Выберите регион
и язык интерфейса
Покажем актуальные для региона
Telegram-каналы и возможности
Регион
avatar

SamATI | Rasmiy kanali

SamATI_Rasmiy
Samarqand agroinnovatsiyalar va tadqiqotlar instituti rasmiy telegram sahifasi Tel: +99866 492 81 16, +99893 235 97 88 Veb-sayt: www.samaguni.uz Murojaat uchun: @SamATIinfo_bot Facebook: fb.com/Samaguni.uz https://www.instagram.com/samati_rasmiy
Подписчики
1 620
24 часа
10
30 дней
-30
Просмотры
568
ER
0,38%
Посты (30д)
72
Символов в посте
971
December 10, 03:57
Файлы недоступны
2
Открыть в Telegram

Бугун — Ўзбекистон Республикаси Давлат мадҳияси қабул қилинган кун!
Серқуёш ҳур ўлкам, элга бахт, нажот,
Сен ўзинг дўстларга йўлдош, меҳрибон!
Яшнагай то абад илму фан, ижод,
Шуҳратинг порласин токи бор жаҳон!
1992 йил 10 декабрда “Ўзбекистон
Республикасининг Давлат мадҳияси тўғрисида”ги Қонун қабул қилинган.
Давлат мадҳиясининг муаллифи Ўзбекистон халқ шоири
Абдулла Орипов,
мусиқасини Ўзбекистон халқ артисти, бастакор
Мутаваккил Бурхонов
яратган.

@Zarnews_uz

December 09, 06:05
Файлы недоступны
1
1
Открыть в Telegram

#diqqat_tanlov
“Yoshlarning ekologiya yo‘nalishidagi innovatsion loyihalarini rag‘batlantirish maqsadida startap loyihalar tanlovi”da ishtirok eting!
“Bo‘lajak olim” doirasidagi tanlovga faqat ekologiya yo‘nalishiga oid innovatsion startap loyihalar qabul qilinadi.
Tanlov ishtirokchilariga qo‘yiladigan talablar:
- Ishtirokchi O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi bo‘lishi kerak;
- Yoshi 40 yoshdan oshmasligi lozim;
- Ilmiy daraja, unvon yoki ish joyidan qat’i nazar barcha yoshlarga ochiq;
- Har bir ishtirokchi faqat 1 ta loyiha bilan qatnashishi mumkin.
Startap loyihalarga qo‘yiladigan talablar:
- Loyiha faqat ekologiya sohasiga tegishli bo‘lishi;
- Ilmiy yangilik yoki innovatsion elementga ega bo‘lishi;
- Jamiyat va iqtisodiyotdagi muammoning yechimiga qaratilgan bo‘lishi;
- Talab etiladigan mablag‘lar aniq ko‘rsatilishi va asoslantirilishi;
- Amalga oshirish mexanizmlari, muddati va dastlabki natijalari keltirilgan bo‘lishi;
- So‘ralgan mablag‘ miqdori BHMning 3000 baravarigacha bo‘lishi;
- Materiallar haqqoniy, ishonchli, plagiatsiz bo‘lishi;
- Amalga oshirish muddati 12 oydan oshmasligi;
- Keltirilgan ma’lumotlar uchun loyiha muallifi shaxsan javobgar hisoblanadi.
Tanlovga taqdim etiladigan arizalar belgilangan hujjat shakllari asosida to‘ldirilib, 2025-yilning 25-dekabr kuni soat 23:59 ga qadar faqat elektron shaklda (
startup.ilmiy.uz
) qabul qilinadi.
🌐
Batafsil
Bizni kuzating
Web-site
|
Instagram
|
Facebook
|
YouTube
|
LinkedIn

December 08, 03:25
Файлы недоступны
1
1
Открыть в Telegram

#REKTOR_TABRIGI
#KONSTITUTSIYA

Assalomu alaykum, hurmatli ustozlar, aziz talaba-yoshlar!
🇺🇿
Barchangizni 8 – dekabr – O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilingan kun bilan chin dildan tabriklayman!
Konstitutsiya — davlatimiz taraqqiyot yo’lini, inson huquq va erkinliklarini belgilab beruvchi asosiy hujjat, xalqimizning irodasi, orzu-intilishlari mujassam topgan Qomusdir. Undagi har bir modda yurtimizdagi tinchlik, amalga oshirilayotgan islohotlar va har bir xonadondagi totuvlik bilan hamohangdir.
Batafsil:
👉
https://samaguni.uz/#/news/638
🤓
SamATI Axborot xizmati
📱
Website
📱
Telegram
📱
Facebook
📱
Instagram
📱
YouTube

