Выберите регион
и язык интерфейса
Покажем актуальные для региона
Telegram-каналы и возможности
Регион
avatar

Shayxontohur tuman hokimligi Matbuot xizmati

Shayxontohur
murojaatlar va korrupsiya holatlari aniqlanganda xabar berish uchun murojaatlar dushanba-juma kunlari soat 10.00dan 17.00gacha qabul qilinadi https://t.me/shayxontohur_matbuot_xizmati
Подписчики
4 700
24 часа
10
30 дней
-150
Просмотры
412
ER
6,13%
Посты (30д)
400
Символов в посте
986
Инсайты от анализа ИИ по постам канала
Категория канала
Политика
Пол аудитории
Мужской
Возраст аудитории
35-44
Финансовый статус аудитории
Средний
Профессии аудитории
Государственный и публичный сектор
Краткое описание
April 25, 04:16
Файлы недоступны
1
Открыть в Telegram

📣
O‘quv markazlari va o‘qituvchilarni hamkorlikka chaqiramiz: bilim va hunar o‘rgatish orqali mahkumlar kelajagini o‘zgartiring
!
⭐️
Prezidentimizning tegishli
qarorlariga muvofiq
, yosh mahkumlarni raqamli va zamonaviy kasblarga o‘rgatishga qaratilgan
"Ikkinchi imkoniyat"
loyihasiga start beriladi.
↗️
Loyihaning asosiy maqsadi:
Yosh mahkumlarni mehnat bozorida talab yuqori bo‘lgan kasb-hunarlarga o‘rgatish, ozodlikka chiqqanidan keyin munosib ish topishiga ko‘maklashish, mustaqil hayotga tayyorlash hamda qayta jinoyat sodir etishining oldini olishdan iborat.
🔅
Taklifimiz kimlar uchun?
O‘quv markazlari hamda individual shartnoma asosida ishlashga tayyor o‘qituvchilar uchun. Agar jazoni ijro etish muassasalaridagi mahkumlarga zamonaviy va raqamli kasblarni o‘rgatishga tayyor bo‘lsangiz, takliflaringizni
quyidagi shakl orqali yuboring.
📎
Eslatma:
🟢
birinchi bosqichda mashg‘ulotlar
Toshkent, Qashqadaryo va Navoiy viloyatlari
dagi jazoni ijro etish muassasalarining o‘zida tashkil etiladi.
Unutmang! Siz o‘rgatadigan kasb-hunar kimlarningdir hayoti to‘g‘ri yo‘lga tushishiga sabab bo‘lishi mumkin!
🌐
Sayt
🚀
Telegram
🔵
Facebook
📷
Instagram
🎬
YouTube
🎰
Linkedin

April 25, 04:01
Файлы недоступны
1
Открыть в Telegram

#KunHikmati
Agar o‘zingizga dushman orttirishni istamasangiz, odamlardan ustunligingizni sezdirmang.
Attur SHOPЕNGAUER
Тelegram
|
Facebook
|
Instagram
|
Twitter
|
YouTube
|
Web

April 25, 04:01
Файлы недоступны
2
Открыть в Telegram

📢
DIQQAT, E’LON!
📍
Shayxontohur tumanida sayyor qabul bo‘lib o‘tadi!
🗓
Dushanbi 27 aprel kuni soat 14:00 da, Sarxumdon mahallasi idorasida tuman aholisi uchun hokim boshchiligida sayyor qabul o‘tkaziladi.
👥
Ushbu qabulda tuman hokimi bilan birga:
▫️
tuman prokurori;
▫️
IIO FMB boshlig'i
▫️
soliq inspeksiyasi rahbari;
▫️
tegishli tashkilot va korxonalar mutasaddilari;
▫️
hokim o‘rinbosarlari ishtirok etishadi.
🎯
Maqsad – fuqarolarning muammolarini tinglash va joyida hal etish!
🗣
Barchangizni ushbu ochiq va samimiy muloqotda ishtirok etishga chorlaymiz!
Тelegram
|
Facebook|
Instagram
|
Twitter
|
YouTube
|
Web

