Выберите регион
и язык интерфейса
Покажем актуальные для региона
Telegram-каналы и возможности
Регион
avatar

Jinoyat protsessi

TSUL_CPL
🇺🇿 TDYU Jinoyat-protsessual huquqi sho'basining rasmiy kanali 🇷🇺 Официальный канал сектора Уголовно-процессуального права ТГЮУ 🇬🇧 Official channel of the sector of Criminal procedure law 🗯 For info: @Hazratali_Qudratillayev @Hazratali_uz @nodir7
Подписчики
2 340
24 часа
30 дней
-60
Просмотры
682
ER
14,7%
Посты (30д)
20
Символов в посте
724
Инсайты от анализа ИИ по постам канала
Категория канала
Право
Пол аудитории
Женский
Возраст аудитории
25-34
Финансовый статус аудитории
Средний
Профессии аудитории
Право и юридические услуги
Краткое описание
April 21, 14:45
Файлы недоступны
2
Открыть в Telegram

👨‍⚖️
“Jinoyat-protsessual huquqi” fanidan olingan nazariy bilimlarni amaliyot bilan bog‘lash hamda talabalarda kasbiy ko‘nikmalarni shakllantirish maqsadida, joriy yilning 21-aprel kuni “Jinoyat-huquqiy faoliyat” yo‘nalishi 3-kurs talabalari uchun Toshkent shahar jinoyat ishlari bo‘yicha sudida sayyor dars tashkil etildi.
Talabalar Jinoyat-protsessual huquqi sho’basi professori v.b., yu.f.n. A.Tadjibayeva boshchiligida bevosita sud protsesslarini kuzatib, sud ish yurituvining o‘ziga xos jihatlari bilan yaqindan tanishdilar.
👨‍⚖️

April 21, 14:44
Файлы недоступны
2
Открыть в Telegram

📖
Jinoyat protsessual huquqi sho’basi professori G.Tulaganova tomonidan joriy yil 21-aprel kunida Odil sudlov akademiyasining ko’p yillik tajribasiga ega bo’lgan dotsenti falsafa fanlari doktori(Phd) Omonov Zafarjon Raxmonaliyevich ishtirokida Jinoiy odil sudlov fakulteti 3-kurs «A» potok talabalarini darsiga taklif etildi. Dars davomida sud protsessi tashkil etildi va tajribali sudya tomonidan yo’l qo’yilgan kamchilik va xatolar tuzatildi. Talabalar darsning ikkinchi qismida o’zlariga qiziq bo’lgan amaliy va nazariy savollarga javob olishdi.
👨‍⚖️

April 21, 14:20
Файлы недоступны
6
Открыть в Telegram

📕
Joriy yil 21- aprel kunida Jinoyat protsessual huquqi sho’basi professor- o’qituvchilari B.Xudaybergenov, A.Davronov Va A.Abdurashidovlar Jinoyat-protsessual huquqi JHF "D" patok talablari bilan birgalikda Huquqni muhofaza qilish akademiyasiga tashrif buyurishda va bu yerda sayyor dars tashkil etishdi. Talabalar o’zlariga qiziqarli bo’lgan amaliy savollarga javob olishdi.
📖

April 21, 14:14
Файлы недоступны
6
Открыть в Telegram

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ-1-son qarori ijrosi yuzasidan TDYU Jinoyat-protsessual huquqi sho‘basi o‘qituvchilari B. Turg‘unov va M. Lutfullayeva tomonidan joriy yil 21 -aprel sanasida Yashnobod tumani 244-umumta’lim maktabiga tashrif buyurdilar va maktab o‘quvchilari “Zakovat” ko‘rik-tanlovining tuman bosqichida faol ishtirok etgani uchun taqdirlandi.

