Выберите регион
и язык интерфейса
Покажем актуальные для региона
Telegram-каналы и возможности
Регион
avatar

TADBIRKOR.UZ 🇺🇿

TADBIRKORUZB
Instagram.com/Tadbirkoruzb Facebook.com/Tadbirkoruzb Youtube.com/Tadbirkoruzb 📈 Biznes, Iqtisodiyot 💎 Boylik va Muvaffaqiyat sirlari 🌐 ТАДБИРКОРЛАР ва ИШБИЛАРМОНЛАР канали REKLAMA BO'LIMI: 👉 @biznesmen_007 Takliflar bn: @SapayevTG
Подписчики
5 460
24 часа
10
30 дней
-80
Просмотры
589
ER
0,09%
Посты (30д)
34
Символов в посте
667
December 06, 07:37
Файлы недоступны
1
Открыть в Telegram

Ўзбекистон Жаҳон чемпионати гуруҳ босқичида Португалия ва Колумбия билан ўйнайди.
“К” гуруҳи.
Тўртинчи жамоа саралаш босқичида аниқ бўлади. Конго ДР, Янги Каледония ва Ямайка ушбу йўлланма учун кураш олиб боради. К гуруҳининг икки ўйини Мексикада, сўнгги 3-тур АҚШда бўлиб ўтади.

December 04, 13:34
Файлы недоступны
1
Открыть в Telegram

Шу кунларга ҳам етиб келдик. Автосалонларда Cobalt‘нинг исталган моделига
тўлов қилиб, ўша куннинг ўзида олиб чиқиб кетиш мумкин
Салонлар рекламаларида айни вақтда сотувда тайёр бўлган Cobalt’ларни таклиф қилмоқда.
https://t.me/+QUFI_muIuAg7LlF9

December 04, 13:32
Файлы недоступны
2
Открыть в Telegram

#диққат
#огоҳлик
Фирибгарлар тузоғига алданиб қолманг, огоҳ бўлинг!
https://t.me/+QUFI_muIuAg7LlF9

November 29, 17:34
Файлы недоступны
1
Открыть в Telegram

1 декабрдан нималар ўзгаради?
1️⃣
АИ-80 маркали бензин
сотилишининг олдини олиш бўйича қатъий назорат
ўрнатилади
.
2️⃣
«Тадбиркорликни ривожлантириш компанияси» томонидан
5 мингта тадбиркорлик лойиҳалари
амалга
оширилади
.
3️⃣
ФҲДЁ органлари
никоҳланувчи шахслар
нинг тиббий кўрик натижаларини онлайн тарзда
олади
.
4️⃣
Онлайн
сейсмологик платформа
ишга
тушади
.
5️⃣
Экология вазирлиги атроф табиий муҳитнинг давлат мониторинги тизими
жамоатчилик учун очиқ
бўлишини
таъминлайди
.
6️⃣
“Истеъмолчи–тадбиркор–нодавлат нотижорат ташкилотлар–давлат органлари”
тизими жорий
этилади
.
7️⃣
Фуқаролар, адвокатлар, юристлар, судьялар учун
норматив-ҳуқуқий ҳужжатларни таҳлил қилиш платформаси
ишга
туширилади
.
8️⃣
Иккиламчи ижарага бериладиган ерларни
белгилаш, ижара шартномасини тузиш, давлат рўйхатдан ўтказиш ва тўловларни амалга ошириш хизмат тури
жорий қилинади
.
9️⃣
«Истеъмолчи мурожаати»
электрон тизимини
жорий этилади
.
https://t.me/+QUFI_muIuAg7LlF9

November 26, 14:41
Файлы недоступны
1
Открыть в Telegram

Urgut tumani
yiliga 40 million dollarlik sanoat mahsulotlarini eksport
qilmoqda. Tumanda
yiliga 350 million dollarlik sanoat mahsuloti chiqishi hisobga olinsa, bu juda kam ekani
qayd etildi.
Suriya, Iroq
va
Afg‘onistonning o‘zida 30 milliard dollarlik elektrotexnika, tekstil, oziq-ovqat, avtomobil, farmatsevtika va qurilish materiallariga
ehtiyoj bor.
Lekin,
bu bozorlarga jadal kirib borish bo‘yicha na tarmoq rahbarlari, na hokimlar haligacha tayinli natija ko‘rsatmayotgani
ko‘rsatib o‘tildi.
Shu bois, yil yakunigacha
Afg‘onistonni Mozori-Sharif shahrida Tovar-xomashyo birjasi filiali ochiladi
va
kamida 100 turdagi mahalliy mahsulotlarni sotish
yo‘lga qo‘yiladi
Keyingi yildan
Savdo-sanoat palatasining Iroqda 3 nafar, Suriyada 2 nafar savdo maslahatchilari
ish boshlaydi. Iroqning eng yirik 100 ta tadbirkorlarini Samarqandga taklif qilib,
“O‘zbekiston-Iroq” biznes forumini
o‘tkazish muhimligi ta’kidlandi.
Umuman, kelasi yili
viloyatda 70 trillion so‘mlik mahsulot ishlab chiqarish
va
sanoatda 25 ming ish o‘rni yaratish
reja qilindi.
Facebook
|
Instagram
|
X

November 26, 14:41
Файлы недоступны
3
Открыть в Telegram

Urgut tumanida Prezident Shavkat Mirziyoyev maishiy texnika ishlab chiqaruvchi yirik korxona bilan tanishdi.

