Выберите регион
и язык интерфейса
Покажем актуальные для региона
Telegram-каналы и возможности
Регион
avatar

𝐒𝐚𝐦𝐈𝐒𝐈 | 𝐋𝐈𝐕𝐄 🚩

SamISI_LIVE
Samarqand iqtisodiyot va servis instituti faoliyatiga oid yangiliklar, e'lonlar va boshqa ma'naviy-ma'rifiy tadbirlar yoritilib boriladigan telegramdagi rasmiy sahifa! Aloqa uchun: @BotirErkinov
Подписчики
907
24 часа
-1
30 дней
-14
Просмотры
264
ER
20,18%
Посты (30д)
84
Символов в посте
724
Инсайты от анализа ИИ по постам канала
Категория канала
EDЖизнь студента
Пол аудитории
Женский
Возраст аудитории
25-34
Финансовый статус аудитории
Средний
Профессии аудитории
Образование
Краткое описание
April 30, 05:14
Файлы недоступны
4
2
Открыть в Telegram

#Etnosport
Servis fakulteti talabalari ishtirokida etnosport festivali bo'lib o'tdi
Ishtirokchilar milliy sport turlari va xalq o'yinlari orqali bir-birlari bilan kuch sinashishdi. Mazkur tadbir nafaqat raqobat ruhini oshirdi, balki talabalar o'rtasida do'stlik va hamjihatlikni yanada mustahkamladi.
🌟
🌟
🌟
🌟
🌟
🌟
🌟
🌟
🌟

𝐕𝐞𝐛-𝐬𝐚𝐲𝐭
|
🔹
𝐅𝐚𝐜𝐞𝐛𝐨𝐨𝐤
|
🔹
𝐓𝐞𝐥𝐞𝐠𝐫𝐚𝐦
🔹
𝐒𝐢𝐞𝐬_𝐥𝐢𝐯𝐞
|
🔹
𝐈𝐧𝐬𝐭𝐚𝐠𝐫𝐚𝐦
|
🔹
𝐘𝐨𝐮 𝐓𝐮𝐛
𝐞

April 30, 05:02
Файлы недоступны
3
2
Открыть в Telegram

Iqtisodiyot fakultetida “Ekologiya va tabiatni asrash” mavzusida davra suhbati tashkil etildi
Mazkur tadbirda fakultet tyutori S.M. Temirova tomonidan talaba-yoshlarga atrof-muhitni muhofaza qilishning dolzarb masalalari, bugungi kunda yuzaga kelayotgan ekologik muammolar va ularning yechimlari haqida batafsil ma’lumotlar berildi.
Shuningdek, suhbat davomida barqaror rivojlanish tamoyillari, tabiiy resurslardan oqilona foydalanish, ekologik madaniyatni shakllantirish hamda yoshlarning ushbu jarayondagi o‘rni va mas’uliyati alohida ta’kidlandi.
🌟
🌟
🌟
🌟
🌟
🌟
🌟
🌟
🌟

𝐕𝐞𝐛-𝐬𝐚𝐲𝐭
|
🔹
𝐅𝐚𝐜𝐞𝐛𝐨𝐨𝐤
|
🔹
𝐓𝐞𝐥𝐞𝐠𝐫𝐚𝐦
🔹
𝐒𝐢𝐞𝐬_𝐥𝐢𝐯𝐞
|
🔹
𝐈𝐧𝐬𝐭𝐚𝐠𝐫𝐚𝐦
|
🔹
𝐘𝐨𝐮 𝐓𝐮𝐛
𝐞

April 29, 16:13
Файлы недоступны
2
2
Открыть в Telegram

“Sun’iy intellektning zulmatli tomoni” mavzusida ochiq dars o‘tkazildi
Axborot texnologiyalari kafedrasi o‘qituvchisi J. Rustamov tomonidan kechki ta’lim fakulteti talabalari ishtirokida “Sun’iy intellektning zulmatli tomoni” mavzusida ochiq dars mashg‘uloti tashkil etildi.
Mazkur ochiq dars davomida sun’iy intellekt texnologiyalarining zamonaviy hayotdagi o‘rni, ularning inson faoliyatiga ko‘rsatayotgan ijobiy ta’siri bilan bir qatorda, yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan xavf va salbiy jihatlari ham atroflicha tahlil qilindi. Xususan, ma’lumotlar xavfsizligi, shaxsiy ma’lumotlarning himoyasi, noto‘g‘ri foydalanish oqibatlari hamda axloqiy muammolar kabi masalalarga alohida e’tibor qaratildi.
🌟
🌟
🌟
🌟
🌟
🌟
🌟
🌟
🌟

