Выберите регион
и язык интерфейса
Покажем актуальные для региона
Telegram-каналы и возможности
Регион
avatar

Qarshi davlat texnika universiteti

QMI_Instituti
🏛 Qarshi davlat texnika universiteti kanali Qarshi davlat texnika universiteti www.kstu.uz 📫 180100, Qashqadaryo vil. Qarshi sh. Mustaqillik ko‘chasi 225-uy
Подписчики
7 920
24 часа
30 дней
-140
Необычное падение (24 часа)
Просмотры
993
ER
0,15%
Посты (30д)
265
Символов в посте
643
December 10, 01:07
Файлы недоступны
2
Открыть в Telegram

Assalomu alaykum!
Boshlangan yangi haftangiz va kuningiz xayrli, barakali boʻlsin!
Bugun – O‘zbekiston Respublikasi Davlat madhiyasi qabul qilingan kun!
Vatanning
qiymati – sen u yerda boshqa joylardagiga nisbatan adolat koʻproqligini koʻrishingdir. Vatanning qiymati – sen u yerda boshqa joylardagiga nisbatan muhabbat koʻproqligini koʻrishingdir. Agar Vatan himoya, adolat va muhabbatdan xoli boʻlsa, fuqarolar musofirga aylanib qoladi.
Mustafo Amin
✍️
Bizni birga kuzatib boring:
👇
🌐
Website
|
🗳
Facebook
|
📱
Instagram
|
💻
YouTube
QarDTU axborot xizmati
✍️

December 09, 16:37
Файлы недоступны
9
Открыть в Telegram

#Xalqaro_hamkorlik
Professor-oʻqituvchilarimiz karbonat angidridni foydali uglevodorodlarga aylantirish boʻyicha tajribalar da qatnashmoqdalar.
Avval xabar berganimizdek, universitetimiz vakillari –
Shavkat Nasimov, Adham Norqobilov, Abbos Elmanov va Roʻzimurod Joʻrayev
Xitoy Xalq Respublikasining
Anhui texnologiya universitetida malaka oshirmoqdalar.
Bugun ular ishtirokida
karbonat angidrid (CO₂)ni qimmatli uglevodorodlarga aylantirish boʻyicha amaliy tajribalar
boshlandi. Tadqiqotlar mazkur universitetdagi “Kimyo va kimyoviy texnologiya” kafedrasining Geterogen kataliz laboratoriyasida
professor Wenlong Wu rahbarligida
olib borilmoqda.
Batafsil
👉
saytimizda.
Bizni birga kuzatib boring:
👇
🌐
Website
|
🗳
Facebook
|
📱
Instagram
|
💻
YouTube
QarDTU axborot xizmati
✍️

December 09, 13:35
Файлы недоступны
1
Открыть в Telegram

#Saboq
9-dekabr – Xalqaro korrupsiyaga qarshi kurashish kuni
Odam bolasi oʻz hayoti davomida hamisha sinovlar taʼsiri ostida boʻladi. Toʻgʻri yoʻlni tanlash uchun berilgan imkoniyatdan foydalana bilish uning bilimi, tafakkuri va ichki tuygʻulariga bogʻliq.
Yoshlarning hozir ayni bilim olish, hunar egallash, yetuk mutaxassis boʻlib yetishish uchun tinmay harakat qiladigan payti. Vaqtni behuda oʻtkazish va oqibatda korrupsiya yoʻlini tanlash ularni boshi berk koʻchaga boshlab boradi.
Shunung uchun doimo to‘g‘ri yo‘lda bo‘ling!
Bizni birga kuzatib boring:
👇
🌐
Website
|
🗳
Facebook
|
📱
Instagram
|
💻
YouTube
QarDTU axborot xizmati
✍️

December 09, 13:34

#2025_OAVda_biz
💻
Talaba va oʻquvchilarning ijtimoiy faolligini oshirish markazining
Yoshlar.edu.uz
rasmiy telegram kanalida universitetda “Aksilkorrupsiya oyligi” doirasida hamda 9-dekabr – Xalqaro korrupsiyaga qarshi kurashish kuni munosabati bilan “Korrupsiya – asr kushandasi” mavzusida oʻtkazilgan “Eng yaxshi insho” tanlovi haqidagi
axborotimiz
eʼlon qilindi.
Bizni birga kuzatib boring:
👇
🌐
Website
|
🗳
Facebook
|
📱
Instagram
|
💻
YouTube
QarDTU axborot xizmati
✍️

December 09, 11:42
Файлы недоступны
8
Открыть в Telegram

#Natija
Xalqaro korrupsiyaga qarshi kurashish kuniga bagʻishlab
“Korrupsiya – asr kushandasi”
mavzusida oʻtkazilgan “Eng yaxshi esse” va “Eng yaxshi insho” tanlovlari gʻoliblari hamda “Tashakkurnoma”lar sohibalari.
Bizni birga kuzatib boring:
👇
🌐
Website
|
🗳
Facebook
|
📱
Instagram
|
💻
YouTube
QarDTU axborot xizmati
✍️

