
Sayxunobod tuman hokimligi | RASMIY
‼️
Эслатиб ўтамиз, "муҳофаза зоналари"да тақиқланган ишлар, жумладан ёнғин келтириб чиқариши мумкин бўлган хатти-ҳаракатларни содир этганлик учун амалдаги қонунчиликка биноан жавобгарлик мавжуд.
⚡️
Қонунни билмаслик жавобгарликдан озод этмайди!
⚠️
Эътибор беринг, Ўзбекистон Республикаси Вазирлар Маҳкамасининг 2018 йил 26 декабрдаги 1050-сон қарори, 3-боб, 13-бандига мувофиқ Электр тармоғи хўжалиги объектлари – ушбу электр тармоғи хўжалиги объектлари ўз ихтиёрида бўлган корхоналар томонидан муҳофаза қилиниши белгилаб қўйилган.
⚠️
Қарорнинг 14-бандида электр тармоғи хўжалиги объектларининг "муҳофаза зоналари" масофаси — электр узатиш линияларининг кучланиш миқдорига мос тарзда белгилаб берилган ва улар қуйидагича:
🔴
35 киловольт кучланишли линиялар учун – 15 метр;
🔴
110 киловольт кучланишли линиялар учун – 20 метр;
🔴
220 киловольт кучланишли линиялар учун – 25 метр;
🔴
500 киловольт кучланишли линиялар учун – 30 метр.
🕯
Эслатиб ўтамиз, электр узатиш ҳаво линиялари бўйлаб — четдаги симлардан, уларнинг оғмаган ҳолатида электр узатиш линиясининг иккала томони бўйлаб, электр узатиш линияси таянчи баландлигига мос бўлган баландликдаги масофага эга параллель вертикал текисликлар билан
чегараланган ер участкаси ва ҳаво макони қисми — электр узатиш линияларининг “муҳофаза зонаси”
деб аталади.
📌
Маълумот ўрнида:
Ўзбекистон Республикаси Вазирлар Маҳкамасининг 2018 йил 26 декабрдаги 1050-сонли қарори ижросини таъминлаш мақсадида Магистрал электр ттармоқлари филиаллари тасарруфидаги электр тармоқларининг "муҳофаза зоналари" ҳудудларида
2026 йил 5 январь ҳолатига аниқланган ноқонуний қурилмалар сони
1095 тани
ташкил этган. Аниқланган ушбу қонун бузилиши ҳолатлари ваколатли органлар томонидан амалдаги тартибда бартараф этилмоқда.
💬
Facebook
📸
Instagram
📹
Youtube
✅
«Ўзбекистон МЭТ» АЖ
Ахборот хизмати
Umumxalq xayriya hashari o‘tkaziladi
Joriy yilning 13–14-mart kunlari yurtimiz bo‘ylab
“Yurt obodligi, avvalo, mahalladan boshlanadi!”
shiori ostida umumxalq xayriya hashari tashkil etiladi.
Mazkur hashar doirasida mahallalar, ko‘chalar, xiyobon va jamoat maskanlarini obodonlashtirish, hududlarni tozalash, daraxt va gul ko‘chatlari ekish, atrof-muhitni yanada fayzli va ko‘rkam qilish ishlari amalga oshiriladi.
Aziz sirdaryoliklar!
Barchangizni umumxalq xayriya hasharida faol qatnashib, mahallalarimiz ravnaqi, obodligi va ko‘rkamligi yo‘lida munosib hissa qo‘shishga chorlaymiz.
Obod mahalla — farovon hayot garovi. Birgalikdagi mehnat esa yurtimiz go‘zalligini yanada oshiradi.
📺
"Diyor yangiliklari"
🎞
Qishloq xo'jaligi
|
Telegram
|
Web-site
|
Instagram
| YouTube
|
X
|
📺
"Diyor yangiliklari"
🎞
Tibbiyotdagi islohotlar
|
Telegram
|
Web-site
|
Instagram
| YouTube
|
X
|
Ovoz berish bosqichi boshlanishiga 1 kun qoldi
Bugun,
10-mart soat 23:59 da
“Tashabbusli budjet” doirasida saralashdan o‘tgan loyihalarga ovoz berish bosqichi boshlanadi. Mazkur jarayon
20-mart soat 23:59 ga qadar
davom etadi.
❗️
Eslatib o‘tamiz, sheriklik loyihalari bo‘yicha fuqarolar mablag‘larni
bugun, 10-mart soat 18:00 ga qadar
tranzit hisobraqamlariga o‘tkazishlari
lozim
.
O‘z hududingizdagi mavjud muammolarni hal etishda faol bo‘ling!
#DIQQAT
#E'LON
⚡️
Sayxunobodda umumxalq xayriya hashari o‘tkaziladi
🌱
13–14-mart kunlari
yurtimiz bo‘ylab
“Yurt obodligi, avvalo, mahalladan boshlanadi!”
shiori ostida
umumxalq xayriya hashari
tashkil etiladi. Mazkur tadbir doirasida
Sayxunobod tumanida ham
keng ko‘lamli
obodonlashtirish
va
ko‘kalamzorlashtirish
ishlari amalga oshiriladi.
🌳
Hashar kunlari
tumanning barcha mahallalarida
ko‘chalar, ko‘p qavatli uylar va xonadonlar atrofi tartibga keltiriladi,
xiyobonlar, ziyoratgohlar
hamda
qabristonlarda
tozalash va obodonlashtirish ishlari olib boriladi. Shuningdek, bolalar maydonchalari ta’mirlanadi, daraxtlarga ishlov berilib, yangi ko‘chatlar ekiladi.