𝐕𝐞𝐛-𝐬𝐚𝐲𝐭
|
🔹
𝐅𝐚𝐜𝐞𝐛𝐨𝐨𝐤
|
🔹
𝐓𝐞𝐥𝐞𝐠𝐫𝐚𝐦
🔹
𝐒𝐢𝐞𝐬_𝐥𝐢𝐯𝐞
|
🔹
𝐈𝐧𝐬𝐭𝐚𝐠𝐫𝐚𝐦
|
🔹
𝐘𝐨𝐮 𝐓𝐮𝐛𝐞

April 29, 15:46
Файлы недоступны
6
2
Открыть в Telegram

Bank-moliya xizmatlari fakulteti jamoasi tashabbusi bilan “Qizlarjonlar” klubi”ning 5-son uchrashuvi tashkil etildi
Tadbir davomida talaba-qizlar o‘rtasida “Kahoot” intellektual o‘yini o‘tkazilib, ishtirokchilar o‘z bilim darajasi, tezkor fikrlash qobiliyati hamda mantiqiy yondashuvlarini sinovdan o‘tkazdilar. Qizg‘in va raqobatbardosh ruhda kechgan o‘yin jarayoni barchaga ko‘tarinki kayfiyat ulashdi.
Uchrashuv doirasida shuningdek, talaba-qizlarning bilim va salohiyatini rivojlantirish, ularni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, ijtimoiy faolligini oshirish hamda jamiyat hayotida faol ishtirokini ta’minlashga qaratilgan muhim masalalar yuzasidan fikr almashildi.
🌟
🌟
🌟
🌟
🌟
🌟
🌟
🌟
🌟

𝐕𝐞𝐛-𝐬𝐚𝐲𝐭
|
🔹
𝐅𝐚𝐜𝐞𝐛𝐨𝐨𝐤
|
🔹
𝐓𝐞𝐥𝐞𝐠𝐫𝐚𝐦
🔹
𝐒𝐢𝐞𝐬_𝐥𝐢𝐯𝐞
|
🔹
𝐈𝐧𝐬𝐭𝐚𝐠𝐫𝐚𝐦
|
🔹
𝐘𝐨𝐮 𝐓𝐮𝐛𝐞

April 29, 15:34
Файлы недоступны
3
2
Открыть в Telegram

“Onlayn qimor oqibatlari” mavzusida davra suhbati o‘tkazildi
Iqtisodiyot fakulteti tyutori G. Hamidova tomonidan o‘ziga biriktirilgan guruh talabalari ishtirokida “Onlayn qimor oqibatlari” mavzusida davra suhbati tashkil etildi.
Mazkur suhbat davomida onlayn qimor o‘yinlarining salbiy oqibatlari, ularning inson hayotiga, ayniqsa, yoshlar ongiga ko‘rsatadigan ta’siri haqida atroflicha ma’lumotlar berildi. Xususan, bunday o‘yinlar nafaqat moliyaviy yo‘qotishlarga olib kelishi, balki insonda qaramlikni yuzaga keltiruvchi psixologik va hissiy muammolarni ham keltirib chiqarishi alohida ta’kidlandi.
🌟
🌟
🌟
🌟
🌟
🌟
🌟
🌟
🌟

