Выберите регион
и язык интерфейса
Покажем актуальные для региона
Telegram-каналы и возможности
Регион
avatar

Samarqand viloyat Oila va xotin-qizlar boshqarmasi

SamOXQB_yangiliklari

Samarqand viloyati Oila va xotin-qizlar boshqarmasining telegramdagi rasmiy kanaliga xush kelibsiz!

Подписчики
854
Просмотры
194
ER
22,83%
Посты
11 674
October 29, 09:52
Файлы недоступны
5
Открыть в Telegram

Bugun Narpay tumanida “Yoshlarni oilaviy hayotga tayyorlash” mavzusida o‘quv mashg‘uloti tashkil etildi. Tadbirda FHDYO bo‘limiga nikohdan o‘tish uchun ariza topshirgan 26 nafar yosh juftlik ishtirok etdi.
Mazkur mashg‘ulot O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 820-sonli qarori asosida tashkil etilib, unda tuman hokimining o‘rinbosari, Oila va xotin-qizlar bo‘limi boshlig‘i hamda hamkor tashkilotlar ishtirok etdilar.
Tadbir davomida yoshlarga oila inson hayotidagi eng muqaddas dargoh ekani, undagi o‘zaro hurmat, sadoqat va sabr-toqatning ahamiyati haqida so‘z yuritildi. Shuningdek, sog‘lom va mustahkam oila qurish, oilaviy burch va mas’uliyatni his etish, to‘ylarni ixcham va mazmunli o‘tkazish bo‘yicha foydali tavsiyalar berildi.
Mazkur o‘quv mashg‘uloti yoshlarni oilaviy hayotga tayyorlash, ularning huquqiy va ma’naviy savodxonligini oshirish, jamiyatda mustahkam oilalar sonini ko‘paytirishga xizmat qiladi.
Viloyat Oila va xotin-qizlar boshqarmasi

October 29, 03:12
Файлы недоступны
5
Открыть в Telegram

📌
Maromiylik madaniyati targ‘ib qilindi
“Isrofgarchilikka chek qo‘yaylik — maromiylik madaniyatini birgalikda shakllantiraylik” mavzusida tadbir o'tkazildi.
Unda Jomboy tuman hokimi o‘rinbosari H. Rahimova, Respublika ma’naviyat va ma’rifat markazi tuman bo‘linmasi boshlig‘i H. To‘rayev, “Oqila ayollar” jamoatchilik tuzilmasi yetakchisi H. O‘sarova hamda mahalla faollari ishtirok etdi.
Tadbirda so‘z olganlar to‘y va boshqa marosimlarda ortiqcha dabdaba va isrofgarchilikka chek qo‘yish, soddalik va ixchamlikni targ‘ib etish zarurligini ta’kidlashdi.
Viloyat Oila va xotin -qizlar boshqarmasi

October 28, 16:50
Файлы недоступны
6
Открыть в Telegram


Nurobod tuman xokimligi Oila va xotin -qizlar boʻlimi va tumandagi barcha  taʼlim muassasalari bilan hamkorlikda "Qiz bola hayosi va ibosi bilan goʻzal " shiori ostida maʼnaviy maʼrifiy tadbirlar oʻtkazilmoqda.
Viloyat Oila va xotin-qizlar boshqarmasi

October 28, 16:41
Файлы недоступны
6
Открыть в Telegram

Qizlar hayosi, ibosi bilan go‘zal!
Nurobod tumanida “Qizlar hayosi, ibosi bilan go‘zal” shiori ostida davra suhbati tashkil etildi.
Davra suhbati Oila va xotin-qizlar bo‘limi, tuman ichki ishlar bo‘limi, oqila ayollar harakati yetakchilari, 2-sonli umumta’lim maktabi jamoasi hamda mahalladagi xotin-qizlar hamkorligida o‘tkazildi.
Uchrashuvda yosh avlodni milliy qadriyatlar va odob-axloq an’analariga sadoqat ruhida tarbiyalash, ularning ijtimoiy faolligini oshirish hamda turli salbiy oqimlar va illatlardan himoya qilish masalalari atroflicha muhokama qilindi.
Shuningdek,
25-oktabr — “Ichki ishlar organlari xodimlari kuni”
munosabati bilan Nurobod tumani IIB katta leytenanti Izzatova Shaxlo G‘ayrat qizi tuman hokimligning tashakkurnomasi hamda esdalik sovg'alari bilan taqdirlandi.
Mazkur davra suhbatlari xotin-qizlar o‘rtasida sog‘lom muhit, o‘zaro hurmat va totuvlikni mustahkamlash, hayoli va iboli qizlar timsolini targ‘ib etishga xizmat qilmoqda.
Viloyat Oila va xotin —qizlar boshqarmasi

