
TDAU YOSHLAR ITTIFOQI
📋
So'rovnoma
📢
Toshkent viloyatining faol yoshlar yetakchilari diqqatiga!
Viloyatimizdagi eng tashabbuskor va fidoyi yoshlar yetakchilarini aniqlash hamda munosib rag‘batlantirish maqsadida maxsus ko‘rik-tanlov e’lon qilinadi!
🏆
G‘oliblar qanday taqdirlanadi?
🥇
1-o‘rin:
14 000 000 so‘m pul mukofoti hamda bosh homiyning maxsus qimmatbaho sovg‘alari;
🥈
2-o‘rin:
10 000 000 so‘m pul mukofoti va qimmatbaho sovg‘alar;
🥉
3-o‘rin:
6 000 000 so‘m pul mukofoti va qimmatbaho sovg‘alar.
⚠️
Shaffoflik qoidasi:
Tanlovda adolatni ta'minlash muhim ustuvor vazifa. Shu sababli, sun’iy ovoz yig‘ish (nakrutka) yoki boshqa qoidabuzarliklarga yo‘l qo‘ygan ishtirokchilar va jamoalar darhol tanlovdan chetlashtiriladi.
❗️
Eslatib o‘tamiz: So‘rovnomaning yakuni 12-may 15:00 gacha davom etadi.
🤝
Tanlov homiysi:
Ipak yoʻli innovatsiyalar universiteti
Rasmiy sahifalarimiz:
Telegram
|
Instagram
Facebook
|
YouTube
Ovoz berish uchun quyidagi variantni tanlang:
💟
💟
💟
🌿
"Orolbo‘yi ezgu niyat elchilari": TDAU talabalari Qoraqalpog‘iston tomon yo‘lga
chiqdi
!
➡️
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
“Eko-madaniyat”
umummilliy loyihasi doirasidagi
PQ-110-sonli
qarori ijrosini ta’minlash maqsadida, universitetimizning bir guruh faol va iqtidorli talabalari Qoraqalpog‘iston Respublikasiga jo‘nab ketishdi.
Safardan ko‘zlangan asosiy maqsad:
•
“Orolbo‘yi ezgu niyat elchilari”
xalqaro konferensiyasida ishtirok etish;
•
“10 ming qadam”
piyoda yurish aksiyasida qatnashish;
• Hududda ekologik barqarorlikni ta’minlash maqsadida
daraxt ekish
ishlarida faollik ko‘rsatish;
• Yoshlar eko-festivallarida universitetimiz nufuzini munosib himoya qilish.
➡️
Ushbu tadbir nafaqat ekologik ta’lim va targ‘ibotni kuchaytirish, balki yoshlar o‘rtasida tabiatga bo‘lgan mas’uliyat hissini uyg‘otishda muhim ahamiyat kasb etadi. Eko-yo‘nalishdagi talabalarimiz va olimlarimiz mazkur xalqaro anjumanda o‘zlarining ilmiy ma’ruzalari bilan ham ishtirok etadilar.
IN ENGLISH
НА РУССКОМ
✍️
TDAU axborot xizmati
🎖
web-site
|
📝
telegram |
💻
instagram
📝
facebook
|
🎞
youtube
Davlatimiz rahbari Quvada joriy etilgan agrovoltaika texnologiyasi bilan tanishdi.
—
Глава государства ознакомился с технологией агровольтаики, внедренной в Куве.
Prezident.uz|
Facebook|
Instagram|
YouTube|
X
https://uza.uz/posts/850306
#jarayon
“Go‘zal Vatan” III Xalqaro Agro-tasviriy san’at festivalining tantanali ochilish marosimi yuqori bo‘lib o‘tdi
✅
Mazkur festival san’at va qishloq xo‘jaligi yo‘nalishlarining o‘zaro uyg‘unligini namoyon etish, ijodkorlarni qo‘llab-quvvatlash hamda milliy va xalqaro madaniy hamkorlikni yanada rivojlantirishga xizmat qiladi. Tadbirda mahalliy va xorijiy rassomlar, san’atshunoslar hamda soha mutaxassislari ishtirok etib, o‘zaro tajriba almashish imkoniyatiga ega bo‘lmoqda.
