Выберите регион
и язык интерфейса
Покажем актуальные для региона
Telegram-каналы и возможности
Регион
avatar

Xiva shahridagi Prezident maktabi

PSinKhiva
Xiva shahridagi Prezident maktabining rasmiy sahifasi. 👉 instagram.com/psinkhiva 👉 https://t.me/PSinKhiva 👉 https://www.facebook.com/psinkhiva 👉 @KhivaPMBot savollar uchun
Подписчики
1 590
24 часа
-10
30 дней
Просмотры
388
ER
25,97%
Посты (30д)
45
Символов в посте
817
Инсайты от анализа ИИ по постам канала
Категория канала
Образование
Пол аудитории
Женский
Возраст аудитории
35-44
Финансовый статус аудитории
Средний
Профессии аудитории
Образование
Краткое описание
March 14, 18:12
Файлы недоступны
5
Открыть в Telegram

🌿
Xiva shahridagi Prezident maktabida umumxalq hashari o‘tkazildi
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining tegishli farmoyishiga muvofiq, Navro‘z umumxalq bayramini ko‘tarinki ruhda nishonlash hamda Ramazon oyini munosib o‘tkazish maqsadida joriy yilning 13–14-mart kunlari mamlakatimiz bo‘ylab umumxalq xayriya hashari e’lon qilindi.
🌱
Mazkur tashabbus doirasida
Xiva shahridagi Prezident maktabi
jamoasi ham faol ishtirok etdi. Hashar davomida maktab hududini tozalash, daraxt va gul ko‘chatlarini ekish, yashil hududlarni parvarishlash hamda atrof-muhitni obodonlashtirish ishlari amalga oshirildi.
🌳

Yurt obodligi — mahalladan boshlanadi!
” shiori ostida o‘tkazilgan ushbu hashar nafaqat hududni yanada obod qilish, balki jamoada hamjihatlik, ekologik madaniyat va mas’uliyat tuyg‘ularini mustahkamlashga xizmat qildi.

Obod va fayzli muhit — barchamizning umumiy mehnatimiz samarasidir.
Xiva shahridagi Prezident maktabining rasmiy sahifalari:
Telegram
|
Instagram
|
Facebook| You tube

March 14, 09:52
Файлы недоступны
7
Открыть в Telegram

🏆
#Rahbar_kubogi
#Jarayon
Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi ta’lim muassasalari o‘quvchilari o‘rtasida o‘tkazilayotgan “Rahbar kubogi” musobaqasining viloyat bosqichiga start berildi.
Mazkur musobaqa o‘quvchilarning sportga bo‘lgan qiziqishini oshirish, sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish hamda yoshlar o‘rtasida jamoaviylik va do‘stlik muhitini mustahkamlashga xizmat qiladi.
Musobaqa davomida ishtirokchilar sport mahorati, chaqqonlik va jamoaviy hamkorlikni namoyon etmoqdalar.
Barcha jamoalarga omad tilaymiz!
Xiva shahridagi Prezident maktabining rasmiy sahifalari:
Telegram
|
Instagram
|
Facebook| You tube

March 13, 07:15
Файлы недоступны
1
1
Открыть в Telegram


Respublikamiz bo‘ylab Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi Prezident maktablarida o‘quvchilar o‘rtasida
SAT
sertifikatini qo'lga kiritish uchin test sinovlari bo'lib o'tadi
SAT (Scholastic Aptitude Test)
akademik baholash mezoni
400–1600 ball
shkalasida baholanadi
🧠
SAT sertifikati
abituriyentlarning tanqidiy fikrlash, tahlil qilish va akademik tayyorgarlik darajasini baholovchi xalqaro imtihon bo‘lib, dunyoning yetakchi oliy ta’lim muassasalarida tahsil olishni maqsad qilgan yoshlar uchun muhim mezonlardan biri hisoblanadi.
Bizni kuzating
💻
web
🌐
Telegram
▶️
YouTube
🌐
Instagram
🌐
Facebook
⚙️
Portal