April 21, 14:10
Файлы недоступны
3
Открыть в Telegram

📕
2026-yil 21-aprel kuni Toshkent davlat yuridik universitetining Jinoyat-protsessual huquq sho’basi professor-o’qituvchilari D.Uzbekova, Sh.Mamataliyeva va B.Turg’unov tomonidan Jinoiy odil sudlov fakulteti 2-kurs talabalari uchun “Jinoiy odil sudlov” fani bo’yicha master-klass dars tashkil etildi.
Darsga amaliyot vakili sifatida Toshkent shahar Chilonzor tumani tergovchisi Jahongir Suyunbayev taklif etilib, u o’zining amaliy tajribasini talabalar bilan baham ko’rdi.
Mazkur master-klass talabalar uchun nazariy bilimlarni amaliyot bilan bog’lashda muhim ahamiyat kasb etdi.
⚖️
🎓
​​​​​​​​​​​​​​​​

April 17, 05:24
Файлы недоступны
1
Открыть в Telegram

Жиноят ишни бўйича апелляция шикояти бериш билан кассация шикояти беришнинг моҳиятидаги асосий 3 та фарқ
Биринчи фарқ:
Уларни бериш муддатларида. Яъни, Қонун апелляция шикояти бериш учун муддатни чегаралаб қўйган бўлиб, ҳукм эълон қилинган кундан эътиборан ўн сутка ичида берилиши мумкин. Кассация шикоятини бериш муддати эса чегараланмаган.
Иккинчи фарқ:
Апелляция шикояти берилиши суд ҳукми, ажримининг ижросини тўхтатиб туришга асос бўлади. Кассация шикояти берилиши эса бунга асос бўла олмайди.
Учинчи фарқ:
Апелляция шикояти бериш орқали ишни қайта кўрилишига эришилса, шикоят берган ёки манфаати кўзланиб, шикоят берилган қамоқда сақланаётган шахс (айбланувчи) ишни қайта кўриш жараёнларида бевосита иштирок этиш ҳуқуқини ўзида сақлаб қолади.
Кассация шикояти бериш орқали ишни қайта кўрилишига эришилганда эса, шахс (ЖИЭМ да сақланаётган маҳкум) да бундай процессуал ҳуқуқ бўлмай, балки, унинг ишда иштирок этиш-этмаслиги суднинг ихтиёрига боғлиқ бўлиб
қолади.
@Hazratali_uz

April 16, 13:01
Файлы недоступны
4
Открыть в Telegram

2026 йил 16 апрель куни Тошкент шаҳар Янгиҳаёт туманида жойлашган “Машъал” маҳалла фуқаролар йиғини ҳудудида Pro bono тизими доирасида сайёр қабул тадбири ташкил этилди. Мазкур тадбирда жами 50 нафарга яқин маҳалла аҳолиси иштирок этди.
Сайёр қабул жараёнида фуқаролар билан очиқ мулоқот ўтказилиб, уларни қийнаб келаётган ижтимоий-ҳуқуқий муаммолар атрофлича ўрганилди. Мурожаатлар асосан жиноят-процессуал масалалар, ҳуқуқни муҳофаза қилувчи органлар фаолияти, шунингдек, меҳнат ва оилавий муносабатлар билан боғлиқ муаммолар юзасидан бўлди.
Жумладан, фуқаролар томонидан жиноят ишлари бўйича дастлабки тергов жараёнлари, ҳуқуқ ва мажбуриятлар, ҳимоячи ёллаш тартиби, шунингдек, процессуал қарорлар устидан шикоят қилиш механизмлари бўйича саволлар кўтарилди. Шу билан бирга, меҳнат муносабатлари доирасида ишдан ноқонуний бўшатиш, иш ҳақини ундириш ва меҳнат шартномаларини расмийлаштириш масалалари муҳокама қилинди. Оилавий муносабатларга оид мурожаатларда эса алимент ундириш, ажрим жараёнлари ва оилавий низоларни тинч йўл билан ҳал этиш имкониятлари юзасидан тушунтиришлар берилди.
Сайёр қабулда Тошкент давлат юридик университети Юридик клиникаси ходими Имомали Туев, Жиноят процессуал шўбаси профессори Гулчеҳра Тўлаганова ҳамда шўба доценти Моҳигул Қодирова иштирок этиб, барча мурожаатлар юзасидан амалдаги қонунчилик нормалари асосида батафсил ҳуқуқий тушунтиришлар бердилар.
Шунингдек, фуқароларга судгача низоларни ҳал этиш тартиби, тегишли давлат органларига мурожаат қилиш, судга ариза киритиш, далиллар тўплаш ҳамда ҳуқуқий ҳимоя воситаларидан самарали фойдаланиш бўйича амалий тавсиялар тақдим этилди.
Тадбир якунида иштирокчиларга келгусида бепул ҳуқуқий ёрдам олиш имкониятлари, жумладан, Тошкент давлат юридик университети Юридик клиникаси фаолияти ва унинг алоқа маълумотлари ҳақида қўшимча маълумотлар берилди.

