Выберите регион
и язык интерфейса
Покажем актуальные для региона
Telegram-каналы и возможности
Регион
avatar

Tarjimonlik fakulteti_O‘zDJTU (official)

TF_UZSWLU
O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti Tarjimonlik fakultetining rasmiy kanali
Подписчики
1 680
24 часа
10
30 дней
-70
Просмотры
592
ER
30,42%
Посты (30д)
70
Символов в посте
1 042
Инсайты от анализа ИИ по постам канала
Категория канала
EDЖизнь студента
Пол аудитории
Женский
Возраст аудитории
25-34
Финансовый статус аудитории
Средний
Профессии аудитории
Образование
Краткое описание
April 27, 05:05
Файлы недоступны
5
1
Открыть в Telegram

🟦
🟦
🟦
🟦
🟦
🟦
🟦
🇺🇿
🇺🇿
27-aprel kuni
Tarjimonlik fakulteti tyutorlari Husenova Nodira,Avliyoyeva Diyora,Xasanova Irodalar o‘ziga biriktirilgan guruh talabalari bilan Alisher Navoiy muzeyiga tashrif
uyushtirdi. Ushbu tashrif davomida talabalar buyuk mutafakkir va shoir Alisher Navoiyning boy ijodiy merosi, hayoti hamda adabiy faoliyati bilan yaqindan tanishdilar.
📌
Muzey eksponatlari orqali talabalar Navoiy davri madaniy muhiti, uning asarlarining mazmun-mohiyati hamda o‘zbek va jahon adabiyotidagi o‘rni haqida kengroq tasavvurga ega bo‘ldilar. Shuningdek, tashrif jarayonida talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob olib, tarixiy va madaniy bilimlarini mustahkamlash imkoniyatiga ega bo‘ldilar.
🟢
Mazkur tashrif talabalarning ma’naviy-ma’rifiy saviyasini oshirish, milliy qadriyatlarimizga hurmat ruhida tarbiyalash hamda ularning dunyoqarashini kengaytirishda muhim ahamiyat kasb etdi.
🌐
Bizning ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring:

Telegram
.

Telegram

April 27, 04:32
Файлы недоступны
10
Открыть в Telegram

🌍
Joriy yilning 24

aprel sanasida Roman-german tillari tarjimashunosligi kafedrasida navbatdagi “Ma’rifat soati” o‘tkazildi.
♻️
Ushbu ma’rifat soatida mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlar doirasida “Yangi Yoshlar strategiyasi–2030”ning asosiy yo‘nalishlari muhokama qilindi. Shuningdek, yoshlar yutuqlari misolida Javohir Sindorovning xalqaro miqyosdagi g‘alabasi alohida e’tirof etildi va bu kabi yutuqlar yoshlarga ilhom manbai ekanligi ta’kidlandi.
🪪
Shuningdek zamonaviy muammolardan biri sifatida mijozlarni onlayn kreditlash jarayonlarida himoya qilish masalalari ham ko‘rib chiqildi. Bu borada moliyaviy savodxonlikni oshirish, xavf-xatarlarni oldini olish bo‘yicha muhim tavsiyalar berildi.
📚
Shu bilan birga, davlat tili — o‘zbek tiliga bo‘lgan e’tiborni yanada kuchaytirish, uning nufuzini oshirish masalalari ham muhokama markazida bo‘ldi.
✳️
Suhbat yakunida 26-aprel sanasida
tavallud topgan ikki buyuk ijodkor — Muhammad Yusuf va Botir Zakirovning boy ijodiy merosi haqida so‘z yuritildi. Ularning xalqimiz ma’naviyati va madaniyatiga qo‘shgan hissasi alohida ta’kidlandi.