March 13, 05:46
Файлы недоступны
4
Открыть в Telegram

#Jarayon
Xiva shahridagi Prezident maktabida Zulfiyaxonim hayoti va ijodiga bag‘ishlangan davra suhbati bo‘lib o‘tdi.
Tadbir davomida o‘quvchilar shoiraning boy adabiy merosi, uning o‘zbek she’riyatini jahon miqyosida tanitishdagi o‘rni haqida fikr almashdilar. Shuningdek, Zulfiyaxonim she’rlaridan namunalar o‘qilib, uning ijodidagi yuksak ma’naviy qadriyatlar e’tirof etildi.
Xiva shahridagi Prezident maktabining rasmiy sahifalari:
Telegram
|
Instagram
|
Facebook| You tube

March 13, 05:34
Файлы недоступны
5
Открыть в Telegram

8-mart — Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan Xiva shahridagi Prezident maktabida “Ayollarni e’zozlash” mavzusida ma’naviy-ma’rifiy davra suhbati tashkil etildi.
Mazkur tadbirda 9-sinf o‘quvchilarining onalari hamda maktabimizning tarbiyachi-pedagoglari ishtirok etib, o‘quvchi qizlarimiz bilan samimiy va mazmunli suhbat olib bordilar. Uchrashuv davomida o‘quvchi qizlar tomonidan she’rlar o‘qilib, samimiy tabriklar bildirildi.
Shuningdek, MMIBDO' A. Eshmetova hamda tarbiyachi-pedagoglar tomonidan o‘quvchilarga hayotiy tajribalar asosida motivatsion fikrlar, qimmatli tavsiyalar berildi.
Suhbat davomida ayolning jamiyatdagi o‘rni, qizlarni tarbiyalash, ma’naviyat va kelajak avlod kamolotidagi muhim jihatlar haqida fikr almashildi.
Davra suhbati iliq va samimiy ruhda o‘tib, barcha ishtirokchilarda katta taassurot qoldirdi.
Xiva shahridagi Prezident maktabining rasmiy sahifalari:
Telegram
|
Instagram
|
Facebook| You tube

March 13, 05:16
Файлы недоступны
3
Открыть в Telegram

A/AS Level MOCK imtihonlari
Xiva shahridagi Prezident maktabining 9–10–11-sinf o‘quvchilari Pearson va Cambridge xalqaro dasturlari bo‘yicha sinov (MOCK) imtihonlarini topshirmoqda.
Mazkur baholashlar rasmiy xalqaro imtihonlarning formati, davomiyligi va baholash standartlarini takrorlash maqsadida tashkil etilib, o‘quvchilarning bilim darajasini aniqlash hamda ularni asosiy imtihonlarga puxta tayyorlashga xizmat qiladi.
Shuningdek, maktabda Cambridge AS Level Fizika fani bo‘yicha amaliy sinov (mock) imtihoni ham o‘tkazilmoqda. Unda o‘quvchilar imtihon sharoitida laboratoriya tajribalarini bajarib, o‘lchovlar olib hamda kuzatuv natijalarini qayd etish orqali o‘z amaliy ko‘nikmalarini namoyish etishmoqda.
Bunday sinov imtihonlari o‘quvchilarga laboratoriya ko‘nikmalarini mustahkamlash va rasmiy Cambridge imtihonlariga yanada puxta tayyorgarlik ko‘rishga yordam beradi.
Xiva shahridagi Prezident maktabining rasmiy sahifalari:
Telegram
|
Instagram
|
Facebook| You tube

March 11, 19:41
Файлы недоступны
7
Открыть в Telegram

🚀
Engineering in action at our school!
🪁
Our Engineering Club has officially held its first session, and it was an exciting start. Students built their own kites and learned about the principles of flight that keep them in the air.
While designing and assembling the kites, participants explored ideas like balance and air resistance in a fun, hands-on way.
🚀
Maktabimizda muhandislik amalda!
🪁
Maktabimizning Muhandislik Klubi o‘zining birinchi tadbirini o‘tkazdi. Tadbir davomida o‘quvchilar varraklar yasashdi va ularning uchishi ortidagi fizika qonunlari bilan tanishishdi.
Varraklarni yig‘ish jarayonida o‘quvchilar muvozanat va havo qarshiligi kabi tushunchalarni amaliy tarzda o‘rganishdi.
🌐
Telegram