October 28, 16:38
Файлы недоступны
5
Открыть в Telegram

Nurobodlik mardlik va sadoqat yo‘lini tanlagan qiz
Har bir inson hayotida tanlovlar bo‘ladi. Kimdir oson yo‘lni tanlaydi, yana kimdir esa mashaqqatli, ammo sharafli yo‘lni.
Nurobod tumanining Saroy mahallasida tug‘ilib o'sgan Aliyeva Aziza Utkirovna ham ana shunday sharafli yo‘lni tanlagan yoshlardan biridir.
2005-yil 20-sentabrda tug‘ilgan bu iste’dodli qiz bugun O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Akademiyasining “Tezkor-qidiruv faoliyati” yo‘nalishi 3-bosqichida tahsil olmoqda.
Yosh bo‘lishiga qaramay, Aziza o‘zining qat’iyati, bilimga chanqoqligi va orzulariga sodiqligi bilan tengdoshlariga ibrat bo‘lib kelmoqda.
Ko‘pchilik uchun ichki ishlar sohasida xizmat qilish — og‘ir, erkaklarga xos kasbdek tuyuladi. Ammo Aziza bu yo‘ldan qo‘rqmadi. U o‘zining aql-zakovati, teran fikrlashi, jamoa bilan ishlash mahorati va kasbiga bo‘lgan cheksiz muhabbati bilan boshqalardan ajralib turadi.
Bugun u nafaqat Akademiyaning, balki Nurobod tumanining faxrli qizlaridan biridir.
U xalqaro va respublika miqyosidagi ko‘rik-tanlovlarda ham munosib ishtirok etib kelmoqda.
Xususan, “Korabl Znaniy” xalqaro olimpiadasi, Umumrossiya xalqaro konkursi, “Magistr” xalqaro tanlovlarida 1-o‘rin, “Rossiya talantlari” tanlovida esa 2-o‘rinni egallagan.
Respublika fan olimpiadasida “Fuqarolik va oila” fanidan, shuningdek “QVZ – 2024” respublika finalida ham faxrli birinchi o‘rinni qo‘lga kiritgan.
Aziza o‘zining fidokorona mehnati bilan MDH miqyosidagi “Eng yaxshi xizmatlari uchun” hamda “Ta’lim iftixori” ko‘krak nishonlariga sazovor bo‘lgan.
Eng e’tiborlisi — AQShda chop etiladigan ISOC xalqaro jurnalida Azizaning “Jinoyat protsessida xususiy ayblov institutini takomillashtirish” mavzusidagi ilmiy maqolasi chop etilgan. Bu — yosh kursant uchun katta yutuq, ichki ishlar tizimidagi yoshlar uchun esa ibratli namuna.
Aziza o‘z yo‘lini shunchaki kasb emas, Vatanga sadoqat va xizmat yo‘li deb biladi. U Ichki ishlar vaziri stipendiyasi sohibasi bo‘lib, o‘qish davomida bir necha bor Akademiya rahbariyati va ustozlari tomonidan minnatdorchilik xatlari bilan taqdirlangan.
Uning nazarida xizmat libosi — bu oddiy forma emas. Bu burch, mas’uliyat va Vatanga muhabbat ramzidir. Har bir yutug‘i ortida esa ota-onasining mehr-muhabbati, ishonchi va sabr-toqati mujassam. Ular Azizaga bolalikdan halollik, mehnatsevarlik, intilish va Vatanni sevish tuyg‘ularini singdirganlar.
Bugun shu qadriyatlar unga mustahkam poydevor, hayot yo‘lida yo‘l-yo‘riq bo‘lib xizmat qilmoqda. Azizaning yutuqlari — bu nafaqat uning, balki farzandining orzusi yo‘lida fidokorlik bilan mehnat qilgan ota-onasining ham g‘ururidir.
A.Aliyevaning kelgusidagi xizmat faoliyatlariga ulkan muvaffaqiyat va zafarlar tilab qolamiz.
©️
@nur_press

