Выберите регион
и язык интерфейса
Покажем актуальные для региона
Telegram-каналы и возможности
Регион
avatar

Sirdaryo IIB | Rasmiy kanal

SirdaryoviloyatIIB
Bizning ijtimoiy tarmoqlarda rasmiy sahifalarimiz Telegramda 👉 https://bit.ly/3bc0rpc Facebookda 👉 https://bit.ly/3YY3wfD Youtubeda 👉 https://bit.ly/3mZwiMu Instagramda 👉 https://bit.ly/3Qxjt9N OK 👉 https://ok.ru/profile/586847883184 VK 👉 http
Подписчики
5 090
24 часа
30 дней
-30
Просмотры
1 270
ER
25,72%
Посты (30д)
194
Символов в посте
846
Инсайты от анализа ИИ по постам канала
Категория канала
Новости
Пол аудитории
Мужской
Возраст аудитории
35-44
Финансовый статус аудитории
Средний
Профессии аудитории
Государственный и публичный сектор
Краткое описание
April 20, 09:52
Файлы недоступны
1
Открыть в Telegram

#Qonunchilikdagi_yangiliklar
❗️
Elektr energiyasidan foydalanish qoidalarini buzganlik uchun jazo choralari kuchaytiriladi
Qonun (O‘RQ–1121-son, 11.03.2026 y.) bilan Jinoyat kodeksi hamda Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritildi.
Telegram
/
Facebook
/
Youtube
/
Instagram
/
Ok

April 20, 03:19
Файлы недоступны
1
Открыть в Telegram

#Postda_На_посту
Inson qadri ulugʻ: suv keltirgan elda aziz
▶️
Batafsil
———
Инсон қадри улуғ: сув келтирган элда азиз
▶️
Батафсил
Website
|
Telegram
|
Facebook
|
Instagram
|
Youtube
|
Ok
|
TV

April 19, 09:22
Файлы недоступны
7
Открыть в Telegram

Shaxsiy qabullar davom etmoqda.
Mamlakatimizda inson manfaatlari oliy qadriyat darajasiga ko‘tarildi. Bugun barcha davlat idoralari faoliyatida aholining murojaatlari bilan ishlash bo‘yicha sifat jihatidan mutlaqo yangi tizim yaratildi. Joylarda o‘tayotgan qabullar xalqning dardini eshitish, ularning muammolarini hal etishda, shak-shubhasiz, kutilgan natijalarni bermoqda.
Zero, Davlatimiz rahbari ta’kidlaganidek, xalq davlat organlariga emas, balki davlat organlari xalqimizga xizmat qilishi kerak.
Shu ma’noda, Sirdaryo viloyati IIB boshlig‘i fuqarolar bilan navbatdagi qabulini o‘tkazdi.
Murojaatlarning barchasi bo‘yicha qonun hamda boshqa normativ huquqiy hujjatlar doirasida batafsil tushuntirish berilib, qo‘shimcha o‘rganish va qonuniy qaror qabul qilish uchun yurituvga olindi va tegishli sohaviy xizmat rahbarlariga murojaatlarni ko‘rib chiqib qonuniy qaror qabul qilish uchun ko‘rsatma va topshiriqlar berilib, ijrosi alohida nazoratga olindi.
Telegram
/
Facebook
/
Youtube
/
Instagram
/
Ok

April 18, 15:50
Файлы недоступны
3
Открыть в Telegram

#Reyd
Guliston shahrida spirtli ichimlik ta'siridan mast holda avtomashina boshqargan haydovchiga qonuniy chora ko'rildi.
👉
@SirdaryoYPX