December 05, 15:40
Файлы недоступны
1
Открыть в Telegram

#rasmiy
#qishki_taʼtil
⚡️
Talaba va o‘quvchilar uchun qishki ta’til 28-dekabrdan boshlanadi
Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligining tegishli buyrugʻiga muvofiq,
oliy, oʻrta maxsus va kasbiy taʼlim tashkilotlari
(davlat, nodavlat hamda xorijiy)
va akademik litseylar
talaba hamda o‘quvchilarining joriy o‘quv yili uchun qishki taʼtil muddati belgilandi.
Unga ko‘ra, qishki taʼtil
2025-yil 28-dekabrdan boshlanib, 2026-yil 10-yanvariga qadar
(shu kuni ham)
davom etadi.
Talaba va o‘quvchilarning qishki taʼtil davrida doimiy yashash hududlariga
(Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahriga)
borib-kelishlarini qulaylashtirish maqsadida
Transport vazirligi, “Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJ hamda “Uzbekistan Airways” AJ
bilan hamkorlikda qo‘shimcha imkoniyatlar yaratiladi.
Shunga muvofiq, 2025-yil
18-dekabrdan
2026-yil
12-yanvariga qadar
(shu kuni ham)
talabalar va o‘quvchilar uchun
50 foiz chegirma
asosida yo‘l chiptalari sotuvi yo‘lga qo‘yiladi.
Bizni kuzating
Facebook
|
Instagram
|
YouTube
|
Telegram

December 05, 09:02
Файлы недоступны
10
2
Открыть в Telegram

Qomusimiz - erkin va farovon hayotimiz kafolati!

Samarqand agroinnovatsiyalar va tadqiqotlar institutida 8 – dekabr – O‘zbekiston Respublikasi konstitutsiyasi kuni munosabati bilan “Qomusimiz - erkin va farovon hayotimiz kafolati!” shiori ostida bayram tadbiri bo‘lib o‘tdi.
Unda institut professor-o'qituvchilari, talabalar va ularning ota-onalari ishtirok etishdi.
🔺
Tadbir O‘zbekiston Respublikasi Davlat Madhiyasi bilan boshlandi. Shundan so’ng, so’zga chiqqan
institut rektori, professor Sh. Hasanov
barchani Konstitutsiyamiz qabul qilinganligining 33 yilligi bilan tabriklab, qomusimizning Vatanimiz rivoji va hayotimizda o’rni beqiyos ekanligini ta’kidladi. Xususan, jamiyat hayotining adolatli bo’lishi, avvalo, Konstitutsiyaga bog’liqligi aytib o’tildi.

Tadbir davomida dunyo va yurtimizda konstitutsiya hamda qonunchilik tarixi, qomusimizdagi asosiy tamoyillar, inson huquq va manfaatlariga mosligi va boshqalar haqida so’z yuritildi.
🔄
Yil davomida faolligi va yuqori natijalari bilan ajralib turgan professor-o’qituvchilar va talabalar diplom hamda tashakkurnomalar bilan taqdirandi. Institutimizning iqtidorli talaba-yoshlari tomonidan tayyorlangan badiiy chiqishlar va kuy-qo’shiqlar esa hammaga ko’tarinki kayfiyat, bayramona fayz ulashdi.
🤓
SamATI Axborot xizmati
📱
Website
📱
Telegram
📱
Facebook
📱
Instagram
📱
YouTube

December 05, 03:31
Файлы недоступны
1
Открыть в Telegram

Qiziqarli g‘oya yoki tashabbusingiz bormi?
Unda
“Kelajak uchun” forumida ishtirok eting!
Eng ilg‘or tashabbuslar rag‘batlantiriladi va davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlanadi.
➡️
Batafsil:
kelajakuchun.gov.uz
Bizni kuzating
Facebook
|
Instagram
|
YouTube
|
Telegram

December 04, 16:17

Вируссиз картошканинг илк маҳаллий нави - Халқ сўзи
https://xs.uz/uzkr/post/virussiz-kartoshkaning-ilk-mahallij-navi

December 04, 07:22
Файлы недоступны
1
1
Открыть в Telegram

💨
Aholi tashabbuslarini ilgari surish uchun maxsus forum o‘tkaziladi
“Kelajak uchun” forumi
istiqbolli tashabbuslar yo‘llanadigan ochiq muloqot maydoni. Undan asosiy maqsad soha va hududlarni rivojlantirishga jamoatchilikni jalb etish, aholi takliflarini yuzaga chiqarish, islohotlarning xalqchilligini ta’minlashdir.
Forum O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025 yil14 iyuldagi “Islohotlarni amalga oshirishda istiqbolli tashabbuslarni yanada qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi
Farmoni
ga muvofiq
o‘tkaziladi. Buning uchun mas’ul tashkilotlar hamkorligida tizim yo‘lga qo‘yildi,
kelajakuchun.gov.uz
kraud-platformasi ishga tushirildi.
Muhokamalarda eng dolzarb deb topilgan tashabbuslar
“Top-50” va “Top-10”
tarzida saralanadi.
G‘olib deb topilgan
10 ta
eng ilg‘or tashabbus
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentiga
taqdimot qilinadi. Yakunda ma’qullangan tashabbuslar hayotga tatbiq etiladi. Ularning mualliflari moddiy rag‘batlantirilib, loyihalari davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlanadi.
Forumda qatnashib
, mamlakatimiz taraqqiyoti uchun o‘z taklifingizni yo‘llang! Aynan Sizning tashabbusingiz g‘olib deb topilishi mumkin.
“Kelajak uchun”
istiqbolli tashabbuslar forumida ishtirok etish uchun
kelajakuchun.gov.uz
kraud-platformasi yoki
QR-kod
orqali havolaga o‘ting.
📞
Qo‘shimcha ma’lumot uchun: 71-203-03-08 (ichki raqam 197, 109)
Bizni kuzating
Facebook
|
Instagram
|
YouTube
|
Telegram

December 04, 05:55
Файлы недоступны
1
1
Открыть в Telegram

#EʼLON
🇮🇹
Qo'shma ta'lim dasturi asosida Italiyada o'qimoqchi bo'lgan talabalar diqqatiga!