December 09, 11:38
Файлы недоступны
6
Открыть в Telegram

#Jarayon
9-dekabr – Xalqaro korrupsiyaga qarshi kurashish kuni
Bugun universitet “Maʼnaviyat va maʼrifat xonasi”da sana munosabati bilan
davra suhbati boʻlib oʻtdi.
Tadbirda universitet rektori
Sherzod Neʼmatov
soʻz olib,
korrupsiyaning jamiyat taraqqiyotiga salbiy taʼsiri
,
unga qarshi kurash masʼuliyati
haqida soʻz yuritdi.
Muloqot davomida
mamlakatimizning korrupsiyaga qarshi kurash borasidagi siyosati
, bu boradagi meʼyoriy-huquqiy hujjatlar,
universitetda amalga oshirilayotgan ishlar
eʼtirof etildi.
Muhim vazifalar belgilab olindi.
Tadbir yakunida universitetda “Aksilkorrupsiya oyligi” doirasida hamda Xalqaro korrupsiyaga qarshi kurashish kuniga bagʻishlab
“Korrupsiya – asr kushandasi”
mavzusida oʻtkazilgan
“Eng yaxshi esse”
hamda
“Eng yaxshi insho”
tanlovlari gʻoliblari taqdirlandi.
Batafsil
👉
saytimizda.
Bizni birga kuzatib boring:
👇
🌐
Website
|
🗳
Facebook
|
📱
Instagram
|
💻
YouTube
QarDTU axborot xizmati
✍️

December 09, 05:02
Файлы недоступны
1
Открыть в Telegram

#Muhim_sana
9-dekabr – Xalqaro korrupsiyaga qarshi kurash kuni
Siz-u biz bugun koʻp bor duch keladigan bu ibora –
“korrupsiya” jamiyat rivojiga jiddiy xavf soladigan illat, jinoyat
ekanligini yaxshi bilamiz.
Korrupsiya nima?
Bu – poraxoʻrlik, ijtimoiy isteʼmol uchun moʻljallangan tovar va xizmatlarni noqonuniy oʻzlashtirish, urugʻ-aymoqchilik, mahalliychilik...
Birlashgan Millatlar Tashkiloti tashabbusi bilan
2004-yildan boshlab
har yili 9-dekabrda ushbu sana butun dunyoda nishonlanadi.
Korrupsiyaga qarshi kurashish Oʻzbekiston Respublikasida davlat faoliyatining asosiy yoʻnalishlaridan biriga aylangan.
Bu borada
“Korrupsiyaga qarshi kurashish toʻgʻrisida”gi qonun
hamda Prezidentimizning bir necha
farmon va qarorlari
qabul qilindi.
Bir soʻz bilan aytganda,
kimki bizning taraqqiyotimizga qarshi boʻlsa, biz ham unga qarshi kurashamiz
. Bunda har bir fuqaro masʼuliyatni oʻzidan boshlashi va korrupsion holatlarga qarshi tura olishi va “Yoʻq!” deya olishi shart.
QarDTU axborot xizmati
✍️

December 09, 01:00
Файлы недоступны
1
Открыть в Telegram

Assalomu alaykum!
Boshlangan yangi kuningiz xayrli va barakali boʻlsin!
Shunchaki bilishning oʻzi yetarli emas, bilimlarni qoʻllash kerak. Shunchaki istash yetarli emas, harakat qilmoq kerak.
Iogann
Volfgang Gyote
✍️
Bizni birga kuzatib boring:
👇
🌐
Website
|
🗳
Facebook
|
📱
Instagram
|
💻
YouTube
QarDTU axborot xizmati
✍️

December 08, 17:58
Файлы недоступны
9
Открыть в Telegram

#Xushxabar
"Ilm yulduzlari" tanlovida professor-oʻqituvchilarimiz eʼtirof etildi
Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganining 33 yilligi munosabati bilan Jamoat xavfsizligi universitetida boʻlib oʻtgan tanlov
Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi hamda "Olima" uyushmasi tomonidan
yuksak saviyada tashkil etildi.
Unda Qoraqalpogʻiston, barcha viloyatlar va Toshkent shahridan jami
15 nafar ishtirokchi 3 nominatsiya boʻyicha
bellashdi.
Universitet tayanch doktoranti
Sitora Hodiyeva "Ilm yulduzlari" respublika tanlovida 2-oʻringa sazovor boʻldi.
Shuningdek, viloyat “Olima” uyushmasi raisi, “Ijtimoiy va gumanitar fanlar” kafedrasi mudiri
Yulduz Ergasheva
mazkur tanlovni tashkil etishdagi faolligi uchun
“Tashakkurnoma” bilan taqdirlandi.
Olimalarimizni yuksak eʼtirofga sazovor boʻlganlari bilan tabriklaymiz!
Bizni birga kuzatib boring:
👇
🌐
Website
|
🗳
Facebook
|
📱
Instagram
|
💻
YouTube
QarDTU axborot xizmati
✍️

December 08, 15:25
Файлы недоступны
1
Открыть в Telegram

#Mening_Konstitutsiyam
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi:
… atrof-muhitni muhofaza qilish, tabiiy boyliklarni va biologik xilma-xillikni saqlash, iqlim oʻzgarishiga, epidemiyalarga, pandemiyalarga qarshi kurashish hamda ularning oqibatlarini yumshatish sohalarida yagona davlat siyosati amalga oshirilishini taʼminlaydi.
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, 115-modda.
Bizni birga kuzatib boring:
👇
🌐
Website
|
🗳
Facebook
|
📱
Instagram
|
💻
YouTube
QarDTU axborot xizmati
✍️