Выберите регион
и язык интерфейса
Покажем актуальные для региона
Telegram-каналы и возможности
Регион
avatar

Qaraqalpaqstan Respublikası sudları | Rásmiy kanal

QRSUDLARI
Qaraqalpaqstan Respublikası sudlarınıń rásmiy kanalı ________________ Qoraqalpog'iston Respublikasi sudlarining rasmiy kanali
Подписчики
1 720
24 часа
30 дней
-10
Просмотры
1 067
ER
43,84%
Посты (30д)
104
Символов в посте
1 349
Инсайты от анализа ИИ по постам канала
Категория канала
Право
Пол аудитории
Мужской
Возраст аудитории
35-44
Финансовый статус аудитории
Средний
Профессии аудитории
Право и юридические услуги
Краткое описание
April 29, 07:26
Файлы недоступны
1
Открыть в Telegram

Qaraq
alpaqstan Respublikası sudında Berdaq atındaģı QMU yuridika fakultetinde oqıp atırǵan studentler ushın  "Ashıq esikler kúni" shólkemlestirildi
__
__
Qoraqalpog‘iston Respublikasi sudida Berdaq nomidagi QDU yuridika fakultetida tahsil olayotgan talabalar uchun  "Ochiq eshiklar kuni" tashkil etildi
Sayt |
Telegram |
Facebook

April 27, 05:59
Файлы недоступны
1
Открыть в Telegram

Qaraqalpaqstan Respublikası sudınıń kassaciya instanciyasında dawagerdiń alimentti toqtatıwǵa baylanıslı dawa talapları boyınsha puqaralıq isi kórip shıǵıldı.
Is boyınsha dawager tárepinen aliment tólemlerin biykarlaw haqqında berilgen dawa arzası aldın puqaralıq isleri boyınsha Shımbay rayonlar aralıq sudı tárepinen kórip shıǵılıp, 2026-jıl 16-yanvar kúni sheshiwshi qarar qabıl etilgen edi. Bul qarardan narazı bolǵan dawager kassaciya tártibinde shaǵım etken.
Kassatsiya instanciyasında is materialları hár tárepleme úyrenilip, birinshi instanciya sudı tárepinen is jaǵdaylarına durıs huqıqıy baha berilgeni, nızam normaları durıs qollanılǵanı hám processual qaǵıydalarǵa ámel etilgeni anıqlandı. Usı múnásibet penen, Shımbay rayonlar aralıq sudınıń 2026-jıl 16-yanvar kúngi sheshiwshi qararı ózgerissiz qaldırıldı, dawager tárepinen berilgen kassaciya shaǵımı bolsa qanaatlandırılmadı.
Sud kollegiyası shıǵarılǵan uyǵarıw boyınsha tolıq túsinik berdi.
_____________
Qoraqalpog‘iston Respublikasi sudining kassatsiya instansiyasida fuqaroning alimentni to‘xtatishga oid da’vo talablari yuzasidan fuqarolik ishi ko‘rib chiqildi.
Mazkur ish bo‘yicha da’vogar tomonidan aliment to‘lovlarini bekor qilish haqida berilgan da’vo arizasi ilgari fuqarolik ishlari bo‘yicha Chimboy tumanlararo sudi tomonidan ko‘rib chiqilib, 2026-yil 16-yanvar kuni hal qiluv qarori qabul qilingan edi. Ushbu qarordan norozi bo‘lgan da’vogar kassatsiya tartibida shikoyat kiritgan.
Kassatsiya instansiyasida ish materiallari atroflicha o‘rganilib, birinchi instansiya sudi tomonidan ish holatlariga to‘g‘ri huquqiy baho berilgani, qonun normalari to‘g‘ri qo‘llanilgani hamda protsessual qoidalarga rioya etilgani aniqlandi. Shu munosabat bilan, Chimboy tumanlararo sudining 2026-yil 16-yanvar kungi hal qiluv qarori o‘zgarishsiz qoldirildi, da’vogar tomonidan berilgan kassatsiya shikoyati esa qanoatlantirilmadi.
Sudlov hay’ati chiqarilgan ajrim yuzasidan batafsil tushuntirish berdi.
Sayt |
Telegram |
Facebook

