
KDPI Yoshlar ittifoqi
#KDPI_Yoshlari
🎤
SHERXONLIK KECHASI
🎤
She’r va adabiyot ixlosmandlari uchun unutilmas kecha!
✨
Yuragingizdagi tuyg‘ularni she’r orqali ifoda eting yoki boshqalarning ijodidan bahra oling
📖
🔹
Jonli chiqishlar
🔹
Ijodiy muhit
🔹
Ilhom va yangi tanishuvlar
📅
Sana: 13-aprel
⏰
Vaqt: 19:00
📍
Manzil: 2-TTJ
5 qavat
Barchani taklif qilamiz!
🌙
Keling, ilhom va ijod kechasini birga o‘tkazamiz
💫
📩
Ma’lumot uchun:
@Javoh_r999
🌐
Ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalarimiz
1️⃣
Telegram
2️⃣
Instagram
3️⃣
Facebook
#KDPI_Yoshlari
🏛️
Kattaqo‘rg‘on davlat pedagogika institutida Sohibqiron Amir Temur tavalludining 690 yilligi munosabati bilan qiziqarli so‘rovnoma o‘tkazildi!
✨
Vatanimiz tarixining buyuk siymosi, kuchli davlat asoschisi va ilm-fan homiysi bo‘lgan Amir Temur bobomiz haqida talabalarimiz qanchalik bilimga ega?
🎬
Videoda quyidagi savollarga javob izladik:
📍
Amir Temur nechanchi yilda va qayerda tavallud topgan?
🌍
"Temur tuzuklari"da Sohibqiron nechta davlatni birlashtirgani aytiladi?
💍
Buyuk sarkardaning uzugiga qaysi hikmatli so‘zlar bitilgan edi?
🏙️
Temuriylar davlatining poytaxti qaysi shahar bo‘lgan?
👩🏻🎓
Talabalarimizning zukkoligi va tariximizga bo‘lgan hurmati bizni quvontirdi! Bilimingizni yanada mustahkamlang, zero o‘z tarixini bilmagan xalqning kelajagi bo‘lmaydi
🌐
Ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalarimiz
1️⃣
Telegram
2️⃣
Instagram
3️⃣
Facebook
#KDPI_Yoshlari
🎓
“Jadidlar bilimlar bellashuvi”
intellektual o‘yini
1-sonli TTJ da talaba qizlar o‘rtasida jadidlar merosiga bag‘ishlangan intellektual bellashuv yorqin, qizg‘in va yuqori kayfiyatda bo‘lib o‘tdi!
🔥
🧠
Bellashuv davomida ishtirokchilar jadidlar hayoti, ularning ma’rifatparvarlik g‘oyalari hamda millat ravnaqi yo‘lidagi xizmatlari yuzasidan berilgan savollarga tezkorlik, aniqlik va mantiqiy yondashuv bilan javob berdilar.
⚡
Har bir savol — yangi bilim, har bir javob — yangi imkoniyat bo‘ldi!
✨
O‘yin jarayoni nafaqat bilim sinovi, balki haqiqiy intellektual maydon, fikrlar to‘qnashuvi va ijobiy raqobat muhitiga aylandi. Ishtirokchilar o‘z salohiyatini namoyon etib, bilim va tafakkur uyg‘unligini ko‘rsatdilar.
🏆
Yakunda eng faol, zukko va bilimdon ishtirokchilar diplom hamda esdalik sovg‘alari bilan munosib taqdirlandi.
💡
Jadidlar ruhi — ma’rifat, taraqqiyot va uyg‘onish ramzi!
🌐
Ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalarimiz
1️⃣
Telegram
2️⃣
Instagram
3️⃣
Facebook
#KDPI_YOSHLARI
💬
✨
OCHIQ DAVRA SUHBATI O‘TKAZILDI
Fikrlar uchrashgan, tajribalar almashilgan maskan!
Aniq va tabiiy fanlar fakultetida talabalar uchun tashkil etilgan ochiq davra suhbati samimiy va mazmunli ruhda bo‘lib o‘tdi.
🤝
Suhbat davomida ishtirokchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob olib, ilmiy faoliyat, maqola yozish hamda stipendiyaga erishish yo‘llari haqida foydali tavsiyalar bilan tanishdilar.
💡
Jonli muloqot, erkin fikr almashinuvi va tajriba ulashish jarayoni barchaga motivatsiya bag‘ishladi.
🌱
Ushbu suhbat yoshlarni ilmga qiziqtirish, ularni yangi marralar sari ruhlantirishga xizmat qildi.
✨
Ilm sari tashlangan har bir qadam — kelajak sari yo‘l!
🌐
Ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalarimiz
1️⃣
Telegram
2️⃣
Instagram
3️⃣
Facebook
#KDPI_Yoshlari
🌟
Abdulla Qodiriy: Millat G‘ururi va Vijdon Ovozi
Bugun millatimizning buyuk adibi, o‘lmas obrazlar ijodkori Abdulla Qodiriy tavalludining 132yillik tantanasi. Uning qalami bilan dunyoga kelgan "O‘tgan kunlar" asari hamon qalblarda aks sado bermoqda.
🏛️
Adibning o‘lmas xitobi:
"Moziyga qaytib ish ko‘rmoq xayrlidir..."
Bu so‘zlar bugun ham o‘z ahamiyatini yo‘qotgani yo‘q. Tarixini bilmagan xalqning kelajagi ham bo‘lmaydi. Qodiriy bizga o‘tmish xatolaridan xulosa chiqarishni va milliy birlikni asrashni o‘rgatib ketdi.
