
Qudrat Abdurahimov
🎉
Chegirma davom etadi!
Avvalroq «Hilol eBook» ilovasidagi chegirmani
eʼlon
qilgan edik. Endi esa navbatdagi chegirmani e’tiboringizga havola qilamiz!
🎁
«Tafsiri Hilol»
va
«Oltin silsila»
ilovasidagi elektron va audiokitoblarni ham
50% chegirmada
xarid qiling!
Marhamat, mavsumdan foydalanib qoling!
📖
«Tafsiri Hilol»
:
https://e-hilolnashr.uz/tafsirihilol/
📖
«Oltin silsila»
:
https://e-hilolnashr.uz/oltinsilsila/
📱
«Hilol eBook»
:
https://e-hilolnashr.uz/hilolebookdownload/
@hiloldasturlari
🔈
RASMIY YANGILIK
O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim tizimida
“Islomiy moliya”
hamda
“Islom iqtisodiyoti va moliyasi”
ta’lim yo‘nalishlari
rasmiy klassifikator doirasida
yana amaliyotga kiritildi.
Mazkur yo‘nalishlar bo‘yicha endilikda:
🎓
Bakalavriat
🎓
Magistratura
bosqichlarida rasmiy ta’lim olish imkoniyati yaratildi.
🖥
Ushbu qaror mamlakatimizda islom moliyasi sohasini tizimli rivojlantirish, xalqaro standartlarga (jumladan, AAOIFI va boshqa global me’yorlarga) mos malakali kadrlar tayyorlash, ilmiy-tadqiqot faoliyatini kengaytirish hamda sohaning institutsional infratuzilmasini mustahkamlash yo‘lida muhim strategik qadam hisoblanadi.
🚩
Mazkur o‘zgarish bank-moliya sektori, investitsiya faoliyati hamda akademik va ilmiy yo‘nalishlarda yangi institutsional va professional imkoniyatlar shakllanishini anglatadi.
🔗
Manba:
https://lex.uz/docs/-8068466
Al Muamalat
Islomiy moliyada ishonchli hamkoringiz!
Telegram
|
LinkedIn
|
Instagram
|
Website
|
Education
|
Business club
Vakansiya:
Project Planner / WBS Mutaxassisi (Outsource)
Vazifa:
1️⃣
Qurilish loyihasi (Bino) uchun standartlashtirilgan
WBS
(Work Breakdown Structure) iyerarxiyasini ishlab chiqish;
2️⃣
Level-3 (
Work Packages
) va Level-4 (
Activities
) darajasida ishlarni mantiqiy ketma-ketlikda tizimlashtirish;
3️⃣
Har bir ish paketiga chizma va smeta asosida fizik hajmlar va material limitlarini bog'lash.
Talablar:
Primavera P6
yoki
MS Project
dasturlarida kamida 3 yillik tajriba;
Qurilish texnologiyasini (KM, KJ, OV/VK) mukammal bilish;
Shartlar:
Masofaviy ish (
Outsource
), haq to'lash kelishuv asosida (har bitta loyiha uchun).
👉
Ariza qoldirish
P.S. Tanishlar bo'lsa tavsiya qilinglar, katta rahmat
@QudratAbdurahimov
- kanali
Juniorlar o‘limi
2026-yilga kelib, sun’iy intellektning (AI) dasturchilarning 80 foizini almashtirishi haqidagi va’dalar 61 milliard dollarlik texnik qarz inqirozi va tuzatib bo‘lmas "slop code" (sifatsiz kodlar) oqimiga aylandi.
"Builder AI" mojarosidan tortib, butun boshli loyihalarni o‘chirib yuborgan texnik ofatlargacha — soha shuni anglab yetmoqdaki, tajribali arxitektorlarni quruq buyruqlar (promptlar) bilan almashtirish yechim emas, balki ulkan xavf-xatarlarni keltirib chiqarmoqda.
Ushbu videoda "AI samaradorligi" haqidagi yolg‘on nima uchun barbod bo‘layotgani hamda kompaniyalar ushbu shov-shuvdan qanday qilib maoshlarni kamaytirish yo‘lida foydalanayotgani tahlil qilinadi. Insoniy mas’uliyat va javobgarlik esa har qachongidan ham qadrliroq bo‘lib bormoqda.
"
Juniorlar o‘limi
" — bu kompaniyalarning kelajakni o‘ylamay qilgan xatosi bo‘lib, uni quyidagi ikki oddiy misol bilan tushunish mumkin:
Hozirgi muammo (Ishsizlik): Kompaniyalar: "Oddiy kodlarni sun'iy intellekt (AI) ham yoza oladi, bizga boshlovchi (junior) dasturchi kerak emas", deb ularni ishga olmay qo'yishdi. Natijada, sohadagi yangi ish o'rinlari ikki baravarga qisqarib ketdi.