April 23, 13:00
Файлы недоступны
1
Открыть в Telegram

JÁMIYET TURAQLILIǴINIŃ ÁHMIYETLI SHÁRTI - Zulfiya BABADJANOVA, Qaraqalpaqstan Respublikası sudınıń sudyası
"Ǵárezsizlik hám nızam" gazetası 21-aprel, 2026-jıl
________________
JAMIYAT BARQARORLIGINING MUHIM SHARTI - Zulfiya BABADJANOVA, Qoraqalpog'iston Respublikasi sudining sudyasi
"Istiqlol va qonun" gazetasi 21 aprel, 2026 yil
Sayt |
Telegram |
Facebook

April 23, 05:47
Файлы недоступны
1
Открыть в Telegram

Qońırat rayonındaǵı 43-sanlı ulıwma bilim beriw mektebinde ótkerilgen náwbettegi ushırasıw usı bilimlendiriw mákemesiniń burınǵı oqıwshısı, sud nuranıyı, "Do'stlik" ordeniniń iyesi Arzıbiyke Janibekovanıń ibratlı miynet hám ómir jolına baǵıshlandı
_____________
Qo‘ng‘irot tumanidagi 43-umumta’lim maktabida o‘tkazilgan navbatdagi uchrashuv mazkur ta’lim muassasasining sobiq o‘quvchisi, sud faxriysi, "Do‘stlik" ordeni sohibasi Arzibiyke Janibekovaning ibratli mehnat va hayot yo‘liga bag‘ishlandi
Sayt |
Telegram |
Facebook

April 23, 05:41
Файлы недоступны
1
Открыть в Telegram

REPORTAJ-24 / Ózbekstan Respublikası Prezidentiniń 2025-jıl 5-marttaǵı "Korrupciyaǵa qarsı gúresiw milliy keńesiniń keńeytilgen májilisi"nde belgilep berilgen wazıypalardıń orınlanıwı boyınsha Qaraqalpaqstan Respublikasında ámeliy úyreniwler alıp barıldı.
Bas prokurordıń birinshi orınbasarı B.Valiev basshılıǵındaǵı jumısshı topar tárepinen ámelge asırılǵan úyreniwler sheńberindegi ilajlarda Ózbekstan Respublikası Joqarǵı sudı baslıǵınıń birinshi orınbasarı A.Usmanov, Qaraqalpaqstan Respublikası sudınıń sudyaları, Ishki isler ministrligi hám Bas prokuratura xızmetkerleri, aymaqlıq prokuratura uyımlarınıń basshıları, tergewshiler hám sorastırıwshılar, sonday-aq, ǵalaba xabar qurallarınıń wákilleri qatnastı.
Ámeliy seminar hám ashıq sóylesiwlerde tergewdiń sapasın bunnan bılay da arttırıw, jınayat islerin nátiyjeli hám nızamlı júrgiziw, sonday-aq, korrupciyaǵa qarsı gúresiw baǵdarındaǵı tiykarǵı wazıypalar dodalandı.
____________
REPORTAJ-24 /
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 5-martdagi “Korrupsiyaga qarshi kurashish milliy kengashining kengaytirilgan yig‘ilishi”da belgilab berilgan vazifalar ijrosi yuzasidan Qoraqalpog‘iston Respublikasida amaliy o‘rganishlar olib borildi.
Bosh prokurorning birinchi o‘rinbosari B. Valiyev boshchiligidagi ishchi guruh tomonidan amalga oshirilgan o‘rganishlar doirasidagi tadbirlarda O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi raisining birinchi o‘rinbosari A. Usmanov, Qoraqalpog‘iston Respublikasi sudi sudyalari, Ichki ishlar vazirligi hamda Bosh prokuratura xodimlari, hududiy prokuratura organlari rahbarlari, tergovchilar va surishtiruvchilar, shuningdek, ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdi.
Amaliy seminar va ochiq muloqotlarda tergov sifatini yanada oshirish, jinoyat ishlarini samarali va qonuniy yuritish, shuningdek, korrupsiyaga qarshi kurashish borasidagi ustuvor vazifalar muhokama qilindi.
Sayt |
Telegram |
Facebook

