Выберите регион
и язык интерфейса
Покажем актуальные для региона
Telegram-каналы и возможности
Регион
avatar

Shayxontohur TIM matbuot xizmati

Shayxontohur_im_uz
Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Shayxontohur ixtisoslashtirilgan maktabi. 👉 http://t.me/shayxontohur_IM_uz 👉 https://www.facebook.com/groups/shayxontohur.im.uz 👉 https://youtube.com/@Shayxontohur_im_uz?si=tsEDDc_iMzhwVTEA
Подписчики
1 520
24 часа
-10
30 дней
20
Просмотры
457
ER
42,11%
Посты (30д)
176
Символов в посте
788
Инсайты от анализа ИИ по постам канала
Категория канала
EDОбщее образование и новости
Пол аудитории
Женский
Возраст аудитории
25-34
Финансовый статус аудитории
Средний
Профессии аудитории
Образование
Краткое описание
April 28, 04:49
Файлы недоступны
1
Открыть в Telegram

Birinchi xonim Xivadagi Prezident maktabida oʻtkazilgan “Bahor bilan hamnafas” festivaliga tashrif buyurdi.

Первая леди посетила фестиваль “Bahor bilan hamnafas” в Президентской школе в Хиве.
Facebook
|
Instagram

April 28, 01:12
Файлы недоступны
1
Открыть в Telegram

#Qiziqarli_faktlar
Amir Temur qancha pul topgan va uni Imperiyasini qulatgan ayol kim edi?
📚
Manba: Sharafiddin Ali Yazdiy — “Zafarnoma” asari.

April 27, 14:43
Файлы недоступны
5
2
Открыть в Telegram

TOSHKENT SHAHRIDAGI IXTISOSLASHTIRILGAN MAKTABLAR ICHIDA ILK BOR: "YASHIL BAYROQ" MUBORAK!
🌿

Mamlakatimizda ta’lim sifatini oshirish bilan bir qatorda, o‘quvchi-yoshlarning ekologik madaniyatini yuksaltirishga qaratilgan islohotlar o‘zining yuksak natijalarini bermoqda.
Xususan, maktabimiz xalqaro miqyosdagi eng nufuzli ekologik mukofot — "Yashil bayroq" (Green Flag) sohibiga aylandi!
🌍
"Yashil bayroq" — bu nima?
Bu mukofot — butun dunyo bo‘ylab "Eko-maktablar" dasturi doirasida atrof-muhitni muhofaza qilish, energiya tejamkorligi va barqaror rivojlanish tamoyillarini o‘quv jarayoniga joriy etgan eng namunali ta’lim muassasalariga beriladigan xalqaro "Sifat belgisi"dir.
👩‍🚀
Tarixiy muvaffaqiyatimiz:
Ushbu yutuq bir kunlik harakat emas, balki 2023-yildan buyon jamoamiz bilan birgalikda olib borilgan tizimli mehnatimiz samarasidir:
Toshkentda yetakchi: Biz poytaxtimizdagi ixtisoslashtirilgan maktablar orasida ushbu yuksak darajaga erishgan ilk ta’lim maskani bo‘ldik.
Yuksak ishonch: Aksariyat xalqaro maktablarga ushbu sertifikat 1 yil muddatga berilishi an’anaga aylangan bo‘lsa, maktabimizdagi natijalar va amalga oshirilgan loyihalar ko‘lami inobatga olinib, bizga ushbu bayroq birdaniga 2 yil muddatga topshirildi!
💎
Bu nima beradi?
Xalqaro maqom: Maktabimiz endilikda dunyoning eng ilg‘or eko-maktablari qatorida e’tirof etiladi.
Sog‘lom muhit: O‘quvchilarimiz nafaqat bilim oladi, balki ona tabiatga daxldorlik hissi bilan voyaga yetadi.
Bu g‘alaba — zamonaviy O‘zbekiston yoshlarining intellektual salohiyati va mas’uliyati amalda yana bir bor isbotlanganining ramzidir.
Yashil kelajakni birgalikda quramiz!
🇺🇿
⭐️
#YashilBayroq
#GreenFlag
#EcoSchools
#Tashkent
#IxtisoslashtirilganMaktablar
#YashilMakon
#KelajakYoshlari
#Muvaffaqiyat

