
TDTU | RASMIY KANAL
Tomoshabin boʻlib qolmang — yaratuvchilardan boʻling!
🔸
17-mart kuni Toshkent davlat texnika universitetida Startup Garage operatsion rahbari Bashirjon Rabbimov bilan eksklyuziv uchrashuv bo‘lib o‘tadi. Tadbir mavzusi: “Startap yo‘li va Founders Community imkoniyatlari” haqida seminar trening tashkil etiladi.
Tadbir davomida quyidagilar haqida bilib olasiz:
🔹
Gʻoya tugʻilishi-oddiy gʻoyani qanday qilib real biznes modelga aylantirish mumkin?
🔺
Amaliy bosqichlar-startapni ishga tushirish jarayonida uchraydigan asosiy xatolar va ularning yechimlari.
🔻
Founders Community-mentorlik, networking va investitsiya imkoniyatlari haqida batafsil ma’lumot beriladi.
📍
Tadbir tafsilotlari:
🔹
Manzil: Toshkent davlat texnika universiteti (bosh bino, 209-xona)
🔹
Sana: 17-mart
🔹
Vaqt: 11:00
DIQQAT:
Tadbirga ishtirokchilar soni cheklangan. Shu sababli havola orqali roʻyxatdan oʻting va oʻz joyizni band qiling.
➡️
Ariza qoldirish uchun havola.
Universitetimiz professori xalqaro ilmiy tadqiqot guruhiga a'zo sifatida qabul qilindi!
🔸
Oliygohimiz professori, texnika fanlari doktori Matkarimov Soxibjon Turdaliyevich Germaniyaning yetakchi oliy ta'lim muassasasidan biri Technische Universität Bergakademie Freiberg huzuridagi DFG Research Training Group GRK 2802 xalqaro ilmiy tadqiqot guruhiga assotsiatsiya tadqiqotchisi (Associated Researcher)
sifatida qabul qilindi.
🔹
BATAFSIL
🔹
Bizni kuzating
Veb-sayt
|
Facebook
|
Instagram
|
YouTube
|
Telegram
“YURT OBODLIGI, AVVALO, MAHALLADAN BOSHLANADI!”
🔸
Avval xabar berganimizdek
13–14-mart kunlari
respublikaning barcha hududlarida
“Yurt obodligi, avvalo, mahalladan boshlanadi!”
shiori ostida
umumxalq xayriya hashar
i o‘tkazilmoqda.
🔸
Neft va gaz fakulteti professor-o'qtuvchilar, tyutorlari va xodimlari hamda talaba-yoshlari
tomonidan ham hashar tadbirlari tashkil etildi. Fakultet jamoasi hamda talaba-yoshlar
atrof-muhitni obodonlashtirish, hududlarni tozalash, "Yashil makon" umummilliy loyihasi doirasida koʻchatlar ekish
ishlarida faol ishtirok etishdi.
🔸
Hashar davomida hududlarni tozalash, daraxt va gulzorlar atrofini tartibga keltirish, yo‘laklar va ochiq maydonlarni obodonlashtirish kabi ishlar amalga oshirildi. Bu jarayonda talaba-yoshlar yurt obodligi, tabiatni asrash hamda jamoaviy mehnatning ahamiyati haqida amaliy tushunchaga ega bo‘lishdi.
Bizni kuzating
Veb-sayt
|
Facebook
|
Instagram
|
YouTube
|
Telegram
Toshkent davlat texnika universitetining reytinglar, ilmiy rivojlanish va tahlil bo‘yicha rasmiy kanali
🔸
Mazkur kanalda
universitetimizning xalqaro reytinglardagi natijalari, nufuzli ilmiy bazalardagi ko‘rsatkichlari, ilmiy nashrlar
hamda
bibliometrik tahlillar haqida muntazam ma’lumotlar
berib boriladi.