Kelajakdagi xavf (Kadrlar yetishmovchiligi)
: Bu xuddi "bog‘bonni ishdan bo‘shatib, faqat tayyor mevalarni yig‘ishtirib olish"ga o'xshaydi. Agar bugun yoshlarga tajriba o'rgatilmasa, 5 yildan keyin murakkab muammolarni hal qila oladigan tajribali mutaxassislar (
seniorlar
) umuman qolmaydi.
https://youtu.be/WfjGZCuxl-U?si=Fi4Vztr4Sws-xmS6
@QudratAbdurahimov
- kanali
P.S. Bugun dasturlashni boshlagan odam, 5 yildan keyin yaxshigina soqqa qiladi
, degan ma'no kelyapti :)
Assalomu alaykum
Do'stlar, deyarli hamma chatgpt haqida eshitib bo'ldi. U bilan hamma narsa qilsa bo'ladi deb ham gaplashyapmiz, qilganlarni ko'ryapmiz. Lekin hali sinab ko'rmaganlar juda ko'p, eshitmaganlar ham. Imkoniyatini ham yaxshi bilmaymiz. AyTini, dasturlashni tushunmaydigan odamlar ham buni "ta'mini tatib" ko'rishlari kerak. Chunki ,Reddit va X ijtimoiy tarmoqlarida juda ko'p odamlarni postlarini o'qiyapmiz, ular dasturlashni tushunmasalar ham, har xil turdagi loyihalar, applar qilib, bozorga chiqishyapti. Ular o'zlari o'ylagan g'oyalarini sinab ko'rishyapti.
Ishoning, g'oyangizni sinab, uni realizatsiya qilib ko'rish hozirda juda arzonga aylanadi. Buni dasturchi bo'lmasangiz ham qilib ko'rsangiz bo'ladi.
Men aynan shunday insonlar uchun o'zbek tilida kichkina qo'llanma tayyorlattirdim. Erinmang, o'qib ko'ring.
Agar "yaxshi narsa ekanku, manam sinab ko'raman, bu ishlarni qilib bo'lgandan keyin nima qilaman?" deydiganlar bo'lsa, qilgan loyiha, applarni foydalanuvchilarga taqdim qilish, serverga yuklash, qisqasi ishga tushirishni ham qo'llanmasini soddaroq qilib taqdim qilaman.
$20 = 250 ming so'm - 1 oyga. 1 oy sotib olib foydalanib ko'ring, mazasinni his qiling, ishoning agar bir kirishib ketsangiz, o'z domiga tortib ketadi, uxlolmay chiqasiz.
G'oyalari ko'p tanishlaringizga yuborib qo'ysangiz bo'ladi.
Eng muhimi — boshlang. Birinchi loyihangizni bugun qiling. Xato qilishdan qo'rqmang — Claude sizga yordam beradi!
Marhamat:
https://claude.ai/public/artifacts/bb0aa2b1-d52f-46d3-bb2e-5379c92b8e46
❌
Yangi turdagi "Moshennik"
Assalomu alaykum,
Bu bezorilar sodda odamlarni aldash uchun nimalar qilmaydi-ya?
Bugun ko‘p kanallarning izohlar bo‘limida shu kanal nomida o‘xshash hisob ochib, kanal nomidan o‘zini nopok guruhlarini reklama qilmoqda.
Iltimos ularga ishonmang.
Agar e’tiborsiz qolib, kanaliga qo‘shilsangiz, keyin sizga sababchi bo‘lgan yaxshi kanal egasidan arz qilib yurasiz.
Iltimos, begona guruhlarga kirishdan oldin
Tekshiring.
Dam olish kunlaringiz barakali o‘tsin!
06.02.2026 London
@DrAlgorithm
❗️
Qudrat Abdurahimov.
tomonidan “
Talabgir dasturchi bo‘lish sirlari
” mavzusida seminar muvaffaqiyatli bo‘lib o‘tdi
🚀
💡
Ustozimiz o‘zlarining ko‘p yillik tajribalaridan kelib chiqib, ko‘plab foydali bilimlar, amaliy maslahatlar va motivatsion tavsiyalar bilan o‘rtoqlashdilar
Seminarda
50 ga yaqin ishtirokchi
qatnashib, o‘zlarini qiziqtirgan savollarga batafsil javob olishdi
🎓
Kelgusida ham shu kabi seminarlarimiz tajribali
senior ustozlar
tomonidan tashkil etib boriladi — oldinda yana ko‘plab foydali uchrashuvlar kutmoqda!
👉
Agar siz ham seminarlarda qatnashib, bilimlaringizni oshirish va savollaringizga javob topishni istasangiz — bizni kuzatishda davom eting !