Festival doirasida yaratilayotgan asarlarda yurtimizning betakror tabiati, qishloq xo‘jaligi an’analari va mehnatkash insonlar hayoti yuksak badiiy mahorat bilan tasvirlanmoqda. Ushbu asarlar orqali milliy qadriyatlarimiz va zamonaviy ijodiy qarashlar uyg‘unligi o‘z ifodasini topmoqda.
✅
Mazkur nufuzli festival mamlakatimizning madaniy salohiyatini namoyon etish, san’at sohasida yangi iste’dodlarni kashf etish va ijodkorlar o‘rtasidagi hamkorlikni mustahkamlashda muhim ahamiyat kasb etadi.
Barcha ishtirokchilarga ijodiy muvaffaqiyatlar tilaymiz hamda festival ishiga ulkan zafarlar tilab qolamiz.
🇺🇿
✅
Bizning ijtimoiy tarmoqlar:
🌐
Telegram
🌐
Facebook
🌐
Instagram
🌐
Youtube
🎙
🔤
🔤
🔤
🔤
🔤
🔤
🔤
🔤
🎙
😊
Toshkent davlat agrar universiteti
Yoshlar ittifoqi
boshlang'ich tashkiloti tomonidan
Oliy ta’lim muassasalari o‘rtasida
o‘tkaziladigan
“Munozara”
intellektual o‘yinining universitet bosqichi tashkil etiladi.
🧠
Mavzu: “Elektron kitoblar oddiy kitoblardan avzalroq”
✅
Ushbu bahsda jamoalar o‘z bilim va nutq mahoratlarini sinovdan o‘tkazadilar.
🗓
Sana: 30-aprel 2026-yil
🕐
Vaqt: 14:00
📌
Manzil: Bosh bino, 2-etaj, Zakovat maydonchasi
🎓
Barcha qiziquvchilarni ushbu intellektual bellashuvga taklif etamiz!
#Munozara
#Zakovat
#TDAU
#YoshlarIttifoqi
🇺🇿
✅
Bizning ijtimoiy tarmoqlar:
🌐
Telegram
🌐
Facebook
🌐
Instagram
🌐
Youtube
#Oltin_qanot
Toshkent davlat agrar universitetida “Go‘zal Vatan” III xalqaro agro-tasviriy san’at festivaliga start berildi hamda matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi
BATAFSIL
В Ташкентском государственном аграрном университете дан старт III Международному фестивалю аграрного изобразительного искусства «Прекрасная Родина», а также состоялась пресс-конференция
ПОДРОБНО
The 3rd International Agro-Fine Arts Festival “Beautiful Homeland” was launched at Tashkent State Agrarian University, and a press conference was held
IN DETAIL
✍️
TDAU axborot xizmati
🎖
web-site
|
📝
telegram |
💻
instagram
📝
facebook
|
🎞
youtube
#e
'lon
🇺🇿
9-may – Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan insholar tanlovi!
✍
Toshkent davlat agrar universiteti
Agroiqtisodiyot, logistika va xizmatlar
fakulteti Yoshlar ittifoqi tomonidan
9-may – Xotira va qadrlash kuni
munosabati bilan talabalar o‘rtasida
“Xotira – muqaddas, qadr – ulug‘
" mavzusida insholar tanlovi tashkil etilmoqda.
🖋
Ushbu tanlovning asosiy maqsadi — yoshlar qalbida Vatanga sadoqat, ajdodlar xotirasiga hurmat va milliy qadriyatlarni mustahkamlashdan iborat.
📌
Tanlovda ishtirok etuvchi talabalar o‘z insholarida:
— urush yillaridagi mardlik va jasoratni,
— ajdodlarimizning fidoyiligini,
— tinchlikning bebaho ne’mat ekanini yoritishlari lozim.
🏆
G‘oliblar uchun diplom va esdalik sovgʻalar taqdim etiladi!
