Tarixchi.uz
Tarix darsliklaridan maʼlumki, 1510-yilning oxirlarida Shayboniyxon va Shoh Ismoil oʻrtasida Marv yaqinida hal qiluvchi jang boʻlib oʻtadi va jangda Shayboniyxon halok boʻladi.
"Gʻoliblar Shayboniyxonning boshini kesib nayzaga sanchdilar-u Shoh Ismoil minib turgan otning oyogʻi tagiga eltib tashladilar. Keyin qizilboshlar Shayboniyxon qirgan shialar qasdiga uning kesik boshidan terisini shilib olib ichiga somon tiqdilar. G'arbda shialarni quvg'in qilayotgan va Shoh Ismoilga alam o'tkazgan sunniyparastlardan yana biri – turk sultoni Boyazid II edi. Shoh Ismoil Shayboniyxonning somon tiqilgan boshini turk sultoniga: "Men bilan qasdlashgan sunniylar qay ahvolga tushishini ko'rib qo'y!" degan maʼnoda "sovgʻa" qilib yubortirdi. Sunniy – shia dushmanligi shu darajaga yetgan ediki, qizilboshlar bunga ham qanoat qilmay, Shayboniyxonning bosh suyagiga oltin qoplatib, undan may ichadigan kosa yasaydilar".
Yuqoridagi parcha Pirimqul Qodirovning "Yulduzli tunlar" asaridan olingan boʻlib, tarixiy haqiqatga asoslangan. Buni Shoh Ismoilning xayrixohlari yozgan "Tarixi olam oroyi Abbosiy"da va Xondamirning "Habib us-siyar"ida ham keltirilgan maʼlumotlar isbot etadi.
@Tarixchi_uz
#Бошпанасиз_шаҳар
– Тошкент зилзиладан қандай оёққа турганди?
📅
Бундан 60 йил муқаддам Тошкент шаҳри аҳолиси кучли силкинишдан уйғониб кетганди.
1966 йил 26 апрел тонгги 5:23 да
Тошкент шаҳрида эпицентрдаги ер юзасида сейсмик таъсири 8 баллдан ортиқ даҳшатли зилзила рўй берган.
10-12 сония
давом этган зилзила талафот майдони
10 километрга
етган.
«Зилзила жуда қаттиқ бўлганидан ётган жойдан туриб кетишнинг иложи йўқ эди», деб эслайди сейсмограф
Қаҳҳорбой Абдуллабеков.
@Tarixchi_uz
1966 йилда Москвaдa қизиқ бир воқеа содир бўлган. Пенсионер Андрей Васильевич Муратов Бутуниттифоқ консерва саноати илмий-тадқиқот институтига Биринчи жаҳон уруши пайтида фронтда олган бир банкаси билан келади. Банка устида шундай ёзув бор эди:
“Петропавловск консервалари. Тушёнка (димланган гўшт). 1916”.
Институт мутахассислари гўштни текшириб кўриб, шундай хулосага келишди: димланган мол гўшти жуда яхши сақланган ва истеъмол қилишга яроқли экан. Гарчи у банка ичида тўлиқ ярим аср — 50 йил ётган бўлса ҳам!
@Tarixchi_uz
Gitler yomonmi yoki diningiz?
Boks qiroli Muhammad Ali Londonga safar qilganda bir jurnalist undan soʻradi:
- Siz Islom diniga eʼtiqod qilasiz, shundaymi?
Muhammad Ali javob qildi:
- Alhamdulillah, musulmonman!
Jurnalist yana soʻradi:
- Amerika Qoʻshma Shtatlaridagi egizak binolarni portlatganlar sizning diningiz vakillari ekanligiga qanday qaraysiz?
Muhammad Ali shunday dedi:
- Dunyodagi eng vaxshiy odam deya nom olgan Gitler sizning diningiz vakili edi-ku?! Ayb sizning diningizdami yoki Gitlerdami? Endi hamma Gitler va unga oʻxshagan xatokor yomonlardan nafratlanish kerakmi yoki sizning diningizdan?
Singlim, toʻgʻri, har bir musulmon mukammal emas, ammo Islom mukammaldur!
👉
@Tarixchi_uz
📜
Gilgamish kim?
Gilgamish
— miloddan avvalgi 2700-yillarda
Uruk
shahrining podshosi bo‘lgan afsonaviy qahramon. U haqidagi “
Gilgamish dostoni”
— insoniyat tarixidagi eng qadimgi epik asarlardan biri.
🤝
U Enkidu bilan do‘stlashib, ko‘plab qahramonliklar qiladi.
💔
Do‘stining o‘limi esa uni abadiy hayot izlashga undaydi.
🌟
Oxir-oqibat u shuni tushunadi: inson uchun eng muhim narsa — yaxshi nom va qilgan amallari.
📚
Bu doston hayot, o‘lim va ma’no haqida chuqur falsafiy fikrlarni o‘zida jamlagan.
👉
@Tarix_Kanal
Daktiloskopiya barmoq izlari orqali shaxsni aniqlash haqidagi fan boʻlib, hozirda turli sohalarda samarali qo'llanadi. Uilyam Hershel XIX asr oxirlarida Buyuk Britaniyaning Hindistondagi ma'muriyatida xizmat qilardi. U maosh olish uchun keladigan askarlar soni yildan yilga oshib borayotganiga hayron boʻladi. Bu hodisaning tagiga hech yeta olmasdi. Chunki yuz koʻrinishiga qarab hindlarini farqlay olmasdi. Mahalliy aholi vakillari esa bundan ustalik bilan foydalanishar bir kuni o'zlari oylik olsa, ertasi kuni maosh olgani biror qarindoshini jo'natishardi. Buning ustiga, ularning aksariyati savodsiz edi. Toqati toq bo'lgan Hershel ulardan ro'yxatdagi o'z familiyasining to'g'risiga va to'lov qogʻoziga barmoq izlarini qoldirishini talab qildi. Sinchiklab qarasa, bir odamning barmoq izi boshqasiniga o'xshamas edi. Shundan so'ng anatomiya darsliklarini varaqlab, oʻzining kashfiyotini barmoqdagi papilyar chiziqlar yordamida asosladi.
@Tarixchi_uz
Arab tarixchisi Shamsuddin az-Zahabiyning "Tazkirat ul-Hufoz" ("Hofizlar haqida tazkira") nomli asarida yozishicha, at-Termiziy Imom Buxoriyning vafoti tufayli qattiq qaygʻuga botib "koʻp yigʻlaganidan hatto koʻzlari koʻr boʻlib qolib, uzoq yillar koʻzi ojiz holda yashadi".
@Tarixchi_uz
📌
14 yoshimda ochlikka chiday olmay bir burda non oʻgʻirlab yedim. Meni tutib 6 oylik qamoq jazosi buyurishdi va oʻsha 6 oy menga tekin yegulik berishdi. Bu dunyoning "adolati" ana shunday.
✍
Viktor Gyugo
@Tarixchi_uz