
ParalympicUz
🥈
Pokiza Axmadbekova Jahon kubogida kumush medalga sazovor bo‘ldi
Belgiyaning Gistel shahrida para velosportning shosse yo‘nalishi bo‘yicha Jahon kubogining ikkinchi bosqichi boshlandi.
Musobaqaning ilk kunida terma jamoamiz a’zosi Pokiza Axmadbekova H1 klassi bo‘yicha 10.2 km masofaga kechgan vaqt poygasida ishtirok etib, marra chizig‘ini ikkinchi bo‘lib kesib o‘tdi va bu orqali musobaqa kumush medaliga ega chiqdi.
Ertaga vakillarimiz turli dasturlardagi guruh poygalarida ishtirok etishadi.
-
UCI Para-cycling Road World Cup has officially begun in Gistel, Belgium.
On the opening day of the competition, our national team member Pokiza Axmadbekova competed in the 10.2 km time trial in the H1 class and crossed the finish line in second place, earning a silver medal at the tournament.
Tomorrow, our representatives will compete in group races across various events.
Bizni ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzatib boring
💻
Instagram
|
🎞
YouTube
|
📝
Facebook
|
📝
Telegram
|
Abduqodir
Husanov “Olimpiya shaharchasi”dagi infratuzilma bilan tanishdi
Olimpiya shaharchasi hududida joylashgan Sport vazirligi binosida futbol bo‘yicha Milliy terma jamoa a’zosi, "Manchester city" futbol klubi oʻyinchisi Abduqodir Husanov hamda uning otasi Hikmat Hoshimov bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Tadbirda Sport vaziri Adkham Ikramov, Milliy olimpiya qo‘mitasi raisining birinchi o‘rinbosari Otabek Umarov, MOQ bosh kotibi Oybek Kasimov, Milliy paralimpiya qo‘mitasi raisi Muxtorxon Tashxodjayev ishtirok etdi.
Uchrashuvda futbolchimizning jahon chempionatiga olib borayotgan individual tayyorgarligi atroflicha muhokama qilindi. Oʻz navbatida, mutasaddilar futbolchimizni yaqinda Manchester klubi safida dastlabki sovrini – Angliya liga kubogini qoʻlga kiritgani bilan qutlab, mavsum chempionligi va Angliya kubogi finalida kutib turgan oʻyinlarda ham unga omad tilashdi.
Futbolchimiz optimal sport formasini ushlab turish uchun “Manchester Siti” tarkibida olib borayotgan mashgʻulotlari xususida gapirib oʻtdi.
Tashrif davomida Abduqodir Husanovga O‘zbekiston davlat sport akademiyasi rektori Ilhomjon Tursunaliyev tomonidan akademiyaning sport psixologiyasi, sport tibbiyoti xonalari, o‘quv auditoriyalari hamda akademiya axborot-resurs markazi faoliyati yaqindan tanishtirildi.
Shundan so‘ng rasmiylar hamrohligida Abduqodir Husanov Olimpiya shaharchasi hududida joylashgan sport inshootlarida ham bo‘ldi. Bugungi kunda dunyoning iqtisodiy jihatdan eng rivojlangan mamlakatida to‘p surayotgan futbolchimiz Davlatimiz rahbari tashabbuslari bilan bunyod etilgan ushbu muhtasham sport inshootlari vatanimiz sportining yanada rivojlanishida muhim ahamiyat kasb etishini e’tirof etdi.
Web-Sayt
|
Telegram
|
Facebook
|
Instagram
|
Youtube
Qarshi shahrida zamonaviy suv sporti saroyi foydalanishga topshirildi
Ochilish marosimida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya Milliy agentligi hamda Oʻzbekiston Milliy Paralimpiya qoʻmitasi raisining birinchi oʻrinbosari, "World Aquatics" byurosi aʼzosi Shahnoza Mirziyoyeva, Qashqadaryo viloyati hokimi Murotjon Azimov, Kasaba uyushmalari hamda "Uzbekistan Aquatics" federatsiyalari raisi Qudratilla Rafikov, Sport vaziri Adham Ikramov, Milliy Olimpiya qo‘mitasi raisining birinchi o‘rinbosari Otabek Umarov ishtirok etdi.
Yangi barpo etilgan suv sporti saroyi xalqaro standartlarga mos holda jihozlangan bo‘lib, unda 50x21 metr o‘lchamdagi asosiy suzish havzasi, 16x16 metrli balandlikdan sakrash havzasi, bolalar uchun 2 ta 6x12 metrli basseynlar, fitness va majlis zallari, media xonalari hamda yordamchi infratuzilmalar mavjud. Shuningdek, tomoshabinlar uchun 500 o‘rindiq, kirish qismida katta zal, 40 kishilik dush va kiyim almashtirish xonalari, 2 ta sauna hamda dam olish xonalari barpo etilgan.