В Ургутском районе Президент Шавкат Мирзиёев ознакомился с крупным предприятием по выпуску бытовой техники.
Facebook
|
Instagram
|
X

November 26, 14:41
Файлы недоступны
1
Открыть в Telegram

Urgutga yil boshidan
500 ming xorijiy va 1 million mahalliy sayyoh
keldi.
Tadbirkorlar
Zarafshon tog‘ tizmasida joylashgan “Qortog‘” zonasida 600 gektar maydonda turizm zonasi
tashkil etish tashabbusini bildirgan.
Yoki,
“Qoratepa” suv ombori atrofida kemping va kapsula uylar qurib, “Eko shaharcha” barpo etilsa, turistlarga yil 12 oy xizmat ko‘rsatadigan maskanga
aylanadi.
Shu bois, mutasaddilarga
Urgutda turistik-rekreatsion zona direksiyasini
tashkil etish, master-reja ishlab chiqib, lotlarni savdoga chiqarish topshirildi. Ushbu
loyihaning infratuzilmasi uchun 50 milliard so‘m mablag‘
ajratiladi.
Urgutdagi yondashuvlar asosida
yana 245 million dollarlik loyihalar hisobiga 8 ta tumanda 15 ming ish o‘rni yaratish
rejalashtirilgan.
Umuman, kelasi yil
600 million dollarlik turizm loyihalarini boshlab, kamida 35 ming aholini band qilish
zarurligi qayd etildi.
Facebook
|
Instagram
|
X

November 26, 14:41
Файлы недоступны
1
Открыть в Telegram

Imom Buxoriy maqbarasi hududi 45 gektargacha kengaytirilib, 10 ming kishilik masjid, innovatsion muzey
barpo etildi, atrofida
o‘nlab mehmonxona va mehmon uylari
qurilmoqda.
Agar
Indoneziya, Malayziyadan ilg‘or turistik kompaniyalar
olib kelinib, mehmonxonalar boshqaruvga berilib, o‘zaro manfaaatli hamkorlik yo‘lga qo‘yilsa,
turistlar oqimi yanada keskin ko‘payishi ta’kidlandi.
Bugun
viloyat nafaqat turizmdagi, balki sanoat, qishloq xo‘jaligi va xizmat ko‘rsatishdagi ulkan salohiyati bilan investor va tadbirkorlar uchun chinakam jozibador maskanga
aylanib bormoqda.

Endi
Samarqand – ishsizlik va kambag‘allikni qisqartirish, investitsiya, eksport, umuman barcha sohada metodik viloyat bo‘lishi kerak.
Buning uchun
tuman hokimlari o‘zini hududini xususiyatidan kelib chiqib, bor shtatlarini tahlil qilib, samarasizini qisqartirib, xorijdan zamonaviy menejerlar, mutaxassislar olib kelib, yangicha ishlashga o‘tishi zarur
”,
- dedi davlatimiz rahbari.
Facebook
|
Instagram
|
X

November 26, 14:41
Файлы недоступны
1
Открыть в Telegram

“Urgut” sanoat zonasiga kooperatsiya olib kirib,
mahsulotlarni “ehtiyot qismlar – tayyor mahsulot” zanjiri asosida ishlab chiqarish orqali tannarxni 5 foizdan 15 foizgacha kamaytirish mumkin.
Raqamlashtirish hamda sun’iy intellektni joriy qilish orqali
ham
ishlab chiqarish samaradorligi 20 foizga oshadi, operatsion xarajatlar 20-25 foizga kamayadi.
Mutasaddilarga
tuman sanoatining 70 foizini beradigan 43 ta korxonaga shu ishlarni qanday tashkil qilishni o‘rgatish
topshirildi.
“Urgut” erkin iqtisodiy zonasini 287 gektari adirda joylashgani
uchun
infratuzilma olib borish 2-3 karra qimmatlashmoqda.
Agar bu yerlar
qulay hududlarga almashtirib berilsa, investorlar 560 million dollarlik 80 ta loyihani amalga oshirishga tayyor
.
Mas’ullarga yil yakunigacha
sanoat zonalaridagi bo‘sh yerlarni tahlil qilib, samarasiz hududlarni boshqasiga almashtirish bo‘yicha taklif kiritish
topshirildi.
Facebook
|
Instagram
|
X

November 26, 14:41
Файлы недоступны
1
Открыть в Telegram

Samarqand aholisi
4 million 300 mingdan oshdi, yiliga o‘rtacha 100-110 ming nafarga ko‘payib borayapti.

Bugungi yig‘ilishni
Urgutda o‘tkazayotganim bejiz emas.
Respublika tumanlari ichida
aholisi eng ko‘p Urgutda 600 mingdan ortiq odam
istiqomat qilayapti.
Urgut tumani
uzoq yillardan beri viloyat qishloq xo‘jaligida yetakchi.
Adir va toshloq yerda Urgut erkin iqtisodiy zonasini tashkil qilganimiz,
860 million dollarlik 74 ta loyiha ishga tushgani
natijasida
Urgut sanoatlashgan hududga aylandi
”,
- dedi davlatimiz rahbari.
Sanoat rivojlanishi savdo va servisga ham katta turtki berdi. Hozir
Urgut viloyat sanoatida 3-o‘rinda, servisda esa 4-o‘rinda.
Bugun
Urgutda yana bir tarixiy voqea – 55 kilometr temir yo‘l liniyasini ishga tushirildi.
Ushbu
tarmoqni elektrlashtirish ishlari kelasi yil to‘liq yakuniga yetkaziladi
. Bu – avvalo
aholiga yanada qulay sharoit yaratish bilan birga, sanoat, qishloq xo‘jaligi va servisda yangi imkoniyatlar eshigini ochib beradi.
Facebook
|
Instagram
|
X