March 11, 09:13
Файлы недоступны
1
1
Открыть в Telegram

🧠
Kelajak ilg’or yoshlari bir makonda jamlanadi
🇺🇿
Prezident iqtidorli yoshlarni qo‘llab-quvvatlash hamjamiyati rasmiy
oavlod.uz
platformasi ishga tushdi
!
Bu intellektual elita va liderlar birlashayotgan markaz, yoshlarning fikri, g‘oyasi va salohiyati uchun xalqaro maydonda raqobatbardosh bo‘lish poydevori.
Mazkur platformada:
📢
Prezident tashabbusi bilan yaratilgan va mamlakatning eng iqtidorli yoshlarini birlashtiradi;
📢
Prezident maktablari, Al-Beruniy
nomidagi xalqaro maktab-internat, “Yangi O‘zbekiston” universiteti bitiruvchilari, "Prezident iqtidorli farzandlari" milliy dasturi ishtirokchilari hamda “El-yurt umidi” jamg‘armasi
stipendiatlarini yagona platformaga jalb etadi;
📢
Yurtimizdan jahon universitetlariga qadar bilim va tajriba almashish imkoniyatini ta’minlaydi;
📢
Bu yerda siz o‘z g‘oyangizni, startapingizni, ilmiy yutuqlaringizni va liderlik salohiyatingizni butun
O‘zbekiston va dunyo hamjamiyati bilan bo‘lishishingiz mumkin!
❗️
Prezident iqtidorli yoshlarni
qo‘llab-quvvatlash hamjamiyati

bu kelajak yetakchilarining uchrashuvlari, fikrlarning sintezi va yangicha fikrlash doirasi. Siz ham bu dinamik va intellektual tarmoqning bir qismiga aylanishingiz mumkin.
🤝
Jamoaga qo‘shiling, fikr almashing, o‘sish yo‘lini birga yaratamiz - chunki kelajak bugun boshlangan jamiyatlardan hosil bo‘ladi.
Bizni kuzating
💻
web
🌐
Telegram
▶️
YouTube
🌐
Instagram
🌐
Facebook
⚙️
Portal

March 11, 09:13
Файлы недоступны
4
Открыть в Telegram

👩‍💻
Sun’iy intellektdan foydalanish yetarli emas — uni yaratishni o‘rganamiz!
14-mart
kuni
🔍
GDG Urganch tomonidan Al-Xorazmiy universitetida
“Build with AI: From Fundamentals to Real-World Applications”
tadbiri bo‘lib o‘tadi.
Ishtirok etish uchun ro'yxatdan o'ting
⬅️
Tadbir davomida:

Sun’iy intellektning ilmiy asoslari bilan tanishamiz;

AI’ning real loyihalarda qanday ishlashini ko‘ramiz;

Eng muhimi — faqat nazariya emas, amaliyot qilamiz.
Amaliy dars davomida noldan dastur yaratishni birgalikda sinab ko‘ramiz. Bu yo‘lda sizga GDG Urganch jamoasi aniq yo‘l xaritasini ko‘rsatadi.
Manzil :
Al-Xorazmiy universiteti
Bizni kuzating
💻
web
🌐
Telegram
▶️
YouTube
🌐
Instagram
🌐
Facebook
⚙️
Portal

March 10, 08:32
Файлы недоступны
9
2
Открыть в Telegram

🌿
“Prezident iqtidorli farzandlari” milliy dasturining 4-mavsumi ochildi
🗣
Renessans
oromgohida
“Prezident iqtidorli farzandlari” milliy dasturining
to‘rtinchi mavsumi ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi. Tadbirda dastur ishtirokchilari tantanali tarzda kutib olinib, yangi mavsumga rasman start berildi.
🗣
Dastur davomida iqtidorli o‘quvchilar uchun ta’limiy mashg‘ulotlar, ijodiy faoliyatlar, motivatsion uchrashuvlar hamda sport tadbirlari tashkil etilishi rejalashtirilgan.
🗣
Mazkur tashabbus yoshlarning bilim va salohiyatini rivojlantirish, ularning kelajakdagi yutuqlari uchun muhim imkoniyat yaratishga xizmat qiladi.
Bizni kuzating
💻
web
🌐
Telegram
▶️
YouTube
🌐
Instagram
🌐
Facebook
⚙️
Portal