Ushbu sport majmuasi hududda suv sporti turlarini rivojlantirish, yoshlar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini keng targ‘ib etish hamda xalqaro darajadagi musobaqalarni o‘tkazishga xizmat qiladi.
-
A modern aquatic sports complex has been commissioned in the city of Karshi
The opening ceremony was attended by Shakhnoza Mirziyoyeva – First Deputy Director of the National Agency for Social Protection under the President of the Republic of Uzbekistan, First Deputy Chairperson of the National Paralympic Committee of Uzbekistan, and member of the World Aquatics Bureau – as well as Kashkadaryo regional governor Murotjon Azimov, Chairperson of the Trade Unions and the “Uzbekistan Aquatics” Federation Kudratilla Rafikov, Minister of Sports Adham Ikramov, and First Deputy Chairperson of the National Olympic Committee Otabek Umarov.
The newly built aquatic sports complex has been equipped in accordance with international standards. It includes a 50x21-meter main swimming pool, a 16x16-meter diving pool, two 6x12-meter children’s pools, fitness and conference halls, media rooms, and supporting infrastructure. In addition, the facility features seating for 500 spectators, a large entrance hall, shower and changing rooms for 40 people, two saunas, and relaxation areas.
This sports complex will contribute to the development of aquatic sports in the region, promote a healthy lifestyle among young people, and serve as a venue for international-level competitions.
Bizni ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzatib boring
💻
Instagram
|
🎞
YouTube
|
📝
Facebook
|
📝
Telegram
|
Para suzuvchilarimizni Parij mezbonligidagi Jahon seriyasi kutmoqda
28-aprel — 4-may kunlari oralig‘ida Fransiyaning Parij shahrida joylashgan "Aquaval" suv sport turlari majmuasida para suzish bo‘yicha Jahon seriyasi o‘tkaziladi.
Nufuzli turnirda 38 ta mamlakatdan 250 nafarga yaqin sportchilar, jumladan, terma jamoamiz a’zolari ham ishtirok etishadi. Parij Jahon seriyasida 11 nafar sportchimiz 34 ta dasturdagi bellashuvlarda bahs olib boradi. Musobaqa 1-3-may kunlari tashkil etiladi.
-
Our Para Swimmers Await the World Series Hosted by Paris
The Para Swimming World Series will take place between April 28 and May 4 at the "Aquaval" water sports complex located in Paris, France.
Approximately 250 athletes from 38 countries, including members of our national team, will participate in this prestigious tournament. For the Paris World Series, 11 of our athletes will compete across 34 different programs. The main competitions will be held from May 1 to May 3.
Bizni ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzatib boring
💻
Instagram
|
🎞
YouTube
|
📝
Facebook
|
📝
Telegram
|
Qashqadaryoda zamonaviy suv sporti saroyining ochilish marosimi bo'lib o'tadi
Bugun Qashqadaryo viloyatining Qarshi shahrida barcha qulayliklarga ega yangi suv sporti saroyining tantanali ochilish marosimi tashkil etiladi.
Tadbirda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya Milliy agentligi hamda Oʻzbekiston Milliy Paralimpiya qoʻmitasi raisining birinchi oʻrinbosari, World Aquatics byurosi aʼzosi Shahnoza Mirziyoyeva, shuningdek, Sport vazirligi, Qashqadaryo viloyati hokimligi, Milliy Olimpiya qoʻmitasi, Kasaba uyushmalari hamda “Uzbekistan Aquatics” federatsiyalari rahbariyati
ishtirok etadi
.
-
The grand opening ceremony of a modern aquatic sports complex will take place in Kashkadaryo
Today, the city of Karshi in the Kashkadaryo region will host the grand opening ceremony of a new state-of-the-art aquatic sports complex equipped with all modern facilities.
The event will be attended by Shakhnoza Mirziyoyeva, First Deputy Director of the National Agency for Social Protection under the President of the Republic of Uzbekistan, First Deputy Chairperson of the National Paralympic Committee of Uzbekistan, and member of the World Aquatics Bureau. Representatives of the Ministry of Sports, the Kashkadaryo regional administration, the National Olympic Committee, trade unions, and the “Uzbekistan Aquatics” federations will also take part in the ceremony.
Bizni ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzatib boring
💻
Instagram
|
🎞
YouTube
|
📝
Facebook
|
📝
Telegram
|
Samarqandda para triatlon bo'yicha Jahon kubogi bosqichi o'tkazildi. Musobaqada dunyoning 16 ta mamlakatidan 50 nafardan ziyod atletlar 12 ta dasturda medallar uchun kurash olib borishdi
-
A stage of the Para Triathlon World Cup was held in Samarkand. More than 50 athletes from 16 countries around the world competed for medals in 12 events at the tournament
Bizni ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzatib boring
💻
Instagram
|
🎞
YouTube
|
📝
Facebook
|
📝
Telegram
|
Para triatlon bo‘yicha Jahon kubogida 2 ta medal qo‘lga kiritildi
Samarqand shahrida para triatlon bo‘yicha Jahon kubogining navbatdagi bosqichi tashkil etildi.