Mazkur “Ma’rifat soati” ustozlarning siyosiy-ijtimoiy bilimini oshirish, ma’naviy dunyoqarashini boyitishda muhim ahamiyat kasb etdi.
📍
https://t.me/RGTT_TF

April 27, 04:32
Файлы недоступны
6
Открыть в Telegram


Roman - german tillari tarjimashunosligi kafedrasi professor – o‘qituvchilari tomonidan Talabalar turar joylarida bir qator ma’naviy – ma’rifiy ishlar olib borilmoqda. Talabalar turar joylarida turli tadbirlar, suxbatlar o‘tkazilmoqda.
🔷
Joriy yilning 23-aprel kuni Roman-german tillari tarjimashunosligi kafedrasi katta o‘qituvchisi M.To‘ychiyeva O‘zDJTU 5 – sonli Talabalar turar joyiga tashrif buyurdi, talabalar bilan suxbatlashib ularning yashash sharoitlari bilan tanishdi.
🔶
5 – son Talabalar turar joyida talabalarning dam olishlari, darsdan bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazishlari uchun hamma sharoitlar yaratilgan. Talabalarni so‘glom turmush tarziga jalb etish va ularni sport bilan shug‘ullanishlari uchun barcha imkoniyatlar mavjud.
♻️
Talabalar bilan suxbat davomida ularga kerakli ko‘rsatmalar berildi.
📍
https://t.me/RGTT_TF

April 27, 04:31
Файлы недоступны
6
Открыть в Telegram

🔰
Joriy yilning 23 aprel sanasida Tarjimonlik fakulteti Roman-german tillari tarjimashunosligi kafedrasi katta o‘qituvchisi N.Ro‘ziboyeva tomonidan universitet 1 sonli talabalar yotoqxonasida istiqomat qilayotgan yoshlar ishtirokida tarbiyaviy ahamiyatga ega suhbat tashkil etildi.
❇️
Unda talabalarning yashash sharoiti, kundalik hayoti va ular uchun yaratilgan imkoniyatlar haqida fikr almashildi.
❇️
Shuningdek, bugungi kunda ayrim yoshlar turli yot g‘oya va oqimlar ta’siriga tushib qolish xavfi mavjudligi ta’kidlanib, bunday holatlarning oldini olish, mustaqil fikrlashni shakllantirish va sog‘lom dunyoqarashni mustahkamlash masalalari muhokama qilindi.
♻️
Suhbat davomida talabalar o‘z fikr va takliflarini bildirib, qiziqtirgan savollariga javob oldilar. Bunday suhbatlar yoshlarning ma’naviy kamoloti va ijtimoiy faolligini oshirishda muhim ahamiyat kasb etadi.
📍
https://t.me/RGTT_TF

April 25, 14:39
Файлы недоступны
1
Открыть в Telegram

🟦
🟦
🟦
🟦
🟦
🟦
🟦
📚

Talabalar turar joyida samimiy uchrashuv
🤝
🇺🇿
🇺🇿
20.04.2026. O‘zDJTU Ingliz tili amaliy tarjima kafedrasi katta o‘qituvchilari
A. Saitxanova
hamda
M. Turobidinovalar
1- va 2-sonli talabalar turar joyiga tashrif buyurishdi.
🏡
🎓
💡
Uchrashuv davomida talabalarning yotoqxona hayoti, o‘qish jarayoni, tarjima sohasiga bo‘lgan qiziqishlari, chet tillarini o‘rganishdagi tajribalari hamda duch kelayotgan muammolari haqida
samimiy suhbat
o‘tkazildi.
💬
📌
Shuningdek, talabalarga o‘z ustida ishlash
💪
, vaqtni unumli sarflash

hamda o‘rganilayotgan chet tillarini amaliyotda faol qo‘llash bo‘yicha foydali tavsiyalar berildi.
📖
💡
👉
Bunday uchrashuvlar talabalarning
bilim va motivatsiyasini oshirib
, o‘qituvchi va talabalar o‘rtasidagi
samimiy aloqani
yanada mustahkamlaydi.
🤗
🌐
Bizning ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring:

April 25, 07:07
Файлы недоступны
7
2
Открыть в Telegram

O'zbekiston davlat jahon tillari universiteti
"Tarjimonlik"
fakulteti
"Ingliz tili tarjima nazariyasi"
kafedrasi
🏢
1-sonli talabalar turar joyiga tashrif
Bugun kafedra professor-o‘qituvchilari: N.Azizova, N.Tursunova, D.Mamanazarova tomonidan
1-sonli talabalar turar joyid
a talabalar uchun yaratilgan shart-sharoitlar bilan yaqindan tanishildi.