April 24, 15:47
Файлы недоступны
3
Открыть в Telegram

🤔
“Inson uchun” III an’anaviy ko‘rgazmasi bo'lib o'tadi!
🇺🇿
Ijtimoiy himoya milliy agentligi tomonidan joriy yilning 12–13-may kunlari Toshkent shahridagi “O‘zekspomarkaz” majmuasida III an’anaviy “Inson uchun” ko‘rgazmasi tashkil etiladi.
🤔
Ko‘rgazmada imkoniyati cheklangan shaxslarni band qilgan tadbirkorlik subyektlari tomonidan ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar namoyish etiladi.
🟡
Ko‘rgazma davomida mehmonlar:
— imkoniyati cheklangan shaxslar mehnati bilan yaratilgan mahsulotlar bilan tanishadi;
— inklyuziv ish o‘rinlari yaratgan tadbirkorlar faoliyati haqida ma’lumot oladi;
— ijtimoiy mas’uliyat, teng imkoniyatlar va bandlik masalalariga bag‘ishlangan tashabbuslar bilan tanishadi.
📍
Manzil
: Toshkent shahri, “O‘zekspomarkaz” majmuasi
📅
Sana
: 12–13-may
“Inson uchun” ko‘rgazmasi — bu nafaqat mahsulotlar namoyishi, balki inson qadri, mehnat, imkoniyat va ijtimoiy hamjihatlikni targ‘ib etuvchi muhim maydondir.
____________
🤔
Состоится III традиционная выставка «Inson uchun»!
🇺🇿
Национальным агентством социальной защиты 12–13 мая текущего года в комплексе «Узэкспоцентр» в городе Ташкенте будет организована III традиционная выставка «Inson uchun».
🤔
На выставке будет представлена продукция, производимая субъектами предпринимательства, трудоустраивающими лиц с ограниченными возможностями.
🟡
В рамках выставки гости смогут:
— ознакомиться с продукцией, созданной трудом лиц с ограниченными возможностями;
— узнать больше о деятельности предпринимателей, создающих инклюзивные рабочие места;
— познакомиться с инициативами, посвящёнными социальной ответственности, равным возможностям и вопросам занятости.
📍
Место
: город Ташкент, комплекс «Узэкспоцентр»
📅
Дата
: 12–13 мая
Выставка «Inson uchun» — это не просто демонстрация продукции, а важная площадка, продвигающая ценность человека, труд, возможности и социальную солидарность.
YouTube
|
Facebook
|
Instagram
|
Web-site
|
Telegram-bot

April 24, 12:45
Файлы недоступны
1
Открыть в Telegram

Kecha Prezidentimiz
Mirzo Ulug‘bek tumanida joylashgan situatsion-tahlil markazida “Aqlli tuman” platformasi
qanday tashkil qilingani bilan tanishdi.
Bugun
barcha viloyat hokimlari
mazkur tumanga o‘zi borib,
yangi tizim qanday ishlayotgani, mahallalar qiyofasi, qurilishlar qanday ketayotganini kelib ko‘rdi.
Endi bir haftada viloyat prokurorlari, ichki ishlar, xavfsizlik va soliq idoralari rahbarlari uchun
Mirzo Ulug‘bek tumani tajribasini ommalashtirish bo‘yicha seminar o‘tkazish
zarurligi qayd etildi.
Viloyat hokimlariga ikki oyda ushbu tajriba asosida
viloyat markazlari va yirik shaharlarda xuddi shunday situatsion-tahlil markazlarini ishga tushirish
topshirildi.
Yig‘ilishda vazirlar, tarmoq rahbarlari va hokimlarning hisobotlari tinglandi.
Facebook|
Instagram|
X

April 24, 12:37
Файлы недоступны
1
Открыть в Telegram

Yurtimizda
xorijiy investitsiya ishtirokida 18 mingdan ortiq korxona
faoliyat yurityapti.
Lekin
ishlab chiqarishi bor 526 ta korxona biror marta ham eksport qilmagan.
Shu bilan birga, yana
767 ta xorijiy investitsiya ishtirokidagi korxona faqat chetdan tovar olib kelib, sotish bilan shug‘ullanyapti.
“Nega buni aytyapman? Bularning
mablag‘i, tadbirkorlik ko‘nikmasi, ichki va tashqi bozorda hamkori, ko‘pchiligida brendi bor
”,
– dedi Prezidentimiz.
Ushbu korxonalar bilan gaplashib, chetdan o‘z mahsulotini olib kelib sotayotganlariga
shu yerning o‘zida ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yishi
uchun loyihalar taklif qilish, ularni mahalliy tadbirkorlar bilan bog‘lab,
ehtiyot va butlovchi qismlarni ishlab chiqarish bo‘yicha kooperatsiyani
yo‘lga qo‘yish, mahsulotini ichki bozorda sotayotganlariga
eksportga chiqish uchun nima yordam kerakligini o‘rganish
muhim ekani ta’kidlandi.
Mutasaddilarga bu borada
alohida dastur
ishlab chiqish topshirildi.
Facebook|
Instagram|
X

April 24, 12:30
Файлы недоступны
1
Открыть в Telegram

Joriy yilda
53 milliard dollar xorijiy investitsiya
jalb qilish maqsad qilingan.
“Qachonki rahbarlar birinchi qadamdan boshlab,
to‘g‘ri loyiha tanlasa va shunga mos salohiyatli investor topsa, shunda investitsiyada sifat bo‘ladi

,
– dedi Prezidentimiz.
Iqtisodiyotga katta samara beradigan loyiha, texnologik yechim bo‘yicha
eng to‘g‘ri variantlarni tanlashda,
loyihani qaysi hududda joylashtirish, qaysi investor bilan ishlash afzalligini aniqlashda
sun’iy intellekt texnologiyalaridan foydalanish muhim.
Mutasaddilarga
sun’iy intellekt yordamida mavjud quvvatlar, ichki va tashqi bozordagi talabni o‘rganib, qayerda, qanday loyiha qilish bo‘yicha yechim beradigan platformani ishga tushirish
topshirildi.
Investor va konsalting kompaniyalariga
ushbu platformadan
“yagona darcha” tamoyili asosida foydalanish
uchun sharoit yaratiladi.
Facebook|
Instagram|
X