16 ta mamlakatdan 55 nafar atletlar turli dasturlarda bahs olib borgan mazkur musobaqada terma jamoamiz a’zolari ham ishtirok etib, yakunda 2 ta bronza medallarini qo‘lga kiritishdi.
PTS2 klassi, erkaklar:
🥇
Vasiliy Yegorov (Rossiya) 01:06.36
🥈
Janluka Valori (Italiya) 01:07.46
🥉
Rustamjon Sotvoldiyev (O‘zbekiston) 01:19.38.
PTS5 klassi, ayollar:
🥇
Irina Grajdanova (Rossiya) 01:08.38
🥈
Mariya Fuyertes Artigot (Ispaniya) 01:09.54
🥉
Shohsanam Sobirjonova (O‘zbekiston) 01:21.09.
-
Two medals won at the Para Triathlon World Cup
The next stage of the Para Triathlon World Cup was held in the city of Samarkand.
A total of 55 athletes from 16 countries competed in various events at the tournament. Members of Uzbekistan’s national team also took part and finished with 2 bronze medals.
PTS2 class, men:
🥇
Vasily Egorov (Russia) — 01:06.36
🥈
Gianluca Valori (Italy) — 01:07.46
🥉
Rustamjon Sotiboldiyev (Uzbekistan) — 01:19.38.
PTS5 class, women:
🥇
Irina Grazhdanova (Russia) — 01:08.38
🥈
Maria Fuertes Artigot (Spain) — 01:09.54
🥉
Shokhsanam Sobirjonova (Uzbekistan) — 01:21.09.
Bizni ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzatib boring
💻
Instagram
|
🎞
YouTube
|
📝
Facebook
|
📝
Telegram
|
Para yengil atletikachilarimiz ishtirokidagi Rabot Gran-prisi nihoyasiga yetdi
Xabar berganimizdek, 23-25-aprel kunlari Marokashning Rabot shahrida para yengil atletika bo'yicha xalqaro Gran-pri musobaqasi bo'lib o'tdi.
Dunyoning 57 ta mamlakatidan 500 nafarga yaqin atletlar, xususan, terma jamoamiz a'zolari ham ishtirok etishdi. Uch kun davom etgan musobaqada vakillarimiz 2 ta oltin, 4 ta kumush va 6 ta bronza, jami 12 ta medalga ega chiqishdi.
🥇
Oltin:
Omadbek Xasanov (T46, 100 m)
Omadbek Xasanov (T46, uzunlikka sakrash).
🥈
Kumush:
Islom Elmurodov (F33, nayza uloqtirish)
Xusniya Olimjonova (T12, uzunlikka sakrash)
Rokiya Musinova (F57, yadro uloqtirish)
Rokiya Musinova (F57, disk uloqtirish).
🥉
Bronza:
Sevinchbek Xusanov (T12, uzunlikka sakrash)
Abdulaziz Abduhakimov (F32, bulava uloqtirish)
Xusniddin Norbekov (F35, yadro uloqtirish)
Xikmatillo Mamaroziqov (F46, yadro uloqtirish)
Gulnora To'ychiyeva (T11, uzunlikka sakrash)
Xusniya Olimjonova (T12, 400 m).
-
Our para athletics team has concluded its participation in the Rabat Grand Prix
As previously reported, an international para athletics Grand Prix competition was held from April 23 to 25 in Rabat, Morocco.
Nearly 500 athletes from 57 countries took part in the event, including members of our national team. Over the three days of competition, our representatives won a total of 12 medals: 2 gold, 4 silver, and 6 bronze.
🥇
Gold:
Omadbek Khasanov (T46, 100 m)
Omadbek Khasanov (T46, long jump).
🥈
Silver:
Islom Elmurodov (F33, javelin throw)
Khusniya Olimjonova (T12, long jump)
Rokiya Musinova (F57, shot put)
Rokiya Musinova (F57, discus throw).
🥉
Bronze:
Sevinchbek Khusanov (T12, long jump)
Abdulaziz Abdukhakimov (F32, club throw)
Khusniddin Norbekov (F35, shot put)
Khikmatillo Mamarozikov (F46, shot put)
Gulnora Tuychieva (T11, long jump)
Khusniya Olimjonova (T12, 400 m).
Bizni ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzatib boring
💻
Instagram
|
🎞
YouTube
|
📝
Facebook
|
📝
Telegram
|
👍
"Para dayjest"
Yakunlangan haftaning eng muhim sport voqeliklarini O'zbekiston Milliy Paralimpiya qo'mitasi matbuot xizmati tomonidan tayyorlangan "Para dayjest" loyihasi bilan yodga olamiz.
Bizni ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzatib boring
💻
Instagram
|
🎞
YouTube
|
📝
Facebook
|
📝
Telegram
|