Abdulla Qodiriy — shunchaki yozuvchi emas, u millat dardini qog‘ozga ko‘chirgan vijdon ovozidir. "O‘tgan kunlar"ni o‘qimagan yoki undagi dardni his qilmagan o‘zbek bo‘lmasa kerak.
✨
Pedagogika fakulteti talabalari tomonidan buyuk adib, millatimiz faxri Abdulla Qodiriy tavalludining 132 yilligi munosabati bilan maxsus videorolik tayyorlandi.
🎥
🌐
Ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalarimiz
1️⃣
Telegram
2️⃣
Instagram
3️⃣
Facebook
#KDPI_Yoshlari
🌟
G‘oyalaringizni daromadga aylantiring!
Sizda ta’lim sifatini oshirish bo‘yicha qiziqarli va innovatsion g‘oyalar bormi? Ularni shunchaki xayolda saqlamang, biz bilan bo‘lishing va munosib taqdirlaning!
O‘zbekiston Yoshlar ittifoqi hamda Kattaqo‘rg‘on davlat pedagogika instituti talabalar o‘rtasida "Ta’lim sifati — mening nigohimda" mavzusidagi eng yaxshi mustaqil ta’lim ishlari g‘oyalar marafonini e’lon qiladi!
🏆
G‘oliblar uchun ajoyib mukofotlar:
💰
1-o‘rin: Bazaviy hisoblash miqdorining 5 baravarigacha pul mukofoti;
🎁
2- va 3-o‘rinlar: Qimmatbaho esdalik sovg‘alari.
📅
Muddat: G‘oyalaringizni 15-aprelga qadar taqdim etishingiz mumkin.
Murojaat uchun:
@Tolliboyeva_oras_ta
🌐
Ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalarimiz
1️⃣
Telegram
2️⃣
Instagram
3️⃣
Facebook
#KDPI_Yoshlari
#Milliy_kontent
Go‘zallik va nafosat — milliy qadriyatlarimiz timsolida!
🌸
Haftaning har juma kuni – Kattaqo‘rg‘on davlat pedagogika institutida “Milliy liboslar kuni”!
✨
Milliy va zamonaviy liboslar uyg‘unligi: an’analarga ehtirom
✨
Filologiya va ijtimoiy fanlar fakulteti talabalari tomonidan milliy qadriyatlarimizni ulug‘lash hamda yoshlar o‘rtasida kiyinish madaniyatini targ‘ib qilish maqsadida maxsus videorolik tayyorlandi.
🎥
🌐
Ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalarimiz
1️⃣
Telegram
2️⃣
Instagram
3️⃣
Facebook
🏆
REKTOR KUBOGI | 2-TUR
Kattaqo‘rg‘on davlat pedagogika institutida o‘tkazilayotgan Rektor kubogi turnirining 2-tur o‘yini bo‘lib o‘tdi.
Navbatdagi bahsda jamoalar o‘z bilim, mantiqiy tafakkur va jamoaviy hamjihatlik darajalarini yana bir bor namoyon etdilar. Tur davomida qiziqarli savollar va faol ishtirok o‘yinga alohida ruh bag‘ishladi.
Ayni paytda turnir umumiy natijalari shakllanib borayotgan bo‘lib, har bir tur yakuni jamoalar uchun muhim ahamiyat kasb etmoqda.
Keyinga o’yinlarda ham barchani
Zakovat sayyorasida
kutib qolamiz
🎗
😘
Doʻstlarga ulashing!
🌐
Ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalarimiz
1️⃣
Telegram
2️⃣
Instagram
3️⃣
Facebook
#KDPI_Yoshlari
Kattaqo‘rg‘on davlat pedagogika instituti 2-sonli TTJda “Milliy qadriyatlar – ma’naviyatimiz ko‘zgusi” mavzusida tadbir o‘tkazildi.
✨
Unda talabalar milliy urf-odatlar va sahna ko‘rinishlarini namoyish etishdi. Faol ishtirokchilar va namunali xona egalari taqdirlandi.
⚡️
Mazkur tadbir yoshlarda milliy o‘zlikni anglash, ajdodlar merosiga hurmat va ma’naviy qadriyatlarga sadoqat tuyg‘ularini yanada mustahkamlashga xizmat qildi.
🌐
Ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalarimiz
1️⃣
Telegram
2️⃣
Instagram
3️⃣
Facebook
#KDPI_Yoshlari
Kitob — ma’naviyat xazinasi: Talabalar bilan samimiy muloqot
📚
✨
Yoshlar o‘rtasida kitobxonlik madaniyatini yuksaltirish, ularning mutolaaga bo‘lgan qiziqishini yanada oshirish maqsadida navbatdagi davra suhbati tashkil etildi.
✍️
📖
Mazkur tadbirda O‘zbekiston Yoshlar ittifoqi Kattaqo‘rg‘on davlat pedagogika instituti boshlang‘ich tashkiloti yetakchisi-H.Rashidov ishtirok etib, bugungi kun yoshlari uchun kitobxonlikning ahamiyati, intellektual salohiyatni oshirishda mutolaaning o‘rni haqida to‘xtalib o‘tdi.
🗣
Suhbat davomida:
Kitobga muhabbat: Dunyo va o‘zbek adabiyotining sara asarlari mutolaasi bo‘yicha fikr almashildi;
🌍
📙
Yangi loyihalar: Institutda kitobxonlikni targ‘ib qilishga qaratilgan yangi tanlovlar va loyihalar muhokama qilindi;
💡
📜
Xulosa
📌
✅
Tadbir juda ko‘tarinki ruhda va jonli muloqot shaklida o‘tdi. Kitobxon yoshlar — yurtimizning buyuk kelajagi poydevoridir!
🌐
Ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalarimiz
1️⃣
Telegram
2️⃣
Instagram
3️⃣
Facebook