October 28, 15:40
Файлы недоступны
5
Открыть в Telegram

📌
Maromiylik madaniyati targ‘ib qilindi
“Isrofgarchilikka chek qo‘yaylik — maromiylik madaniyatini birgalikda shakllantiraylik” mavzusida tadbir o'tkazildi.
Unda tuman hokimi o‘rinbosari Hilola Rahimova, Respublika ma’naviyat va ma’rifat markazi tuman bo‘linmasi boshlig‘i Hamza To‘rayev, “Oqila ayollar” jamoatchilik tuzilmasi yetakchisi Hafiza O‘sarova hamda mahalla faollari ishtirok etdi.
Tadbirda so‘z olganlar to‘y va boshqa marosimlarda ortiqcha dabdaba va isrofgarchilikka chek qo‘yish, soddalik va ixchamlikni targ‘ib etish zarurligini ta’kidlashdi.
Ulaning va ulashing:
📱
Veb-sayt
|
📱
Facebook
📱
Telegram
|
📱
Instagram

October 28, 14:14
Файлы недоступны
5
Открыть в Telegram


Bugun Urgut tumanining Juroptepa mahallasida  mahallaning faol xotin-qizlari, oqila ayollari bilan mahallada to'ylarni ixchamlashtirish, isrofgarchiliklarni oldini olish, erta turmush, erta unashtirishlarga barham berish, milliy qadriyatlarimizni asrash, milliy liboslarimizni targ'ib qilish,ma'naviy muhitni sog'lomlashtirish masalalari bo'yicha davra suhbat o'tkazildi.

Tadbirda tuman hokimi o'rinbosari,Oila va xotin-qizlar bo'limi boshlig'i M.Qobilova,IIB xotin-qizlar bo'yicha inspektori Z.Yo'ldashova va mahalla faollari ishtirok etishdi.
Tadbirdan keyin mahalladagi ijtimoiy himoyaga muhtoj bo'lgan oilalar holidan habar olindi va mutasaddilarga sharoitlarini to'g'rilash bo'yicha ko'rsatma berildi.
Viloyat Oila va xotin-qizlar boshqarmasi

October 28, 12:10
Файлы недоступны
2
1
Открыть в Telegram

Paxtachida "Yil ayoli" tadbiri bo‘lib o‘tdi
Mamlakatimizning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishiga munosib xissasini qo‘shib kelayotgan, yuksak ma’naviyatli, oilada va farzand tarbiyasida ibrat bo‘lish bilan birga o‘zi faoliyat ko‘rsatayotgan tashkilot nufuzini oshirishda faol ishtirok etayotgan turli soha egalari bo‘lgan ayollarni qo‘llab-quvvatlash, rag‘batlantirish, munosib taqdirlash davlat va jamiyat hayotida faol ishtirok etayotgan, har jihatdan ibratli, iste’dodli ayollarni aniqlash, ularning faoliyatini keng jamoatchilikka yaqindan tanishtirish, ilg‘or ish tajribasini ommalashtirish maqsadida tuman madaniyat bo‘limida "Yil ayoli 2025" ko‘rik tanlovi bo‘lib o‘tdi . Tanlovda tumanimizning yuksak kasb mahoratiga ega bo‘lgan ayollar e’tibor ko‘rsatilib munosib taqdirlandilar.
Biz
👉
http://myurls.co/paxtachi

October 28, 11:02
Файлы недоступны
1
Открыть в Telegram

"MAXSUS REPORTAJ" K
OʻRSATUVI
#samarqandmtrk
Telegram
|
Facebook
|
Youtube
|
Instagram

October 28, 06:43
Файлы недоступны
3
Открыть в Telegram

#МашаАллоҳ
Самарқанддаги тож махал
Макка ва Мадинадан кейинги зиёратгоҳлардан бир бўлмиш Имом Бухорий зиёратгоҳи