Yotoqxona xonalari zamonaviy jihozlangan bo‘lib, yangi muzlatgich, Smart TV va boshqa zarur maishiy vositalar bilan ta’minlangani kuzatildi.
Xonalarning tozaligi, ozodaligi hamda barcha qulayliklarning mavjudligi talabalar uchun munosib yashash muhitini yaratishga xizmat qilmoqda. Tashrif davomida yotoqxonadagi mavjud sharoitlar ko‘zdan kechirilib, talabalarning yashash va ta’lim olishlari uchun yaratilgan imkoniyatlar e’tirof etildi.
Bizni kuzatishda davom eting:
https://t.me/PhDAssociateProfessor
https://t.me/scientificconferences
https://t.me/ITIT_ILMIY_TADQIQOT_INSTITUTI

April 24, 14:12
Файлы недоступны
1
Открыть в Telegram

Eshitdingizmi? "WikiKitob II" tanlovi boshlandi
📚
Eh, qanday ajoyib: sizning shaxsiy kutubxonangizda hech kimda yo‘q kitoblar bo‘lsa. Bir emas, roppa-rosa
10 ta kitob.
Yaqinroq keling, bu imkoniyat endi sizda ham bor!
📚
"WikiKitob II"
tanlovida ishtirok etib, 20 nafar g‘olibdan biriga aylaning hamda
"1000KITOB"
loyihasi doirasida chop etilgan kamyob kitoblarni qo‘lga kiriting.
📚
Barchasi juda oddiy: hoziroq
@
WikiTanlov_bot
orqali
ro‘yxatdan o‘ting va bu haqida do‘stlaringizga xabar bering. Qabul 26-aprelgacha davom etadi. Shundan so‘ng sizga 40 ta test yuboriladi.
📚
Test savollari
"1000KITOB"
loyihasi asosida chop etilgan kitoblar haqidagi maqolalar asosida tuzilgan. Mazkur maqolalar ham tez orada e’lon qilamiz. Bizni kuzatishda davom eting!
Batafsil —
WikiKitob II
Bizni kuzating
Facebook
|
Instagram
|
YouTube
|
Telegram

April 24, 13:24
Файлы недоступны
4
1
Открыть в Telegram

📌
“Jamiyatda oila muqaddasdir” mavzusida davra suhbati o‘tkazildi
🇺🇿
🇺🇿
Tarjimonlik fakulteti Xotin-qizlar masalalari bo‘yicha dekan maslahatchisi D.Sh. Muminova tomonidan 2-kurs talabalari ishtirokida “JAMIYATDA OILA MUQADDASDIR” mavzusida davra suhbati tashkil etildi.

Tadbir davomida oilaviy tantanalar, ma’raka va marosimlarni ixcham, tartibli hamda milliy qadriyatlarimizga mos tarzda o‘tkazish masalalari atroflicha muhokama qilindi. Shuningdek, oilaning jamiyatdagi o‘rni, uning muqaddasligi, farzand tarbiyasi va oilaviy madaniyatni saqlashda har bir shaxsning mas’uliyati haqida batafsil tushunchalar berildi.
🟢
Davra suhbati jarayonida talabalar o‘z fikr-mulohazalarini bildirishdi, savol-javoblar orqali mavzu yuzasidan yanada keng tasavvurga ega bo‘lishdi.

Bunday ma’naviy-ma’rifiy uchrashuvlar yoshlarni milliy qadriyatlar ruhida tarbiyalash, oilaga hurmat tuyg‘usini kuchaytirish hamda ularning ijtimoiy mas’uliyatini oshirishga xizmat qiladi.
🌐
Bizning ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring:

Telegram
.