TDTU xalqaro reytinglardagi asosiy natijalari:
🔹
THE Impact Rankings 2025 — #801–1000
🔹
THE Interdisciplinary Science Rankings 2025 — #301–350
🔹
THE World University Rankings by Subject 2026
🔹
Physical Sciences — #501–600
🔹
Engineering — #801–1000
🔹
QS World University Rankings 2026 — #901–950
🔹
QS Asia University Rankings 2026 — #301
🔹
Markaziy Osiyo — #18
⭐️
QS Stars — 4 yulduz
Kanalda quyidagi yo‘nalishlar yoritib boriladi:
🔺
xalqaro reytinglar
🔺
ilmiy nashrlar
🔺
Scopus va boshqa ilmiy bazalar
🔺
bibliometrik ko‘rsatkichlar
🔺
universitet ilmiy faoliyati
TDTU xalqaro reytinglari va ilmiy yangiliklarini kuzatib boring.
🔔
Kanalga obuna bo‘ling:
t.me/TDTUranks
“YURT OBODLIGI, AVVALO, MAHALLADAN BOSHLANADI!”
🔸
Hozirda yurtimiz bo‘ylab amalga oshirilayotgan
"YURT OBODLIGI, AVVALO, MAHALLADAN BOSHLANADI!"
umumxalq xayriya hashari doirasida universitetimiz hududida obodonlashtirish ishlari qizg‘in davom etmoqda. Mazkur xayrli tadbirda universitet hovlisi atroflicha tozalanib, hududni yanada ko‘kalamzorlashtirish maqsadida ko‘plab archa ko‘chatlari ekilmoqda.
🔸
Ushbu ekologik tashabbusli ishlarda universitetimizning turli bo‘g‘inlari faol ishtirok etmoqda. Xususan,
Energetika muhandisligi
va
Mexanika muhandisligi yo‘nalishi
tinglovchilari hamda Jarayonni amalga oshirishda faol bo‘lgan
Toshkent davlat texnika universiteti huzuridagi Pedagog kadrlarni qayta tayyorlash
va
ularning malakasini oshirish markazi
xodimlari ham birgalikda mehnat qilmoqda.
Bizni kuzating
Veb-sayt
|
Facebook
|
Instagram
|
YouTube
|
Telegram
Академик билан суҳбат
Қаҳрамон Аллаев: Энергетиканинг қудрати — меҳнат ва билимда
Энергетика соҳасида чуқур билимга эга бўлган мутахассисларни етиштириш бугунги кунда ҳар қачонгидан ҳам долзарб бўлиб бормоқда. Умрининг қарийб 60 йилини энергетика соҳаси ривожига бағишлаб келаётган, юзлаб шогирдлар етиштирган академик, Тошкент давлат техника университети профессори Қаҳрамон Аллаев билан илм-фан ва энергетика соҳасининг ривожи хусусида суҳбатлашдик.
ВИДЕО:
https://youtu.be/hmm9Kw-xB4o
Телеграм каналларимиз
Facebook
|
Instagram
|
YouTube
|
X
#Biz_tayyormiz_siz_chi
“YURT OBODLIGI, AVVALO, MAHALLADAN BOSHLANADI!”
🔸
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining tegishli farmoyishiga muvofiq, 2026-yil 13–14-mart kunlari
respublikaning barcha hududlarida
“Yurt obodligi, avvalo, mahalladan boshlanadi!”
shiori ostida
umumxalq xayriya hashari
o‘tkazilmoqda.
🔸
Mazkur farmoyish ijrosini ta’minlash maqsadida, buugun erta tongdan Oliygohimiz hududida
umumxalq xayriya hashari boshlandi.
🔸
Professor-o'qituvchilarimiz, xodimlardan tortib talabalarimizga hasharda faol ishtirok etishmoqda!
Bizni kuzating
Veb-sayt
|
Facebook
|
Instagram
|
YouTube
|
Telegram
🌍
🌍
🔸
Islom Karimov nomidagi
Toshkent davlat texnika universiteti Ilmiy ishlar va innovatsiyalar boʻyicha prorektori Sardor Donayevning "Iqtidorli yoshlar-taraqqiyot tayanch
i" mavzusidagi maqolasi
"Xalq soʻzi"
gazetasida chop etildi.
Bizni kuzating
Veb-sayt
|
Facebook
|
Instagram
|
YouTube
|
Telegram
“Kelajakka qadam” – talaba-yoshlar uchun yangi imkoniyatlar sari!