April 24, 12:22
Файлы недоступны
1
Открыть в Telegram

“Takror aytaman, har bir yangi loyiha, har bir dollar sarmoya
faqat va faqat qo‘shilgan qiymat, yuqori daromadli ish o‘rni va eksportni ko‘paytirishga
xizmat qilishi kerak. Oddiy qilib aytganda,
hamma rahbarlar uchun investitsiya sifati asosiy mezon bo‘lishi shart

,
– dedi Prezidentimiz.
Investitsiya loyihalarini ishga tushirilganidan keyin monitoring qilish platformasi
yaratilgan. Soliq, bojxona, bandlik, kadastr, kommunal idoralar axborot bazasiga integratsiya qilingan ushbu platforma
korxonalar faoliyatini 39 ta ko‘rsatkich bo‘yicha tahlil qilib bermoqda.
Masalan,
oxirgi uch yilda ishga tushgan 688 ta korxonadan 210 tasi quvvatidan to‘liq foydalanmayotgani
aniqlangan. Oqibatda
33 trillion so‘mlik ishlab chiqarish boy berilgan, 23 ming ish o‘rni bo‘sh turibdi.
Bu
hokimlarning investitsiya bo‘yicha o‘rinbosarlari faoliyatiga berilgan haqiqiy baho ekani
ko‘rsatib o‘tildi.
Mutasaddilarga
210 ta korxona kesimida “yo‘l xaritasi”ni tuzib,
muammolar yechimi bo‘yicha aniq muddat va mas’ullarni belgilash topshirildi.
Hokimlarning investitsiya bo‘yicha o‘rinbosarlari ushbu korxonalarga borib, ular bilan yaqindan ishlaydi, qaysi korxonada nima ish qilganini platformaga kiritadi. Birinchi yarim yillik yakuni bilan
mazkur korxonalarni “oyoqqa turg‘azmasa”, lavozimiga loyiqligi ko‘rib chiqilishi
haqida ogohlantirildi.
Facebook|
Instagram|
X

April 24, 12:19
Файлы недоступны
1
Открыть в Telegram

O‘tgan yili
yashirin iqtisodiyot
bo‘yicha alohida farmon imzolanib, bu masalaga qattiq kirishildi.
Lekin birinchi chorakda kuzatilmaydigan iqtisodiyot
Jizzax, Qashqadaryo, Namangan, Samarqand, Surxondaryo, Xorazmda 40 foizdan, Andijon, Farg‘ona, Buxoroda 30 foizdan yuqori
bo‘ldi.
Buxoro viloyatidagi holat tahlil qilinganda
, o‘tgan yili
faoliyatini go‘yoki to‘xtatgan 900 dan ziyod korxona
yanvar-fevral oylarida
1 million 300 ming kilovatt-soat elektr, 480 ming kub metr gaz ishlatgani
aniqlandi. Shuningdek,
12,5 mingta transport vositasida yuklar norasmiy tashilgani
oqibatida
40 milliard so‘m soliq
tushumi boy berilgan. Birinchi chorakning o‘zida uy-joy narxini kamaytirib ko‘rsatish oqibatida
1 trillion 800 milliard so‘mlik pul aylanmasi yashirilgan.
Viloyat prokurorlari, ichki ishlar va soliq boshqarmalariga
xufiyona iqtisodiyot bilan kurashishda ishni qanday tashkil qilish bo‘yicha aniq metodologiya
qilib berildi. Endi barcha hududlarda
ishni shu tartibda tumanbay tashkil qilish
topshirildi.
Facebook|
Instagram|
X

April 24, 12:09
Файлы недоступны
1
Открыть в Telegram

Tumanlardagi
markaziy ko‘cha, aholi gavjum joylarning katta qismida davlat idoralari joylashgan.
“Ko‘kdala tajribasi”
asosida
19 ta tuman-shaharda davlat idoralarini yagona ma’muriy markazga ko‘chirish
boshlanmoqda. Lekin
qolgan hokimlar
o‘zi tashabbus ko‘rsatib,
idoralarni bitta binoga olib kelib, elektr, gaz, suv va ta’mirlashga ketadigan xarajatini tejash, tayyor infratuzilmasi bor joylarni tadbirkorlarga taklif qilishni o‘ylamayotgani
ko‘rsatib o‘tildi.
Vaholanki, shuning o‘zidan
davlat idoralarida yiliga 1 milliard 800 million kilovatt-soat elektr va 340 million kub metr gaz tejaladi.
Bu ishlarni barcha tumanlarda tashkil qilish orqali biznes uchun
5 million kvadrat metr joy ochish
bo‘yicha
besh yillik dastur
tayyorlash topshirildi. Joriy yil
26 ta tumanda davlat idoralarini bir joyga ko‘chirish boshlanishi shartligi
qayd etildi.
Yangi ma’muriy markazlar qurishda
har bir xodimga to‘g‘ri keladigan maydon o‘rtacha 15 kvadrat metrdan oshmasligini
ta’minlash topshirildi.
Facebook|
Instagram|
X