April 18, 13:46
Файлы недоступны
10
Открыть в Telegram

Sirdaryo viloyati Ichki ishlar boshqarmasi huzuridagi Tergov boshqarmasi boshlig‘i podpolkovnik Shaxboz Nematjonov rahbarligida sarhisob yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
Unda boshqarma huzuridagi Tergov boshqarmasi va uning quyi tizim tergovchilari, Migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish xodimlari hamda Ekspert Kriminalistika Markazi xodimlari tomonidan o‘tgan 2026-yilning 3 oyi davomida amalga oshirilgan ishlar va yo‘l qo‘yilgan kamchiliklar muhokama qilindi.
Yig‘ilishda xodimlarning xizmat faoliyati davomida erishgan ijobiy natijalari, tergov ko‘rsatkichlari, tizimda amalga oshirilayotgan islohotlar, yaratilgan shart-sharoitlar xususida ham so‘z bordi.
Shuningdek yig‘ilishda xodimlarning xizmat intizomiga qatʼiy rioya qilishlari, fuqarolar bilan muloqot jarayonida eʼtiborli bo‘lishlari, o‘z xizmat vazifalariga vijdonan yondashishlarimi lozimligi ham alohida qayd etildi.
Yig‘ilishda davomida ijtimoiy xavfi katta bo‘lmagan jinoyat ishlarini qisqa muddatlarda tamomlashga qaratilgan «Surxondaryo tajribasi»ni joriy etish masalalari atroflicha muhokama qilinib, mazkur amaliyotning o‘ziga xos jihatlari, tergovga qadar tekshiruvni har tomonlama to‘liq va sifatli o‘tkazish, jinoyat ishlarini tamomlashda “yarashuv” va «aybiga iqrorlik to‘g‘risida kelishuv» institutlarini qo‘llash amaliyotini yana-da kengaytirish bo‘yicha tushuntirishlar berildi.
Ushbu chora-tadbirlar jinoyat ishlarini samarali, tezkor va qonun talablariga to‘liq rioya etgan holda tamomlashga, eng asosiysi, protsess ishtirokchilarini ortiqcha sarf-xarajatlarga yo‘l qo‘ymaslik va ovoragarchilikni oldini olishga xizmat qilishi xodimlarga tushuntirildi.
Yig‘ilish yakunida kelgusida amalga oshirilishi lozim bo‘lgan aniq chora-tadbirlar belgilab olindi.
Telegram
/ Facebook/ Youtube/ Instagram/ Ok

April 18, 13:13
Файлы недоступны
8
Открыть в Telegram

Маҳалла тинчлиги – энг устувор вазифа: Обод юртда ўрганиш ишлари олиб борилди.
Сирдарё вилояти Ички ишлар бошқармаси бошлиғи томонидан Гулистон шаҳрида жойлашган “Обод юрт” маҳалласига амалий ташриф амалга оширилди. Ушбу ташрифдан кўзланган асосий мақсад маҳалладаги ижтимоий-маънавий муҳитни янада яхшилаш, жиноятчиликнинг олдини олиш ҳамда аҳоли билан яқиндан мулоқот ўрнатишдан иборат бўлди.
Ташриф давомида маҳалланинг криминоген вазияти атрофлича ўрганилиб, ҳуқуқбузарликлар келиб чиқишига сабаб бўлаётган омиллар таҳлил қилинди. Шунингдек, профилактика инспекторлари ва масъул ташкилотлар томонидан олиб борилаётган ишлар самарадорлигига алоҳида эътибор қаратилди.
ИИБ бошлиғи маҳаллада истиқомат қилаётган якка ёлғиз фуқаролар ҳолидан хабар олиб, уларнинг турмуш шароити, соғлиги ва кундалик эҳтиёжлари билан қизиқди. Уларни қийнаётган муаммоларни жойида ўрганиб, мутасадди ташкилотларга тегишли топшириқлар берилди.
Ташриф доирасида маҳаллада жойлашган умумий ётоқхонага ҳам борилди. У ерда истиқомат қилаётган алоҳида тоифадаги ёшлар билан очиқ мулоқот ўтказилиб, уларнинг ҳаёт тарзи, муаммолари ва келгусидаги режалари тингланди. Ёшлар ўртасида ҳуқуқбузарликларнинг олдини олиш, соғлом турмуш тарзини шакллантириш ва уларни жамиятга мослаштириш масалалари юзасидан профилактик суҳбатлар олиб борилди.
Шунингдек, ётоқхонада яшовчи фуқароларнинг яшаш шароитлари ҳам атрофлича кўздан кечирилиб, коммунал хизматлар, санитария ҳолати ва бошқа ижтимоий масалалар ўрганилди. Аҳолини қийнаб келаётган муаммоларни бартараф этиш юзасидан тегишли ташкилотларга аниқ вазифалар юклатилди.
Мазкур ташриф маҳаллада ижтимоий барқарорликни таъминлаш, аҳоли муаммоларини ўз вақтида ҳал этиш ва ҳуқуқбузарликларнинг олдини олиш борасида муҳим аҳамият касб этди.
Telegram
/ Facebook/ Youtube/ Instagram/ Ok