🔸
Neft va gaz fakulteti “Sanoat iqtisodiyoti va menejmenti” kafedrasi
mudiri,
professor Gulchehra Allayeva
boshchiligida kafedra professor-o‘qituvchilari tashabbusi bilan
Neft va gaz fakulteti
hamda
Elektronika va avtomatika muhandisligi fakultetida
talaba-yoshlar uchun
Mahorat darslari (master-klasslar)
tashkil etildi.
🔸
Mazkur master-klasslar
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 3-noyabrdagi PQ–328-son
hamda
14-fevraldagi PQ–61-son
qarorlari ijrosini ta’minlash maqsadida oʻtkazilmoqda.
🔸
Mazkur master-klasslar davomida talabalarga sanoat iqtisodiyoti, boshqaruv tizimlari, innovatsion g‘oyalarni rivojlantirish hamda startap tashabbuslarini amalga oshirish bo‘yicha muhim ma’lumotlar berildi. Shuningdek, talaba-yoshlarga
“Kelajakka qadam” dasturi doirasida o‘z biznes g‘oyalarini amalga oshirish uchun imtiyozli kreditlar olish
imkoniyatlari, loyihalarni rasmiylashtirish tartibi hamda yoshlar tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash mexanizmlari haqida batafsil tushuntirishlar berildi.
🔸
Tadbirda yoshlarning bilimini mustahkamlash, ularni amaliy tajriba bilan boyitish hamda kelajakdagi kasbiy faoliyatiga puxta tayyorlash masalalariga alohida e’tibor qaratildi. Mahorat darslari davomida talabalar uchun yangi imkoniyatlar, startap tashabbuslari, zamonaviy boshqaruv ko‘nikmalari va yetakchilik qobiliyatlarini rivojlantirish bo‘yicha muhim fikrlar bildirildi.
Bizni kuzating
Veb-sayt
|
Facebook
|
Instagram
|
YouTube
|
Telegram
“Bobur merosi – mangu bathayot meros”
🔸
Neft va gaz
fakultetida
"Oliy matematika"
kafedrasi tashabbusi bilan Jahon tarixida o‘chmas iz qoldirgan betakror siymolardan biri buyuk shoir, qomusiy olim, davlat arbobi va mohir sarkarda
Zahiriddin Muhammad Bobur
hayoti va ijodiga
bag‘ishlangan adabiy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi.
🔸
Tadbir davomida Boburning serqirra hayoti va faoliyati, uning boy ilmiy-adabiy merosi, xususan,
“Boburnoma”
asarining tarixiy va badiiy ahamiyati haqida atroflicha ma’lumotlar berildi. Ma’ruzachilar tomonidan Boburning davlat boshqaruvidagi mahorati, harbiy strateg sifatidagi salohiyati hamda nozik didli ijodkor sifatidagi fazilatlari alohida ta’kidlab o‘tildi.
🔸
Talaba-yoshlar tomonidan Bobur g‘azallari va ruboiylaridan namunalar ifodali o‘qildi, sahna ko‘rinishlari namoyish etildi. Tadbir davomida buyuk ajdodimizning Vatanga muhabbati, ilm-fanga bo‘lgan e’tibori va yuksak insoniy fazilatlari yoshlar qalbida faxr va g‘urur tuyg‘ularini yanada mustahkamladi.
🔸
Professor-o‘qituvchilar o‘z nutqlarida Bobur merosi bugungi kunda ham yosh avlodni vatanparvarlik, jasorat va ma’rifat ruhida tarbiyalashda muhim manba ekanini alohida qayd etdilar.
🔸
Mazkur adabiy-ma’rifiy tadbir talabalarning tarixiy xotiraga hurmatini oshirish, milliy qadriyatlarimizni chuqur anglash va buyuk ajdodlarimiz merosini o‘rganishga bo‘lgan qiziqishini yanada kuchaytirishga xizmat qildi.
Bizni kuzating
Veb-sayt
|
Facebook
|
Instagram
|
YouTube
|
Telegram