📆
Insholarni topshirish muddati:
7-may
📍
Qabul manzili:
Agroiqtisodiyot, logistika va xizmatlar fakulteti, 106-xona
📌
Murojaat uchun:
@Abdulazizbek76
✍
Agroiqtisodiyot, logistika va xizmatlar fakulteti
💙
💙
💙
“Go‘zal Vatan” III xalqaro Agro-tasviriy san’at festivaliga start berilmoqda!
“Tasviriy san’at orqali xalqimizning boy tarixi, urf-odatlari va hayotiy haqiqatlari aks etadi. Rassomlarimiz ushbu tarixiy xotirani, xalq ruhini mujassam etuvchi fidoyi ijodkorlardir.” — Shavkat Mirziyoyev
➡️
Bugun
Toshkent davlat agrar universitetida
agrar soha va san’at uyg‘unligini tarannum etuvchi
“Go‘zal Vatan” xalqaro festivalining
tantanali ochilish marosimi bo‘lib o‘tmoqda. Tadbirni universitet rektori, professor Narzullo Oblomuradov ochib berib, ishtirokchilarga ijodiy zafarlar tiladi.
📍
Festival geografiyasi kengaymoqda:
Mazkur ijodiy loyiha faqat poytaxt bilan cheklanib qolmasdan, yurtimizning eng ko‘hna va navqiron go‘shalarida davom etadi: Jumladan,
Jizzax viloyati:
G‘allaorol tumanining so‘lim tabiat qo‘ynida va tarixiy manzillarda plenerlar;
Samarqand viloyati:
Imom al-Buxoriy majmuasi hamda Shohi Zinda kabi muqaddas qadamjolarda ijodiy jarayonlar;
Buxoro viloyati:
Mir Arab madrasasi va qadimiy obidalar poyida mahorat darslari.
➡️
Ushbu plenerlar davomida musavvirlar ona tabiat, qishloq xo‘jaligi jozibasi va tarixiy maskanlarimizni o‘z asarlarida jonlantiradilar. Bu esa yoshlar qalbida milliy ruh va qadriyatlarga bo‘lgan hurmatni yanada mustahkamlashga xizmat qiladi.
IN ENGLISH
НА РУССКОМ
✍️
TDAU axborot xizmati
🎖
web-site
|
📝
telegram |
💻
instagram
📝
facebook
|
🎞
youtube
💛
💛
💛
TDAU OLIMASI YARATGAN YERYONG‘OQ NAVI ENDI “MARS” SHOKOLADLARIDA FOYDALANILADI
➡️
Toshkent davlat agrar universiteti olimlarining ilmiy izlanishlari yana bir muhim natija bilan e’tirof etildi. Universitetimizning Sabzavotchilik va issiqxona xo‘jaligini yuritish kafedrasi professori, qishloq xo‘jaligi fanlari doktori
Maxfirat Amanova
rahbarligida olib borilgan ilmiy-amaliy ishlar amaliy samaraga erishdi.
➡️
“
Denov – Agro Star
” hamda “
Global Export
” kompaniyalari bilan hamkorlikda yaratilgan yeryong‘oqning mahalliy “
Mumtoz
” navi xalqaro bozorda yuqori baholanib, dunyoning yirik brendlaridan biri — “
Mars
” kompaniyasining qat’iy sifat va xavfsizlik talablaridan muvaffaqiyatli o‘tdi.
➡️
Mazkur yutuq natijasida “
Mars
” kompaniyasi O‘zbekistondan yeryong‘oq xarid qilish jarayonini boshlamoqda.
➡️
Ushbu voqea mahalliy seleksiya maktabining ulkan muvaffaqiyati, milliy agrar ilm-fan taraqqiyotining amaliy natijasi hamda Toshkent davlat agrar universiteti ilmiy salohiyati xalqaro maydonda yuksak e’tirof etilayotganining yana bir yorqin isbotidir.
IN ENGLISH
НА РУССКОМ
✍️
TDAU axborot xizmati
🎖
web-site
|
📝
telegram |
💻
instagram
📝
facebook
|
🎞
youtube