblayman.
🌌
Dalil va misollar:
• Masalan, …
• Statistik ma’lumotlarga qaraganda, …
• Tadqiqotlar shuni ko‘rsatadiki, …
• Hayotiy tajribadan ham ko‘rinadiki, …
🌌
XULOSA QISMI:
• Yuqoridagilardan xulosa qilish mumkinki, …
• Umuman olganda, …
• Xulosa qilib aytganda, …
• … kelajak taraqqiyoti uchun muhim omil hisoblanadi.
💡
Muhim eslatma:
Iboralar essega tartib va ravonlik beradi, lekin ularni haddan tashqari ko‘p ishlatish matnni sun’iy qilib qo‘yadi. Eng to‘g‘ri yondashuv — iboralarni me’yorida qo‘llab, fikrni aniq va ta’sirchan ifodalash.
🟤
Maktab guruhingizga tashlab qo‘ysangiz, boshqalarga foydali bo‘ladi
✔️
@Ochiqdarsim
-
Kreativ ustozlar kanali!

April 11, 03:21
Файлы недоступны
2
Открыть в Telegram

#video
🔹
Bolalar uchun o’qib berishingiz shart va zarur bo’lgan 4 ta kitob…
Bolani yoshlikdan kitobga o'rgatsak, keyinchalik bu odat tusiga aylanadi va bu odat bir umr tark etmaydi
🚀
Maktabgacha yoshdagi farzandi bor ota-onalarga yuborib qo'ying
✔️
@Ochiqdarsim
-
Kreativ ustozlar kanali!

April 09, 17:15
Файлы недоступны
4
Открыть в Telegram


"
Musht va besh barmoq" o'yini
Xalqimizda 7 yoshdan 70 yoshgacha degan gap bor, biz sizga 1-sinfdan 11-sinfgacha birdek mos keladigan ajoyib, diqqatni oshiradigan o'yinni taklif qilamiz
🖥
Videoni ko'rib chiqqan bo'lsangiz, sezgan bo'lsangiz kerak, bir qarashda osondek tuyulsada, lekin ko'ringani kabi emas, biroz murakkabligi bor
🖐
Musht va besh barmoq bilan o'ynaladigan bu o'yin o'quvchilaringiz tezkorlik, aqlni ishlatish va fikrlash qobiliyatlarini charxlashga yordam beradi
Bundan ham qiziqarli metodlar kanali
👇
✔️
@Ochiqdarsim
-
Kreativ ustozlar kanali!

April 09, 14:01
Файлы недоступны
5
Открыть в Telegram

‼️
#DIQQAT
‼️
⚡️
⚡️
USTOZLAR DIQQATIGA
⚡️
⚡️
➡️
"FAN VA TA'LIM FIDOYILARI"
✍️
Antologoyasiga qabul e'lon qilinadi!

Sizlarning talab va istaklaringizga binoan,
🔝
"Millat ziyolilari va izlanuvchilari Ilmiy tadqiqotlar" Markazi
yangi qabulni e'lon qiladi.
➡️
Qatnashchilarga taqdim qilinadi

👑
Esdalik nishoni
⭐️
esdalik nishonining Guvohnomasi (bosma)

Sertifikat (bosma)
🆕
Tashakkurnoma (bosma)

Ishtirokchilarning Maqolalari va bir qancha ijodiy ishlari To'plangan kitobning (bosma shakli.)
😀
RASMIY TAQDIRLASH MAROSIMI MAY OYINING 2-O'N KUNLIGIDA TANTANALI TARZDA, OAV ISHTIROKIDA TOSHKENT SHAHRIDA O'TKAZILADI!
▶️
Murojaat uchun:
⏸️
+998888657722
📍
@Mukhammad_Ali_Ruzibayev
🔖
Bizning kanalga ulaning:
👇
🌐
@Millat_Ziyolilari
👑
🔵
Bizda maqola yozish xizmati ham mavjud!

Antologiyada ishtirok etish bo'yicha
✈️
+998888657722
raqamiga
👍
@Mukhammad_Ali_Ruzibayev
🚩
telegram profiliga murojaat qiling

April 06, 15:28
Файлы недоступны
1
1
Открыть в Telegram


Sinf rahbarlik va daftar tekshirish uchun qancha haq toʻlanadi?
Sinf rahbarlik va daftar tekshirish uchun toʻlovlar oʻqituvchilarga mehnatga haq toʻlashning eng kam miqdoriga
(1.155.000 soʻm)
nisbatan foiz hisobida toʻlanadi.
Sinfdagi oʻquvchilar soniga koʻra sinf rahbarligi uchun:
👉
15 nafar oʻquvchigacha –
26,4 foiz
(304 920 soʻm);
👉
16 nafardan 20 nafar oʻquvchigacha –
31,6 foiz
(364 980 soʻm);
👉
21 nafardan 25 nafar oʻquvchigacha –
36,9 foiz
(426 195 soʻm);
👉
26 nafardan 30 nafar oʻquvchigacha –
42,1 foiz
(486 255 soʻm);
👉
31 nafar va undan koʻp oʻquvchi boʻlganda –
52,8 foiz
(609 840 soʻm)
.
📑
Daftarlarni va yozma ishlarni tekshirganlik uchun
(oʻquvchilar ikki guruhga boʻlib oʻqitiladigan fanlar boʻyicha ham)
sinfdagi oʻquvchilar soni
15 nafargacha
boʻlganda –
8,8 foiz
(
101 640 soʻm),
15 nafar va undan ortiq
boʻlganda –
17,6 foiz
(203 280 soʻm).
Informatika kabineti mudirligi uchun –
17,6 foiz
(203 280 soʻm).
✔️
@Ochiqdarsim
-
Kreativ ustozlar kanali!