April 22, 12:17
Файлы недоступны
1
Открыть в Telegram

Qaraqalpaqstan Respublikası sudları basshıları tárepinen Beruniy, Tórtkúl hám Ellikqala rayonları puqaraları ushın ótkerilgen onlayn qabıllawdan reportaj
___________
Qoraqalpog‘iston Respublikasi sudlari raislari tomonidan Beruniy, To‘rtko‘l va Ellikqal’a tumanlari fuqarolari uchun o'tkazilgan onlayn qabuldan reportaj
Sayt |
Telegram |
Facebook

April 22, 05:35

Qaraqalpaqstan Respublikası sudınıń baslıǵı Kamal Tarixov puqaralıq isleri boyınsha Qońırat rayonlararalıq sudınıń iskerligi menen tanıstı. Gózlengen tiykarǵı maqset - aymaqlarda sud-huqıq reformalarınıń orınlanıwı, ádil sudlawdı támiyinlew dárejesi hám sud infrastrukturasınıń jaǵdayın hár tárepleme úyreniwden ibarat.
Sudyalar hám sud apparatı xızmetkerleri menen bolıp ótken ashıqtan-ashıq sóylesiwde sud hákimiyatınıń abırayın arttırıw, ashıq-aydınlıq principlerin bekkemlew, sol arqalı puqaralardıń sud sistemasına bolǵan isenimin jáne de kúsheytiw tiykarǵı wazıypa sıpatında belgilendi. Sonday-aq, sudlardı xalıqqa jaqınlastırıw hám ádil sudlawdan paydalanıw imkaniyatların keńeytiw baǵdarında ámelge asırılıp atırǵan jumıslar tallandı.
Sonıń menen birge, sudyalar hám xızmetkerler ushın jaratılǵan miynet sharayatları, sonday-aq, puqaralar ushın jaratılǵan zamanagóy hám qolaylı infrastruktura jaǵdayı da úyrenildi.
____________
Qoraqalpog‘iston Respublikasi sudi raisi Kamal Tarixov fuqarolik ishlari bo‘yicha Qo‘ng‘irot tumanlararo sudi faoliyati bilan tanishdi. Tashrifdan ko‘zlangan asosiy maqsad - hududlarda sud-huquq islohotlari ijrosi, odil sudlovni ta’minlash darajasi hamda sud infratuzilmasi holatini atroflicha o‘rganishdan iborat bo‘ldi.
Sudyalar va sud apparati xodimlari bilan bo‘lib o‘tgan ochiq muloqotda sud hokimiyatining nufuzini oshirish, ochiqlik va shaffoflik tamoyillarini mustahkamlash, shu orqali fuqarolarning sud tizimiga bo‘lgan ishonchini yanada mustahkamlash ustuvor vazifa sifatida belgilandi. Shuningdek, sudlarni aholiga yaqinlashtirish va odil sudlovdan foydalanish imkoniyatlarini kengaytirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar tahlil qilindi.
Shu bilan birga, sudyalar va xodimlar uchun yaratilgan mehnat sharoitlari, shuningdek, fuqarolar uchun yaratilgan zamonaviy va qulay infratuzilma holati joyida o‘rganildi.
Sayt |
Telegram |
Facebook