April 18, 12:32
Файлы недоступны
1
Открыть в Telegram

Oʻzbekiston va Gruziya Ichki ishlar vazirliklari uchrashuvi: Jinoyatchilikka qarshi kurashish, jamoat xavfsizligini taʼminlash va oʻzaro axborot almashinuvidagi hamkorlikning yangi bosqichi
———
Ўзбекистон ва Грузия Ички ишлар вазирликлари учрашуви: Жиноятчиликка қарши курашиш, жамоат хавфсизлигини таъминлаш ва ўзаро ахборот алмашинувидаги ҳамкорликнинг янги босқичи
Телеграм канал

April 18, 12:01
Файлы недоступны
10
Открыть в Telegram

Joriy yilning 18-aprel kuni Ichki ishlar vaziri general-leytenant Aziz Tashpulatovning Oʻzbekistonda rasmiy tashrif bilan boʻlib turgan Gruziya Ichki ishlar vaziri janob Gela Geladze boshchiligidagi delegatsiya bilan uchrashuvi boʻlib oʻtdi
▶️
Batafsil
———
Жорий йилнинг 18 апрель куни Ички ишлар вазири генерал-лейтенант Азиз Ташпулатовнинг Ўзбекистонда расмий ташриф билан бўлиб турган Грузия Ички ишлар вазири жаноб Гела Геладзе бошчилигидаги делегация билан учрашуви бўлиб ўтди
▶️
Батафсил
———
18 апреля текущего года состоялась встреча министра внутренних дел генерал-лейтенанта Азиза Ташпулатова с делегацией, возглавляемой министром внутренних дел Грузии господином Гелой Геладзе, находящейся с официальным визитом в Узбекистане
▶️
Подробно
———
On April 18, the Minister of Internal Affairs of the Republic of Uzbekistan, Lieutenant General Aziz Tashpulatov, held a meeting with a delegation led by the Minister of Internal Affairs of Georgia, Gela Geladze, who is on an official visit to the country
▶️
Read more
Телеграм канал

April 18, 11:07
Файлы недоступны
1
Открыть в Telegram

#Xavfsiz_kamari_hayot_garovi
Guliston shahrida "Xavfsizlik kamari -hayot garovi" shiori ostida reyd tadbiri bo’lib o’tdi.
👉
@SirdaryoYPX

April 18, 07:08
Файлы недоступны
8
1
Открыть в Telegram

Fuqarolar muammolariga yechim topish – ustuvor vazifa.
Joriy yilning 13-mart kuni davlatimiz rahbari raisligida o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida aholi murojaatlari bilan ishlash tizimini tubdan takomillashtirish masalasiga alohida eʼtibor qaratilib endilikda mazkur yo‘nalishda eskicha yondashuvlardan voz kechib, yana-da samarali, manzilli hamda natijador tizimni yo‘lga qo‘yish zarurligi topshirig‘i berilgan edi.
Mazkur vazifalar ijrosini taʼminlash maqsadida Sirdaryo viloyati ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i tomonidan murojaatlar soni boshqa hududlarga qaraganda yuqori bo‘lgan mahallalarda aholi bilan bevosita muloqotni kuchaytirish, muammolarni joyida o‘rganish va ularga tezkor yechim topishga qaratilgan manzilli sayyor qabullar o‘tkazib kelinmoqda.
Navbatdagi ana shunday sayyor qabul Guliston shahrining “Obod yurt” mahallasida bo‘lib o‘tdi.Unda viloyat ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i,mahalla yettiligi hamda mahalla aholisi ishtirok etdi.
Qabul davomida 20 nafarga yaqin fuqarolardan jami 17 ta murojaat, taklif va tashabbuslar bildirildi.Murojaatlar asosan bandlik, moddiy yordam olish, probatsiya hisobidan shartli ozod qilish masalalariga bog‘liq bo‘ldi.
Bildirilgan murojaatlar joyida masʼullar ishtirokida ko‘rib chiqilib, ularning ko‘p qismiga tezkor yechim topildi. Qo‘shimcha o‘rganish talab etiladigan masalalar yuzasidan esa muddatlar belgilanib ijrosi boshqarma boshlig‘i tomonidan alohida nazoratga olindi.
Fuqarolar murojaatlariga tezkor va samarali yechim topish, shuningdek, aholi orasida davlat organlariga bo‘lgan ishonchni yana-da mustahkamlashga qaratilgan sayyor qabullar hududlarda davom etmoqda.
Telegram
/ Facebook/ Youtube/ Instagram/ Ok