Telegram

April 24, 13:07
Файлы недоступны
4
1
Открыть в Telegram

🟦
🟦
🟦
🟦
🟦
🟦
🟦
🇺🇿
Tarixga sayohat – yoshlar nigohida
🇺🇿
🇺🇿
🇺🇿
O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti Tarjimonlik fakulteti tyutori
N. Islamova tashabbusi bilan
o‘ziga biriktirilgan guruh talabalari bilan Amir Temur muzeyiga tashrif buyurildi.Mazkur tashrif davomida talabalar buyuk sarkarda va davlat arbobi Amir Temur hayoti, uning boy tarixiy merosi hamda temuriylar davriga oid qimmatli eksponatlar bilan yaqindan tanishdilar.
📌
Muzey ekspozitsiyalari orqali yoshlarimizda milliy tariximizga hurmat, ajdodlarimizga bo‘lgan faxr va vatanparvarlik tuyg‘ulari yanada mustahkamlandi.Tashrif jarayonida talabalar tarixiy bilimlarini boyitish bilan birga, o‘zaro fikr almashishdi va tarixiy merosimizni chuqurroq anglashga muvaffaq bo‘ldilar.

Bunday ma’rifiy tadbirlar talaba-yoshlarning dunyoqarashini kengaytirish, ularni har tomonlama yetuk mutaxassis bo‘lib shakllanishiga xizmat qiladi.
🌐
Bizning ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring:

Telegram
.

Telegram

April 24, 11:37
Файлы недоступны
6
3
Открыть в Telegram

🟦
🟦
🟦
🟦
🟦
🟦
🟦
🇺🇿
🇺🇿
Bugun O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti Tarjimonlik fakultetida Ingliz tili tarjima nazaryasi kafedrasi o‘qituvchisi Maryam Gataullina tomonidan
“Professional tarjima jarayonlari”
mavzusida xalqaro darajadagi seminar-trening yuqori saviyada tashkil etildi.
📌
Mazkur tadbirda Chirchiq davlat pedagogika universiteti Gid-tarjima yo‘nalishi 4-bosqich talabalari hamda Lingvistika va ingliz tilini o‘qitish metodikasi kafedrasi professor-o‘qituvchilari — Xonsaidova Maktuba, Yuldasheva Kamola, Belarus davlat chet tillari universiteti Tarjimonlik fakulteti professori Viktoria Minina, O'zbekiston davlat jahon tillari universiteti Qo'shma ta'lim professori Richard Goodall ishtirok etdilar.
🟢
Shuningdek, O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti Tarjimonlik fakultetidan Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha dekan o‘rinbosari F. Ne’matova, Ingliz tili nazariy tarjima kafedrasi mudirasi E. Tursunnazarova hamda Xalqaro hamkorlik bo'limi mutaxassi D. Khodjabekova ham faol qatnashdilar.

Seminar-trening davomida mehmonlar universitetning zamonaviy sinxron tarjima xonasi bilan yaqindan tanishib, tarjimonlar uchun yaratilgan barcha shart-sharoitlarni amalda sinab ko‘rdilar. Ular sinxron tarjima jarayonida qo‘llaniladigan professional uskunalar — naushniklar, mikrofonlar va maxsus texnologiyalardan foydalanib, real tarjima muhitida ishlash tajribasini oshirdilar.
👉
Mazkur seminar-trening puxta va yuqori saviyada tashkil etilib, ishtirokchilarda katta taassurot qoldirdi. Tadbir davomida tarjimonlik faoliyatining dolzarb masalalari yuzasidan fikr almashilib, amaliy ko‘nikmalar mustahkamlandi.

Ushbu seminar xalqaro hamkorlikni kengaytirish, tajriba almashish va bo‘lajak tarjimonlarning kasbiy salohiyatini yuksaltirishda muhim ahamiyat kasb etadi.
🌐
Bizning ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring:

Telegram
.

Telegram