
"Oltin vodiy" gazetasi | RASMIY KANAL ️
#KUN_HIKMATI
Bilim tuyg‘udan yuksakroq, hayotni anglash hayotning o‘zidan ham yuksakroq! Ilm bizga donolik baxsh etadi, donolik qonunlarni kashf qiladi, baxt qonunlarini bilish esa baxtning o‘zidan oliyroq!
✍️
Dostoyevskiy
@oltin_vodiyga_murojaat
Deputatning og‘zaki murojaati ijobiy hal etildi
Xalq deputatlari Zarafshon shahar Kengashi deputati , Oliy Majlis Senati a'zosi A.Tumishova tomonidan 9-umumiy oʻrta taʼlim maktabiga biriktirilgan Zarafshon shahar YHXB xodimi H. Xujamovga qilgan murojaati, yaʼni Yangi Zarafshon mahallasidagi piyodalar oʻtish yoʻllariga piyoda yoʻlakchalari belgisini chizdirish boʻyicha murojaati ijobiy hal qilindi.
@oltin_vodiyga_murojaat
🏆
#Eng_faol_deputat
Samarqand shahrida bo‘lib o‘tgan“Eng faol deputat” ko‘rik-tanlovining respublika bosqichi o‘z yakuniga yetdi.
📌
Quvonarli jihati shundaki, mazkur nufuzli tanlovda “Oltin vodiy” gazetasi bosh muharriri, Xalq deputatlari Zarafshon shahar Kengashi deputati
Gulshanda Bobomurodova
munosib ishtirok etib, faxrli
3-o‘rinni
qo‘lga kiritdi.
✨
Ushbu yutuq – nafaqat deputatning shaxsiy muvaffaqiyati, balki Zarafshon shahri ijtimoiy-siyosiy hayotida olib borilayotgan faol ishlarning ham e’tirofidir.
🎉
Gulshanda Bobomurodova!
Sizni samimiy muborakbod etamiz va kelgusi faoliyatingizda yanada ulkan zafarlar tilaymiz!
@oltin_vodiyga_murojaat
#Eng_faol_deputat
🔴
Bugun
Samarqand shahrida
“Kuchli ijtimoiy siyosatni amalga oshirishga intilamiz!”
shiori ostida
“Eng faol deputat” ko‘rik-tanlovining
respublika bosqichi
bo’lib o’tdi.
📍
Unda Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Toshkent shahar hamda viloyatlar bosqichida
g‘oliblikni qo‘lga kiritgan
14 nafar deputatlar ishtirok etdi
.
@oltin_vodiyga_murojaat
Rasmiy munosabat
Joriy yilning
22-aprel kuni Zarafshon shahrida
kuzatilgan kuchli yog‘ingarchiliklar natijasida Yangi Zarafshon mahallasida sel oqimlari yuzaga keldi.
Mazkur holat yuzasidan shahar hokimligida tezkor ishchi guruh shtabi tashkil etildi hamda vaziyatni bartaraf etish bo‘yicha zarur chora-tadbirlar ko‘rildi. Xususan,
sel oqimlari kuzatilgan hududda shahardagi masʼul korxona
va tashkilotlar
tomonidan tezkor ishlar olib borildi.
Jumladan, Yangi Zarafshon mahallasidagi
avtomobil yo‘lida yog‘ingarchilik natijasida yuzaga kelgan shikastlanishlar bartaraf etildi hamda transport vositalarining xavfsiz va uzluksiz harakatlanishi
ta’minlandi.
Shuningdek,
sel oqimlari tufayli yuvilib ketgan yo‘lning qatnov qismi maxsus texnikalar yordamida tozalandi va tiklash ishlari
amalga oshirildi.
Hodisa oqibatida jabrlanganlar qayd etilmadi.
Vaziyat shahar hokimligi tomonidan doimiy nazoratga olingan.
📣
Zarafshon shahar hokimligi
Axborot xizmati
✉️
Telegram
|
🗳
Facebook
|
🌐
Veb Sayt
|
📹
Youtube
|
🔠
🔠
🔠
🔠
🔠
🔠
🔠
👍
Hurmatli zarafshonliklar va shahrimiz mehmonlari!
📍
Zarafshon shahrining "Yoshlar bogʻi" xiyobonida 1-may "Favvoralar kuni"ga tayyorgarlik ishlari olib borilmoqda.
➡️
Jarayonda favvoralar ta'mirlanib, bog' hududi obodonlashtirilmoqda.
▶️
Eʼtiboringizga ushbu jarayondan fotolavhalarni taqdim etamiz.
🗓
1-may kuni barchangizni "Yoshlar bogʻi" xiyobonida kutib qolamiz.
📣
Zarafshon shahar hokimligi
Axborot xizmati
✉️
Telegram
|
🗳
Facebook
|
🌐
Veb Sayt
|
📹
Youtube
|
#tozalik_uchun
Kichkina bo‘lsa ham, sabrimizni sinayotgan bu “
🦟
🦟
”ga qarshi mutasaddi tashkilotlar tomonidan dorilash ishlari keng ko‘lamda olib borilmoqda.
🌿
Toza va xavfsiz shahar — barchamiz uchun!
@oltin_vodiyga_murojaat
🌌
🌌
🌌
🌌
🌌
🌌
🌌
🌌
🌌
⚡️
Zarafshon shahar tibbiyot birlashmasida tibbiy xizmatlar sifatini oshirish, diagnostika jarayonlarini zamonaviylashtirish hamda bemorlarga yanada qulay sharoit yaratish maqsadida yangi TCMT mobil rentgen apparati foydalanishga topshirildi.
✔️
Mazkur zamonaviy qurilma Sogʻliqni saqlash vazirligining tomonidan ajratilgan 1,5 milliard so‘m mablag‘ evaziga xarid qilinib, Zarafshon shahar hokimi Nazirbek Rahmanov tomonidan tibbiyot birlashmasiga taqdim etildi.
📌
Qurilmaning asosiy imkoniyatlari:
😴
Bemorni joyidan turgʻazmasdan tekshirish — og‘ir ahvoldagi yoki harakatlanishi cheklangan bemorlarni ko‘chirmasdan rentgen qilish imkoniyati;
🔝
Tezkor diagnostika — qisqa vaqt ichida aniq natijalar olish;
📱
DMed tizimi bilan integratsiya — barcha rentgen tasvirlari va xulosalar elektron shaklda saqlanadi;
📄
Qog‘ozsiz tizim — bemorlar uchun ortiqcha hujjat olib yurish zarurati kamayadi;
➕
Reanimatsiya, jarrohlik va statsionar bo‘limlarda keng qo‘llash imkoniyati.
➡️
Mazkur qurilma tibbiy xizmatlar tezligini oshiradi, bemorlar uchun qulaylik yaratadi, shifokorlar ish samaradorligini sezilarli darajada yaxshilaydi, sog‘liqni saqlash tizimida raqamlashtirish jarayonlarini jadallashtiradi.
📣
Zarafshon shahar hokimligi
Axborot xizmati
✉️
Telegram
|
🗳
Facebook
|
🌐
Veb Sayt
|
📹
Youtube
|
"Oltin vodiy" gazetasi | RASMIY KANAL ️
pinned a file