April 27, 09:05
Файлы недоступны
3
Открыть в Telegram

Ochiq_dars
#Shayxontohur_TIM_matbuot_xizmati
Shayxontohur tuman ixtisoslashtirilgan maktabida biologiya fani o‘qituvchisi Sharipov Muhammad tomonidan 7.04-sinf o‘quvchilari bilan “Yurak” mavzusida ochiq dars bo‘lib o‘tdi.
Dars davomida o‘quvchilar yurak tuzilishi, uning inson organizmidagi ahamiyati hamda qon aylanish tizimidagi o‘rni haqida bilimlarini mustahkamlashdi. Interaktiv yondashuv asosida olib borilgan mashg‘ulotda o‘quvchilar faol qatnashib, mavzuni amaliy misollar orqali chuqur anglab yetishdi.
📹
Ochiq darsdan videolavha
Bizni kuzating

April 27, 09:03
Файлы недоступны
1
Открыть в Telegram

🎮
CS 1.6 Maktab Turniri
🎮
Barcha o‘quvchilarni CS 1.6 bo‘yicha maktab turniriga taklif qilamiz!
Jamoangni yig‘ing, kuchingni ko‘rsating va g‘alaba qozoning!
📅
Turnir
3 kun
davom etadi:
🔹
29-aprel (boshlanish)
Barcha jamoalar yig‘iladi va saralash o‘yinlari o‘tkaziladi.

15:30
🔹
2-may (juma)
Play-off bosqichi — bu yerda 2 ta jamoa finalga, yana 2 tasi 3-o‘rin uchun chiqadi.

15:30
🔹
4-may (dushanba)
Final va 3-o‘rin uchun o‘yinlar.

15:30
📝
Ro‘yxatdan o‘tish:
Ishtirok etish uchun
@Khasanjonov_M
ga jamoa sardori hamma ishtirokchilar ism familiyasi va jamoa nomini yozishi
kerak.
Ro'yxatdan o'tish 29-aprelgacha.
ℹ️
Eslatma:
Jamoa a’zolari bir xil sinfdan bo‘lishi shart emas.
Jamoa ishtirokchilari o'z noutbuklari bilan kelishi shart emas.
O'yinlar bo'lib o'tadigan xonani keyinroq e'lon qilamiz.

Shoshiling, joylar cheklangan!
O'yinlar IT Vazirlig tomonidan o'tkziladi.
#cs
#IT_Vaziligi
#Turnir

April 27, 05:13
Файлы недоступны
7
2
Открыть в Telegram

🚀
Yangi hafta – yangi g‘oyalar bilan boshlandi!
Shayxontohur tumani ixtisoslashtirilgan maktabida dushanba tongi an’anaviy tarzda “Kelajak soati” darslari bilan start oldi.
💡
Bu galgi mashg‘ulotlar markazida zamonamizning eng muhim ko‘nikmasi — “Innovatsion fikrlash” mavzusi bo‘ldi. Maktab direktori Sh.Qo‘ldosheva va sinf rahbarlari boshchiligida o‘tgan dars nafaqat nazariya, balki jonli muloqotga boy bo‘ldi.
Dars davomida o‘quvchilar:
Innovatsion fikrlashning hayotiy ahamiyatini o‘rgandilar;
Mavzuga oid qiziqarli videokontentlarni tomosha qildilar;
O'zlarini qiziqtirgan savollarga javob olib, kreativ g‘oyalar bilan bo‘lishdilar.
🏆
Bizning maqsadimiz — har bir o‘quvchining intellektual salohiyatini yuksaltirish va kelajak bunyodkorlarini tarbiyalash!
#Shayxontohur
#IxtisoslashtirilganMaktab
#KelajakSoati
#Innovatsiya
#KelajakEgalari
@Shayxontohur_im_uz

April 26, 15:47
Файлы недоступны
1
1
Открыть в Telegram

#Attestatsiya_2026
#Oliy_toifa
📊
Shayxontohur tuman ixtisoslashtirilgan maktabining rus tili fani o‘qituvchisi
Izzatova Madina
attestatsiya sinovida
88 ball
to‘plab, yuksak kasbiy mahoratini yana bir bor namoyon etdi hamda
70 foizlik
ustamasini qo‘lga kiritdi.
📚
🏆
Ushbu yutuq ustozimizning fidoyiligi, bilim va tajribasining yuksak darajada ekanidan dalolat beradi. Ustozimiz doimo muvaffaqiyatlar saroyining eng yuqori cho‘qqilarida bo‘lishini tilaymiz!