Italiyaning Tushia universiteti bilan hamkorlikda amalga oshirilayotgan “Join Campus” qo‘shma ta’lim dasturi bo‘yicha saralash suhbati insitutda 17-dekabr kuni soat 14:00 da o‘tkaziladi.
Ushbu dasturda o‘qish istagini bildirgan 2-bosqich agrobiologiya fakulteti qishloq xo‘jaligi sohasida tahsil olayotgan talabalar suhbatda ishtirok etishlari mumkin.
Suhbat davomida talabalarning dasturdan kutilayotgan maqsad va natijalari, sohaga bo‘lgan qiziqishlari, kelajakda o‘zlashtirilgan bilim va ko‘nikmalarni qo‘llash rejalari, shuningdek xalqaro ta’limning kasbiy rivojlanishdagi ahamiyati kabi mavzular bo‘yicha umumiy savollar beriladi.
➡️
Mazkur suhbat “Join Campus” qo‘shma ta’lim dasturiga qabul jarayonining muhim bosqichidir. Talabalardan suhbatga puxta tayyorlanib kelishlari tavsiya etiladi.
Qo‘shimcha ma’lumot uchun:
Bosh bino, 2-qavat, 139-xona
🤓
SamATI Axborot xizmati
📱
Website
📱
Telegram
📱
Facebook
📱
Instagram
📱
YouTube

December 03, 12:11
Файлы недоступны
7
2
Открыть в Telegram

📌
"Top 10 innovator" tanlovi g'oliblari aniqlandi

Samarqand agroinnovatsiyalar va tadqiqotlar institutida
yoshlarning ilmiy-innovatsion faolligini oshirish, institutda innovatsion muhitni yanada rivojlantirish maqsadida
⚙️
“Top 10 innovator”
tanlovi bo'lib o'tdi.
🚛
Mazkur tanlovda institutning
34 nafar
iqtidorli talabalari o'zlarining ilmiy-innovatsion loyihalari bilan ishtirok etdilar.
🤔
Tanlov natijalariga ko'ra quyidagi talabalar g'olib deb topildi
hamda ularga institut rektorining tegishli buyrug'i bilan bazaviy stipendiyaning
bir baravari
miqdorida rag'batlantirilishi belgilandi.
1. Iskandarova Sayyora Sherzod qizi
Meva sabzavotchilik va uzumchilik ta’lim yo‘nalishi, 2-bosqich, 15-24-guruh talabasi
2. Xamroyev Azimjon Mansurovich
Dorivor o‘simliklarni yetishtirsh va qayta ishlash ta’lim yo‘nalishi, 4-bosqich, 14-22-guruh talabasi
3. Norboyeva Sabina Ikrom qizi
Meva sabzavotchilik va uzumchilik ta’lim yo‘nalishi, 3- bosqich, 16-23-guruh talabasi
4. Utkirova Jasmina Jasur qizi
Iqtisodiyot (qishloq xo‘jaligida) ta’lim yo‘nalishi, 3- bosqich, 02-23-guruh talabasi
5. Po‘latxonov Saidxon Sayfiddin o‘g‘li
Iqtisodiyot (tarmoqlar va sohalar bo‘yicha) ta’lim yo‘nalishi, 2-bosqich, 01-24-guruh talabasi
6. Ergashev Erali Panji o‘g‘li
Iqtisodiyot (tarmoqlar va sohalar bo‘yicha) ta’lim yo‘nalishi, 2-bosqich, 01-24-guruh talabasi
7. Karimova Sevinchoy Zohid qizi
Axborot tizimlari va texnologiyalari ta’lim yo‘nalishi, 2-bosqich, 05-24-guruh talabasi
8. Tolliboyeva Setora Baxtiyor qizi
Meva sabzavotchilik va uzumchilik ta’lim yo‘nalishi, 2-bosqich, 15-24-guruh talabasi
9. O‘ralova Zilola Sobirovna
Oziq-ovqat texnologiyasi ta’lim yo‘nalishi, 1-bosqich, 18-25-guruh talabasi
10. Xushvaqtov Jaloliddin G‘ayrat o‘g‘li
Dorivor o‘simliklarni yetishtirish va qayta ishlash mutaxassisligi magistranti
🤔
Institut
talaba-yoshlarini yanada faollikka chorlab qolamiz!
🤓
SamATI Axborot xizmati
📱
Website
📱
Telegram
📱
Facebook
📱
Instagram
📱
YouTube