April 22, 05:35
Файлы недоступны
5
Открыть в Telegram

April 22, 05:35
Файлы недоступны
8
Открыть в Telegram

April 21, 17:48

ADOLAT VA MATONAT MAKTABI: UCH AVLODNI BIRLASHTIRGAN IBRAT UCHRASHUVI
Jamiyat taraqqiyoti, uning maʼnaviy qiyofasi va kelajak avlod kamoloti, avvalo, el-yurt manfaati yoʻlida sidqidildan xizmat qilgan insonlarga boʻlgan munosabat bilan oʻlchanadi. Zero, umrini xalq xizmatiga bagʻishlagan, adolat va insof tamoyillariga sodiq qolgan insonlarni eʼtirof etish — bu nafaqat hurmat, balki jamiyatning oʻz qadriyatlariga boʻlgan sadoqatini namoyon etadi. Bunday insonlar hayoti va faoliyati barcha uchun ibrat maktabi, ayniqsa yosh avlod uchun hayotiy dastur boʻlib xizmat qiladi.
Ayniqsa, adolatni qaror toptirishdek masʼuliyatli vazifani sharaf bilan ado etayotgan ayol sudyalar — matonat, iroda va fidoyilik timsoli sifatida jamiyatda alohida oʻrin tutadi. Quvonarlisi, bugungi kunda sud tizimida samarali faoliyat yuritayotgan ayollar safi tobora ortib, ularning kasbiy mahorati va insoniy fazilatlari keng eʼtirof etilmoqda.
Shu bilan birga, ustozlarga boʻlgan yuksak hurmat va ehtirom, ularning boy tajribasini yoshlarga yetkazishga qaratilgan maʼnaviy-maʼrifiy tashabbuslar izchil davom ettirilmoqda. Bu kabi ezgu amallar jamiyatda qadriyatlar uzviyligini taʼminlab, avlodlar oʻrtasida maʼnaviy koʻprik vazifasini oʻtaydi.
Ana shunday yuksak maqsadlarni oʻzida mujassam etgan holda Sudyalar oliy kengashi hamda Qoraqalpogʻiston Respublikasi sudi tashabbusi bilan joylarda sud faxriylarining ibratli hayot yoʻliga bagʻishlangan “Uch avlod uchrashuvi” kabi tadbirlar muntazam tashkil etilmoqda.
Qoʻngʻirot tumanidagi 43-sonli umumtaʼlim maktabida oʻtkazilgan navbatdagi ana shunday uchrashuv mazkur taʼlim muassasasining sobiq oʻquvchisi, sud tizimi faxriysi Arzibiyke Janibekovaning sharafli hayot yoʻliga bagʻishlandi.
Tadbirda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Konstitutsiyaviy nazorat qoʻmitasi raisi Paraxat Aytniyazov, Qoraqalpogʻiston Respublikasi sudi raisi Kamal Tarixov, sudyalar, nuroniylar, sud faxriylari hamda yoshlar ishtirok etdilar.
Uchrashuv davomida soʻz olganlar Arzibiyke Janibekovaning koʻp yillik samarali mehnat faoliyati, sud tizimi rivojiga qoʻshgan munosib hissasi va boy hayotiy tajribasi haqida toʻxtalib oʻtdilar. Uning faoliyati barcha sudyalar uchun ibrat maktabi, umr yoʻli esa yoshlar uchun haqiqiy namuna ekani alohida taʼkidlandi.
Tadbirda bugungi yosh avlodga ertakday tuyuladigan ogʻir sharoitga qaramay tinimsiz Arzibiyke opa oʻqib, izlangani natijasida elning aziz insoniga aylangani qayd etildi. Bundan tashqari oʻqituvchilikdek sharafli kasb egalariga alohida tashakkurlar aytilib, ushbu maktabdan yana bugungi tadbir qahramonidek fidoiy insonlar yetishib chiqishiga tilak bildirildi.
Tadbir doirasida maktab jamoasiga Qoraqalpogʻiston Respublikasi sudi tomonidan tashakkurnoma va esdalik sovgʻalari, shuningdek, kitoblar jamlanmasi topshirildi.
Shuningdek, Sudyalar oliy kengashi tomonidan taʼlim muassasasiga Arzibiyke Janibekovaning mehnat faoliyatini aks ettiruvchi maxsus peshlavha taqdim etildi. Mazkur peshlavha sudyalar hamjamiyatining ushbu dargohga boʻlgan yuksak ehtiromi va kelajak avlodga bildirilgan ishonch ramzi sifatida alohida ahamiyat kasb etdi.
Samimiy muloqotlar davomida ustozning bolalik va maktab davrlari yodga olindi. Tadbir maktab oʻquvchilari tomonidan tayyorlangan konsert dasturi bilan yanada fayzli tus oldi.
Uchrashuv yakunida mehmonlar maktab hovlisiga manzarali daraxt koʻchatlari ekib, taʼlim muassasasi obodonchiligiga oʻz hissalarini qoʻshdilar.
Sayt |
Telegram |
Facebook