Kelgusi faoliyatida ham ulkan zafarlar hamroh bo‘lsin!
📈
Taʼlim rivojiga biz bilan hissa qoʻshing!
@Shayxontohur_im_uz

April 26, 15:32
Файлы недоступны
2
Открыть в Telegram

🏆
“AGENTLIK RAHBARI KUBOGI” G‘OLIBLARI ANIQLAND
I
Bugun “Renessans” bolalar sog‘lomlashtirish oromgohida
“Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi rahbari kubogi”
sport musobaqasining respublika bosqichi tantanali yakunlandi.
🎓
Agentlik tizimidagi Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktab hamda maktab-internatlarning 8–10-sinf o‘quvchilari voleybol, mini-futbol, stol tennisi va shaxmat bo‘yicha qizg‘in bahslarga boy bellashuvlar olib borishdi.
Tadbirda Agentlik direktori Sevara Shakirova so‘zga chiqib, bunday musobaqalar yoshlarning jismoniy va ma’naviy kamolotida muhim o‘rin tutishini ta’kidlab, g‘oliblarni chin qalbdan tabrikladi.

Musobaqa yakunlariga ko‘ra, umumjamoa hisobida eng yaxshi natijalarni qayd etgan hududlar:
🥇
Sirdaryo viloyati (30 ball),
🥈
Namangan viloyati (24 ball),
🥉
Qoraqalpog‘iston Respublikasi (21 ball).
Mazkur tadbir yoshlarni sportga keng jalb etish, bo‘sh vaqtini mazmunli o‘tkazish va jamoaviy ruhni mustahkamlashga xizmat qiladi. Har bir g‘alaba — mehnat, iroda va hamjihatlik samarasidir.
Bizni kuzating
💻
web
🌐
Telegram
▶️
YouTube
🌐
Instagram
🌐
Facebook
⚙️
Portal

April 26, 11:08
Файлы недоступны
10
1
Открыть в Telegram

#Taqdirlash_marosimi
#Xalqaro_olimpiada

O‘zbekiston terma jamoasidan 11 ta medal — Abu Ali ibn Sino nomidagi xalqaro biologiya olimpiadasi yakunlandi

Bugun Abu Ali ibn Sino nomidagi xalqaro biologiya olimpiadasining tantanali taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi.

Yakuniy natijalarga ko‘ra, ushbu olimpiadada
O‘zbekiston terma jamoasi jami 11 ta medal (2 ta oltin, 3 ta kumush va 6 ta bronza)
ni qo‘lga kiritdi.
📊
Ma’lumot o’rnida:
mintaqaviy xalqaro olimpiadalardagi medallar uchun:

oltin medal sohibiga —
4,944 mln. soʻm
, oʻqituvchisiga —
20,6 mln. soʻm;

kumush medal sohibiga —
3,296 mln. soʻm
, oʻqituvchisiga —
14,42 mln. soʻm
;

bronza medal sohibiga —
2,472 mln. soʻm
, oʻqituvchisiga —
12,36 mln. soʻm
beriladi.
👉
Shuningdek, xalqaro va mintaqaviy xalqaro olimpiada sovrindorlari oliy taʼlim muassasalariga kirishda
oʻz fanidan maksimal ballga ega boʻladi.
🌍
🌍
🌍
🌍
🌍
🌍
Bizni kuzating

Telegram
🌐
Facebook
🌐
Youtube
🌐
Instagram
🔎
Veb-sayt
😄
Linkedin

April 26, 10:49
Файлы недоступны
3
2
Открыть в Telegram

🥉
Abu Ali ibn Sino nomidagi Xalqaro biologiya olimpiadasi bronza medal sohibasi Shayxontohur tuman ixtisoslashtirilgan maktabining 10-sinf o‘quvchisi
Shahriniso Nomozova — O‘zbekiston
🔴
Yosh iqtidor egasi
Shahriniso Nomozova
nufuzli xalqaro maydonda biologiya fanidan o‘z bilim va salohiyatini namoyon etib, faxrli bronza medalni qo‘lga kiritdi. Ushbu yutuq nafaqat uning shaxsiy mehnati va intilishlari, balki ustozlari va ota-onasining qo‘llab-quvvatlashi samarasidir.
Shahrinisoning bu muvaffaqiyati yurtimiz yoshlarining ilm-fanga bo‘lgan qiziqishi ortib borayotganining yorqin dalilidir. U kelajakda biologiya va tibbiyot sohalarida yuksak natijalarga erishib, Vatanimiz ravnaqiga o‘z hissasini qo‘shishiga ishonamiz.


Tabriklaymiz va yangi zafarlar tilaymiz!
@Shayxontohur_im_uz