April 15, 16:05
Файлы недоступны
7
Открыть в Telegram

⚖️
O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi hamda Toshkent davlat yuridik universiteti hamkorligida Oliy sudga tashrif uyushtirildi. Mazkur tashrif davomida Oliy sud raisi o‘rinbosari M.Kalandarova hamda 10 dan ziyod tajribali ayol sudyalar ishtirok etib, tadbir mazmunan boy va samarali ruhda tashkil etildi.
📚
Tadbir davomida ishtirokchilar O’zbekiston Respublikasi Oliy sudi muzeyiga tashrif buyurib, sudlar tarixi va oltin fondiga doir qimmatli ma’lumotlarga ega bo’lishdi.

April 15, 15:18
Файлы недоступны
3
Открыть в Telegram

2025-yil 15 aprel kuni
Toshkent davlat yuridik universitetining
Jinoyat-protsessual huquqi sho’basi professori
D.J.Suyunova , dosent v.b. U.Rahimova, katta uqituvchi X. Mamatkulova tomonidan Jinoiy odil sudlov fakulteti 3 kurs A (rus) potok 1 guruh talabalari uchun Jinoyat ishlari bo‘yicha Yunusabad tuman sudiga
sayyor dars tashkil qilindi. Sayyor dars davomida mazkur
sud raisining o’rinbosari S.Kuchkarov
bilan suhbat o‘tkazilib, va o‘z ish jarayoni haqida ma’lumot berdi hamda eng dolzarb jinoyat ishlari bo‘yicha sud jarayonlari haqida so‘zlab berdi. Talabalar o’ta ogir jinoyatlar - kontrabanda(JK 246-modda), giyohvandlik moddalarni sotish (JK 273-modda 5 -qismi)
bo‘yicha jinoyat
ishini kuzatish imkoniyatiga ega bo‘ldilar.
Sayyor dars davomida talabalar sud amaliyoti bo‘yicha o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldilar.
👨‍⚖️

April 14, 12:56
Файлы недоступны
3
Открыть в Telegram

Joriy yil 14 Aprel kunida Jinoyat protsessual huquqi sho’basi professori-o’qituvchilari A.Davronov Va K.Mavlonovlar “Maqsad, bilim va masʼuliyat – muvaffaqiyat asosi” mavzusida universitetning iqtidorli va yutuqlarga erishgan talabalari bilan birgalikda motivatsion hamda maqsadga yo‘naltirilgan davra suhbati tashkil etildi. Mazkur tadbir 244-maktabda o‘tkazilib, unda o‘quvchilarga aniq maqsad qo‘yish, bilim olishga intilish hamda shaxsiy masʼuliyatni his etishning ahamiyati haqida atroflicha tushuntirishlar berildi. Suhbat davomida talabalarning shaxsiy tajribalari, erishgan yutuqlari va muvaffaqiyat sari bosib o‘tgan yo‘llari misolida o‘quvchilarda motivatsiya uyg‘otildi.