😎
@gitauz
❗️
Millionlab o’zbekistonlikning shaxsiy ma’lumotlari tarqalib ketgan bo’lishi mumkin
Bugun, 3-fevral kuni xakerlik yo’li bilan olingan ma’lumotlar darknetga chiqarilgani haqida xabarlar tarqaldi.
Xabarlarda aytilishicha, davlatning asosiy
autentifikatsiya tizimi bo‘lgan OAuth serveri buzib kirilgan
va 15 millionga yaqin foydalanuvchiga oid ma’lumotlar o‘g‘irlangan. Ayrim manbalarda raqam bundan kamroqligi aytilmoqda.
Kiberxavfsizlik markazi hozirda mazkur holat yuzasidan o‘rganishlar olib borilayotgani va bu bo’yicha qo‘shimcha ma’lumot berilishini
bildirdi.
“Shaxsiy ma’lumotlaringizni boshqa shaxslarga oshkor etmang. Davlat va boshqa elektron axborot tizimlariga kirishda murakkab login va parollardan foydalaning. Shuningdek, shubhali havolalar orqali o'z ma’lumotlaringizni kiritishdan saqlanishingizni so‘raymiz”, – deya qo’shimcha qilinadi xabarda.
✅
Qo’shimcha ma’lumot:
ushbu ma’lumotlar aholini va qishloq xo’jaligini ro’yxatga olish
census.stat.uz
saytidan olingani haqidagi
mish-mishlar noto’g’ri.
OAuth autentifikatsiya serveri umuman boshqa tizim bo’lib, undan bir nechta davlat tashkilotlari o’z tizimlarida foydalanuvchilarning shaxsini aniqlashda foydalangan.
❓
Endi nima qilish kerak?
1️⃣
Imkoni bo’lsa, davlat tashkilotlari tizimiga, ayniqsa OneID tizimiga kirishdagi parolingizni almashtiring.
2️⃣
Bundan keyin 15 mln o’zbekistonlikning ma’lumotlarini sotib olgan
firibgarlarning kiberhujumi karrasiga oshib ketishi
kutilmoqda. Eng yomoni endi firibgarlar siz haqingizdagi juda ko’p shaxsiy ma’lumotlarni biladi va uni o’zingizga ham aytishadi.
Shu sababli, mabodo sizga kimdir telefon qilib, bankdanman, tergovdanman, vazirlikdanman desa va nimadir qilishni talab qilsa (ayniqsa, SMS-kodni aytishni),
ishonmang.
Sizning shaxsingiz haqidagi ma’lumotlarni to’liq aytishsa ham
ishonmang
. Voy, men haqimda shuncha narsani bilarkan, demak, rostdan ishonchli odam deb o’ylamang.
Xullas, o’zingizni ehtiyot tuting.
Yaqinlaringizni ham ogohlantiring. Telefon qo’ng’iroqlari yoki Telegram yozishmalariga aldanib qolishmasin.
👉
@xushnudbek
👈
❔
Hozirgi zamonaviy kompaniyalar qanday Android va mobil dasturchilarni
qidirishmoqda ?
“Android Roadmap 2026”
nomli
BEPUL
seminarda qatnashing va hammasiga javob oling
✅
14 yillik tajribaga ega
android dasturchi
, yuzlab dasturchilar ustozi
Sherzodbek Muhammadiev
tomonidan olib boriladi !
📆
Seminar 4-fevral soat 18:00 da
GITA dasturchilar akademiyasida
boʻlib o‘tadi.
📌
Joylar soni chegaralangan!
Hoziroq roʻyxatdan oʻtib joyingizni band qiling!
👉🏻
Roʻyxatdan oʻtish
Murojaat uchun:
👨💻
@GitaAdmin
📍
Manzil:
Anor plaza,4-qavat.(Shahriston metro yaqinida joylashgan)
❗️
❗️
❗️
❗️
❗️
❗️
❗️
Dasturchilar va dasturchilikka qiziquvchilar uchun yangilik!!!
Ko'p yillik tajribaga ega dasturchi, koʻplab senior dasturchilar ustozi
Qudrat Abdurahimov
tomonidan
“Talabgir dasturchi boʻlish sirlari”
nomli
BEPUL
seminarda ishtirok eting.
📆
Seminar
31-yanvar soat 19:00 da
GITA dasturchilar akademiyasida
boʻlib o‘tadi. Seminarda oʻzingizni qiziqtirgan barcha savollarga javob olishingiz mumkin!
⚠️
Joylar soni chegaralangan!
Hoziroq roʻyxatdan oʻtib joyingizni band qiling!
👉🏻
Roʻyxatdan oʻtish
Murojaat uchun:
🤙
908083738
💬
@GitaAdmin
📌
Anor plaza,4-qavat
.(Shahriston metro yaqinida joylashgan)