𝐕𝐞𝐛-𝐬𝐚𝐲𝐭
|
🔹
𝐅𝐚𝐜𝐞𝐛𝐨𝐨𝐤
|
🔹
𝐓𝐞𝐥𝐞𝐠𝐫𝐚𝐦
🔹
𝐒𝐢𝐞𝐬_𝐥𝐢𝐯𝐞
|
🔹
𝐈𝐧𝐬𝐭𝐚𝐠𝐫𝐚𝐦
|
🔹
𝐘𝐨𝐮 𝐓𝐮𝐛𝐞

April 29, 15:24
Файлы недоступны
4
2
Открыть в Telegram

#SamISI95
#Tyutor_faoliyati
Servis fakulteti talabalari uchun A. Pushkin nomidagi viloyat axborot-kutubxona markaziga ekskursiya tashkil etildi
Mazkur ekskursiya davomida talabalar kutubxonaning boy fondi, zamonaviy axborot-resurs markazlari, elektron katalog tizimi hamda o‘quv zallari faoliyati bilan yaqindan tanishdilar. Shuningdek, ularga kitobxonlik madaniyati, mustaqil ta’lim olishda kutubxonalarning o‘rni hamda ilmiy izlanish olib borishda axborot manbalaridan samarali foydalanish bo‘yicha muhim tavsiyalar berildi.
Tadbir davomida mutaxassislar tomonidan talabalarga zamonaviy bilim olishda kitobning o‘rni, mutolaa orqali tafakkurni rivojlantirish hamda intellektual salohiyatni oshirish masalalari yuzasidan batafsil ma’lumotlar taqdim etildi.
Mazkur ekskursiya talabalarning bilim olishga bo‘lgan qiziqishini yanada oshirish, ularni kitobxonlikka keng jalb etish hamda ilmiy dunyoqarashini kengaytirishda muhim ahamiyat kasb etdi.
Servis fakultetida bu kabi ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar izchil davom ettirilib, talaba-yoshlarning har tomonlama barkamol shaxs sifatida shakllanishiga xizmat qilmoqda.
🌟
🌟
🌟
🌟
🌟
🌟
🌟
🌟
🌟

𝐕𝐞𝐛-𝐬𝐚𝐲𝐭
|
🔹
𝐅𝐚𝐜𝐞𝐛𝐨𝐨𝐤
|
🔹
𝐓𝐞𝐥𝐞𝐠𝐫𝐚𝐦
🔹
𝐒𝐢𝐞𝐬_𝐥𝐢𝐯𝐞
|
🔹
𝐈𝐧𝐬𝐭𝐚𝐠𝐫𝐚𝐦
|
🔹
𝐘𝐨𝐮 𝐓𝐮𝐛𝐞

April 29, 15:12
Файлы недоступны
7
2
Открыть в Telegram

#SamISI95
#Tyutor_faoliyati
Samarqand iqtisodiyot va servis instituti iqtisodiyot fakulteti 2-kurs talabalari bilan A. S. Pushkin nomidagi Samarqand viloyat axborot-kutubxona markazida
"Qiziqarli kutubxonada"
nomli  ekskursiya tashkil qilindi.
Unda talabalarga mutaxassislar tomonidan kutubxonada yaratilgan sharoitlar, kitoblar olami, kutubxona loyihalari bo'yicha faoliyat yuritayotgan elektron ma'lumot bazalari haqida batafsil ma'lumotlar berib o'tildi
🌟
🌟
🌟
🌟
🌟
🌟
🌟
🌟
🌟

𝐕𝐞𝐛-𝐬𝐚𝐲𝐭
|
🔹
𝐅𝐚𝐜𝐞𝐛𝐨𝐨𝐤
|
🔹
𝐓𝐞𝐥𝐞𝐠𝐫𝐚𝐦
🔹
𝐒𝐢𝐞𝐬_𝐥𝐢𝐯𝐞
|
🔹
𝐈𝐧𝐬𝐭𝐚𝐠𝐫𝐚𝐦
|
🔹
𝐘𝐨𝐮 𝐓𝐮𝐛𝐞

April 29, 11:40
Файлы недоступны
4
2
Открыть в Telegram

#SamISI95
#Amir_Temur_vorislari
“Amir Temur vorislari” harbiy-sport musobaqasi koʻrik-tanlovining 2-hududiy saralash bosqichida Samarqand iqtisodiyot va servis instituti jamaosi faol ishtirok etdi.
🌟
🌟
🌟
🌟
🌟
🌟
🌟
🌟
🌟