“Yashil makon”
loyihasi doirasida hududlarni yanada ko‘kalamzorlashtirishga alohida e’tibor qaratiladi.
🤝
Bundan tashqari, hashar jarayonida ijtimoiy himoyaga muhtoj fuqarolarning uy-joy sharoitlarini yaxshilashga ko‘maklashish ishlari ham yo‘lga qo‘yiladi.
Aziz tumandoshlar!
Barchangizni umumxalq xayriya hasharida faol qatnashib, mahallamiz va tumanimiz ravnaqi yo‘lida munosib hissa qo‘shishga chorlaymiz!
🌿
✨
|
Telegram
|
Web-site
|
Instagram
| YouTube
|
X
|
❗️
Uy-joy uchun subsidiya ochilmoqda
Prezidentning (24.02.2026)
29-sonli
Farmoniga koʻra, ipoteka kreditlari bo‘yicha subsidiyalar to‘lashning tasdiqlangan maqsadli ko‘rsatkichlari doirasida arizalarni
16-mart kuni soat 09:00 dan
boshlab jo‘natish mumkin va arizalar qabuli
1-dekabrga qadar
davom etadi.
Arizalarni
Davlat xizmatlari markazlari orqali
borgan holda yoki
Yagona portal (
my.gov.uz
) orqali
masofadan turib topshirish mumkin.
✅
Subsidiya orqali uy-joy olaman degan talabgorlarning o‘rtacha oylik daromadi quyidagicha boʻlishi kerak:
➖
Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlarda — mehnatga haq to‘lash eng kam miqdorining
2,7 baravaridan 8 baravarigacha;
➖
Toshkent shahrida —
2,7 baravaridan 9,2 baravarigacha
bo‘lishi kerak.
⚠️
Eslatma:
Daromad arizachi yoki uning turmush o‘rtog‘i (zarur bo‘lsa, kafil sifatida ko‘rsatilgan yaqin qarindoshlar) hisobidan olinadi.
|
Telegram
|
Web-site
|
Instagram
|
YouTube
|
X
|
🇦🇺
Avstraliya-2026 “Osiyo kubogi”
🇺🇿
O‘zbekiston ayollar milliy terma jamoasining Bangladeshga qarshi uchrashuv boshlandi. Sayxunobodlik Diyora Xabibullayeva asosiyda Mirzaobodlik Zarina Mamatkarimova zahirada.
🇺🇿
Bizning sahifalarimiz:
Telegram
|
Facebook
|
Instagram
|
Youtube
|
Telegram
|
Web-sayt
❗️
Кислотали ёмғир ҳақидаги хабар — фейк!
Ижтимоий тармоқларда Эрон ҳудудида гўёки
“кислотали булутлар”
шаклланиб, улар ёғинлар билан Марказий Осиё давлатлари ҳудудига етиб келиши мумкинлиги ҳақида хабарлар тарқалмоқда. Мазкур маълумотлар
илмий жиҳатдан асосланмаган
.
Кислотали ёғинлар атмосферада
олтингугурт оксидлари (SО₂) ва азот оксидлари (NО₂)
узоқ вақт давомида тўпланиб, булутларда сув буғи билан кимёвий реакцияга киришиши натижасида ҳосил бўлади. Бундай жараёнлар асосан
йирик саноат ҳудудлари ва тўғридан-тўғри чиқинди манбалари яқинида
кузатилади.
Ҳаво массалари узоқ масофаларга кўчиши жараёнида ифлослантирувчи моддалар концентрацияси
атмосферадаги турбулентлик, вертикал аралашиш, қуруқ ва нам чўкиш жараёнлари
таъсирида кескин камаяди. Шу сабабли манбадан минглаб километр узоқликда хавфли даражадаги кислотали ёғинлар шаклланиши деярли мумкин эмас.
Бундан ташқари, ёғинларнинг ҳосил бўлиши
маҳаллий булут ҳосил бўлиш жараёнлари
билан боғлиқ бўлиб, ёғинлар асосан ҳудуд устидаги атмосферада мавжуд бўлган сув буғи ва аэрозоллар ҳисобига шаклланади.
Метеорологик кузатувлар ва атмосфера ҳавоси сифати мониторинги маълумотларига кўра,
кислотали булутларнинг Ўзбекистон ва қўшни давлатлар ҳудудига кўчиб келиши хавфи кузатилмаяпти
.
#Jarayonda
#Live
🌿
Sayxunobodda erta tongdan hashar ishlari boshlandi
Sayxunobod tumani hududidagi barcha mahallalarda erta tongdan keng ko‘lamli hashar ishlari tashkil etildi. Hashar davomida hududlarni obodonlashtirish, ko‘chalarni tartibga keltirish, atrof-muhitni tozalash hamda yashil hududlarni kengaytirishga alohida e’tibor qaratilmoqda.
Xususan,
“Yashil makon”
umummilliy loyihasi doirasida ko‘chat ekish ishlari amalga oshirilmoqda. Shuningdek, daraxt va butalar oqlanib, ko‘chalar hamda jamoat joylari chiqindilardan tozalanmoqda, ariqlar tozalab tartibga keltirilmoqda.
Mazkur xayrli hashar ishlarida yoshlar, nuroniylar hamda tumanning barcha darajadagi rahbarlari faol ishtirok etib, hududlarni yanada obod va ko‘rkam qilish yo‘lida birlashgan holda mehnat qilmoqda.