𝐕𝐞𝐛-𝐬𝐚𝐲𝐭
|
🔹
𝐅𝐚𝐜𝐞𝐛𝐨𝐨𝐤
|
🔹
𝐓𝐞𝐥𝐞𝐠𝐫𝐚𝐦
🔹
𝐒𝐢𝐞𝐬_𝐥𝐢𝐯𝐞
|
🔹
𝐈𝐧𝐬𝐭𝐚𝐠𝐫𝐚𝐦
|
🔹
𝐘𝐨𝐮 𝐓𝐮𝐛
𝐞

April 28, 09:57
Файлы недоступны
3
2
Открыть в Telegram

#SamISI95
#GRACE
Komplaens nazorat: Servis fakultetida GRACE dasturi bo‘yicha seminar-trening o‘tkazildi
Samarqand iqtisodiyot va servis instituti servis fakulteti tyutorlari tashabbusi bilan
“Siyosiy, g‘oyaviy va iqtisodiy korrupsiya – xavfsizlikka tahdid, xalqaro korrupsiya iqtisodiy-siyosiy manfaatlar to‘qnashuvi oqibati sifatida”
mavzusida seminar-trening o‘tkazildi.
Tadbir davomida korrupsiyaning jamiyat hayotiga salbiy ta'siri, uning asosiy sabablari hamda unga qarshi kurashishning samarali usullari haqida so‘z yuritildi.
🌟
🌟
🌟
🌟
🌟
🌟
🌟
🌟
🌟

𝐕𝐞𝐛-𝐬𝐚𝐲𝐭
|
🔹
𝐅𝐚𝐜𝐞𝐛𝐨𝐨𝐤
|
🔹
𝐓𝐞𝐥𝐞𝐠𝐫𝐚𝐦
🔹
𝐒𝐢𝐞𝐬_𝐥𝐢𝐯𝐞
|
🔹
𝐈𝐧𝐬𝐭𝐚𝐠𝐫𝐚𝐦
|
🔹
𝐘𝐨𝐮 𝐓𝐮𝐛
𝐞

April 28, 04:51
Файлы недоступны
3
2
Открыть в Telegram

#SamISI95
#Psixolog_faoliyati
Talabalar uchun ruhiy salomatlik va emotsional barqarorlik mavzusida seminar tashkil etildi
Samarqand iqtisodiyot va servis instituti psixologi D.To‘xtamisheva hamda servis fakulteti tyutorlari hamkorligida talabalar ishtirokida “Ruhiyat — salomatlik garovidir” hamda “Tashqi agressiv muhitda emotsional muvozanatni saqlash” mavzularida seminar va davra suhbati tashkil etildi.
Mazkur tadbir davomida talabalarning ongi va dunyoqarashiga ta’sir ko‘rsatishi mumkin bo‘lgan turli tashqi omillar, ularga nisbatan ijtimoiy-psixologik immunitetni shakllantirish, ruhiy barqarorlikni mustahkamlash hamda sog‘lom fikrlash muhitini qaror toptirish masalalari atroflicha muhokama qilindi.
Seminar davomida interaktiv muloqotlar, savol-javoblar va fikr almashuvlar tashkil etilib, talabalar mavzu yuzasidan o‘z fikr-mulohazalarini bildirdilar. Bu esa tadbirning yanada mazmunli va samarali o‘tishiga xizmat qildi.
Bunday seminar va davra suhbatlari talaba-yoshlarning ruhiy salomatligini mustahkamlash, ularda hayotiy vaziyatlarga ongli va bardoshli yondashuvni shakllantirish, shuningdek, sog‘lom va barkamol shaxs sifatida kamol topishida muhim ahamiyat kasb etadi.
🌟
🌟
🌟
🌟
🌟
🌟
🌟
🌟
🌟

𝐕𝐞𝐛-𝐬𝐚𝐲𝐭
|
🔹
𝐅𝐚𝐜𝐞𝐛𝐨𝐨𝐤
|
🔹
𝐓𝐞𝐥𝐞𝐠𝐫𝐚𝐦
🔹
𝐒𝐢𝐞𝐬_𝐥𝐢𝐯𝐞
|
🔹
𝐈𝐧𝐬𝐭𝐚𝐠𝐫𝐚𝐦
|
🔹
𝐘𝐨𝐮 𝐓𝐮𝐛
𝐞